Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi
Download 1.8 Mb.
|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash
1.3.17. Dars ko’rinishlari: ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlar, laboratoriya mashg’ulotlari, o’quv anjumanlari, o’quv-seminar, suhbat, kinodars, kompyuter mashg’ulotlari, mashqlar, maslahatlar, ekskursiya, ekspedisiya, o’quv ishlab chiqarish va pedagogik amaliyoti, kurs, loyiha va bitiruv malakaviy ishlari, talabalarning mustaqil tahsili va hokazo.
Darsning asosiy tarkibiy elementlari: tashkiliy qism; uyga berilgan yozma vazifalarni tekshirish; talabalar bilimini og’zaki tekshirish (yoki so’rash); yangi materiallarni tushuntirish; yangi materiallarni mustah-kamlash; uyga vazifa berish; darsni uyushqoqlik bilan yakunlash. Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari: o’qituvchining darsga tayyorgarlik darajasi, darsning maqsad va vazifalari, tashkiliy ishlar, didaktik, uslubiy, metodologik, psixologik, pedagogik, o’quvchilar bilan hamkorlikda ishlash va yakuniy tahlillar. Darsga kirgan o’qituvchining qo’lida bo’lishi lozim: guruh jurnali, fan o’quv dasturi, kalendar-mavzu rejasi, dars texnologik xaritasi, o’quv-uslubiy materiallar. O’qituvchining darsga kirishdan oldin o’ziga qo’yadigan savoli: nega, nimani va qanday o’qitaman? Abu Ali Ibn Sinoning o’qituvchiga qo’ygan talablari: talaba (o’quvchi)lar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo’ling; berilayotgan bilimni talaba (o’quvchi)lar qanday o’zlashtirib olayotganligiga alohida e’tibor bering; ta’limda turli uslub va shakllardan foydalaning; talaba (o’quvchi)larning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini biling; talaba (o’quvchi)larni fanga qiziqtira biling; talaba (o’quvchi)larga uzatilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bering; bilimlarni talaba (o’quvchi)larga tushunarli hamda ularning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda bering; har bir so’zning talaba (o’quvchi)lar hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga erishing. Didaktik vositalar jixozlar va uskunalar, moslamalar: videoproyektor; elektoron doska; kodoskop; video-audio uskunalar: videokamera; kompyuter va multimediali vosita: kompyuter, videoglazok; sab-bufer. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling