Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi
Koida, algoritmni o’zlashtirishga doir kuyidagi masalalar o’kuv jarayonida ko’llaniladi: koidani karash zarurligi
Download 1.8 Mb.
|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash
Koida, algoritmni o’zlashtirishga doir kuyidagi masalalar o’kuv jarayonida ko’llaniladi: koidani karash zarurligi
asoslanishiga doir; koidani asoslash uchun zarur bilimlarni va uni bajarish uchun ko’nikmalarni bajarish; algoritmga kiruvchi ayrim amallarni bajarish; koidani turli vaziyatlarda ko’llash. 11-MAVZU. MATEMATIKA BO’YICHA SINFDAN VA MAKTABDAN TASHKARI MASHGULOTLAR (ma’ruza - 2 soat, seminar - 2 soat) 1. Ma’ruzani olib borish texnologiyasi
Turli sonlar sistemalarini o’rganish mavzusining texnologik xaritasi.
1-ilova (7.1.) Zigzag usulining qo’llanilishi Ekspert varag’ining savolllariga guruhning har bir talabasi o’quv materialidan zarur ma’lumotlarni topadi. “Ekspertlar uchrashuvi” - turli guruhlarda bir xil matirialni o’rganayotganlar o’zaro uchrashadi, ekspert sifatida ma’lumotlarni almashadi, o’z savollariga birgalikda javob topadi va bu ma’lumotlarini o’z guruhlaridagi talabalarga qanday qilib yetkazish kerakligini rejalashtiradi. “Ekspertlar” o’z guruhlariga qaytib, ma’lumotlarni o’z guruhi a’zolariga tushuntiradi. Bir-biriga savollar berib, bir-birlarining bilimlarini baholaydi. 3. “Kutish yo’ldoshi”usulini qo’llash qoidasi
.Matematik masalalarning matematik ta’limdagi axamiyati va o’rni nimalarda ko’rinadi? Kaysi matematik masalalar turlari mavjud? Matematik masalalar o’kitishda kanday ko’llaniladi? Matematik masalalar yechish usullaridan kaysilarini bilasiz? Matematik masala tafakkurni rivojlantirishda kanday ko’llani-lishi mumkin? Qoida va algoritmlarni o’rganishda qanday masalalardan foydalanish yaxshi natija beradi? Matematika bo’yicha sinfdan tashkari ishlar deb darsdan tashkari vaktda o’kuvchilar bilan olib boriladigan majburiy bo’lmagan mashgulotlarga tushuniladi. Ikkita yo’nalish mavjul: boshkalardan dastur materialini o’zlashtirishda orkada kolayotgan o’kuvchilar bilan ishlash(ko ’shimcha sinfdan tashkari mashgulotlar); matematikani o’rganishga boshkalarga karaganda kizikish va kobiliyat ko’rsatayotgan o’kuvchilar bilan ishlash. 2-savol. Matematika o’qituvchisining darsga tayyorgarlik tizimi. Birinchi yo’nalish maktablarda amalga oshiriladi, individual asosda olib boriladi. Asosiy maksadi, matematika kursi bo’yicha o’kuvchilar bilimidagi kamchiliklarni o’z vaktida bartaraf etish xisoblanadi. Uning kuyidagi xususiyatlari mavjud: ko’shimcha sinfdan tashkari mashgulotlar 3-4 o’kuvchi bilan olib boriladi, ular bir xil bilim saviyasida, kobiliyati bir xil; bu mashgulotlar individuallashtirilgan; bir xaftada bir marta, individual reja bo’yicha uy ishi bilan ko’shib olib boriladi; takroriy o’tilgandan so’ng yakuniy nazorat o’tkazilib, baxo ko’yiladi; ta’limiy xarakterga ega, “ didaktik materiallar” dagi mustakil ish yoki nazorat ishlardan foydalaniladi; o’kituvchi o’zgarishni taxlil etib boradi, tipik x atolarni o’rganadi va bartaraf etish yo’llarini izlaydi. Ikkinchiyunalishda esa kuyidagi asosiy maksadlar ko’zda tutiladi: o’kuvchilarda matematikaga turgun kizikishni uygotish va rivojlantirish; o’kuvchilar bilimlarini kengaytirish va chukurlashtirish; matematik kobiliyatlarni optimal rivojlantirish; matematik tafakkur madaniyatini tarkib toptirish; mustakil ijodiy ko’nikmalarni shakllantirish; matematikaning amaliy axamiyati xakidagi tasavvurlarni kengaytirish; matematik modellashtirish axamiyatini tushunish; jamoa faoliyatini vujudga keltirish; faol matematik faoliyatga ko’rsatishga tayyorlash. Sinfdan va maktabdan tashkari ishlar uch xil bo’ladi: bular sinfdan tashkari ishlar; maktabdan tashkari ishlar; sirtki ishlar. Sinfdan tashkari ishlarning eng tarkalgan turi bo’lib, kuyidagi turlari mavjud: matematik to’garak, matematik xaftalik, matematik kecha, viktorina 1 1 1 , , *1 111 1,1 , ,*1 i • *ii* . Devoriy gazeta chikarishda o’kituvchi kuyidagilarni aks ettirilishiga aloxida e’tibor berishi lozim: turli kizikarli ma’lumotlar: turlicha kiyinlikdagi va kizikarli masalalar berilishi, masalalar yechish bo’yicha konkurslar e’lon kilishi; matematika va amaliyot, xayotiy masalalar va x.k.lar bo’yicha materiallar bilan birga turli matematik olimlar ishlari va xayoti xakida ma’lumotlar bayon etilishi zarur. Bunda o’kuvchilarning matematikaga bo’lgan kizikishlarini xisobga olgan xolda tegishli materiallar berib borilishi maksadga muvofik, shuningdek, ularni chikarishda matematik to’garak a’zolari faolligini ta’minlash xam muximdir. Fakultativ mashgulotlar tanlangan fan bo’yicha umumta’lim tayyorgarligi bilan muvofik va uning asosida o’kuvchilar kobiliyat va kizikishlarini rivojlantirishga yordam beradi. Maksadlari - o’kuvchilar dunyokarashini kengaytirish, matematik tafakkurini rivojlantirish, faol bilish kizikishini shakllantirish, yaxshi insoniy fazilatlarni, matematikani chukur o’rganish vositalari bilan tarbiyalashdan iborat. Bular matematika soxasida va uning tadbiklarida kasbiy yo’nalishni amalga oshirishni ta’minlaydi, ular umumta’lim maktablari bazasida amalga oshadi va o’kuvchilarni yukori saviyada matematik tayyorlashning ommabop shakli xisoblanadi. Bu mashgulotlar yangi o’kish usullari va yangi mazmunni izlash va tajribadan o’tkazishga imkon beradi. Fakultativ mashgulotlar 7-sinfdan boshlanib 15-20 nafar o’kuvchini parallel sinflardan olib o’tiladi. Maktab dars jadvaliga kiritiladi va uning koldirilishi va ko’chirilishiga yo’l ko’yilmaydi. Asosiy talablar: mashgulotlarga majburiy katnashish, uy vazifalarini bajarish xisoblanadi. Xususiyatlari: xar bir mavzu bir-biriga boglig emas, xar biri asosiy maktab matematik goyalaridan kelib chikadi va rivojlantiriladi. Bilimlar sistemaga solinadi, nazariyalar ketma-ket bayon kilinib, ochib beriladi, matematik tadbiklariga doir masalalar karab chikiladi. Yana bir xususiyati- sinfdan va maktabdan tashkari shakllari orasidagi uzviylikni ta’minlaydi. Bu mashgulotlar matematik to’garaklarni to’ldiradi. Bunda bayon kilish boglikligi va mavzuni o’rganish kengligi bilan ajralib turadi. Maktabdan tashkari ishlarga kuyidagilar kiradi: oliy o’kuv yurtlari koshidagi matematik to’garaklar; yosh matematiklar jamiyati; matematiklar maktablari: yozgi matematik maktablar; tuman, viloyat matematik olimpiadalar; yosh matematiklar konferensiya va yigilishlari. Sirtki matematik tadbirlarga kuyidagilar kiradi: sirtki matematik olimpiadalar, sirtki konkurslar, masalalar yechish bo’yicha tanlovlar, sirtki yosh matematiklar maktablari va x.k. Bunday ishlar vaktli matbuot va turli xomiy tashkilotlar yordamida amalga oshiriladi, bunga doir zarur o’kuv ko’llanmalari va uslubiy ko’rsatmalar mavjud. Ularni rivojlantirish o’kuvchilarning matematik bilimlari saviyasini oshirish va iktidorli matematik yoshlarni tarbiyalash uchun zaruriy imkoniyatlar yaratadi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling