Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari kafedrasi
«MATEMATIKA VA INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI» FANINING MA’RUZA MASHG’ULOTLARINI
Download 1.8 Mb.
|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash
«MATEMATIKA VA INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI» FANINING MA’RUZA MASHG’ULOTLARINI
O’QTTTSH TFYNOT OGIY ATARI KIRISH Matematika va informatika o’qitish uslubiyati keng tarmoqli fan bo’lib, u pedagogika, psixologiya va didaktika bo’yicha ilmiy tadqiqotlarda muhim g’oyaviy qurol vazifasini bajaradi. Ushbu fan pedagogika, psixologiya va didaktika sohalarida mavjud bo’lgan va ta’lim jarayonida o’quvchtilarni intellektual qobiyalitlarini rivojlantirish uchun matematik bilim,ko’niukma va malakalarni shakllantirish usullari va matematik ta’limning umumiy qonkiyatlarini va o’qitishga zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish xususiyatlarini o’rganishga xizmat qiluvchi qudratli qurol hisoblanadi. Ma’lumki, hozirgi davrda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risidagi Qonun» talablaridan kelib chiqib, oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni har tomonlama takomillashtirishni talab etmoqda. Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim tizimini ikki bosqichli tizimga,ya’ni to’qqiz yillik umumta’lim, hunar-kollejlari va akademik liseylarida o’qish tizimiga o’tkazish amalga oshirilmoqda. Hunar-kasb kollejlari yoshlarning ko’prok qismini kasb mehnatiga, ishlab chiqarish, ta’limdagi va madaniyatdagi faoliyatga tayyorlash vazifalarini amalga oshirishi zarur. akademik liseylar esa yoshlarldda nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ularda intellektual faoliyatga qiziqishga qobiliyatli, kelgusi hayotini oliy o’quv yurtlariga kirish va ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishni maqsad kilib qo’yganlarini tarbiyalab yetishtirishi lozim. Bunday sharoitlarda zamonaviy ilmiy-uslubiy saviya matematika bo’yicha o’quv-tarbiya jarayonini tashkil eta oladigan matematika o’qituvchilariga katta ehtiyoj tug’ilmoqda, ular turli o’quv yurtlarida ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda o’qita oladigan o’qituvchilar ham bo’lishi zarur. Bunda asosiy o’ringa o’qitishning «Matematikani chuqurlashtirib o’qitish», «Matematik iqtidorlik» kabi dasturlari chiqmog’i lozim. Shuning uchun universitetlarning mexanika-matematik fakultetlarida yuqori malakali matematik o’qituvchilari tayyorlashga imkon beruvchi matematika o’qitish uslublari va nazariyasi fanini o’qitish sifatini oshirish zamon talabi va juda ham zarur hisoblanadi. Fanni kiritishdan maqsad talabalarga umumta’lim maktablarida matematika o’qitish qonuniyatlari va ushbu qonuniyatlardan o’quv jarayonida qo’llanish usullarini o’rgatish, ularda kelgusi faoliyatlarida nazariy va amaliy jihatdan pedagogik faoliyatda foydalana olish ko’nikma va malakalarni shakllantirish qobiliyatini rivojlantirish hisoblanadi. Matematika va informatika o’qitish uslubiyatini o’rganish jarayonida pedagogika, psixologiya, didaktika, axborot texnologiyalari, yangi pedagogik texnologiyalar kabi matematikaning turli tarmoqlari tadqiqot metodlari va natijalaridan keng foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling