Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-kerligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
1.1.3. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-kerligi (Fanning boshqa turdosh fanlar bilan o’zaro aloqadorligi va uzviyligi haqida ma’lumot beriladi). Ushbu fan matematik analiz, algebra, analitik va differensial geometriya, differensial va integral tenglamalar, matematik fizika tenglamalari fanlari bilan bog’langan bo’lib, bu fanlar talabalarning taqribiy va sonly yechesh usullarini chuqur o’zlashtirishlari uchun zarur hisoblanadi. Shuningdek, talabalar turli texnik ob’ektlar hisoblarini ilg’or va zamonaviy hisob usullarida bajara olishlari, hisob ishlarini shaxsiy kompyuterlarda bajara olishlari uchun ular informatika va axborot texnologiyalari fanini mukammal o’zlashtirib, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini tadbiq qilgan holda, Maple, Mathlab, Mathematica va MathCad kabi matematik dasturlar va mavjud elektron darsliklardan unumli foydalanib, dastur tuzishlari hamda uni amalda bajara olishlari kerak. Bunda asosan, talabalar ma’ruzalar matnlarini o’rganish, uni amaliyot ishlari bilan birgalikda olib borish hamda amaliy mashg’ulotlar materiallarini shaxsiy kompyuterlarda bajarish ko’nikmalarni hosil qilishi kerak. Fanni o’rganishda mashg’ulotlarning ma’ruza, amaliyot mashg’ulotlari, mustaqil ta’lim shakllaridan foydalaniladi va interfaol usullarning aqliy hujum, klaster, taqdimot, bumerang va boshqa yangi pedagogik texnologiya elementlari qo’llaniladi. 1.2. FANNING HAJMI VA MAZMUNI 1.2.1 Fanning hajmi № Mashg’ulot turi Ajratilgan soat rejada 1. Nazariy mashg’ulot 30 2. Amaliy mashg’ulot 30 4. Mustaqil ish 92 JAMI: 152 1.2.2. Fanning ta’lim standartlariga asoslangan mazmuni Nazariy ma’ruzalarni mazmuni. Hisoblash usullari fanining tarixini o`rganish. Taqribiy sonlarni kelib chiqishi, xatolar nazariyasi va ularni kelib chiqishi manbalarini o`rganish. Chiziqli va chiziqli bo`magan tenglamalarni amaliy masalalarni yechish bilan bog`lanish. Hisoblash usullari fanining sonli usullarini o`rganish va tenglamalarni yechishga qo`llanilishini o`rganish. Interpolyasiyalash, taqribiy integrallash, oddiy differensiyal tenglamalarini taqribiy yechish usullarini o`rganish. Simpson funksiyalar bilan yaqinlashtirish masalalarini o`rganish. Oddiy differensial tenglamalr uchun Koshi va chegaraviy masalalarni yechishning taqribit va sonli usullarini o`rganish. Xususiy xosilali differensial tenglamalar uchun qo`yilgan masalalarni chekli ayirmalar usuli bilan yechishni hamda integral tenglamalarni taqribiy yechishni o`rganish. Amaliy mashg’ulotlar mazmuni Taqribiy sonlar sohasini o`rganish. Xatolar nazariyasi va ularni taqribiy sonlarni xatolarini chegarasini aniqlash usullarini algoritmi va dasturini tuzish. Chiziqli va chiziqli bo’lmagan tenlamalarni taqribiy yechish uchun dastlabki yaqinlashashani tashlash usullarni o’rganish va bularni 1-ta tenglamani yechish uchun ko’llash. Sonli yaqinlashishi masalasini o`rganish va ularni kompyuterda tahlil qilish. Gauss, Zeydel, Iterasiya usullari bilan amaliy masalalarni yechish. Interpolyasion formulalarni amaliy masalalarni o`rganish uchun qo`llash. Integrallarni taqribiy yechish usullarini va ODT-ni taqribiy yechish usullarini kompyuterda hisoblashni o`rganish. Oddiy differensial tenglamalr uchun Koshi va chegaraviy masalalarni yechishning taqribit va sonli usullarini o`rganish. Xususiy xosilali differensial tenglamalar uchun qo`yilgan masalalarni chekli ayirmalar usuli bilan yechishni hamda 14 integral tenglamalarni taqribiy yechishni o`rganish. 1.2.3. Fan mashg’ulotlari mavzulari mazmuni va ularga ajratilgan soat Nazariy mashg’ulotlar mavzulari mazmuni va ularga ajratilgan soat 6, 8 -semestr (30 soat) 1-ma’ruza (2 soat): Hisoblash usullarining predmeti va metodi. Xatoliklar nazariyasi va ularni kelib chiqish manbalari. Xatoliklarni turlari va uning taraqiyotdagi o’rni va ishlatish sohasi. 2-ma’ruza (2 soat): Chziqlimas va transsendent tenglamalarni yechish usullari. Ildizlarni ajratish, kesmani teng ikkiga bo`lish, Nyuton, oddiy iteratsiya, vatarlar usullari 3-ma’ruza (2 soat): Chziqli algebraik tenglamalar sistamasini (ChATS) yechish usullari. Gauss, oddiy iteratsiyalar, Zeydel ussullari 4-ma’ruza (2 soat): Chziqlimas tenglamalar sistamasini yechish usullari. Oddiy iteartsiyalar, Zeydel, Nyuton ussullari 5-ma’ruza (2 soat): Matrisaning xos son va xos vektor masalasini yechishning ussullari. Iteratsiya, A.N.Krilov usullari. Xos qiymat va xos vektorni topish amaliy masalalarni yechish bilan bog’liqligini ko’rsatish. 6-ma’ruza (2 soat): Interpolyatsiya masalasi. Lagranj va Nyuton interpolystsion ko`phadlari. Interpolyasiyalash masalasini mohiyati 7-ma’ruza (2 soat): Funksiyalarni sonli integrallash. To`g`ri to`rtburchaklar, trapetsiyalar, Simpson formulalari 8-ma’ruza (2 soat): Oddiy differensial tenglamalar (ODT) uchun qo`yilgan masalalarni yechish. Koshi masalasi. Eyler, Runge-Kutta ussullari. 9-ma’ruza (2 soat): Oddiy differensial tenglamalar (ODT) uchun qo`yilgan chegaraviy masalalarni yechish usullari. Kollokatsiya, eng kichik kvadratlar, sohachalar, Galyorkin usullari. 10-ma’ruza (2 soat): Chekli ayirmali sxemalar (ChAS) to’g’risida tushunchalar. Differensial operatorning ChA approsimatsiyasi. ChA masalaning qo’yilishi. Approksimatsiya, korrektlik, turg’unlik, yaqinlashish. Ular o’rtasidagi bog’lanish. 11-ma’ruza (2 soat): ODT uchun qo’yilgan chegaraviy masalani o`q otish va ChAlar usuli bilan yechish. Progonka usuli. 12-ma’ruza (2 soat): Bir o’lchamli issiqlik o’tkazuvchanlik tenglamasini sonli yechish 13-ma’ruza (2 soat): To’lqin tenglamasi uchun qo`yulgan masalani chekli ayirmalar usuli bilan yechish 14-ma’ruza (2 soat): Laplas operatorini tekis va notekis to`rda approksimatsiya qilish. Puasson tenglamasi uchun ChA Dirixle masalasi 15-ma’ruza (2 soat): Integral tenglamalarni taqribiy yechish usullari Amaliy mashg’ulotlar mavzulari mazmuni va ularga ajratilgan soat 6, 8-semestr (30 soat) 1-amaliy mashg’ulot (2 soat): Xatoliklar. Absolyut va nisbiy xatolik 2-amaliy mashg’ulot (2 soat): Chziqlimas va transsendent tenglamalarni yechishning sonli usullari. Ildizlarni ajratish, kesmani teng ikkiga bo`lish, Nyuton, oddiy iteratsiya, vatarlar usullari 3-amaliy mashg’ulot (2 soat): Chziqli algebraik tenglamalar sistamasini (ChATS) yechishning sonli usullari. Gauss, oddiy iteratsiyalar, Zeydel ussullari 4-amaliy mashg’ulot (2 soat): Chziqlimas tenglamalar sistamasini yechishning sonli usullari. Oddiy iteartsiyalar, Zeydel, Nyuton ussullari 5-amaliy mashg’ulot (2 soat): Matrisaning xos son va xos qiymat masalasini yechishning sonli ussullari. Iteratsiya, A.N.Krilov usullari 15 6-amaliy mashg’ulot (2 soat): Interpolyatsiya masalasi. Logranj va Nyuton interpolystsion ko`phadlari. 7-amaliy mashg’ulot (2 soat): Funksiyalarni sonli integrallash. To`g`ri to`rtburchaklar, trapetsiyalar, Simpson formulalari 8-amaliy mashg’ulot (2 soat): Oddiy differensial tenglamalar (ODT) uchun qo`yilgan masalalarni sonli yechish. Koshi masalasi. Eyler, Runge-Kutta ussullari. 9-amaliy mashg’ulot (2 soat): Oddiy differensial tenglamalar (ODT) uchun qo`yilgan chegaraviy masalalarni yechish usullari. Kollokatsiya, Galyorkin usullari 10-amaliy mashg’ulot (2 soat): Chekli ayirmali approsimatsiyalar tuzish. ODT uchun qo’yilgan chegaraviy masalani ChA usuli bilan yechish. 11-amaliy mashg’ulot (4 soat): Bir o’lchamli nostatsionar issiqlik o’tkazuvchanlik tenglamasini ChA usuli bilan yechish. 12-amaliy mashg’ulot (2 soat): To’lqin tenglamasi uchun qo’yilgan umumiy masalani ChA usuli bilan yechish. 13-amaliy mashg’ulot (2 soat): Puasson tenglamasi uchun ChA Dirixle masalasi. 14-amaliy mashg’ulot (2 soat): Integral tenglamalarni yechish usullari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlairi mavzulari mazmuni va ularga ajratilgan soat (92 soat) 1-Mustaqil ish (2 soat): Markaziy ayirmali jadvallar va ularga mos keladigan formulalar. 2-Mustaqil ish (4 soat): Gaussning 1-2 interpolyasion formulalari. 3-Mustaqil ish (4 soat): Stirling va Bessel interpolyasion formulalari. 4-Mustaqil ish (3 soat): Trigonometrik funksiyalarni urtacha kvadratik yakinlashtirish (uzluksiz xol). 5-Mustaqil ish (3 soat): Trigonometrik funksiyalarni urtacha kvadratik yakinlashtirish ( diskret xol). 6-Mustaqil ish (4 soat): Karrali integralarni takribiy xisoblash usullari. 7-Mustaqil ish (4 soat): Chizikli algebraik tenglamalar sistemasini yechishda graidiyentlar usuli. 8-Mustaqil ish (4 soat): ChTS.-yechishda yeng kichik kvadratlar usuli. 9-Mustaqil ish (4 soat): Matrisaning xarakteristik kupxadini topishda xoshiyalash usuli. 10-Mustaqil ish (4 soat): Algebraik va transendent tenglamalarni takribiy yechishning grafik usuli. 11-Mustaqil ish (4 soat): Algebraik va transendent tenglamalarni takribiy yechishning Vatarlar usuli. 12-Mustaqil ish (4 soat): Algebraik va transendent tenglamalarni takribiy yechishning ikkiga bulish usuli. 13-Mustaqil ish (4 soat): Adamsning ikkinchi va uchinchi tartibli oshkor va oshkormas formulalarini keltirib chikarish. 14-Mustaqil ish (4 soat): Integrallarni takribiy xisoblash formulalari. 15-Mustaqil ish (4 soat): Oddiy diferensial tenglamalarni takribiy yechish usullari. 16-Mustaqil ish (3 soat): Xisoblash matematikasining tarixi, predmeti va metodi. 17-Mustaqil ish (3 soat): Xozirgi zamon xisoblash mashinalari va sonli metod nazariyasi. 18-Mustaqil ish (3 soat): Masalalarni sonli yechishdagi natijalar xatosi. 19-Mustaqil ish (3 soat): Xisoblash matematikasida yukotolmas xato. 20-Mustaqil ish (3 soat): Algebraik tenglamalarni ildizlarini ajratish. 21-Mustaqil ish (3 soat): Kupxad va uning xosilalari kiymatlarini xisoblash. 21-Mustaqil ish (3 soat): Kiskartirib aks yetish prinsipi. 23-Mustaqil ish (3 soat): Metrik fazo xakida tushuncha 16 1.3. FANNI O’QITISH JARAYONINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH BO’YI-CHA TAVSIYALAR. (Fanni o’qitish shakli, vositalari, texnologiyasi va metodlari). 1.3.1. Nazariy mashg’ulotlarga tayyorgarlik. Bu jarayonga tayyorgarlik ko’rishda faqatgina ma’ruza materiallari bilan cheklanib qolmasdan, balki bir necha uslubiy qo’llanma va darsliklardan foydalanish lozim. Bu bir tomondan dars hajmining kamligi sababli ma’ruza darslarida yetkazishning imkoni bo’lmagan mavzularni to’ldirishga, ikkinchi tomondan esa chuqur bilim olish va masalalarni yechish ko’nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Bu o’z navbatida talabaning mustaqil bilim olishini, adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantiradi. 1.3.2. Amaliy mashg’ulotlarni o’qitish jarayonini tashkil etish va uni o’tkazishga tayyorgarlik bo’yicha tavsiyalar. Talabaning nazariy ma’lumotlarni va umumiy fanni o’zlashtirish darajasi uning amaliy masalalarni, seminar mashg’uloti materiallarini bajarishi, masalalarni mustaqil yecha olishi, uy vazifalarini bajara olishi darajasi va samaradorligi bilan aniqlanadi. Shuning uchun talaba fanning har xil bo’limlaridagi tipik masalalarni mustaqil yechish ko’nikmalarini egallashi lozim. Bu jarayonda talaba o’rganilayotgan fanning ma’nosiga chuqurroq yetib borgan holda aniq amaliy masalalarni yechishda umumiy nazariy qonuniyatlarni qo’llay oladi. Buning uchun talaba amaliyot darslarida qiyinlik darajasi oshib boruvchi kamida 5-6 ta masala yechishi zarur. Darsdan tashqari mustaqil ish va uy vazifasi sifatida talabaga o’rtacha qiyinlikdagi va uslubiy manbalardan foydalangan holda yechish mumkin bo’lgan masalalarni berish maqsadga muvofiq. Bunda o’tilgan nazariy ma’lumotlar va masalalar yechishning maxsus uslublaridan foydalanilishiga e’tibor berish kerak. Shunday qilib, talabani shu fanga kiruvchi har xil bo’limlarga oid masalalarni nazariy ma’lumotlarga tayanib yechishga o’rgatiladi. Bu jarayonda quyidagi uslubiy xarakterga ega qoidalarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq: masalaning qo’yilishini qisqacha yozish, bunda berilgan ma’lumotlarning hamma-sini yagona birliklar sitemasiga o’tkazish, lozim bo’lganda ba’zi spravochnik o’zgarmaslarini kiritish; masalani yechish jarayonida qo’llaniladigan barcha zaruriy qonuniyatlarni o’zida aks ettiruvchi noma’lum miqdorlarni izlashning mantiqiy yo’llarini topgan holda masalani tahlil qilish; masala shartining grafik tasvirini (eskizini) chiza bilish; masalani yechishning ketma-ketligini izohlashlar bilan bajara olish; o’lchamlarni tekshira olish, berilgan ma’lumotlardan to’la foydalana olish, yechimning ishonchliligini baholay olish; masalaning yechimini yetarlicha aniqlik bilan hisoblay bilish; olingan sonli natijalarning mantiqiy maqsadini baholay bilish va ulardan zaruriy mexanik xulosalar chiqara bilish. Talabaning amaliyot darslaridagi topshiriqlarni, uy vazifalarini va mustaqil ish topshiriqlarini bajarishini nazorat qilish va baholashning quyidagi uslubiga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq: uy vazifalarini tekshirish; nazorat topshiriqlarini bajarishini tekshirish; dars davomida o’zlashtirishini nazorat qilish; mustaqil ish topshiriqlari himoyasi. Amaliyot mashg’uloti topshirig’ini bajarishdan kutiladi-gan natijalar: mavzu yuzasidan bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash; amaliy masalalarni yechishda nazariy tushunchalardan foydalana bilish; masalani yechishning to’g’ri usulini tanlay bilish; masalani mustaqil yechish ko’nikmasini hosil qilish; masalaning yechimini mustaqil tahlil qila bilish. 17 1.3.3. Amaliyot mashg’uloti topshirig’ini bajarishdan kutiladigan natijalar: mavzu yuzasidan bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash; amaliy masalalarni yechishda nazariy tushunchalardan foydalana bilish; masalani yechishning to’g’ri usulini tanlay bilish; masalani mustaqil yechish ko’nikmasini hosil qilish; masalaning yechimini mustaqil tahlil qila bilish. 1.3.4. Mustaqil ish turlari: takrorlash va mashq qilish: takrorlash; tahlil qilish; qayta ishlash; mustahkamlash; chuqurlashtirish; eslab qolish; ko’nikma hosil qilish; malakani shakllantirish; yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtirish: yangi mavzular; axborot manbaini izlab topish va konspektlashtirish; mustaqil fikrlar tuzish; ijodiy xarakterdagi ishlar: muammoli vaziyatlarni aniqlash; test va topshiriq tuzish; slaydlar tayyorlash; mustaqil qaror qabul qilish; yangi usullar yaratishga intilish. 1.3.5. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda foydalanadigan vositalar: nazariy mashg’ulotlarda foydalanadigan vositalar (darslik; o’quv qo’llanma; masala va mashq to’plami; diapozitivlar; lug’atlar; masalalar to’plami; magnit yozuv; video yozuv; o’rgatuvchi dasturlar; multimedia va hokazo); amaliy mashg’ulotlarda foydalaniladigan vositalar (yo’riqnomalar to’plami; tabiiy o’qitish vositalari; xarakatlanuvchi modellar; o’quv plakatlari; yo’riqnoma; texnologik xaritalar; trasparantlar; modellar; elektron kitoblar; maketlar; testlar va hokazo). 1.3.6. Referat yozish bo’yicha qisqacha ko’rsatmalar: Referat tayyorlashda hal etilishi nazarda tutiladigan vazifalar: o’quv predmetning dolzarb nazariy masalalari bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish, talaba tomonidan mavzuga oid olingan nazariy bilimlarni ijodiy qo’llash ko’nikmalarini hosil qilish; tanlangan kasbiy sohada mavjud mahalliy va xorijiy tajribalarni mavjud sharoitlarda ularni amaliy jihatdan qo’llash imkoniyatlari va muammolarni o’zlashtirish; tanlangan mavzu bo’yicha har xil manbalarni (monografiyalar, davriy nashrlardagi ilmiy maqolalar va shu kabilar) o’rganish qobiliyatini takomillashtirish va ularning natijalari asosida tanqidiy yondashgan tarzda mustaqil holda materialni ifoda etish, ishonchli xulosa va takliflar qilish; yozma ko’rinishdagi ishlarni to’g’ri rasmiylashtirish ko’nikmalarini rivojlantirish. Referat ustida ishlash tartibi: mavzuni tanlash; mavzu bo’yicha asosiy manbalarni o’rganish; zaruriy materiallarni konspektlashtirish; tadqiqot rejasini tuzish; yig’ilgan materiallarni tartibga solish va yozish; foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini rasmiylashtirish; referatni rasmiylashtirish. Referatni rasmiylashtirish tartibi: A4 shakldagi qog’ozga 12-shrift, 1,5 interval, qog’ozning bir tomonida chapdan – 2,5 sm, o’ngdan – 1,5 sm, yuqori va pastdan – 2 sm xoshiya qoldiriladi; matn sahifalariga tartib raqami beriladi, 1-titul varag’i, 2-reja, 3-betdan boshlab sahifalanadi; referat hajmi 20-25 betdan oshmasligi lozim. Referat matnini rasmiylashtirish tartibi: titul varag’i; ish rejasi; kirish; asosiy qism (kamida 3 ta banddan iborat bo’lishi lozim); xulosa; foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati; ilova (jadval, diagramma, grafik, rasm, sxema va hokazo). 1.3.7. Ta’lim umumiy shakllari: jamoaviy, guruh bo’lib, yakka tartibda (frontal, zveno, individual). 1.3.8. Ta’lim usullari: an’anaviy usullar (og’zaki, amaliy, ko’rgazmali, kitob bilan ishlash, video va audio usullar); 18 aniq maqsadli usullar (bilimlarni egallash; malaka va ko’nikmalarni shakllantirish; bilimlarni qo’llash; ijodiy faoliyat; mustahkamlash; bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish); idrok etish-bilish faoliyati xarakteriga ko’ra usullar (tushuntirish – illyustrativ (axborot – reseptiv); reproduktiv; muammonli bayon qilish; qisman ijodiy (evristik); tadqiqiy); didaktik maqsadli yo’naltirilgan usullar (ilk bor bilimlarni o’zlashtirish; egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish). 1.3.9. Yangi pedagogik va innovasion texnologiyalar uslublari: «Ma’ruza», «Tanishuv», «Tushunchalar tahlili», «Zinama-zina», «Charxpalak», «Bumerang», «Rezyume», «Muammo», «Labirint», «Blis-so’rov», «Fikr, sabab, misol, umumlashtirish (FSMU)», «Skarabey», «Yelpig’ich», «Muloqot», «Yozma bahs», «Kuzatish, bahslashish, ishontirish (KBI)», «Munosabat», «Tashviqot guruhi», «Amaliyotda jamoaviy ijodiy ishlar», «Ssenariy (sahna)», «Ishontirish maktabi», «Kelishuv va ziddiyat», «Uchlik - samarali, axloqiy, nazokatli (SAN)», «Tushuntiruvchi, talqin qiluvchi (germenevtik)», «Aniq vaziyat, hodisa (keys-stadi)», «Haqiqiy vaziyatlarni o’yin qilib ko’rish (simulyasiya)», «Taqdimot», «Olmos», «Jadvallar», «Kungaboqar», «3x4», «6x6x6», «Muzyorar», «Yumaloqlangan qor», «Fikrlar hujumi», «Aqliy hujum», «Kichik guruhlarda ishlash», «Insert», «Tarmoqlar (klaster)», «Bahs-munozara», «Davra suhbati», «Davra stoli», «Kim ko’p, kim tezroq», «Kim chaqqon, kim topqir», «Kuchsiz halqa», «Loyiha», «To’rt pog’onali», «So’qrot suhbati», «Tanqid qilishni o’rganing», «Iyerarxiya», «Boshqaruv», «Murabbiy va jamoa» va hokazo. 1.3.10. Ta’lim vositalari: matnli vositalar (o’quv dastur; darslik; o’quv qo’llanma; elektron darsliklar va qo’llanmalar; uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar; tarqatma materiallar; imtihon va nazorat variantlari; testlar va hokazo); tasvirli vositalar (fotosuratlar; eskiz; chizma; sxema; ramziy tasvir; reja jadvallar; simvollar; diagrammalar; grafiklar; slaydlar va hokazo); audio-video vositalar (videofilmlar; kompakt disklar; audio va video kassetalar; tasvir va matnni yozish va saqlash; doskalar (oq doska, flipchart doska, pinbord doska); videomagnitafon; kamera; kompyuter va hokazo); modelli vositalar (asbob-uskunalar; stanoklar; yarim tayyor va tayyor mahsulotlar). 1.3.11. Didaktik tamoyillar tizimi: ilmiylik, qulaylik, izchillik, uzviylik, nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi, onglilik, faollik va mustaqillik, ko’rgazmalilik, mustahkamlik, guruh qilib o’qitish hamda unda individual yondashishni qo’shib olib borish, o’qitishning tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi xarakteri, o’qitishning kasbiy yo’naltirilganligi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling