III-BOB. HUDUDLARDA REKONSTRUKTSIYAQILISH VA YANGIDAN
TASHKIL QILISH ORQALI AHOLINI ISH O’RINLARINI YARATISH
MANBALARI
3.1 Ish o’rinlarini tashkil etishda mehnat bozori holatini tahlil qilish va
takomillashtirish yo’llari
Hozirgi vaqtda o’tish davri iqtisodiyotning oldida turgan dolzarb
muammolardan biri mehnat bozorini samarali shakllatirish va rivojlantirishdir.
Buning uchun, avvalo, ijtimoiy samarali foydalanish zarur.
Mehnat bozori bozorning boshqa tizimchalari uzviy bog’langan. Haqiqatdan
ham talabga ega bo’lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy
qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish
jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o’z iste’mol sifatlarini yo’qotmasligi
uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat o’zini qayta ishlab chiqarish,
balki mehnat resurslari va butun aholining sifat ko’rsatgichlari ham yaxshilanish
darajasini oshirish yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yo’q qilishi mumkin. Ishchi
kuchiga jami talab investitsiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi.
Samarqand viloyatida har bir tuman shaharlardagi mehnat bozorlaridan kelib
chiqib, 2011 yil uchun aholi bandligini ta’minlash va yangi ish joylarini barpo
qilish dasturiga ko’ra, 2011 yilda 93253 mingta ish o’rinlari yaratildi.
Shunday bo’lsada joylarda tuman va shahar ishchi komissiyalari tomonidan
bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirmaganligi, hukumat qarorlari bilan belgilangan
soliq imtiyozlar kafolatlardan to’liq foydalanmaslik, ish joylarining Hukumat
qarorlari talablariga mos kelmaslik, ish haqlari, buyurtmalar kechiktirib berilishi
hamda mehnat munosabatlari to’liq yuritilmaslik holatlari aniqlangan. Qo’ydagi
3.1.1-jadvalda Samarqand viloyati bo’yicha 2006-2011 yillar davomida yaratilgan
yangi ish o’rinlari dinamikasi aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |