Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti


Xulosa………………………………………………………………………..59-62


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana05.01.2022
Hajmi0.69 Mb.
#223082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
ozbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtiroki muammo va echimlar

Xulosa………………………………………………………………………..59-62 

Foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yxati……………………………………..63-69 

 

 



 

 

 




 

 



 

KIRISH 

 

Malakaviy  bitiruv  ishining  dolzarbligi:  XXI  asrda  jamiyatning  eng  katta 

boyligi  –  «inson»,  deb    e’tirof    etilgan  bo’lib,  uning  rivojlanish  maqsadi  ham 

fuqarolarning    yashash  joyini,  hayot  tarzini  erkin  tanlashini  ta’minlashdan  iborat 

bo’lib bormoqda. Jamiyat hayotida keyingi yillarda ro’y bergan ijtimoiy-iqtisodiy 

o’zgarishlar  ko’pgina  amaliy  va  nazariy  muammolarni,  shu  jumladan,  samarali 

aholi  migratsiyasi  siyosatini  ilmiy  asosda  ishlab  chiqishning  naqadar  muhim  va 

dolzarb ekanligini ko’rsatmoqda. 

Biz  eski,  o’zini  oqlamagan  mustabid, 

zo’ravon  tuzumdan  butunlay  voz  kechib,  taqdirimizni  o’z  qo’limizga  olib,  biz 

uchun yangi demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, hech kimdan kam 

bo’lmaydigan  ozod  va  obod  hayot  qurishni  o’z  oldimizga  maqsad  qilib  qo’yib, 

amalga  oshirayotgan  qat’iy  o’zgarish  va  islohotlar  natijasida  bugun  erishayotgan 

yuksak marra va yutuqlarimizni hech kim inkor etolmaydi. Bu haqda O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  I.Karimov:  «...oxirgi  10  yil  davomida  mamlakatimizda 

yalpi  ichki  mahsulotning  o’sish  sur’atlari  8  foizdan  oshib  ketayotgani  va  2015 

yilda ham – shunga ish   ionchimiz bor – bundan kam bo’lmasligini inobatga olsak, 

barcha narsa o’z-o’zidan ayon bo’ladi. 

Bunday  yutuqlarning  sabablarini  biz  avvalo  mard  va  matonatli,  ko’pni  ko’rgan 

xalqimizning,  odamlarimizning  dunyoqarashi,  siyosiy  ongi  va  saviyasi  tobora 

yuksalib  borayotganida  ko’ramiz.  Va  eng  muhimi,  buning  sababi  bugungi  kunda 

hal  qiluvchi  kuch  bo’lib  maydonga  chiqayotgan,  zamonaviy  bilim  va  kasb-

hunarlarni  puxta  egallagan,  mustaqil  va  yangicha  fikrlaydigan,  Vatanimizning 

ertangi  kuni  uchun  mas’uliyatni  o’z  zimmasiga  olishga  qodir  bo’lgan  navqiron 

yoshlarimizni  biz  o’zimizning  ishonchimiz,  tayanchimiz  va  suyanchimiz  deb 

bilganimizdadir»

1

, deb ko’rsatgan edi. 



 

Ammo  shular  haqida  so’z  yuritar  ekanmiz,  bir  haqiqatni  esimizdan 

chiqarmasligimiz  zarur.  Bugun  jamiyatshunos  tadqiqotchilar  tomonidan  izchil  va 

                                                      

1

  Ислом  Каримовнинг  Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  лавозимига  киришиш  тантанали  маросимига 



бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи// Халқ сўзи, 2015 йил 11 апрель, № 

72 (6255). 




 

 



 

chuqur o’rganilayotgan ushbu muammolar tarkibida migratsion jarayonlar muhim 

ahamiyat kasb etadi. Zero BMT ekspertlarining ma’lumotiga ko’ra, 2006 yilda yer 

yuzida  qariiyb  150  mln.ga  yaqin  migrantlar  bo’lgan.  Ular  shu  yili  o’z 

mamlakatlariga  300  mlrd.  AQSh  dollaridan  ziyod  sarmoyani  kiritganlarini 

e’tiborga  oladigan  bo’lsak,  bunda  inson  omili  mavzusi  nafaqat  iqtisodiy,  balki 

ijtimoiy    –  siyosiy  jihatdan  ham  o’ta  muhimligini  ta’kidlash  joiz.  Eng  so’nggi 

ma’lumotlarga ko’ra,  XXI  asr  boshlarida,  sayyoramizda  175  mln.  aholi  tug’ilgan 

joylaridan  boshqa  yurtlarga  ko’chib  yashar  ekan.  Bu  jami  dunyo  aholisining  3% 

tashkil  qiladi

2

.  Yuqorida  keltirilgan  ma’lumotlarga  asosan  qayd  etish  joizki,  bu 



jarayon  to’xtovsiz  ravishda  o’sib  boraveradi.  Xususan  Respublikamizdagi  rasmiy 

ma’lumotlarga ko’ra: 2006 yilda 105,1 ming fuqaro, 2007 yilning birinchi yarmida 

670,7  ming,  2008  yilda  1  mln.ga  yaqin 

3

,  2012  yilda  208,8  ming 



4

  O’zbekiston 

fuqarosi tashqi mehnat migratsiyasida ishtirok etgan.  

 

Ma’lumki,  so’nggi  yarim  asr  mobaynida  katta  iqtisodiy  ko’rsatkichlarga 



erishgan: Turkiya, Xitoy, Hindiston, Filippin, Singapur, Janubiy Koreya  va hatto 

industrial rivojlangan Yaponiya kabi davlatlar ham  migratsion jarayonlar va unda 

ishtirok etgan fuqarolarning  insoniy kechinmalarining  migratsion sosiologiyasini 

izchil  hamda  ilmiy  o’rganish  orqali  katta  yutuqlarni  qo’lga  kiritganlar.  Ularning  

tajribalaridan  bugungi    kunda    rivojlanib    kelayotgan  boshqa  mamlakatlar  ham 

unumli foydalanmoqda. 

 

Darhaqiqat,  migratsiya  hamma  vaqt  barcha  davlatlarda  zaruriy,  obektiv 



jarayon  bo’lgan.  Bu  jarayonning  boshqarilishi  jamiyat  ijtimoiy–iqtisodiy,  siyosiy 

barqaror  rivojlanishini  ta’minlash  bo’lsa,  stixiyali  kechishi,  uning    ziddiyatlarini 

keskinlashganligi  haqida  tarixdan  ko’plab  misollar  keltirish  mumkin.  Shulardan 

kelib  chiqqan  holda,  malakaviy  tadqiqot  mavzusining  dolzarbligini  quyidagilar 

bilan izohlash mumkin.  

                                                      

2

 Юдина Т.Н. Социология миграции. – М.: Академический проект, 2006, - С. 89-90. 



3

 Qarang: Зайончковская Ж.А. Миграция населения из стран Центральной Азии. В книге: Трудовая миграция 

в  Республике  Узбекистан:  Социальные,  правовые  и  гендерные  аспекты.  –  Ташкент:  Программа  развития 

ООН в Узбекистане, 2008. – С.13. 

4

 Gazeta.uz , 19 февраля 2013. 




 

 



 

Birinchidan, 

globallashuv 

va 


integrasiyalashuv 

jarayonlarining 

intensivlashuvi  migratsiya  fenomeniga:  mintaqaviy–hududiy,  etnik  va  diniy–

konfessional  yondashuvlarga  asoslangan  muqobil  nazariyalarni  vujudga  keltirdi. 

Bu  esa,  ularni  qiyosiy  tahlil  qilib,  umumlashtiradigan  ijtimoiy  sosiologik 

tadqiqotlar olib borishni kun tartibiga qo’ymoqda. 

Ikkinchidan, 

migratsiya 

milliy, 

hududiy, 

mintaqaviy 

va 


global 

xususiyatlarga  ega  jarayon  bo’lganligi  uchun  unga  O’zbekiston  aholisining 

migratsion  jarayonlardagi  ishtirokiga  voqyelik  sifatida  yondoshish  tamoyillarini 

konkretlashtirish  muhim  nazariy,  metodologik  va  amaliy  ahamiyatga  ega.  Demak 

O’zbekiston  aholisining  migratsion  jarayonlardagi  ishtirokini  o’rganish, 

respublikamizda yuz berayotgan migratsiyaning muammo va yechimlarini yoritish 

nihoyatda dolzarb mavzudir. 


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling