Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti
Mavzuning ishlanganlik darajasi
Download 0,69 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtiroki muammo va echimlar
Mavzuning ishlanganlik darajasi. Insonning borliqdagi o’rni, uning
ijtimoiy mohiyati, tafakkuri va salohiyati haqidagi fikrlar antik davr faylasuflari: Konfusiy 5 , Arastu 6 va Aflotun 7 , shuningdek Markaziy Osiyo mutafakkirlari Farobiy, Ibn Sino, Ulug’bek 8 kabi allomalarinng asarlarida o’z ifodasini topgan. Masalan, inson omili masalalari muqaddas diniy manbalar, xususan Avesto, Injil, Zabur, Qur’oni Karim kabi muqaddas kitoblarda 9 ham ko’rsatilgan. Shu kabi, migratsiyaning ijtimoiy sosiologik masalalari: O.Kont, M.Veber, P.Sorokin 10 va boshqalar tomonidan u yoki bu darajada o’rganilgan. G’arbiy Yevropalik faylasuf va siyosatshunoslar G.Spenser, E.Dyurkgeym, Gegel kabilar jamiyatni tabiiy – tarixiy jarayon, murakkab ijtimoiy sistema deb ta’riflaydilar 11 .
5 Qarang: Конфуций, Лунь Юй. // Мудрецы поднебесной. – Семферополь: Реноме, 1998. 6 Qarang: Аристотель. Политика. – М.: Мысль, 2002, - C. 765. 7 Qarang: Афлотун. Қонунлар. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2008. 8 Qarang: Фаробий. Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент: А.Қодирий номли халқ мероси нашриёти, 1993; Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари. Уч жилдлик.– Тошкент: А.Қодирий номли халқ мероси нашриёти, 1994; Мирзо Улуғбек. Тўрт улус тарихи. – Тошкент: Чўлпон нашриёти, 1994. 9 Qarang: Авесто. Тарихий – адабий ёдгорлик. / Асқар Маҳкам таржимаси. – Тошкент: Шарқ, 2001; Инжил. Забур. – Стокгольм. Библияни таржима қилиш институти, 1993; Қуръони Карим / Ўзбекча изоҳли таржима. – Тошкент: Чўлпон, 1992. 10 Qarang: Конт О. Курс позитивной философии. В кн. Антология мировой философии. / Т. 3.–М.: 1971; Вебер М. Избранные произведения.– М.: Прогресс, 1990; Сорокин П. Человек. Цивилизация. Общество. – М.: Изд-во Политической литературы, 1992. 11 Qarang: Фалсафа: қомусий луғат. – Т.: Шарқ, 2004. - Б. 124. 8
XX asrning birinchi yarmida bo’lib o’tgan birinchi va ikkinchi jahon urushlari, keyinchalik 90–yillar boshiga kelib sotsialistik lagerning barham topishi, migratsiyani global voqyealikka aylantirdi. Ayniqsa, o’tgan asrning oxirgi o’n yilliklariga kelib, sanoatlashgan–texnologik tizim migratsiya omilining sur’at darajasi oshishiga, dunyoning globallashuvi va davlatlararo integrasiya jarayonlariga kuchli ta’sir o’tkazdi. Jamiyatshunos tadqiqotchilarning aynan migratsiya masalalarini tadqiq etishga bo’lgan qiziqishi keskin ortib bordi. 12
markazi elektron yozma fondlaridan, Samarqand viloyati axborot-resurs adabiyotlari manbalaridan ham foydalanildi. O’zbekiston Respublikasida mavzuning ijtimoiy-sosiologik, falsafiy, tarixiy va iqtisodiy jihatlarini yoritib berishda Q.X.Abduraxmonov, L.P.Maksakova, B.Umrzoqov, M.Rahimov 13 , F.Ya. Parmanov 14 , K. Kalanov 15 , Tolametova Z.A. 16 , ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. Shu kabi aholi milliy tarkibining migratsiya jarayonlariga bog’liqligi muammolarni N.Bobojonova tarixiy qiyosiy tadqiq qilishga harakat qilgan. 17 Ammo mazkur tadqiqotchilar migratsiyaning O’zbekiston aholisining demografik jarayonlari bilan bog’liq holda qiyosiy tahlilini, ayniqsa uning siyosiy–ijtimoiy va ijtimoiy-sosiologik muammolarini e’tibordan chetda qoldirishgan. Mavjud tadqiqotlar O’zbekiston aholisinig migratsion jarayonlardagi ishtirokining mohiyati hamda mazmunini o’rganishga muhim hissa qo’shganligini
12 Qarang: Максакова М. Миграция населения: проблемы регулирования. – Ташкент, 2001; Зайончковская Ж.А. Миграция населения из стран Центральной Азии. В книге: Трудовая миграция в Республике Узбекистан: Социальные, правовые и гендерные аспекты. – Ташкент: Программа развития ООН в Узбекистане, 2008; Юдина Т.Н. Социология миграции. – М.: Академический проект, 2006 ва бошқалар. 13 Qarang: Меҳнат иқтисодиёти ва социологияси. / К.Абдурахмоновнинг умумий таҳрири остида. – Тошкент: Ўқитувчи, 2001; Узбекистан: ННО и занятость населения. / Под. ред Л.П.Максаковой. – Ташкент: 2001; Умрзоқов Б., Раҳимов М. Меҳнат муносабатлари ва менталитет. – Тошкент: Ўзбекистон, 2005. 14 Парманов Ф.Я. Миграция жараёнларини бошқаришда инсон омили. // Социология фанлари номзоди …. диссертация автореферати. – Т., 2012. 15 Каланов К. Особенности миграционных процессов в Узбекистане. // Материалы второго конгресса социологов тюркоязычных стран на тему Гражданское общество и социальный прогресс в XXI веке. – Алматы. 2008. – С. 438 – 441; Каланов К. Внутренняя миграция на неформальном рынке труда в Узбекистане. // Россия – Узбекистан: история и современность (ч.II). / ЕвроАзия. – Москва. № №. (Июнь) / 2008. – С. 70 -75. 16 Толаметова З.А. Демографик жараёнлар ва уларнинг аҳоли бандлигига таъсири//Иқтисод ва молия, 2014, №3, 54-59 бетлар. 17 Бобожонова Н. Аҳоли миллий таркибининг ўзгаришига миграция жараёнларининг таъсири.// Ижтимоий фикр. Инсон ҳуқуқлари. № 1 (65)/2014. - Б. 118-123. 9
e’tirof etish lozim albatta. Ayni vaqtda, yuqoridagi tadqiqotlarda bu ikki hodisa dunyodagi migratsiya va O’zbekiston aholisining migratsiyasi jarayonlarini alohida-alohida tahlil etilgan, shuningdek, ularga xususiy yoki juz’iy masala sifatida yondashilgani ko’zga tashlanadi. Biroq, mavjud adabiyotlarda O’zbekiston aholisi migratsiyasi muammolari alohida tadqiqot obyekti sifatida, shuningdek tadqiq etilayotgan mavzuning qiyosiy tahlilining nazariy va amaliy talqinini yaratish masalalari o’zining yetarli darajasidagi ifodasini topmagan. Qolaversa, Globallashuv sharoitida O’zbekistonda migratsiya jarayonlarini boshqarishning muammolarining xususiyatlari, uni boshqarishni yuksaltirish yo’llari ham ilmiy jihatdan ishlab chiqilmagan. Shunga qaramay, hozirgi kunda aholi migratsiyasiga oid qonunchilik sohasida amalga oshirilgan tub islohotlar yanada jadal tus olmoqda. Ayniqsa, O’zbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtirokiga oid o’zgarish va yangiliklar kun sayin joriy qilib borilayotgan bir paytda sohaga oid qonunchilikni ayniqsa, aholi bandligi masalalarini yechimini topishni takomillashtirish haqida mulohaza yuritish va tadqiqot olib borishga yana bir karra urinish maqsadga muvofiq bo’ladi, deb hisoblaymiz. Download 0,69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling