Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti organik kimyo


ORGANIK KIMYO LABORATORIYASIDA ISHLASHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASIGA RIOYA QILISH QOIDALARI


Download 0.53 Mb.
bet2/38
Sana27.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1728456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
portal.guldu.uz-ORGANIK KIMYO FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLAR

ORGANIK KIMYO LABORATORIYASIDA ISHLASHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASIGA RIOYA QILISH QOIDALARI



  1. Laboratoriyada xalatsiz ishlash mumkin emas. Ishlashda ozodalikga, osoyishtalikga, saramjomlikga hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.

  2. Rejada ko‘rsatilgan har bir tajribani boshlashdan oldin o‘quvchini ruxsatini olish shart va bajarilayotgan ishning mazmunini e’tibor bilan o‘qib chiqish hamda tajriba uchun olinayotgan moddalarning xossalarini bilib olish lozim.

  3. Laboratoriyada ovqatlanish, suv ichish, chekish hamda qo‘yilgan reaktivlarni tatib ko‘rish mumkin emas.

  4. Foydalanilgan kislotalar, ishqorlar ishlatilgan xromli aralashmalar, oson alangalanuvchan kabilarni rakovinaga to‘kish mumkin emas. Ularni maxsus belgilangan idishlarga yig‘ib, qayta tozalash korxonalariga yuborish lozim.

  5. Qog‘oz, qum, shisha bo‘laklarini tegishli idishlarga tashlash kerak.

  6. Tajribani boshlashdan oldin tegishli reaktivlarning borligini va to‘g‘ri olinganligini hamda asboblarning to‘g‘ri yig‘ilganligini tekshirib ko‘rish lozim.

  7. O‘tkir hidli moddalar bilan olib boriladigan tajribalarni faqatgina mo‘rili shkaf ichida o‘tkazish lozim. To‘satdan o‘tkir hidli yoki zaharli moddalar bilan zaharlanganda, avvalo zaharlangan kishini ochiq havoga olib chiqish, so‘ngra tegishli yordam ko‘rsatish kerak.

  8. Reaktivlar, gaz va elektr energiyasini tejash lozim. Tajribada ko‘rsatilgan reaktivlar miqdorini ortig‘i bilan olish mumkin emas, bunday holda tajriba yaxshi natija bermasligi mumkin.

  9. Yonib turgan gaz gorelkasini va gaz gorelkasini va elektr asboblarini nazoratsiz qoldirish mumkin emas.

  10. Elektr asboblari, gaz va vodoprovod jumraklari, laboratoriya asboblari, analitik tarozilar va shunga o‘xshash boshqa asboblar buzilsa, tuzatishga urinmasdan o‘qituvchiga murojaat qilish kerak.

  11. Probirkaga biror suyuqlik solib qizdirayotganda uni qiya ushlab, yuqoridan boshlab asta-sekin qizdirish kerak. Probirkaning og‘zi esa ishlayotganlardan boshqa tomonga qaratilgan bo‘lishi kerak.

  12. Kislota, ishqor va zaharli modda eritmalarini pipetkaga og‘iz bilan so‘rib tortib olish mumkin emas. Buning uchun maxsus so‘rg‘ichlardan foydalanish lozim.

  13. Tez va osonlik bilan yonuvchi moddalar bilan ishlaganda bu moddalarni ochiq alangada qizdirish va alanga yaqinida saqlash mumkin emas. Bunday moddalarni qum va suv hammomlarida qizdirish mumkin.

  14. Tez yonuvchi suyuqliklar tasodifan alangalanib ketsa, avvalo qizdirish manbaini o‘chirish kerak. Alangani esa qum sepib yoki maxsus o‘t o‘chirgich vositalari bilan o‘chirish lozim. Ammo suv bilan o‘chirish mumkin emas, chunki suv bilan aralashmaydigan moddalar suv betida yoyilib ketib alangani yanada kengaytirishi mumkin.

  15. Agar ishlayotgan kishini kiyimi yonib ketsa uni darhol namat yoki qalin material bilan berkitib, yonayotgan kiyimni havo kirishini to‘xtatish lozim.

  16. Isitish asboblarini maxsus o‘tga chidamli materiallardan yasalgan tagliklar ustiga qo‘yib foydalanish lozim.

  17. Tanangizni biror eri alanga ta’sirida kuyganda avvalo kaliy permanganatning suyultirilgan eritmasi bilan yuvish va kuyganga qarshi ishlatiladigan maxsus moy yoki streptosid emulsiyasi surtib bog‘lash kerak.

  18. Kislota ta’sirida kuygan joyni avval yaxshilab suv bilan, keyin esa 1 %-li soda eritmasi bilan yuvish kerak. Ishqor ta’sirida kuyganda esa avval suv bilan, keyin esa 1 %-li sirka kislotasining eritmasi bilan yuviladi va vazelin surtib bog‘lanadi.

  19. Umuman kimyo laboratoriyalarida ishlatiladigan moddalarning ko‘pchiligi oz miqdorda bo‘lsada, sog‘liqga zararlidir. Shuning uchun ishlashda doimo hushyor va xavfsizlik texnikasi qoidasiga rioya qilish kerak.

  20. Laboratoriya ishi tugagach, ish joyi tartibga keltirilishi shart. Gaz gorelkalari va vodoprovod jumraklarining berkitilganligini, hamda elektr asboblarining o‘chirilganligini yana bir tekshirib ko‘rish lozim.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling