Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti organik kimyo


Download 0.53 Mb.
bet1/38
Sana27.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1728456
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
portal.guldu.uz-ORGANIK KIMYO FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLAR





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI



ORGANIK KIMYO
FANIDAN AMALIY
MASHG‘ULOTLAR
1-qism


Uslubiy qo‘llanma




Samarqand – 2007

Alimova M. Organik kimyo fanidan amaliy mashg‘ulotlar. Uslubiy qo‘llanma. – 1-qism. Samarqand: SamDU nashri. 2007-yil. – 115 bet.

«Organik kimyo»dan uslubiy qo‘llanma universitetlarning biologiya, ekologiya va tuproqshunoslik fakultetlari uchun mo‘ljallangan dastur asosida yozilgan bo‘lib, dasturga ko‘ra organik kimyo ko‘rsiga tegishli amaliy mashg‘ulotlarni, nazariy qismni va test savollarini o‘z ichiga oladi.


Undan kimyoni chuqur o‘rgatuvchi akademik lisey o‘qituvchilari, qishloq xo‘jaligi va tibbiyot institutlarining talabalari ham foydalanishi mumkin.

Taqrizchilar: dotsent Oripov E.O. (SamDU)


dotsent Xolmirzayev N. (SamISI)

Alimova M., 2007-y.


SO‘Z BOSHI

Ushbu uslubiy qo‘llanma universitetning biologiya, ekologiya va tuproqshunoslik fakultetlari talabalari uchun tasdiqlangan, organik kimyo o‘quv dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, asosiy maqsad laboratoriya-amaliy va mustaqil mashg‘ulotlarni talabalar tomonidan osonroq o‘zlashtirilishiga qaratilgan, ayniqsa mustaqil bajariladigan amaliy mashg‘ulotlarni sifatli uyushtirish uchun, reaktiv, asbob va kimyoviy idishlardan tashqari talabalarni o‘quv qo‘llanma yoki tajribani bajarilishi yozilgan uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash zarur. Hozirgi mavjud qo‘llanmalar asosan rus tilida, o‘zbek tilida chiqqanlari aynan universitet biologiya fakulteti talabalari uchun dastur asosida yozilmagan.


Talabalar kurs davomida mustaqil ishlash uchun organik birikmalarning nomenklaturasini, izomeriyasini, olinish usullarini, fizikaviy va kimyoviy xossalarini sinchkovlik bilan o‘rganishlari talab qilinadi. Buning uchun ular: ugleovodorodlar va funksional guruhlar o‘rtasidagi genetik bog‘lanishni, organik birikma molekulasini kimyoviy tuzilishini, elektron tuzilishini, qutblanish va orbitallarni tuzilishini, organik birikma molekulalari o‘rtasidagi boradigan reaksiyalar, reaksiya mexanizmlari, muhitning ta’siri hamda olingan bilimlarni amaliy jihatdan qo‘llay bilishlari kerak.
Organik kimyo fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni bajarishdan avval talaba shu mavzuga oid moddalarning kimyoviy xossalari bilan tanish bo‘lishi, tajriba bajarilishiga ko‘rsatilgan sharoit va reaktivlarning miqdoriga e’tibor berishi, laboratoriyada ishlash qoidalariga, texnika xavfsizligiga to‘la rioya qilishi kerak. Chunki organik reaksiyalar qiyin sharoitlarda, ko‘pincha qizdirilganda, nurlantirilganda, katalizator ishtirokida amalga oshadi. Shu sababli asosiy reaksiya bilan bir qatorda bir necha yo‘nalishda qo‘shimcha reaksiyalar ham borishi mumkin. Demak, e’tiborsizlik natijasida reaksiyada boshqa modda hosil bo‘lishiga va reaksiyani qayta bajarishga olib keladi.
Bundan tashqari organik modda molekulasidagi atomlar o‘zaro kovalent bog‘lar bilan birikkan bo‘lib, ular kuchli qutblangan, suvda erimaydi. Faqat qutblanish mos keladigan organik erituvchilarda eriydi. Organik erituvchilar esa oson yonuvchanlik, uchuvchanlik va zaharlilik xossalariga ega. Ularning xossalarini bilmaslik, laboratoriyada ishlash qoidalari va texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik, yong‘in chiqishi, zaharlanish kabi hodisalarga olib kelishi mumkin. Shu sababli avval mavzuga taalluqli nazariy qismni, moddalarning xossalarini, ish uslubini yaxshilab o‘zlashtirib o‘qituvchi suhbatidan o‘tgandan keyin ishlash tavsiya qilinadi.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada dasturga ko‘ra o‘n bitta mavzuga tegishli laboratoriya ishlari kiritilgan bo‘lib, har bir mavzudan keyin tegishli laboratoriya-amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun tajribalar keltirilgan hamda kollokvium savollari va mustaqil o‘rganish uchun testlar berilgan.
Test savollari deyarli ekvivalent qiymatli qilib tuzilgan. Bu savollar ballashni osonlashtiradi va reyting usulida talaba faoliyatini baholashda ancha engillik tug‘diradi.
Test savollari dasturga binoan beriladigan ma’ruzalar matni asosida tuzilgan bo‘lib, bu savollardan imtihon uchun bir necha variantlar tayyorlanadi va shunga o‘xshash boshqa savollar bilan oson almashtirilib yangilanadi. Test savollari bo‘yicha tayyorlangan va ularga javob bera oladigan talaba organik kimyoni to‘la o‘zlashtirgan deb hisoblanishi mumkin. Chunki savollar umumiylik elementlariga ega.
Bu qo‘llanma talabalarning organik kimyodan olayotgan bilimlarini bir sistemaga solib, tartib bilan organik birikmalarning sinflarini o‘rganish, har xil tipdagi reaksiyalar va ularning mexanizmlari haqida tushunchaga ega bo‘lishlari hamda amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanishlari uchun qisqa eslatmalar tarzida yordam beradi deb o‘ylaymiz.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling