Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor o‘qituvchilari


Download 10.89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.10.2023
Hajmi10.89 Kb.
#1697854
Bog'liq
Taqriz marksheyder NOMDOROV



Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor o‘qituvchilari 
R.U.Nomdorov, A.A.Abdiazizov, Sh.B Chorshanbiyev va I.Y Soxibovlar 
tomonidan tayyorlangan “Marksheyderlik ishi” nomli o‘quv qo‘llanmaga 
 
ТА Q R I Z 
Hozirgi kunda yuqori malakali, xorijiy tajribaga ega bo‘lgan yetuk kadrlarni 
tayyorlash zamonamiz talabi hisoblanadi. Shunday ekan, pedagogik jarayonlarning 
eskirib qolgan texnologiyalarini yangisiga almashtirish va unga davr talablari asosida 
yondashish, hamda unga o‘quv jarayonida zamonaviy uslublarini tadbiq etish asosiy 
vazifalardan biridir. Mazkur, O‘quv qo‘llanma “Marksheyderlik ishi” fanidan 60722000 
– Marksheyderlik ishi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tasdiqlangan fan dasturi asosida 
bajarilgan bo‘lib, unda o‘quv qo‘llanmaga qo‘yilayotgan barcha asosiy talablarga mos 
keladi. Chunki bu o‘quv qo‘llanma zamonaviy texnologiyalar asosida amalga 
oshiriladigan jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib, u keng qamrovli va ma’lumotlar bazasiga 
boy hisoblanadi.
O‘quv qo‘llanma mualliflarning ma’lumotlari asosida to‘plangan holda, bir 
tizimga solishga erishilgan. O‘quv qo‘llanmaning yozilishi aniq bir maqsad va vazifa
hamda maqsaddan kelib chiqqan holda unda ma’lum bir vazifalar belgilangan bo‘lib, 
amaliy ahamiyatga egadir. 
Oliy ta’lim muassasalarida Davlat tilidagi darslik va o‘quv – uslubiy qo‘llanma va 
dasrliklarning yetarli darajada bo‘lishi katta ahamiyat kasb etadi. Ana shu maqsadda, 
mualliflar “Marksheyderlik ishi” ta’lim yo‘nalishi sohalari ishlarini rivojlantirishda
“Marksheyderlik ishi” fanining ahamiyati, uning maqsad va vazifalari, rivojlanishi, 
asosiy nazariyalari, tarmoqlari, asosiy usullarini amaliyotda qo‘llash, ochiq va yer osti 
konlarida marksheyderlik xizmatlari va tasvirga olish ishlarining sifatiga va istiqboliga 
ta’siri kabi masalalarni yechishni yoritib bera olgan. 
Ushbu o‘quv qo‘llanma zamonaviy o‘quv dasturlari va ularni qo‘llash metodlari 
ilmiy tadqiqot obyekti sifatida tanlab olingan bo‘lib, zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarni qo‘llagan holda mashg‘ulotlarni zamonaviy modul asosida tashkil etish 
imkonini beradi, unda tayanch iboralar, nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar 
to‘plami berilgan, taqdimot materiallari ham yetarli darajada. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mualliflar 
R.U.Nomdorov, A.A.Abdiazizov, 
Sh.B Chorshanbiyev va I.Y Soxibov
larning o‘quv qo‘llanma katta hajmdagi ishlarni o‘z 
ichiga olib, yuqori saviyada bajarilgan. Taqrizchi sifatida, men ushbu o‘quv qo‘llanmani 
ijobiy baholab, uni o‘quv jarayonida foydalanish va chop etish uchun tavsiya etaman.

 
Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyat 
boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
To‘rayev S.K.

Download 10.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling