Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti organik kimyo


Download 0.53 Mb.
bet12/38
Sana27.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1728456
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Bog'liq
portal.guldu.uz-ORGANIK KIMYO FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLAR

Ishlatilishi. Etilen turli organik birikmalar sintez qilib olishda xom ashyo bo‘lib hisoblanadi.
Sanoatda etilen, polietilen, etil spirti, etilenglikol va o‘ta kuchli zaharlovchi modda ipritni sintez qilishda foydalaniladi. Polietilen radio va elektronika, qishloq xo‘jaligida va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi.


NAZORAT SAVOLLARI
1.Qanday uglevodorodlar molekulasida -bog‘lar bo‘ladi?
2.To‘yingan uglevodorodlarni to‘yinmagan uglevodorodlardan qaysi reaksiyalar yordamida farq qilish mumkin ?
3.Buten-1 ni qanday usullar bilan olish mumkin ?
4.Penten-1 ga izomerlar yozing va xalqaro nomenklaturada nomlang.
5.Uglerod atomining ikkinchi valent holatini tushuntiring. Etilenda qaysi tipdagi bog‘lar bor ? Nima uchun etilen elektrofil birikish reaksiyalariga oson kirishadi ?
6.Penten-1 ga vodorod xloridning birikishini, ozonlanishini, Vagner reaksiyasi misolida oksidlanishini yozing.
7.Markovnikov qoidasini va bu qoidaga teskari boradigan reaksiyalarni tushuntirib bering.
8.Polimerlanish reaksiyasiga misollar keltiring.

2-AMALIY ISH

ETILENNING OLINISHI VA XOSSALARI

Reaktivlar: Etilen olish aralashmasi (96 % etil spirti va konsentrlangan sulfat kislota aralashmasi 1:2 nisbatda), bromli suv (to‘yingan eritmasi), 2% KMnO4 eritmasi, 10% Na2CO3 eritmasi.
Asboblar: Etilen olish asbobi, qaynatgichlar (maydalangan farfor bo‘lakchalari, kvars qumi). Xlorkalsiy trubkasi (CaCl2 to‘ldirilgan), gaz o‘tkazuvchi trubkalar, tigellar qopqoqlari.

TAJRIBA № 1

Quruq probirkaga 1 qism (4-5 ml) spirt va 6 qism konsentrlangan sulfat kislotadan iborat aralashma quyiladi va og‘zi gaz chiqish nayi o‘tkazilgan probka bilan berkitiladi. Gaz chiqish nayining ikkinchi uchi suvli probirkaga tushirilib qo‘yiladi. So‘ngra reaktivli probirka 45o burchak ostida shtativga o‘rnatilib, sekin qizdiriladi. Natijada probirkadagi mahsulot qorayadi va gaz holatidagi mahsulot - etilen ajralib chiqadi:


CH3 – CH2OH + HO–SO2–OH = CH3 – CH2 – OSO2 – OH + H2O
CH3 – CH2 – OSO2 – OH  CH2 = CH2 + H2SO4

TAJRIBA № 2

Etilenning kaliy permanganat eritmasi bilan reaksiyasi. (Vagner reaksiyasi). Probirkaga 2 ml 2 %-li KMnO4 eritmasi quyilib, unga 0,5 ml 10 %-li soda eritmasi quyiladi. Keyin etilen o‘tkaziladi. Binafsha rang yo‘qoladi. Bunda cho‘kmani tushushiga e’tibor bering. Agar ko‘proq etilen o‘tkazilsa, bu cho‘kma yo‘qoladi. Reaksiya tenglamasi.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling