Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti organik kimyo


Download 1.77 Mb.
bet6/38
Sana23.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1388340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОRGАNIK KIMYO (1)

Ishlatilishi. To‘yingan uglevodorodlarning pastki vakillaridan yoqilg‘i sifatida ( tabiiy gazning asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi) foydalaniladi.
Metandan sanoatda asetilen, sianid kislota, metil spirti, chumoli aldegidi, xlorli birikmalar, plastmassalar, nitron, sun’iy kauchuk, mineral o‘g‘itlar olishda foydalaniladi. Etan, propan, butan va boshqa yuqori vakillaridan sanoatda turli maqsadlarda foydalaniladi.


NAZORAT SAVOLLARI
1. Uglerod atomining valent holati (sp3-gibridlanish), -bog‘i hosil bo‘lishi va uning mustahkamligi sababini tushuntiring.
2. 2,4-dimetilgeksanni olinishini Vyurs reaksiyasi orqali ifodalang.
3. Izobutan molekulasida bog‘larning qanday turi mavjud ?
4. uglevodorodning izomerlarini yozing va ularni xalqaro hamda rasional nomenklaturada nomlang.
5. Butanni turli usullarda olinish reaksiyalari tenglamalarini yozing.
6. Kreking qanday jarayon ? Oktanni krekinglash reaksiya tenglamasini yozing va sharoitini ko‘rsating.
7. Propanni xlorlanish reaksiyasi tenglamasini yozing.
8. Propanning to‘la va chala oksidlanish reaksiyasi tenglamasini yozing.
1 – AMALIY ISH

TAJRIBA № 1
METANNING OLINISHI VA XOSSALARI

Kerakli asboblar: 1.Shtativ probirkalari bilan. 2. Gaz chiqarish nayi.
Reaktivlar:1. Natriy asetat. 2.Natronli ohak(NaOH + CaO).
3.Bromli suv. 4.Kaliy permanganat, 1%-li eritmasi.

Quruq probirkaga bir qism quruq natriy asetat va ikki qism natron ohakdan iborat aralashmadan 2 g solinadi. Probirkaning og‘zi gaz chiqish nayi o‘rnatilgan probirka bilan berkitiladi va qisqich yordamida shtativga o‘rnatiladi. Nayning ikkinchi uchi suvli boshqa probirkaga tushiriladi.


Shundan keyin aralashmali probirka gorelka alangasida qizdirilsa, gaz holatdagi mahsulot – metan hosil bo‘ladi:

Ajralib chiqayotgan gazga nay og‘zida gugurt chaqilsa u ko‘kimtir alanga berib yonadi, demak, bu metan gazidir.
CH4 + 2O2  CO2 + 2H2O
Ajralib chiqqan gaz avval bromli suv solingan probirkadan, keyin kaliy permanganat eritmasi solingan probirkadan o‘tkaziladi. Bunda eritmalar rangining o‘zgarmasligi bu gazning bromli suv va kaliy permanganat eritmasi bilan reaksiyaga kirishmaganligini ko‘rsatadi. Bu tajriba ham ajralib chiqqan gaz metan ekanligini tasdiqlaydi.
1.Eslatma. Bir oz vaqtga gaz alangasi pasayishi yoki modda joylashgan joydan boshqa tomonga alanga siljishi natijasida reaksion aralashma harorati pasayib reaksiya tezligi susayadi va probirkadagi bosim kamayadi. Bu esa gaz chiqarish nayining ikkinchi uchi tushirilgan probirkadagi eritmaning reaksion probirkada so‘rilib o‘tishi natajasida sinishiga va ko‘ngilsiz hodisalarga olib keladi.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling