Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti organik kimyo


TAJRIBA № 2 KEROSIN VA BENZINNI ALANGALANISHIGA QARAB ANIQLASH


Download 1.77 Mb.
bet7/38
Sana23.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1388340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОRGАNIK KIMYO (1)

TAJRIBA № 2
KEROSIN VA BENZINNI ALANGALANISHIGA QARAB ANIQLASH

Ikkita chinni kosachaning biriga 5 ml kerosin, ikkinchisiga 5 ml benzin quyiladi. Yonib turgan gugurt cho‘pi benzin solingan kosachaga yaqin olib kelinsa benzin yonadi, kerosin esa yonmaydi, unga yonib turgan gugurt cho‘pi botirilsa, o‘chib qoladi.


Agar kerosinni avval 30-40oS gacha isitib, so‘ngra unga yonib turgan gugurt cho‘pi tutilsa, kerosin ham benzin kabi yonib ketadi.

NAZORAT SAVOLLARI
1. To‘yingan uglevodorodlar qatorida izomeriyaning qanday turi uchraydi? Izomeriyaning bu turini A.M. Butlerovning organik moddalarining tuzilish nazariyasi asosida tushuntiring.
C6H14 tarkibli uglevodorodning hamma izomerlarini yozib ularni xalqaro va rasionol nomenklatura bo‘yicha nomlang.
2. 2,4-dimetilgeksanni olinishini‚ Vyurs reaksiyasi orqali ifodalang.
3. Uglerod atomining valent holati (sp3-gibridlanish) σ-bog‘i hosil bo‘lish va uning mustahkamligi sababini tushuntiring.
4. Izobutan molekulasida bog‘larning qanday turi mavjud.

  1. Qo‘yidagi uglevodorodlarning yarim sruktur formulalarini yozing.

a) 2,2-dimetilpropan; b) dimetilmetan; v) 2,3-dimetil-3-etilgeksan.
6. Qo‘yidagi reaksiya bo‘yicha hosil bo‘ladigan uglevodorodlarni rasional va halqaro nomenklatura bo‘yicha nomlang:

7. Qo‘yidagi birikmalarning struktura formulalarini yozing va ularda birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi uglerod atomlarni toping:
2-metilbutan, 2,2-dimetilpentan, metilizopropil – uchlamchi butilmetan.
8. Etanni a) Vyurs reaksiyasi asosida; b) etilen va asetilendan; v) Mos kelgan kislota tuzidan, hosil qilish reaksiyasi tenglamalarini yozing.
9. Neftning yuqori fraksiyalari oksidlanishidan yuqori kislotalari aralashmasi hosil bo‘ladi. Ularni ishqor bilan qayta ishlab sovun olinadi. Bu jarayonni butanning oksidlanishi misolida tushuntiring.
10. Kreking qanday jarayon? Metanni krekinglash reaksiyasi tenglamsini yozing va sharoitini ko‘rsating.
11. Metanning xlorlanish reaksiyasi tenglamasini yozing.
12. Propanning to‘la va chala oksidlanish reaksiyasi tenglamalarni yozing.
13. 2-metilgeksanni sulfoxlorlanish reaksiyasini yozing.
14. 2-metilpentanni nitrolanish reaksiyasini yozing.


Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling