Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti organik kimyo


Download 1.77 Mb.
bet3/38
Sana23.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1388340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОRGАNIK KIMYO (1)

ASIKLIK BIRIKMALAR
TO‘YINGAN UGLEVODORODLAR
Parafinlarning gamalogik qatori, naminklatura, izomeriya. Tabiatda uchrashi va hosil bo`lishi, hossalari va reaksiyalari
Reja:

  1. Tabiatda uchrashi, gamalogik qatori, nomlanishi va izomeriyasi.

  2. Olinish usullari.

  3. Fizikaviy hossalari.

  4. Kimyoviy hossalari.

  5. Ishlatilish sohasi.

  6. Amaliy ish.



Tayanch iboralar: gomologik qator, izomer, to‘yingan, alkan, parafin, radikal, kreking, Vyurs, Kolbe.
Molekulalaridagi uglerod atomlari o‘zaro oddiy -bog‘lar bilan bog‘langan va qolgan valentliklari vodorod atomi bilan to‘yingan birikmalar to‘yingan uglevodorodlar yoki alkanlar (parafinlar) deb ataladi.
Parafinlar deyilishiga sabab oddiy sharoitda hech qanaqangi kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi, o‘ta passiv moddalardir.
Gomologik qatori quyidagicha:
CH4 – metan C2H6 – etan
C3H8 – propan C4H10 – butan
C5H12pentan C6H14 – geksan
C7H16 – geptan C8H18 – oktan
C9H20 – nonan C10H22 – dekan.
Umumiy formulasi – CnH2n+2
Tuzilish va kimyoviy xossalari o‘xshash bo‘lib, tarkibi bir yoki bir necha CH2 guruh bilan farq qiluvchi moddalar qatori gomologik qator deyiladi. Moddalar esa gomologlar deyiladi.
Izomeriya. Organik moddalarning anorganik moddalardan farqi ular orasidagi izomeriya hodisasining juda keng uchrashidir.
Izomeriya grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, teng qism degan ma’noni bildiradi. Bu terminni fanga Shved olimi Ya.Berselius tomonidan kiritilgan. Kimyoviy tarkibi va molekulyar massasi bir xil, lekin tuzilish formulasi va fizik-kimyoviy xossalari turlicha bo‘lgan moddalar izomer moddalar yoki izomeriya deyiladi.
Metan, etan, propanning izomeri yo‘q. Butanning ikkita, pentanning uchta izomeri mavjud.



n-butan

izobutan

n-pentan izopentan neopentan

To‘g‘ri zanjirli ko‘rinishdagi birikmalarga normal birikmalar deyiladi va n-harfi bilan belgilanadi. Izobutan, izopentan va neopentandagi uglerod zanjiri esa tarmoqlangan. Bunday birikmalar izobirikmalar deyiladi. Bu izomeriya struktura izomeriya yoki uglerod skeletining izomeriyasi deyiladi. Uglevodorod molekulasidagi uglerod atomlarining soni ortib borishi bilan izomerlarning soni ham tez ortib boradi. Masalan,


C4H10 – 2 ta
C5H12 – 3 ta
C6H14 – 5 ta
C7H16 – 9 ta
C8H18 – 18 ta
C9H20 – 35 ta
C10H22 – 75 ta
C15H32 – 4347 ta.
To‘yingan uglevodorod molekulasidan bitta vodorod atomi olinsa, ularning radikallari hosil bo‘ladi (ya’ni CnH2n+1).
Ular juda beqaror, reaksiyaga aktiv kirisha oladigan zarrachalardir. Ularni nomlashda –an qo‘shimchasi –il ga almashtiriladi.


Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling