Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Birovning his-tuyg’ulariga e’tiborli bo’lish
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
5.
Birovning his-tuyg’ulariga e’tiborli bo’lish. Konfliktlarda manfaatlar to’qnashuvidan tashqari emosional-xissiy to’qnashuv ham yuz beradi. Ya’ni, emosional-xissiy qarama-qarshilik mavjud nizoning tashqi ko’rinishi sifatida o’zini namoyon etadi. Konfliktda ham o’z manfaatlarini ifoda etish maqsadida, ham o’zini himoya qilish uchun har bir inson o’z xis-tuyg’ulariga berilib, esankirab qolishi mumkin. Emosional ekankirash esa konflikt jarayonining to’g’ri va adolatli hal etilishiga zarar yetkazishi mumkin. Shu bois, konfliktning yechimida bir tomondan, o’zining xis-tuyg’ularini jilovlay bilish, ikkinchi tomondan, o’z opponentining xis-tuylariga e’tiborli bo’lish talab qilinadi. Birovning xis-tuyg’ulari mazkur konkret shaxsning aynan konkret shart-sharoitdagi ahvolining namunasi sifatida baholanishi ma’lum xulosalar qilinishiga yordam beradi. Ya’ni, konfliktdagi xis-tuylar insonning boshqa insonga yo’naltirilgan doimiy mavjud munosabatini emas, balki birdaniga uyg’ongan va portlash orqali o’zini ifoda etayotgan tuyg’ularini 4 Тафаккур гулшани. –Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1989, - Б. 39 76 ifoda etadi, xolos. Emosional portlash - o’tib ketadi. Ularning ortida insonning azaliy, shakllangan va hurmatli munosabati yotgan bo’lishi mumkin. Shu bois, diqqatni bir soniyada vujudga kelib, jo’sh urgan emosiyalarga emas, balki azaliy mavjud bo’lgan hurmatli munosabatlar va emosiyalarga qayratishga harakat qilishga yo’naltirish darkor. Hurmat va e’tibor ishonchga olib kelishini yodda tutish lozim. Birovning xis-tuyg’ulariiga e’tiborli bo’lish, faqat konflikt sharoitiga nisbatan emas, balki umuman hayotdagi barcha bosqichlarga nisbatan qat’iy qoidalardan biri bo’lishi lozim. Masalan, o’z otangiz bilan siz uchun muhim bo’lgan masalada bahslashib qoldingiz. Masalan, siz o’zingiz yoqtirgan qizga uylanmoqchisiz, ammo otangiz bunga qarshi. Otangiz sizni tushunishni istamaydi. Orada janjal yuzaga keladi. Siz jahl qilib, ko’chaga chiqib ketasiz. Otangiz orangizda bo’lgan hodisadan qiynalib, uyda qoladi. Otangiz aslida sizga yomonlik istamaydi. Otangiz, balki siz tanlagan qizning qaydayligi bilsa, o’z fikrini o’zgartirar. Bunga esa vaqt talab etiladi. Kechqurun kelsangiz, otangiz hafa. Ammo siz chekinishni istamaysiz. Siz yana unga nisbatan o’z so’zingizda qolganingizni ko’rsatmoqchi bo’lib, bee’tibor bo’lasiz. Ammo otangizning kechqurundagi salbiy kayfiyati kunduzi bo’lgan janjal oqibatida o’zini yomon xis qila boshlagani natijasi bo’lishi mumkinligini hayolga ham keltirmaysiz. Siz, o’zingizni o’z baxti ustida kurashayotgan odam sifatida qabul qilasiz, o’z so’zingizdan qaytmasligingiz aniq. Ammo, bu degani, umuman bee’tiborlilik degani emas-ku?! Otangiz sizni hafa qilmaslik uchun o’z ahvoli haqida so’z demaydi, u indamaydi, o’zini yomon xis qilayotganligini yashiradi. Uning yurak huruji og’irlashadi. Siz esa o’zingiz bilan o’zingiz ovora bo’lib qolaverasiz. Bunday, yaqinlaringiz emosional holatiga bo’lgan bee’tiborlilik juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini siz hali bilmaysiz. Konflikt sharoitida har ikki tomon ham ishonchga muhtojdir, o’zaro ishonch esa konflikt yechimini topishga imkon beradi. Yuqoridagi holatda, kechqurun uyga qaytgandan so’ng, (aslida ko’chada yurganda ham bir telefon qilib ahvol so’rasangiz bo’ladi), ―Dada, mayli hafa bo’lmang. Bu masalalar birdaniga hal bo’lmaydi. O’ylashib ko’rarmiz... Biror chorasi chiqib qolar... Siz menga yaqin odam.. O’zingizni avaylang...‖, desangiz, otangiz yurak xuruji bezovta qilayotganligini ochiq aytadi. O’rtada, ikki tomon orasida yana ishonch vaziyati tug’iladi. Inson insonga har jihatdan zarur va muhtoj ekanligini yodingizdan chiqarmang. Chunki inson axloqi uning boshqalarga bo’lgan munosabati orqali bilinadi, o’zini ko’rsatadi, ammo uning axloqiyligini yaratuvchi mohiyat inson ichki olamida tarbiyalangan bo’lsagina, u yuzaga chiqadi. 6. O’z amallariga mas’ul bo’lish. Eng qadimgi davrlardan boshlab inson sivilizasiyasi tarbiya va axloq masalalariga e’tibor bilan qaragan. Inson axloqiy normalari ichida o’z so’zida turish, burch, mas’uliyatli bo’lish, birovlarga berilgan va’dalarga hurmat va ularni so’zsiz bajarish inson komilligining oliy qadriyatlaridan hisoblangan. Ammo hayotda har doim ham shunday bo’lavermaydi. Ko’pincha biz o’z va’dalarimizni esdan chiqarib qo’yamiz, o’z so’zimiz ustida turmaymiz. Bu – juda yomon odat. Ba’zan, boshqalarning bizga bergan va’dasini o’z vaqtida bajarmagani uchun aziyat ham chekamiz. Insonning eng halokatli xatolaridan biri – yaxshi ishni ham yomon bajarib, barbod etishdir. 77 Konfliktlar sharoitida o’z so’zi ustida turish - konflikt yechimiga qaratilgan va’dalarning ustidan chiqishni anglatadi. Agar konflikt yechimi ichida siz o’z xohishingiz bo’yicha o’zingizga ba’zi mas’uliyatli vazifalarni olsangiz, ularni bajarishga sayi-harakat qilishingiz lozim. Agar ularning uddasidan chiqolmayotgan bo’lsangiz, ular borasida ham ochiq muloqotda so’zlab, ishni bajara olmayotganligingiz haqida o’rtoqlashishingiz lozim bo’ladi. Konflikt sharoitida kuyidagi amallar maslahat beriladi: - O’z so’zlaringiz va amaliy ishlaringizda mas’uliyatni o’z zimmangizga oling. - Tomonlar o’rtasidagi turli shartnomalar va o’z mas’uliyatingizdagi vazifalarni albatta bajaring. - Agar sizning sa’y-harakatlaringiz behuda ketayotganligi va yordam bermayotganligini sezsangiz, harakatlaringizni qaytadan boshlang va opponentingiz bilan samimiy o’rtoqlashing. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling