Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/156
Sana26.11.2021
Hajmi1.13 Mb.
#177677
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

3.Tana zaboni 
Inson kundalik hayotida juda katta informasiya ichida yashaydi, katta informasion 
oqimni  qabul  qiladi  va  xuddi  shunday  katta  informasion  ma’lumotlarni  atrofga 
tarqatadi  ham.  Informasiyalarni  tarqatishda    faqat  uning  tili,  zaboni,  aytgan  gaplari, 
ishlari,  yozgan  kitoblari  ishtirok  etmaydi.  Faqat  mana  shulargina  ahamiyat  kasb 
etmaydi. Balki informasion ma’lumotlarni tarqatishda odam tanasining ma’lum hatti-
harakatlari,    ya’ni  mimikasi,  kiyinishi,  qo’l  harakatlari,  qosh  ko’zi,  ovozi,  ko’z 
qarashlari,  nigohi,  kulgusi  ham  ishtirok  etib,  ular  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  
Masalan,  agar  sizga  uzoqdagi  tanishingiz  ―Bu  yoqqa  kel!‖  deb  baqirib,  ammo  qo’l 
harakatlarini teskari tomon ―ket!‖ shaklida qilsa, siz nima qilishni bilmay, esankirab 
qolasiz.  Chunki  ―kel‖  axborotiga  doir  qo’l  harakatlari  bilan,  ―ket‖  axborotiga  doir 
qo’l  harakatlari  boshqa-boshqadir,  ular  qarama-qarshidir.  Ya’ni,  ―kel‖  bilan  ―ket‖ 
ma’lumotini o’zida jamlagan qo’l harakatlari ma’lum bir informasiyani ifoda etadi.  
Demak,  bizning  boshqa  odamlar  bilan  bo’ladigan  tabiiy  muloqotimizda  ularda 
jamlangan ma’lumotlar bilan birgalikda til, tana harakatlari, mimika, ovoz ham faol 
ishtirok  etadi.  Bizning  uzatmoqchi  bo’lgan  axborotimizga  mutanosib  ravishda 
mazkur  tana  harakatlarini  biz  beixtiyor  tarzda  instinktiv  ishlatamiz.  Ularga  ko’p 
e’tibor  qaratmaymiz.  Ammo  bizning  suhbatdosh,  ba’zan  xuddi  ana  shu  tana 
harakatlari    orqali  siz  to’g’ringizdagi  eng  ―ochiq‖  aytilgan  va  haqiqiy  bo’lgan 
axborotni qabul qiladi hamda o’z xulosalarini chiqaradi.  
Shu  bois,  siz  birovdan  hafa  bo’lsangiz,  o’z  nutqingizda  hurmatli  so’zlarni 
aytayotgan bo’lsangiz ham, boshqa inson ko’pincha vaziyat samimiy emasligi, orada 
nimadir  bo’lganligini  sizning  tana  harakatlaringiz  (―sovuq‖  ovozingiz,  ko’z 
qarashlaringiz,  ―qo’l‖  uchida  so’rashishingiz)  orqali  bilib,  sezib  turadi.    Siz 
qarshingizda  turgan  odam  tomonidan  o’zingizning  ichki  xissiyotlaringiz  aynan  va 
bevosita  anglanishini  istamaysiz,  chunki  aynan  mana  shu  daqiqalarda  siz  mazkur 
odamga  nisbatan  yomon  xissiyotlar  ichida  yashamoqdasiz.  Biroq,  siz  o’z 
xissiyotlaringizni yashirishingiz lozim.  Ammo tana harakatlaringiz ongingiz to’rida 
bo’lgan  sizning  munosabatingizni  o’z  tana  zaboni  orqali  bilintirib  qo’yadi.  Chunki 
informasiya faqat so’z orqaligigina emas, balki tana harakatlari orqali ham uzatiladi. 
Demak, tana zaboni axborot ulashish va tarqatishda faol ishtirok etadi.  Informasiyani 
uzatishda biz ko’pincha e’tibor bermaydigan xuddi ana shu noan’anaviy usul -  “tana 
zaboni” hisoblanadi.  
Shunday  qilib,  tana  zaboni  nima?  Tana  zaboni  ilmiy,  aniq,  lo’nda  tushuncha 
bo’lmay,  balki  tanamiz  harakati  oqibatida  berilayotgan,  uzatilayotgan  signallar 
majmuidan  iborat,  biz  bu  signallarni    ataylab,  yoki  o’zimiz  bilmagan  holda 
atrofdagilarga ma’lum qilamiz. 

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling