Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Ochiq va aniq savollardan foydalaning!
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hyech narsa taklif qilmang!
- O’zingizni nazorat qiling!
- Birovning nafsoniyatiga tegmang
7. Ochiq va aniq savollardan foydalaning! Konflikt vaziyatida tomonlar
muloqoti imkon darajasida har ikki tomonga tegishli bo’lgan axborotlarni yig’ish va tahlil qilish asosiga qurilmog’i lozim. Aslida konflikt emosiyalar to’qnashuvidan axborotlar almashuviga o’tilishi asosida yechiladi. Shu bois, suhbat, ya’ni muloqot jarayonida ochiq va aniq savollar beribgina siz boshqa inson sizdan nimani so’rayotganligini, uning qanday talablari mavjudligi, uning xissiyotlari va xulosalari nimalarga asoslanganligini to’g’ri tushuna olasiz. Ammo, ochiq va aniq savollar – nima?! Ochiq va aniq savollar bu - «ha» yoki «yo’q» so’zlari javob sifatida ishlatilmaydigan, keng javob bo’la oladigan, sizning savolingizga opponentingiz har tomonlama to’liq javob bera oladigan savollardir. Nima uchun ochiq va aniq savollar ishlatilishi lozim?! Chunki siz o’z opponentingiz borasida keng ma’lumotlarni uning o’zidan olishingiz lozim. Agar u sizning barcha savollaringizga faqat ―ha‖ yoki ―yo’q‖ deb javob beraversa, siz opponentingiz haqida juda kam va noaniq ma’lumotlar to’play olasiz xolos. ―Ha‖ va ―yo’q‖ javoblari sizga opponentingiz kayfiyati, munosabati, xulosalari, xissiyotlarini to’la va asosli namoyon qila olmaydi. Shu bilan birga ―ha‖ va ―yo’q‖ ko’proq siz shakllantirgan xulosalarga bo’lgan ijobiy yoki salbiy munosabatni anglatadi. Bunday javoblar – sizning munosabatingizga bo’lgan noaniq javob bo’la oladi xolos. Ya’ni, opponentingiz xulosalari va xissiyotlari ikkinchi planga o’tib qoladi. Opponentingiz fikrlarini aniq tasavvur etmaslik esa konflikt yechimi jarayonida noto’g’ri xulosalar qilinishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, siz ochiq va aniq savollar berish orqali uni qiynayotgan fikr- o’ylarning tashqariga chiqishiga yordamlashasiz. Opponentingizga shunday savollar berish orkali uning muammolari siz uchun befarq emasligini, siz uning shaxsi va so’ziga etibor berayotganligingizni ko’rsatasiz. U – tinchlanadi. U - o’zining yakka emasligini anglaydi. Unda ishonch hosil bo’ladi. Ochiq va aniq savollar orqali u o’z dardlarini gapira boshlaydi. Sizning eshitishingiz esa undagi ishonchni qayta tiklaydi. O’rtada –ochiq va aniq muloqot o’rnatilishi uchun asos yaratiladi. To’g’ri tashkil qilingan muloqot esa tomonlarni bir biriga yaqinlashtiradi, konflikt va muammoni - bir tomon, ularga qarshi qaratilgan tomonlarni, ya’ni siz va opponentingizni - bir tomon qilinishiga ko’mak beradi. Ochiq va aniq savollarga kuyidagi misollarni keltirish mumkin: Ochiq va aniq bo’lmagan savollar: - Sen charchadingmi?! - Sen borasanmi? - Bolalar yaxshimi?! Ochiq va aniq savollar: - Bo’lib o’tgan voqyea senga qanday ta’sir o’tkazdi? Nimalarni o’ylading, nimalar seni qiynadi?! - Nima uchun sen ―sinfdoshlar uchrashuviga‖ borishga qaror qilding? Sinfdoshlar uchrashuviga borib, nimalarni ko’rmoqchi va bilmoqchi eding?! - Men ketgandan so’ng, bolalar nima qildi? Sen ularga mening yo’qligimni qanday tushuntirding? Ular nima deyishdi? Hafa bo’lishdimi? Sen o’zing qanday 84 kayfiyatda bo’lding? Sen nimalarni o’ylading?! Bolalar uchun qanday javob tayyorlading?! O’zing bo’lib o’tgan voqyea haqida nimalarni o’ylaysan? Ochiq va aniq yo’naltirilgan savollarga faqat ―ha‖ yoki ―yo’q‖ deb javob berib bo’lmaydi. Albatta, biror holat, yoki vaziyat, yoki xissiyotni to’la bo’lmasa ham, kengroq tarzda so’zlab berishga inson majbur bo’ladi. Ana shunday vaziyatda siz o’z opponenetingiz so’zlarini samimiy e’tibor bilan tinglasangiz, o’rtada samimiy muloqot uchun sharoit yaratiladi. Shu bilan birga, agar konflikt eng yaqin odamlar o’rtasida yuz bergan bo’lsa, oilaviy tashvishlar, farzandlar borasidagi umumiy qarashlar tomonlarni samimiy muloqotga undovchi omillar hisoblanadi. Esingizda bo’lsin, samimiyat samimiyat yaratadi, yaxshilik yaxshilikni keltirib chiqaradi, kechirimli bo’lsangiz, sizni ham kechirishadi, iliq munosabat bildirsangiz sizning iliq munosabatgiz ham bejavob qoldirilmaydi. Agar konfliktdan so’ng tomonlar umuman ajralib ketsa ham, tomonlar o’zaro hurmat, biri birini xo’rlamaganlik, biri birini yerga urmaganlik, bir birini nafsoniyatiga tegmaganlik asosida ajraladi. Bu esa – tomonlarni o’z insoniy nufuzi va qadriyatlarini saqlab qolinishiga imkon yaratadi. 8. Hyech narsa taklif qilmang! Nima uchun aynan mana shunday talab qo’yiladi? Chunki, emosiyalar va ehtiroslar ichida odam ba’zan so’zlashga berilib ketib, aslida o’zida mavjud bo’lmagan, yoki soniyalik, bir zumlik bo’lgan xis-tuylarni ifodalab yuboradi. Ana shunday xis-tuyg’ularni asl xis-tuyg’ulardan ajrata olish darkor. Siz mavhum va aslida bo’lmagan mana shunday ―aldamchi‖ xis-tuyg’ularga tayanib, noto’g’ri xulosalar qilib, biror bir takliflarni kiritsangiz, noto’g’ri xulosalar qilgan bo’lasiz. Masalaning yana bir boshqa muhim tomoni mavjud. Ziddiyat jarayonida sizning takliflaringiz, ular - aqlli, jozibali, ikki tomon uchun qulay bo’lgan takliflar bo’lganiga qaramay, emosiyalar girdobida rad etilishi mumkin. Shu bois, avval emosional holatni samimiylik va ishonch asosida shakllantirish, undan so’nggina vaqti soati yetib kelganida, ma’lum takliflarni bosim o’tkazmasdan taklif etish mumkin bo’ladi. Shu bilan birga, sizga aytilayotgan so’zlarning ma’nosi aslida boshqa mazmunda bo’lishi mumkinligini doimo yodingizda tuting. Sizga uzatilayotgan va ma’lum qilinayotgan axborotni siz to’g’ri anglayotganligingizni nazorat qilib boring. Buning uchun opponentingiz so’zlarini o’zingiz anglaganingiz tarzida qayta takrorlab, undan qayta so’rab turing: «Sizni to’g’ri tushundimmi?», ―Siz shunaqa demoqchimisiz?‖, ―Sizni to’g’ri tushungan bo’lsam, siz shuni.... nazarda tutyapsiz. To’g’ri-mi?!‖ Bu usullar boshqa odamni to’g’ri, adekvat anglashga yordam beradi. O’zga odamning fikrlarini adekvat, ya’ni ularga jamlangan ma’lumotlarni aynan opponentingizga o’xshab anglanishigina ziddiyatga bo’lgan tomonlar munosabatlarini bir biriga yaqinlashtiradi, fikrlar uzviyligiga olib keladi. 9. O’zingizni nazorat qiling! Ziddiyat jarayoni ko’pincha tomonlar qalbida va fikrida mavjud bo’lgan barcha negativ holat va qarashlarni yuzaga olib chiqadi. Shu bois, har ikkala tomon ham qarama-qarshi tomonni hamma nuqsonlarda ayblash, o’zini esa himoya qilish bosqichidan o’tadi. Qarama-qarshilik kuchaygan paytda har doim ham boshqalar bizga aytayotgan ba’zi ―achchiq‖, ―adolatli‖, shu bilan birga, boshqa bir ―bo’hton‖, ―yolg’on‖, ―amalda bo’lmagan‖ so’zlar bizlarga yoqavermaydi. Ko’pchilik bunday holatdan ―tutoqib‖ ketadi. Ammo agar siz ―yarashish‖, ―kelishish‖ pozisiyasida turgan bo’lsangiz, tabiiy ravishda ba’zi kompromisslarga borishga 85 to’g’ri keladi. Shu bois, har ikkala tomon ham o’z emosiyalari qatorida o’zi ishlatayotgan so’zlari, amallari, fikrlarini, tana zabonini nazoratda ushlashi talab etiladi. O’zingizni nazorat qila olsangizgina, o’zga insonni nazorat qilish uchun vaziyat yaratiladi. Boshqa odam o’z so’zini tugatmagunchacha, uning so’zini bo’lmay eshiting. Agar bu odamdan jahlingiz chiqayotgan bo’lsa, «men – tasdiqlar‖ tizimini qo’llang. Bu usul sizning his tuyg’ularingizni birovga yetkazishga imkon beradi. Jahlga jahl bilan javob qaytarish konfliktni kuchurlashtirib yuborishini doimo esda tuting. Agressiyaga qarshi agressiya bilan javob qaytarmang. O’zingizni nazorat qiling, bu esa opponentingiz fikrlari va amallarini nazorat qilish, uni to’g’ri xulosalarga yo’naltirish, opponentingizga ta’sir o’tkazish uchun imkon yaratadi. Keyinroq, ya’ni siz jahldan tushganda, suhbatni davom ettirishni so’rang. 10. Birovning nafsoniyatiga tegmang! Har inson o’zicha bir olam hisoblanadi. Har bir inson, uning ilmi, bilimi, madaniyati, shaxsiyati va ijtimoiy mavqyeidan qat’iy nazar o’ziga ma’lum bir ijobiy daraja bilan munosabat bildirishga bolalikdan o’rgangan bo’ladi. Shu bois, insonning o’ziga nisbatan qadrli va e’zozli munosabatda bo’lishi tabiiy hol hisoblanadi. Masalan, konkret inson, xotin va yoki kelin sifatida sizning talablaringizni aniq bir vaziyatda qoniqtirmayotgan bo’lishi mumkin, ammo aynan mana shu inson qiz, farzand, ona, mutaxassis sifatida o’z oilasi va jamoasining juda katta hurmatiga loyiq bo’lishi ham mumkin. Yoki aynan mana shu konkret inson, ota va er sifatida o’z xotinida ba’zi e’tirozlarni uyg’otishi mumkin, ammo mana shu erkak o’z ish joyida, o’z oilasi va yaqinlari o’rtasida juda katta hurmat bilan tilga olinishi mumkin. Ya’ni, siz ―yomon‖ deb o’ylayotgan yaqin odamingiz, u er, xotin, aka, uka, qarindosh, hamkasaba, ota-ona, boshliq sifatida sizning talablaringizga javob bera olmagani, hyech zamonda mazkur insonni batamom ―yomon otliq‖ qilib qo’yish uchun asos bo’la olmaydi. Inson xarakteri turli vaziyatlarda o’zini turlicha namoyon qiladi. Balki ―ayb‖ o’zingizdadir, talablaringiz haddan ziyod ortiqdir, ularni bajarib bo’lmas, balki ―gap‖ opponentingizda emas, balki o’zingizning xarakteringizda yashiringandir. Balki ―janjallarni‖ o’zingiz keltirib chiqarayotgandirsiz. Bu haqida samimiy o’ylab ko’rish, vaziyatga xolis baho berish lozim. Har holda, sizning opponentingiz sizga qanchalik yaqin yoki uzoq bo’lishiga qaramay, insonning nafsoniyatiga tegadigan piching, qochirim, kesatik, dag’al, qo’pol so’zlarni ishlatib bo’lmaydi. Insonning nafsoniyatiga tegadigan gaplarni ziddiyatda mutlaqo ishlatib bo’lmaydi. Nafsoniyatga tegadigan so’zlarni ishlatish hali biror bir ziddiyatni yechimga olib kelmaganligini esingizda tuting. Har bir insonning shaxsiyatiga tegadigan gaplar muomala va suhbatni qiyinlashtiradi, orani buzadi, tomonlarni bir biridan ayiradi, dillarni og’ritadi, alamlarni vujudga keltiradi. Ammo, agar siz yuqorida ko’rib chiqilgan «Adolatparvarlik mezon»lariga amal qilsangiz iliq va samimiy suhbat uchun imkon yaratiladi. Shunday qilib, konfliktdagi muloqot madaniyatining kuyidagi talablari mavjud: 1. Suhbat uchun qulay, tinch va to’g’ri joy tanlang 2. Hamsuhbatingizning gaplarini bo’lmang 3. Sabr – qanoatli bo’ling 4. Tana zaboniga quloq soling 5. Etibor bilan tinglang 6. Ma’ruza o’qimang |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling