Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
Shaxsiy makon tarkibiy qismlari
1. Intim zona (eng yaqin odamlaringiz kira oladigan zona) 2. Shaxsiy zona (do’stlaringiz, dugonalaringiz, aka-opalaringiz) 3. Ijtimoiy zona (ish yuzasidan bo’ladigan muomalalar) 4. Jamoat zonasi (ma’ruzalar, nutqlar) Bu zonalar inson madaniyati, tafakkuri, dunyoqarashi bilan bog’liq holda o’zgarishi mumkin. Agar sizning yoningizda kimdir o’zini noqulay sezsa, demak zonalar chegarasi buzilgan bo’ladi. 7. Ovoz. Insonlararo axborotning eng katta foizi so’zlar, nutq, til orqali bayon qilinadi. Ovoz orqali eng boy, rang-barang, xissiyotlarga to’la axborotlar uzatiladi va qabul qilinadi. Inson so’zlaganda uning ovozi berilayotgan informasiya mazmuni va o’z ichki xissiyotlari bilan uzviy aloqadorlikda bayon qilinadi. Demak, ovoz faqatgina axborotni o’zida mujassam etmaydi, balki shu bilan birga, ovozning o’zi ham axborotni uzatishda faol ishtirokchiga aylanadi. Shu bois, konflikt sharoitida sizning nimaga urg’u berayotganligingiz, ovozingiz pastu balandligi, uning samimiylik darajasi, ovoz toni, qanday so’zlarni ishlatayotganligingiz, ya’ni axborot mazmuni bilan bir qatorda ko’proq shu axborotni qanday intonasiyada aytayotganingiz ham ahamiyat kasb eta boshlaydi. Intonasiya sizning gapirish uslubingizdir. Intonasiya - ovoz kuchi, uning iliqlik darajasi, samimiyati, kanday so’zlardan tashkil topgani, so’zlarga qanday xissiyotlarni yuklayotganligingizga bog’liq. Masalan, ―Men seni yaxshi ko’raman‖ degan so’zlarni jahl va do’q bilan aytib ko’ring-chi. Aytolmaysiz. Chunki so’zlar mazmuni ovoz orqali ham uzatiladi va inson xissiy-emosional holati bilan uzviy bog’langan bo’ladi. Ammo siz janjal ustida, o’z xotiningizga, ―Bo’ldi endi, bas. Men seni yaxshi ko’raman, endi ko’ngling to’ldi- mi?!‖ deb baqiringchi, xotiningiz ―Ha, albatta, meni judayam yaxshi ko’radilar‖ deb xulosa qilarmikin. Xotiningiz sizga ishonarmikin, yoki o’z ko’zi bilan ko’rgani va qulog’i bilan eshitgani, ya’ni sizning mimikangiz va ovozingiz orqali berilgan haqiqiy informasiyaga ishonarmikin. Demak, muloqot olib borish talablariga binoan ovoz ham muhim rol o’ynaydi hamda konflikt yechimida tana harakatlari qatorida inson o’z ovozi hamda mazkur ovoz orqali uzatilayotgan axborotni ham nazoratda ushlashi talab etiladi. Tana zabonini to’g’ri anglamaslik oqibatlari Konflikt yechimida tana zabonini to’g’ri anglash juda katta ahamiyat kasb etadi. Tana zabonini to’g’ri anglamaslik oqibatlari sizni kiyin ahvolga solib qo’yishi va noto’g’ri xulosalarning qilinishiga olib kelishi mumkin. Masalan, kuyida hikoya qilib beriladigan voqyeada tana zaboni bo’yicha ma’lumotlarning noto’g’ri talqin qilinishi oqibatida ro’y bergan holat ko’rsatiladi. Tarix darsida hamma o’z vazifasini bajarib sinfda o’tiribdi. Akrom ham shu sinfda o’qiydi. Kechqurunlari u oilasiga moddiy yordam ko’rsatish maqsadida bozorga qatnaydi. Akrom kechqurunlari ishlab, bir ikki so’m topma-sa, onasi qiynalib qoladi. Kunduzi maktabda o’qish, kechqurunlari bozorda ishlash Akromni ancha toliqtirib qo’ygan. Akromga hayot qo’ygan talablar katta, ammo sog’liq va vaqt kam. Shu bois Akrom tez–tez charchaydigan, darslarni qilishga ulgurmaydigan bo’lib qolgan. Dars boshlangandan 10 minut o’tgandan so’ng birdaniga eshik ochilib, Akrom sudralib sinfga kirib keladi. Akrom juda charchagan, bir navi kiyingan. Kechasi bilan 91 yuk tashigan. Yuvilmagan, g’ijim ko’ylak, dazmollanmagan, chang tekkan shim, iflos oyoq kiyim. U o’qituvchiga bir nimani uzr so’raganday ming’irlab, oyog’ini arang sudrab, joyiga, ya’ni partasiga shalpayib o’tirdi. Akrom atrofdagilarga bee’tibor, atrofida nimalar bo’layotganligini uncha anglamaydi, chunki u – charchagan va uxlamagan. Oyog’ini parta ostidan cho’zib, o’rindiqqa qulayroq o’tirib olib, u ko’zlarini yumadi. Ammo Akromning o’zini bunday tutishi o’qituvchiga yoqmaydi. O’qituvchi Akromni o’ziga nisbatan buhurmatlilik va inkor etishda (ignorirovaniye) ayblashga moyilroq. «Kim savolga javob beradi?», - deb so’radi o’qituvchi. «Balki bizga Akrom yordam berar? Bu savolga javobni bilasanmi? Akrom?!», - deb so’radi o’qituvchi. «Nima, e-e, ux, bu…, iltimos, savolni qaytarib yuboring», - dedi ko’zi uyquga ketib qolgan Akrom. «O’zim ham shunday bo’lsa kerak deb o’ylagandim. Sen yana dars qilib kelmabsan?» - dedi o’qituvchi Akromning partasi oldiga kelib. «Senga nima bo’lgan o’zi. Hyech vazifalarni qilmaysan. O’zingni xudodek tutasan. Tuzukroq na salom bor, na alik. Faqat oyog’ingni cho’zib, mudrashni bilasan. Nimaga kelasan o’zi maktabga? O’zingni ko’rsatganimi? Seni direktor oldiga jo’natish kerak», - dedi o’qituvchi. «Men nima qildim sizga? Hyech narsa qilmadim-ku? Jimgina o’tiribman-ku?!» - deya hayron bo’ldi Akrom. «Nima qildim?!» - deb o’z navbatida hayron bo’ldi o’qituvchi. «Nima qildim? Qilganlaring kammi?! Eng avvalo sen sinfga kirganda sinfdoshlarga nisbatan, menga nisbatan behurmatlik ko’rsatding. Ikkinchidan, darsga kelar ekansan, darsni bajarib kelishing kerak. Darsga tayyor bo’lmasang kelganingdan nima foyda?! Uchinchidan, darsda esankirab o’tirasan. Umuman befarqsan! Bor direktor oldiga!» «Ustoz, bu adolatdan emasku, men sal charchagan edim. Shu xolos, men…» - dedi Akrom, ammo uning so’zlarini o’qituvchi keskin bo’lib tashladi. «Hyech nimani bilishni istamayman! Charchasang, kechqurunlari sandiraqlab yurma, uyda o’tir, dars qil! Bor direktorga aytasan dardingni» - buyruq berdi o’qituvchi. «Bo’ldi, baqiravermang», - deb javob qaytardida, Akrom sinfdan chiqib ketdi. Mana shu vaziyatni tahlil qilgangiz, kim haq, yoki nohaqligini anglashga urinsangiz, tana zaboni bo’yicha bilimlar naqadar zarur ekanligini, tana zabonini to’g’ri anglash, to’g’ri tarjima qilish zarurligini ham anglagan bo’lasiz. Shu bois, tana zabonini to’g’ri qo’llash va to’g’ri anglash qonuniyatlarini bilgan yaxshi. Tana zabonini qanday qo’llash zarur? Shu masalani oydinlashtiramiz. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling