97
- Boshqalar uchun qiziqarli bo’lgan suhbat mavzuini tanlang. Sizning
suhbatdoshlaringiz nimaga qiziqishlarini aniqlang. Ularda qiziqish va intilishni
uyg’otadigan mavzularga to’xtaling. Ulardan bu voqyealar va holatlar bo’yicha
savollar so’rang. Oddiy suhbat odamlarni juda yaqinlashtiradi. Suhbatni ochiqlik va
moyillik asosiga quring. Bunda mavzu emas, ko’proq tomonlar orasidagi bir biriga
moyillik, qiziqish, samimiylik muhim ahamiyat kasb etadi.
- Suhbatdoshingiz bilan birgalikda, hamkorlikda harakat qiling. Faqat o’zingiz
gapirmang. Ko’proq uni eshiting. Unga yo’naltiruvchi savollar bering. Umumiylikka
keltiruvchi har qanday mashg’ulot va suhbat tomonlar orasini juda yaqinlashtirishini
esda tuting.
- Agar suhbat orqali o’zingizni boshqa tomon bilan munosabatingizni iliqlik
asosida shakllantirmoqchi bo’lsangiz, shunga mos va to’g’ri keladigan vaziyatni
tanlang. Ikkalangiz tinch suhbat quradigan vaziyat suhbatning ana shunday tinch va
ravon o’tishida juda katta rol o’ynaydi.
- Suhbat uchun to’g’ri vaqt tanlang. Suhbatdoshingiz batamom o’zini erkin xis
eta olsin. O’zingizga nisbatan unda ishonch uyg’oting. Suhbatdoshingiz biror
narsadan havotirda, siqilgan, o’z xissiyotlari ichida bo’lsa, unga o’z xissiyotlarini
samimiy o’rtoqlashishi uchun imkon yarating. Yoki, u o’z xissiyotlarini ochiq
aytishdan hayiqsa, suhbatni orqaga surib turing. Inson emosional holati suhbatning
iliqlik darajasiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Shu bois, suhbatdoshingizning emosional
holati sizning maqsadlaringizga
mutanosib, loyiq va teng bo’lishini kuting.
Do'stlaringiz bilan baham: