Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Konflikt sabablari va motivlari
2. Konflikt chegaralari
Konflikt tabiatini va uning o’xshash voqyeliklardan farqini tushunish uchun uning chegaralarini, ya’ni uning makon va vaqtdagi tashqi doirasini aniqlash muhim. Konflikt chegaralarini aniqlashda uch xil nuqtai nazarga asoslanish mumkin: makon - fazoviy chegara, vaqt chegarasi, ichki tizim chegarasi. Konfliktning makon (maydon) chegarasi konflikt yuz beradigan joy, hudud bilan belgilanadi. Bu hudud turlicha bo’lishi mumkin, masalan, turar-joy maydonidan boshlanib, butun yer shari bilan tugashi mumkin, ya’ni oshxonadagi janjal yoki jahon urushi. Konfliktning makondagi chegaralarini aniq belgilash asosan xalqaro munosabatlarda muhim bo’lib, konflikt ishtirokchilarining muammolari bilan bog’liq. Bunday masala yaqin o’tmishda Tog’li Qorabog’, Dnepr bo’yi , Tojikiston, Shimoliy Kavkaz, Checheniston va boshqa joylarda millatlararo konfliktlarda bir necha marta 28 o’rtaga qo’yildi. Bu yerlarda zarur choralarni ko’rish uchun konfliktning hududiy chegaralari zonasini aniq belgilash lozim bo’ldi. Vaqt chegaralari - bu konfliktning davomiyligi, uning boshlanishi va tugashidir. Konflikt boshlanganligi, davom etayotganligi yoki tugab bo’lganligi haqida xulosa qilish vaqtning u yoki bu daqiqasida konflikt ishtirokchilari harakatlariga yuridik baho berishga bog’liq. Bu holat ayniqsa konfliktga yangidan kelib qo’shilgan shaxslarning roliga to’g’ri baho berishda o’ta muhim. Konfliktning boshlanishi ikkinchi tarafga yo’naltirilgan ta’sir harakatning obyektiv (tashqi) harakatlari bilan boshlanadi, bunda ikkinchi taraf bu harakatlarning unga qarshi yo’naltirilganligini tushunishi shart va shunda u ham qarshi kurash boshlaydi. Konfliktni boshlangan deb hisoblash uchun kamida uchta shartning bo’lishi shart: 1) birinchi ishtirokchi ikkinchi ishtirokchiga, ya’ni o’z raqibi manfaatiga zid ravishda faol va ongli tarzda harakat qiladi; bu yerda harakat deganda ham jismoniy harakat, ham axborot berish (og’zaki nutq, matbuot, televideniye va b.) tushuniladi; 2) ikkinchi ishtirokchi (raqib) ushbu harakatlar uning manfaatlariga qarshi qaratilganligini tushunib yetishi kerak; 3) yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, ikkinchi ishtirokchi birinchi ishtirokchiga qarshi qaratilgan va unga javoban faol harakat-choralarni ko’radi. Shu daqiqadan boshlab konflikt boshlangan deb hisoblanadi. Agar faqat birgina ishtirokchi harakat qilsa (bir tomonlama) yoki harakatlarini fikran rejalashtirsa (harakatlarini oldindan o’ylab reja tuzsa, raqib harakatlarini tasavvur etsa, bo’lajak konfliktni qanday kechishini bashorat qilsa) - bu hollarda konflikt bo’lmaydi. Biroq bo’lg’usi harakatlarni oldindan rejalashtirish konflikt uchun poydevor bo’lib hisoblanishi mumkin, ba’zi olimlar buni konflikt rivojlanishining latent (yashirin) bosqichi deb ataydilar. 3. Konflikt sabablari va motivlari Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling