Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Konfliktli vaziyat deganda insonlar manfaatlari bilan bog’liq bunday
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
Konfliktli vaziyat deganda insonlar manfaatlari bilan bog’liq bunday
holatlarning shunday jamlanishiki, bu ijtimoiy subyektlar o’rtasida real qarama-qarshilik uchun obyektiv tarzda negiz yaratadi. Bu ta’rifni batafsil ko’rib chiqsak, vaziyatning bosh xususiyati bu konflikt predmetining vujudga kelishidir.Vaziyat, konfliktdan oldin yuzaga kelishi uchun u taraflar tomonidan hali foydalanmasligi va hatto to’la ma’noda anglanmagan bo’lishi mumkin. Masalan, ilmiy muassasada shtatlar qisqarishi kutilmoqda. Ko’p xodimlar, ayniqsa, nafaqa yoshidagilar bu tadbir ta’siri ostiga tushishlari mumkin. U yoki bu lavozimlarni tugatish haqidagi masala kun tartibiga aniq qo’yilmaganligi uchun konfliktni vujudga kelganligi haqida gapirish ertalik qiladi. Biroq, konfliktli vaziyat bor, chunki bo’lishi kutilayotgan kelishmovchiliklar predmeti va kurash mavjud, jamoada tanglik paydo bulgan, bu vaziyat ishtirokchilarining keyingi harakatlarini yuzaga chiqaradi , belgilab beradi. F.M.Borodkin va N.M.Koryak mehnat jamoalaridagi turli konfliktli vaziyatlarni tahlil etib, tashkilotlarda konfliktlar uchun negiz yaratuvchi turli tipik vaziyatlarni quyidagicha umumlashtirganlar: a) tashkilotlarning tarkibiy bo’linmalari o’rtasida texnologik aloqalarning nomuayyanligi; b) turli farmoyishlar beruvchi ko’p sonli boshliqlarning mavjudligi; v) bir boshliqqa bo’ysunuvchi xodimlarning ko’p mikdorda bo’lishi, bu boshqaruvda tartibsizlikni yuzaga keltiradi; g) mas’uliyatni bir xodimdan ikkinchisiga o’tkazish, bu umumiy mas’uliyatsizlik holatini yuzaga keltiradi; d) bir qator xodimlarning uncha yuqori bo’lmagan shaxsiy va ishchanlik sifatlariga ega bo’lishi. Tabiiyki, shunday sharoitlarda jamoada konflikt va ziddiyatni yuzaga kelishi juda yengil yuz beradi. Bu ruyxatga tanglikni yuzaga keltiruvchi yana qator boshqa omillarni kiritish mumkin, masalan, boshqaruv tizimini qayta tashkil qilish, yuqori idoralarning shtatlar qisqarishi haqidagi ko’rsatmalari, ish haqini to’lash bilan bog’liq qiyinchiliklar va b. 39 Konfliktli vaziyat obyektiv ravishda bo’lg’usi qarama-qarshi taraflar erki va xohishidan tashqari (masalan, muassasada shtatlar qisqarishi) yoki taraflardan birining yoxud ikkisining xohishi bilan yuzaga kelishi mumkin. Bunda shu narsa juda muhimki, har qanday vaziyat obyektiv mazmunga (u real mavjud hodisalar bilan belgilanishi mumkin) va subyektiv mazmunga (bu hodisalarga taraflarning har biri qanday ta’sir etishiga bog’liq) ega, chunki subyekt shulardan kelib chiqib konfliktda harakat qila boshlaydi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling