Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Tana  zaboni  –  sizning  qanday  yurishingiz,  turishingiz,  qanday  ovozda


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/156
Sana26.11.2021
Hajmi1.13 Mb.
#177677
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   156
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

Tana  zaboni  –  sizning  qanday  yurishingiz,  turishingiz,  qanday  ovozda 
so’zlashishingiz,  qanday  kiyinishingiz,  sizning  imo-ishoralaringiz,  mimikangiz, 
umuman olganda qandaydir ma’noga ega bo’lgan hamda axborot tarqatish va 
qabul qilishda ishtirok etgan tana harakatlaringiz majmuasidir. 


 
 
87 
4. Tana zabonini tushunish qoidalari 
Bizning  bunday  tana  harakatlaringiz  nima  to’g’risida,  qanday  axborot  beradi? 
Bizning tana zabonimiz o’ziga xos til bo’lib, u bizning kayfiyatimiz va xarakterimiz 
to’g’risida  o’zimizdan  ko’proq  informasiya  beradi.  Tana  zaboni,  shu  bois, 
muloqotning muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. Balki siz hyech qachon bu narsaga 
e’tibor  bermagandirsiz,  ammo  biz  aytmoqchi  so’zlarga  qo’shimcha  ravishda, 
ko’pincha  tana  harakatlarimiz  ham  axborot  berib  turadi.  Agar  siz  tana  zaboniga 
e’tibor  bermasangiz,  siz  bilmagan  holda  tana  harakatlaringiz  hamsuhbatingizga 
boshqa  ma’lumotlarni  ayon  qilib  turishi  mumkin.  Bu  ma’lumotlar  esa,  yangi 
konfliktni keltirib chiqarishi yoki, konfliktni chuqurlashtirib yuborishi mumkin. 
Tana  zaboni  sizning  shaxs  sifatida  yurish-turishingiz,  kiyinishingiz,  imo-
ishoralaringiz,  qaddi-bastingiz,  o’zingizni  tutishingiz,  aslini  olganda  xarakteringiz   
haqida  juda  katta  informasiya  beradi.  Sizning  tana  zaboningiz  nimalar    haqida 
―gapirishi‖, ―so’zlashi‖ mumkinligi masalasini ko’rib chiqamiz.  
Tana  zaboni  tushunchasining  yetti  tarkibiy  qismi  mavjud.  Ular  tana  zabonining 
turli ko’rinishlarini o’zida mujassam etadi. Mana shu yetti tarkibiy qism tana zaboni 
orqali  uzatilishi  mumkin  bo’lgan  axborotlar  turlarini  belgilab  beradi.  Tashqi 
ko’rinish, ya’ni insonning qanday kiyim kiyganligi va o’zini tutishi, vaqtga bo’lgan 
munosabat, sizning ijtimoyi ahvolingizni ko’rsatib turuvchi tashqi ko’rinish omillari, 
sizning  o’z  suhbatdoshingizga  yaqinligingizni  oydinlashtiruvchi  omillar,  konkret 
vaziyatda siz ishlatayotgan aniq tana harakatlari, sizning o’z va boshqa inson shaxsiy 
makoniga  bo’lgan  munosabatingiz  va  qanday  ovozni  ishlatayotganingiz  kabi 
elementlar  tana  zabonining  yetti  doirasini  tashkil  qiladi.  Tana  zabonining  yetti 
doirasini alohida holda ko’rib chiqamiz. 

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling