Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
G’azab bizni “o’ldiradimi?”
G’azab, jahl, qahr kabi psixologik holatlar aynan konflikt vaziyatlarda ko’plab vujudga kelishi uchun imkon katta bo’ladi. Tomonlar to’qnashuvining psixologik- ruhiy natijasi, o’zga tomonga nisbatan qo’qqis shakllangan xis-tuyg’u, o’zini muhofaza qilish, yoki o’zga odamga bosim va taz’yiq o’tkazish usuli sifatida g’azab, jahl, qahr konflikt vaziyatlarning odatdagi hamrohi hisoblanadi. ―O’lib bo’ldim-ku?! Yana nima kerak o’zi sizga?!‖ Shunday jumlalarni ishlatishganini hyech eshitganmisiz? Mana shu jumlalarni yana bir bor eshitayotganingizda, ularni ishlatayotgan odam, ya’ni onangiz, otangiz, o’otog’ingiz, 105 do’stingiz, dugonangiz, yaqinlaringizga e’tibor bilan bir qarang. Odatda, bunday so’zlarni ishlatishga majbur bo’lgan odam xis-tuyg’ulari nihoyat darajada taranglashgan, u psixologik charchagan va tang ahvolda, bunday odam o’z ichki tuyg’ularidan qayga qochishni, ularni qanday qilib jilovlab olishni bilmayotgan odam bo’ladi. Psixologik tang ahvoldagi odam o’zining mana shu holatini har doim ham o’zi to’g’ri anglayvermaydi. Shu bois, mana shunday iboralarni ishlatgan insonga e’tiborliroq bo’lish talab etiladi. Nimaga?! Chunki uning so’zlari haqiqatga yaqin.... G’azab, jahl, qahr shunday xis-tuyg’ularki, ular haqiqatan ham g’azab ichidagi odamga ham, g’azab yo’naltirilgan odamga ham juda katta salbiy ta’sir, ayniqsa uning salomatligiga juda qaltis ta’sir o’tkazadi. Tez-tez g’azablanadigan odamlar va mana shunday tez-tez birovlarning g’azabini o’ziga qabul qilgan odamlar ham hayotdan oldinroq ko’z yumadilar. Nima uchun shunday bo’ladi?! G’azab, jahl, qahr – oddiy xis-tuyg’ular emas. Inson g’azablanayotgan vaqtida uning organizmi juda katta ichki to’palon, bosim, jismoniy, ruhiy, psixologik holat zamirida yotgan kimyoviy o’zgarishlarni boshidan o’tkazadi. Eng avvalgi o’zgarish – insonning bosh organlaridan hisoblangan miyada sodir bo’ladi. Miya bosh qobig’i inson atrofidagi bo’layotgan va maxsus tarzda unga qaratilgan minglab axborotlarni sinchiklab o’rganishda yo’naltirilgan. Miya mazkur axborotlarni tartiblashtiradi. Shu qatorda miya insonning turli xis-tuyg’ulari qatorida g’azab, jahl, qahr xislarini ham bir maromda ushlab turishga sayi-harakat qiladi. Inson miyasi ―bu odam g’azablanyapti‖, ―uning g’azabi menga qaratilgan‖, yoki ―men g’azabdaman‖, ―mening jahlim chiqyapti‖ degan xulosalarni qilishi bilan miya adrenalin moddasini ishlab chiqaruvchi bezlarga buyruq yetkazadi. Adrenalin bezlari miya qilgan xulosalarga muvofiq ravishda organizmga anchagina miqdorda adrenalin suyuqligini chiqaradi. Organizmga chiqarilgan favqulodda adrenalin sababli yurak urushi kuchayadi va tezlashadi. Adrenalin inson shakllanishida juda zarur bo’lgan moddalardan hisoblanadi. Chunki ibtidoiy jamiyat davrlarida ko’p miqdordagi ortiqcha adrenalin odamga yirik hayvonlarni o’ldirish, tabiat tahdidlariga qarshi kun ko’rish, boshqa qabilalarni yengish, turli o’ljalarni qo’lga kiritish, ya’ni atrof- muhitning nihoyat darajada inson hayotiga tahdid qilishi sharoitida zarur moddalardan biri bo’lgan. Adrenalin insonga uning atrof muhit bilan bo’lgan kurashlarida qo’rqmaslik, jasurlik, qat’iyat, qarshi tura olish, hujum qilish, o’zini himoya qilish uchun ko’mak bergan. Inson yirqich hayvonni o’ldirayotgan vaqtida adrenalin unga kuch ato etib turgan, yirqich hayvon o’ldirilgandan so’ng, adrenalin moddasi o’z funksiyasini bajarib bo’lganligi sababli u organizmdan chiqib ketgan. Ammo biz g’azablangandagi, jahlimiz chiqqanidagi, qahrimiz kelganidagi organizmdagi vujudga kelgan adrenalin moddasi o’z-o’zidan organizmdan chiqib keta olmaydi. Shu bois, sog’lom turmush tarzi bilan shug’ullanib yashayotgan odamlar turli sport turlari, o’yinlari, mashqlari orqali ortiqcha adrenalinga qarshi o’z organizmi faoliyatini muvofiqlashtirib turadilar. Ammo hozir inson hayot tarzi o’zgargan. Hozir bizning atrofimizda yirtqich hayvonlar yo’q, biz ularni faqat zooparklarda ko’rishimiz mumkin, dushmanlar bilan yakkama-yakka olishmaymiz, tinch va osuda hayotga intilib yashaymiz. Shu bois, bizga organizmimiz ishlab chiqarishga odatlangan miqdordagi adrenalin moddasi 106 zarur emas. Ammo aynan biz havotirlanganda, g’azablangan, jahlimiz chiqqanida, umuman biror bir favqulodda tang vaziyatga kirib borganimizda organizmimizda adrelalin ishlab chiqariladi va u keragidan ortiq miqdordagi adrenalinga to’yinadi. Uning keragidan ortiqligi sababli adrenalinning bu hajmini bizning tanamiz to’la hazm qila olmaydi. Adrenalin moddasining organizmdagi keragidan ortiq holati vujudga keladi. Adrenalinning organizmdagi muntazam mavjudligi esa inson yashash tarziga, uning salomatligiga o’zining salbiy ta’siri o’tkaza boshlaydi. Adrenalin g’azab jarayonida o’ziga xos o’zgarishlarni amalga oshiradi. G’azab jarayonida tanamiz harorati ko’tariladi. Bizning tana qon bosimi undagi qon miqdoriga bog’liq bo’ladi. G’azablanganda qon miqdori ko’payadi va venalarimiz devorlariga uning kuchli bosimi ta’sir eta boshlaydi. Tomirlar devorlari qon bosimi bilan kurasha boshlaydi. Qon bosimining kuchli bosimiga qarshi ular turib berishi lozim bo’ladi. Ammo inson muntazam g’azablanaversa, qon tomirlariga bo’lgan tahdid va bomis ham kuchayib boradi. Natijada, tomirlar devorlari yemirila boshlaydi. Yosh ornizmda yemirilgan tomir devorlarini maxsus ishlab chiqiladigan xolesterin moddasi tiklash uchun ishlatiladi. Tomir devorlarini qayta tiklash maqsadida xolesterin moddasi ko’proq ishlanadi. Ammo yosh o’tgan sayin ortiqcha xolesterin tomir devorlarida to’plana boshlaydi. Organizmda moddalar almashuvi buziladi. U organizmning yog’ yig’ishiga, qon tomirlarining og’irlashib qolishiga, tomir devorlarining bir tekis bo’lmasligiga olib keladi. Oxir oqibatda – tomir-yurak sistemasi kasalliklarining kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Qon tomiri xolesteringa to’lib ketib, shu asosida qon bosimi kuchayib ketsa, yurak xurujlari vujudga kelishi mumkin bo’ladi. G’azab, jahl, qahr kabi xissiyotlar esa mana shunday holatlarning kuchayib ketishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. G’azab va jahl oshqorzon yarasi, doimiy bosh og’riqlari, rak, brak-qon sistemasining urli kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkinligi ilmiy isbotlangan. Shu bois – eng avvalo tinchlaning. O’z g’azab, jahl va qahringizni yengib o’tishga o’rganing. Ularni jilovlay biling. Ularning o’z va o’zgalar salomatligiga rahna solishiga yo’l qo’ymang. Inson xarakterini g’azab, jahl va qahrdan poklash sizni juda ko’p noxushliklardan saqlab qoladi va baxtli hayotingiz uchun yaxshi zamin bo’lib xizmat qiladi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling