2. Psixologik zo’ravonlik
So’zlar bilan haqorat qilish, shantaj, o’z xotinini to’liq nazorat qilish maqsadida
bolalarga aziyat yetkazish yo’li bilan uni qo’rqitib olishga urinish, ―o’zimni falon
narsa qilib qo’yaman‖ deb zo’rlik va shantaj qilish, o’z maqsadiga yetishish uchun
uy-ro’zg’or buyumlarini sindirish, o’ziga bo’ysungan odamning hatti-harakatlarini
to’liq nazorat ostiga olishga erishish (masalan, uning qachon, qayerda bo’lishini
nazorat qilish, barcha telefondagi gaplari bo’yicha ma’lumotlar talab qilish, kuniga
necha marta telefonda gaplashishi mumkinligini o’zi xohlagan tartibda o’rnatish,
boshqalar unga telefon qilishini ta’qiqlab qo’yish), jabrlanuvchining barcha tanishlari
bilan muloqotini nazorat ostiga olishga harakat qilish, turli resurslarga bo’lgan
jarblanuvchining ehtiyojlarini inkor etish (uning o’zi istagan tanishlari, qarindosh-
urug’lari bilan uchrashishi, jabrlanuvchining tibbiy ehtiyojlari, ta’lim olishi, ishlashi,
uydan beso’roq chiqib ketishi, uning qiziqishlari, uni tinchlantiradigan amallar bilan
shug’ullanishi v.b.), xissiy-emosional zo’ravonlik, uning xursandligi, yaxshi
kayfiyati, tinchligini ko’ra olmaslik, jabrlanuvchini uning nafsoniyatini yerga uruvchi
amallar qilishga majbur etish (masalan, ―sen jinnisan‖, ―sen kasalsan‖, ―sen
majruhsan‖ deb, bu so’zlarni bir necha marta takrorlashga majburlash va bundan
lazzatlanish), uning kun tartibini o’zi belgilab berish va mazkur kun tartibining
so’zsiz amalga oshirilishini nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |