Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
g’azabni jilovlash emas, balki g’azabdan qutilish yo’llaridir
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
g’azabni jilovlash emas, balki g’azabdan qutilish yo’llaridir.
112 Afsuski, birovning g’azabi qo’zg’ayotganligini, yoki o’zimizning g’azabimiz chiqayotganligini bir oldindan reja bilan ayta olmaymiz. G’azab avval odamning ichida to’planadi, uning fikrlarida mana shu xissiyotlar ustunlik qila boshlaydi. Agar vaziyat qo’lga olinmasa, g’azab dilisiyohlilik bilan tugashi mumkin. Boshqalarning g’azabi qo’zg’ayotganligini bilish uchun mana shu insonni juda yaxshi o’rganish, uning tana harakatlari, ovozi, mimikasiga juda katta e’tibor bilan qarash lozim bo’ladi. Bir-ikki minutdan so’ng g’azabi oshib-toshib ketishi mumkin bo’lgan odam tashqi ko’rinishidan tamoman tinch ko’rinishi mumkin. Ammo uning ichki hissiyotlarida agressiv holat vujudga kelgan va u to’planayotgan bo’ladi. Agressiv holatning nechog’li kuchli darajada to’planishi uning portlashiga olib keladi. Ba’zilar g’azab qo’zg’atadigan vaziyatdan o’zlarini olib qochadilar. Chunki ularning tinchligini hyech kim va hyech narsa buzmasligi lozim. Ammo shunga qaramay insonni o’z g’azabini jilovlay olish ko’nikmalariga o’rgatish va unday unumli foydalanish mumkin. Siz o’z jahlingizni qanday jilovlaysiz? Har birimizning o’zimizgagina xos jahlimizni jilovlash usullarimiz mavjud. O’z do’stlaringizni esga oling. Ular ichida suprasi suv ko’tarmay, juda tez jahli chiqib, hyech ham ularni tinchlantirib bo’lmaydigan, shu bilan birga tamoman behis, suv toshsa ham to’pig’iga chiqmaydiganlari ham bor, shunday emasmi?! Kuyida jahlni jilovlashning mavjud usullaridan ba’zilari keltirilgan 5 . Ularni diqkat bilan o’rganib, o’zingizning tipingizni aniqlashiga harakat qiling. Atom bombasi Siz o’z jahlingiz va emosiyalaringizni boshqalar ustiga yog’dirasiz. Sizning g’azabingizni hamma odamlar, yoki narsalar besabab qo’zg’atishi mumkin. Agar jahl uchun sabab bo’lmasa, siz uni o’zingiz o’ylab chiqarasiz. Siz baqirishga ustasiz, sizning g’azabingiz boshqalar ustiga yog’diriladi, g’azabingiz lava kabi o’z yo’lida hamma narsani buzishga qodir, g’azabingiz bois siz o’zingizni kuchli deb hisoblaysiz. Haykal Achchiqlanganingizda muzdan qanchalik issiqlik chiqsa, sizdan ham shunchalik jahl chiqadi. Siz o’z xis-tuyg’ularingizni ichingizga yutasiz, boshqalar bilan bir necha kun gaplashmasdan yurishingiz mumkin. Agar sizni hafa qilgan odam ham haykal tipidagi odam bo’lsa, sizlar umrbod gaplashmasligingiz mumkin. Siz haykal sifatsiz, siz - na his-tuyg’usi bor, na ovozi, na emosiyalari, na qalbi, na fikr o’yi bor odamga o’xshaysiz. Sizda emosiyalar har doim uxlagan holatda bo’ladi. Emosiyalar borligini siz bilmaysiz. Nima uchun boshqalar bunchalik kuyinishi va besabrliligini siz tushunmaysiz. Si asli behis, bejon odamsiz. Dimlama 5 Handling Conflicts. Conflicts: a positive approach. Particirant’s manual. Grace Contrino Abrams Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida, 1997; WIN WIN. Based on the Fighting Fair model created by Fran Schmidt and Alice Friedman. Grace Contrino Abrams Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida, 1998; Fran Schmidt/ Alice Friedman. Fighting Fair. For families. Grace Contrino Abrams Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida,1994. 113 Siz o’zingizning g’azabingiz va jahlingizni majburan ichga yutasiz va butun his- to’yg’ularingiz ichingizda toshib, qaynayveradi. Ba’zan birovlarga istehzo yoki ta’na bilan aytilgan so’zlar aslida ichingizdagi olovdan bir nishon, xolos. Sizni ko’pincha bosh og’riqlari, yuqori bosim kasalligi, yurak hurujlari bezovta qilib turadi. Jafokash Har qanday tehkirlash, istehzo va ustingizdan kulishni siz tabiiy e’tirozsiz qabul qilasiz. Jahldan portlash o’rniga o’z g’azabingiz kuchidan o’zingizni bechoragina qilib ko’rsatishida foydalanasiz. Sizning har doim o’zingizga rahmingiz keladi, shu bilan boshqalarning rahm va shavqatidan foydalanasiz. Ana shu rahm-shavqat asosida odamlarni o’z manfaatlaringizga bo’ysundirishga harakat qilasiz. Siz uchun rahm-shavqat giyohvand moddaday zarur, siz uchun o’zingizni muhtoj, qiynalgan, azoblangan, jafokash qilib ko’rsatish hayotiy maqsad va muddaoingizdir. Batut(tramplin) Agar kimdir Siz sababli g’azablansa, siz unga ana shunday g’azab bilan javob berishga harakat qilasiz. Agar sizga opangiz baqiryapgan bo’lsa, siz birin-ketin opangizning hamma qilgan yomonliklarni eslay boshlaysiz. Siz o’zingizning hafagarchiligingizni birovni hafa qilish orqali bosib ketmoqchi bo’lasiz. Siz «jonga jon, tanga tan» usulidan foydalanasiz. Silsila yoki zanjir reaksiya Agar Sizni hafa qilishayotgan bo’lsa, siz avvalo kim hafa qilayotganligiga qaraysiz. Agar u sizning boshlig’ingiz, qaynonangiz yoki biror kattakon bo’lsa jahlingizni yutasiz, ularga javob qaytarmaysiz. Ammo ko’nglingizda saqlangan to’yg’ular tashqariga oshiqadi. Shu bois siz o’zingizga tobe bo’lgan odamga butun zahringizni sochasiz. U esa o’z navbatida yo xotiniga, yo o’g’liga, juda bo’lmasa, qo’shnining mushugiga o’z g’azabini yog’dirishga harakat qiladi. Onangiz - sizga, siz singlingizga, singlingiz qo’shnining itiga, it esa, o’z o’rnida onangizga hamla qiladi. O’t o’chiruvchi G’azablanganingizda, siz uni olovlanib ketmasligining barcha choralarini ko’rasiz. Siz, konfliktlar hayotning tabiiy bir hodisasi ekanligini aniq tasavvur qilasiz. Shuning uchun siz o’z temperamentingizni bosishga, jahlni aql bilan yengishga hamda butun energiyangizni muammolar yechimiga qaratishga harakat qilasiz. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling