Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Jahli chiqayotgan odamlar bilan muloqot qilish bo’yicha boshqa maslahatlar
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu xatti-harakatlarning barchasi
Jahli chiqayotgan odamlar bilan muloqot qilish bo’yicha boshqa maslahatlar 1. Vaziyatni xolis baholashga harakat qiling. Aqlingizni ishga soling, xissiyotlarga berilib ketmang. Sizdan jahli chiqayotgan odam bilan kelgusi munosabatlar naqadar siz uchun qadrli ekanligini baholang. Muammo nimada? Opponentingizning qaysi hissiyotlari jabr ko’rgan? Shularni aniqlang. 2. Boshqa odam o’z hissiyotlarini ushlab tura olmasligi va rasional fikr yurita olmayotganligini ham anglang, tushuning. Odam g’azablanayotganda, odatda tinchlik davrida aytmagan gaplarni va qilmagan harakatlarni qilishi mumkin, shu bilan birga, bu harakatlarni o’zi hohlamagan holda oshkora qilayotgan va aytayotgan bo’lishi ham mumkin. Boshqa odamni erinmay eshiting, uning yig’ilib qolgan emosiyalarining chiqib ketishga imkon bering. O’zingizning emosional vaziyatga tortilishingiz va qalbingizda javob qaytarish niyati tug’ilishidan ehtiyot bo’ling. Bir- birinigizni tahqirlamang. Esingizda tursin - shaxsga emas, muammoga hujum qilish lozim. 3. Boshqa odamga o’zingizning ham konflikt haqida o’ylayotganingiz, bezovta bo’layotganligizni ayting. Muammo siz uchun ham muhim ekanligi, siz ham uni qo’ldan kelgancha yechishga harakat qilayotganligingizni, unga qarshi yuragingizda adovat yo’qligini ayting. Boshqa odamdan, mavzu bo’yicha suhbatlanish uchun qachon vaqti bo’lishini so’rang. U bilan samimiy gaplashish uchun doim tayyor ekanligingizni ayting. 4. Suhbat uchun qulay va tinch joy toping, hyech kim halaqit bermaydigan, osuda, keng va ochiq joy jahldor odam bilan suhbatlanish uchun eng qulay joydir, odam ko’p, tor joylarini tanlamang, keng suhbat kenglikni talab etadi. 5. Bahslashmang, kim haq, kim nohak ekanligi muhim emas. Muhimi suhbatdoshingizni tinchlantirish va muammo yechimini qidirishdir. 6. Boshqa odamning tana zaboniga e’tibor bering. Agar uning harakatlaridan sizning hayotingiz va salomatligingizga zarar yetishini tushunib qolsangiz, zudlik bilan bu odamni holi qoldirish yo’lini qiling. Agar hayotingizga xavf bo’lmasa, qochmang. 7. O’zingizning tana zaboningizni nazorat qiling, o’zingiz ham suhbatdoshingizga do’q-po’pisali harakat ramzlari hamda signallari jo’natmayotganligingizga imon hosil qiling. Unga juda yaqin o’girmang. 111 8. O’z ovozinigiz intonasiyasiga e’tibor bering, yumshoq, tinch, samimiy ovozda gapirishga harakat qiling. Tinchlantiradigan so’zlarni topib ishlating. 9. Siz bilan boshqalar o’zlarini qanday tutishlarini xohlasangiz, o’shanday o’zingizni tuting. O’zingizni na takabburlik va manmanlik bilan, shuningdek marhamatli qilib ham qilib ko’rsatmang. Takabburlik uning jahlini badtar oshiradi, marhamatli bo’lishingiz uning nafsoniyatiga tegadi. Sizning teng munosabatingiz konflikt yechimining eng muhim shartlaridandir. 10. Adolatli konflikt yechimli bo’yicha o’z zimmangizga ma’lum majburiyatlar oling. Ba’zan hammasiga qo’l siltab, ketib qolgingiz keladi. Ba’zi hollarda bu yordam beradi ham. Ammo muammo yechimini qidirish ustida ishlash foydaliroqdir. Konfliktli vaziyatda g’azab va qahrdan o’zini tinchlantirish usullari Har birimiz o’zimizni o’rab turgan voqyea-hodisalarga turlicha munosabat bildiramiz. Masalan, ba’zilar hind filmlarini miriqib ko’radilar, ba’zilar ularni umuman yoqtirmaydilar. Ba’zilarga blokbasterlar bo’lsa bas, ba’zilar esa trillerni xush ko’radilar. Ba’zilar esa milliy kino, milliy kiyimlarni yoqtiradilar. Masalan, ―xevi-metall‖ muzikasini 100 % katta yoshdagi odamlar ―bosh og’riq‖ deb qabul qilishi tabiiy. Chunki odam yoshi o’tgandan keyin uning bosimi ko’tarilishi hollari ko’p uchray boshlaydi, bosim ko’tarilishining tabiiy xususiyatlaridan biri bu – bosh og’rig’i hisoblanadi. O’zi boshi og’rib turgan odamning bunday baland va shovqinli muzikadan lazzatlanishi g’ayri oddiy hol bo’ladi. Shu bilan birga, ba’zilar uxlashni yaxshi ko’radilar, ular joy tanlamaydilar, hamma joyda uxlab ketaveradilar, ularga bosh qo’yishga joy bo’lsa bo’ldi, pishillab uxlayveradilar. Boshqalar esa ularning bunday uxlashga bo’lgan moyilligini beg’amlik, qayg’urmaslik, tepsa tebranmaslik, mas’uliyatsizlik alomati deb baholashi mumkin. Ba’zilar ovqat yeyishni yaxshi ko’radilar. Sabrsizlik bilan ketma-ket katta-katta luqmalarning og’iz bo’shlig’ida yo’qolib borayotganligini kuzatib turgan boshqa bir odamning esa umuman ishtahasi yo’qolib ketishi mumkin. Chunki u bu darajada ovqat yeyish mumkinligiga umuman ishonmaydi. Demak, biz voqyea va hodisalarga turlicha munosabat bildirishimiz tabiiy. Mana shunday turlicha munosabat, fikrlar va qarashlar rang-barangligi odamlar orasida ba’zi konfliktlarni keltirib chiqarishi mumkin. Mana shunday xilma-xillik konflikt uchun bahona bo’lishi mumkin. Sizning so’zlaringiz, tana zaboningiz, ovozingiz, nimalarni o’ylashingiz, orzularingiz, amallaringiz biror boshqa kimsaning, ba’zan esa xatto eng yaqin kishilaringizning g’azabini ko’zg’ashi mumkin. G’azab esa zo’ravonlik bilan tugashi mumkin. Demak, biz konflikt vaziyatlarning kelib chiqishi oldini olish uchun o’zimizda vujudga kelishi mumkin bo’lgan g’azabning oldini olishga o’rganishimiz lozim. Odamlar turli yo’llar bilan o’z xissiyotlari, g’azab va jahllarini jilovlashi mumkin. Konflikt bilan to’qnash kelganda kimdir portlab ketadi, kimdir baqirishni boshlaydi, kimdir qo’pollik qila boshlaydi, kimdir qo’llarini musht qilib, boshqalarga hamla qilishga urinadi, kimdir stolga ura boshlaydi. Bu xatti-harakatlarning barchasi Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling