Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
Odamlarning jahli chiqqanida...
Agressiya va zo’ravonlik bilan to’qnash kelganda.... Jahlga jahl bilan javob qaytarmang O’zingizni himoya qilmang va jahlga qarshi ham javob qaytarmang. Opponentingizning jahli juda kattiq bo’lsa, bu tomonlar to’qnashuviga olib kelishi muqarrar. Opponentingizning xissiyotlariga nisbatan sabrli munosabat va javob qaytarishga urinib ko’ring. Uning jahli chiqayotganligini siz aslida anglaganingizni muloyim tarzda bildiring, ammo istehzo qilmang. Siz istehzo qilsangiz tang vaziyatni yanada og’irlashtirib yuborgan bo’lasiz. O’z opponentingiz nuqtai nazarini tushunib yetkanligingizni unga bildiring. Keyingi muhokamalarga tayyorligingizni ko’rsating. Mazkur jahl, qahr, yoki g’azab emosiyalari ortida nima turganligini aniqlashga urinib ko’ring. Uning xissiyotlari, so’zlari va uning ―haqiqatini‖ni erinmay eshiting. Sabr qiling. O’z emosiyalaringizni bosishga harakat qiling. Hozir o’z emosiyalaringizga erk beradigan payt emas. G’azab – o’zi ham g’azab uyg’otishni yaxshi ko’radi. Javobiy g’azab uyg’onishiga yo’l qo’ymang. Agar mana shu amallarni to’g’ri bajarsangiz opponentingiz asta o’z g’azabidan qayta boshlaydi. O’z munosabatingizni opponent psixologik holati va emosiyalariga bag’lamagan holda bildirishga harakat qiling. Faqat muammoni tahlil qiling. Emosional qarama-qarshilik pasayganda o’z qarashlaringizni yanada ochiqroq bayon qilishga urinib ko’ring. Opponentingiz ham, ko’p xollarda, o’zingizni undan past va xotirjam tutganingiz sababli, jahli tushganidan so’ng o’zini aybdor xis qila boshlaydi. Opponentingizdan mavjud vaziyatda nima qilish lozim va mumkinligi borasida maslahat so’rang. Agar opponentingizning yana jahli chiqsa, siz yana faol eshitish va qabul qilish poziyasiyaga o’ting. Faol eshitish pozisiyasi o’zingizni pastga urganligingizni bildirmaydi, balki sizni murakkab vaziyatda donoroq ekanligingiz, bosiqlik bilan vaziyatni o’z manfaatlaringizga bo’ysundira olishingizni anglatadi. Shu bois, faol qabul qilish pozisiyasi sizga yordam berayotganligini o’zingiz ham anglang. Ziddiyatni keltirib chiqarishga moyil bo’lgan odamlar tipologiyasi Ko’p konfliktlar hayotda ba’zi bir odamlarning murakkab xarakteri, ularning o’z xarakterini uddalay olmasligi oqibatida vujudga keladi. Shu bois, konfliktologiyada 109 ziddiyatga moyil odamlar tipologiyasi belgilangan bo’lib, bunday odamlarning o’zini tutishini bilish ular bilan faol munosabatlar o’rnatish uchun imkon yaratadi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling