Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Konfliktli  vaziyat  deganda  insonlar  manfaatlari  bilan  bog’liq  bunday


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/156
Sana26.11.2021
Hajmi1.13 Mb.
#177677
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   156
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

Konfliktli  vaziyat  deganda  insonlar  manfaatlari  bilan  bog’liq  bunday 
holatlarning  shunday  jamlanishiki,  bu  ijtimoiy  subyektlar  o’rtasida  real 
qarama-qarshilik uchun obyektiv tarzda negiz yaratadi.  
Bu  ta’rifni  batafsil  ko’rib  chiqsak,  vaziyatning  bosh  xususiyati    bu  konflikt 
predmetining  vujudga  kelishidir.Vaziyat,  konfliktdan  oldin  yuzaga  kelishi  uchun  u 
taraflar tomonidan hali foydalanmasligi va hatto to’la ma’noda anglanmagan bo’lishi 
mumkin.  Masalan,  ilmiy  muassasada  shtatlar  qisqarishi  kutilmoqda.  Ko’p  xodimlar, 
ayniqsa,  nafaqa  yoshidagilar  bu  tadbir  ta’siri  ostiga  tushishlari  mumkin.  U  yoki  bu 
lavozimlarni  tugatish  haqidagi  masala  kun  tartibiga  aniq  qo’yilmaganligi  uchun 
konfliktni  vujudga  kelganligi  haqida  gapirish  ertalik  qiladi.  Biroq, konfliktli  vaziyat 
bor,  chunki  bo’lishi  kutilayotgan  kelishmovchiliklar  predmeti  va  kurash  mavjud, 
jamoada  tanglik  paydo  bulgan,  bu  vaziyat  ishtirokchilarining  keyingi  harakatlarini 
yuzaga chiqaradi  , belgilab beradi. 
 F.M.Borodkin  va  N.M.Koryak  mehnat  jamoalaridagi  turli  konfliktli  vaziyatlarni 
tahlil  etib,  tashkilotlarda  konfliktlar  uchun  negiz  yaratuvchi  turli  tipik  vaziyatlarni 
quyidagicha  umumlashtirganlar:  a)  tashkilotlarning  tarkibiy  bo’linmalari  o’rtasida  
texnologik  aloqalarning  nomuayyanligi;  b)  turli  farmoyishlar  beruvchi  ko’p  sonli 
boshliqlarning  mavjudligi;  v)  bir  boshliqqa  bo’ysunuvchi  xodimlarning  ko’p 
mikdorda bo’lishi, bu boshqaruvda tartibsizlikni yuzaga keltiradi; g) mas’uliyatni bir 
xodimdan  ikkinchisiga  o’tkazish,  bu  umumiy  mas’uliyatsizlik  holatini  yuzaga 
keltiradi;  d)  bir  qator  xodimlarning  uncha  yuqori  bo’lmagan  shaxsiy  va  ishchanlik 
sifatlariga ega bo’lishi. Tabiiyki, shunday sharoitlarda jamoada konflikt va ziddiyatni 
yuzaga kelishi juda yengil yuz beradi. Bu ruyxatga  tanglikni yuzaga keltiruvchi yana 
qator  boshqa  omillarni  kiritish  mumkin,  masalan,  boshqaruv  tizimini  qayta  tashkil 
qilish,  yuqori  idoralarning  shtatlar  qisqarishi  haqidagi  ko’rsatmalari,  ish  haqini 
to’lash bilan bog’liq  qiyinchiliklar  va  b. 


 
 
39 
Konfliktli  vaziyat  obyektiv  ravishda  bo’lg’usi  qarama-qarshi  taraflar  erki  va 
xohishidan  tashqari  (masalan,  muassasada  shtatlar  qisqarishi)    yoki  taraflardan 
birining yoxud ikkisining xohishi bilan yuzaga kelishi mumkin. Bunda shu narsa juda 
muhimki,  har  qanday  vaziyat    obyektiv  mazmunga  (u  real  mavjud  hodisalar  bilan 
belgilanishi  mumkin)  va  subyektiv  mazmunga  (bu  hodisalarga  taraflarning  har  biri 
qanday ta’sir etishiga bog’liq) ega, chunki subyekt shulardan kelib chiqib konfliktda 
harakat qila boshlaydi. 

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling