Dinamik funksiya . Ijtimoiy konflikt dinamik funksiyasining siyosiy
ahamiyati o’z vaqtida marksizm tomonidan sinfiy kurash va ijtimoiy
inqilobga oid xulosalarida ishonchli qilib ochib berilgan. Markscha
tushunchalarda har qanday ijtimoiy konflikt ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtiruvchi
va ijtimoiy o’zgarishlarga olib keluvchi vosita ekanligi umumiy tarzda aks
ettirilgan. Tub qayta o’zgarishlarning umuman bo’lmasligi ijtimoiy hayotning
tinch va bir maromda kechishini ta’minlaydi, kichik o’zgarishlar muammo
mohiyatiga ta’sir etmaydi va vaqt ichida sekinlik bilan yuz beradi. Biroq
konflikt yuzaga kelsa hamma narsa harakatga keladi. Odamlarni yillar
davomida qoniqtirib kelgan xulq-atvor va faoliyatning odatiy normalari
hayratlanarli darajadagi keskinlik va afsuslanishsiz uloqtirib tashlanadi. Konflikt
zarbalari ta’sirida jamiyat qayta o’zgaradi, avvalgi tinchlik holati yo’qoladi.
O’zgarishlar avvalgicha kam ahamiyatli va sezilarli emasdek tuyuladi, biroq
insonlar o’rtasidagi munosabatlarda , qarashlarda, xulq-atvorda darz ketishlar
kuzatiladi. Ijtimoiy konflikt qanchalik kuchli bo’lsa, uning ijtimoiy jarayonlarni
borishiga bo’lgan siyosiy ta’siri shunchalik yaqqol bo’ladi, yuzaga kelgan
o’zgarishlar va ularni amalga oshirish tezligi shunchalik sezilarli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |