Axborot funksiyasi ogohlantiruvchi funksiyaga yaqin hisoblanadi. Konflikt
doimo aniq sabablarga ko’ra yuzaga keladi, ular bilan obyektiv bog’liq va
unda bu sabablar o’z ifodasini topadilar. Konfliktli vaziyatning avj olishi ,
kechishi, o’zgarishlari uni yuzaga keltirgan sabablar haqida muayyan axborot
yuklamasini ifodalaydi, ularni o’rganish ijtimoiy jarayonlarni bilishning muhim
vositasi hisoblanadi.
Ijtimoiy konfliktlarda konflikt subyektlari va ishtirokchilarining ehtiyojlari ,
manfaatlari , intilishlari, shuningdek ularning ijtimoiy noroziligi va qoniqmaslik
sabablari to’laligicha aynan o’z ifodasini topadiki, bu holat odatdagi
faoliyatda va xulq-atvorda yashirin bo’ladi. Konflikt holatida taraflar
o’zlarining ham, ular manfaatiga qarshi turganlarning ham harakatlarini yanada
aniq tasavvur qiladilar, ijtimoiy taraqqiyot ziddiyatlari va obyektiv
muammolarining mavjudligini yanada chuqur anglaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |