Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/156
Sana26.11.2021
Hajmi1.13 Mb.
#177677
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   156
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

Differensiasiya    funksiyasi      konflikt    ta’sirida      vujudga    keluvchi        ijtimoiy  
differensiasiya        jarayonini    xarakterlaydi,  bu    holat    ko’pincha    avvalgi    ijtimoiy  
tuzilmalarni   buzish  va  o’zgartirish   orqali  yuz  beradi. Bu  funksiya   konfliktdagi  
ijtimoiy      xulq-atvorning            umumiy    xususiyatini    ifodalaydi,  unga    jalb    etilgan  
ijtimoiy    kuchlarning        qayta    joylashuvi    va    qayta        guruhlashuvidan    iborat.  
Konflikt    ta’sirida      ijtimoiy    differensiasiya    jarayoni      ikki    qarama-qarshi  
yo’nalishda  rivojlanadi. Agar  jonli   tabiat  analogiyasidan  foydalanilsa,  yirik  va  
uzoq    davom    etuvchi    konfliktda      ijtimoiy    differensiasiya      jarayoni      jonli  
hujayraning  bo’linishini    yodlatadi.    Dastavval    harakat      yagona    markazni  
cho’zishga    yo’naltiriladi,  avvalgi    butunning    alohida    elementlarini        o’ziga   
tortuvchi      qarama-qarshi    qutblar    shakllanadi.  Bu    yo’nalishda      qarama-qarshi  
kurashuvchi    kuchlar    qutblanishi  yuz    beradi.  Shu    bilan    birga    qarama-qarshi  
jarayon    ham    yuz    beradi,  ya’ni    birlashish    jarayoni,  yangidan    paydo    bo’lgan  
markazlar   atrofida    parchalangan  kuchlarning    jipslashish  jarayoni  yuz  beradi. 
Masalan,  konfliktlashuvchi    davlatlar      o’z    ittifoqchilarini    safarbar    qiladilar,  
janjallashuvchi    odamlar      o’z    nuqtai    nazarlari    tarafdorlarini        to’playdilar. 
Konfliktning    bu    ta’siri      shu    darajada    kuchli    bo’lishi    mumkinki,  u    ijtimoiy  
konfliktning    differensiyalovchi  ta’siridan, ijtimoiy   kuchlarning    qutblanishi  va  
yangi  jipslashish  jarayonidan    chetda   qolishni  xohlagan  shaxslar  yoki   ularning  
birlashmalarini  ham   o’z  ta’sir  doirasiga   tortishi  mumkin. 


 
 
36 

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling