Ogohlantiruvchi funksiya konfliktni jamiyat muayyan holatining
ko’rsatkichi sifatida xarakterlaydi. Konflikt bu yerda odatdagi ijtimoiy aloqalar
va munosabatlarda nimadir izdan chiqqanligini, nimadir tub o’zgarishlarga
muhtojligini ko’rsatadi. qoidaga ko’ra, konfliktning o’zi uni yuzaga keltirgan
sabablarni chuqur aks ettirmaydi. Biroq uning mavjudligi qator masalalarni
amaliy ko’rib chiqish uchun yetarli hisoblanadi. Agar analogiya qo’llanilsa,
konfliktning ogohlantiruvchi funksiyasini tirik organizm rivojlanishidagi
og’riqning fiziologik roliga qiyoslash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |