Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
Konflikt eskalasiyasi. Konflikt eskalasiyasining tashqi namoyon bo’lish
xususiyati - bu , eng avvalo , kurashning jadallashuvi hisoblanadi. Konflikt spiralni burash metodi bo’yicha rivojlanadi: bir tarafning harakati ikkinchi tarafning qarshi harakati bilan birga kechadi va bu keyingi harakat o’z oqibatlarining ko’lamiga ko’ra konflikt boshlanishi nuqtasidagiga aynan bo’lmaydi. Bir tarafning harakatlari boshqa tarafning ko’p marta kuchliroq va o’z navbatida yangi tajovuzkor bo’lgan javob harakatlarini keltirib chiqaradi. Konflikt eskalasiyasi odatda vaziyatni shunchalik chigallashtiradiki, bunda konfliktda haq yoki aybdorlarni topish mumkin bo’lmay qoladi. Konfliktologik tadqiqotlarda bu masalada ham muayyan fikrlar bildirilgan: ―Ba’zida konfliktni jadallashtirish zarur bo’ladi. Masalan, odamlarning hamma narsasi yaxshi bo’lganda, o’z ehtiyojlarini qondirishda hamma uchun hokimiyat va resurslar yetarli bo’lganda boshqa odamlarning ahvoli unchalik yaxshi emasligi yoki ular bir chekkada qolib ketayotganliklari e’tibordan chetda bo’ladi yoki bu holatni tan olishni istamaydilar. Shunda zarur o’zgartirishlarni kiritishga imkoniyat paydo bo’lishi uchun konfliktni aniqlash, uni oydinlashtirish zaruriyati yuzaga chiqadi. Jamoalar va inson huquqlarini rivojlantirish sohasida ishlovchilar ko’pincha ularning vazifalari bu konfliktni hal qilish emas, balki konflikt muammosining tan olinishi va faol harakatlar boshlanishi eng yaqqol namoyon bo’ladigan aynan konfliktning intensivlanishi ekanligini tushunib yetadilar. Bu ko’pincha manfaatiga putur yetkazilgan guruhga qo’shilish va shu guruh imkoniyatlarini orttirish uchun strategiyadan foydalanish hisoblanadi. Masalan, JARda XX asr davomida vaziyatni o’zgartirishni maqsadi deb bilgan faollar yashirin konfliktlarni ochiq konfliktlarga aylantirish va keyinchalik ular bilan ish olib borish uchun kuch-g’ayrat sarf etganlar. Konfliktlarni intensivlashtirish - bu muayyan tinch (zo’rlik ishlatishni nazarda tutmaydigan) maqsadlarda yashirin konfliktlarni yanada oydinlashtirish va oshkora qilishdir. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling