Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik konfliktologiya
Konflikt eskalasiyasi bu tanglik va zo’rlikning kuchayishidir‖
1 . Konfliktning tugashi va uni psixologik hal qilish Konfliktni tugash shakllari. Konfliktlar tipologiyasi bir xil emas, konfliktlar o’zgaruvchan, biri boshqasiga o’xshamaydi. Bunday vaziyatda konfliktlar tugashining yagona shakllarini aniqlash yoki ularni hal qilishning qandaydir universal usullarini topish qiyin masaladir. Biroq, muammoning 1 Қаранг: Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон, Конфликтологический центр, 2001. С.25. 43 murakkabligiga qaramasdan to’plangan nazariy va amaliy tajribaga tayanib ba’zi xulosalarni chiqarish mumkin. Eng avvalo, konfliktning tugashi uni hal qilishdan ancha keng tushunchadir. Konflikt ikkala tarafning halokati bilan yakunlanishi mumkin, biroq bu uning hal qilinganligini anglatmaydi. Agar konfliktni tugashiga uning tamom bo’lishi, uning turli sabablarga ko’ra to’xtashi deb qaralsa, uning hal qilinishini qarama-qarshi kurashni tinch yoki kuch ishlatish vositalari bilan to’xtatuvchi konflikt ishtirokchilarining o’zi yoki uchinchi tarafning u yoki bu ijobiy harakati (qarori) deb tushunishimiz kerak. Amaliy faoliyat tajribasi shuni ko’rsatadiki, konfliktni hal qilish uchun ozmi-ko’pmi kuch-g’ayrat sarflash kerak. Konfliktning ―o’z-o’zidan hal qilinishi‖ ma’noga ega emas. Albatta, konfliktni umuman payqamaslik, inkor etish, yaxshi holatda tushuntirishga harakat qilish mumkin. Biroq, u stixiyali rivojlanadi, keskinlashadi, boshqa konfliktlarga ta’sir qiladi va natijada tizimni to’la buzishi mumkin. Konfliktni muvaffaqiyatli hal qilish shart-sharoitlari ko’p darajada taraflar va boshqa ishtirokchilarning imkoniyatlari va xohish-erklari bilan belgilanadi. Konfliktni to’xtatishning bosh, eng faol asosi bu konfliktli vaziyatni yuzaga keltirgan obyektiv sabablarni bartaraf qilish hisoblanadi. Konflikt ham tashqi harakatlar , ham konfliktlashuvchi subyektlarning o’zlari bilan belgilanganligi sababli uning hal qilinishi ham mazkur ikki guruh omillarga bog’liq. Masalan, oilaviy konflikt er-xotinlarning biri yoki ikkalasining bevafoligi bilan bog’liq bo’lsa, uni yaxshi hal qilinishi er va xotin ruhiyatining xususiyatlarida ifodalanadi va o’tmishdagi xatolarni bartaraf etish, birgalikda hayot kechirishga bo’lgan intilish bilan belgilanadi. Ba’zi xizmat bilan bog’liq konfliktlarda ko’p narsa tashqi holatlarga bog’liq. Masalan, bo’lim yoki muassasaning qayta tashkil etilishi ulardagi mavjud ichki konfliktlarni to’la bartaraf etadi. Adabiyotda bildirilgan fikrlarni umumlashtirish orqali konfliktning yakunlanishini quyidagicha tavsiflash mumkin: - Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling