5-MAVZU. KONFLIKTLARNING RIVOJLANIShI VA MEXANIZMLARI
REJA
1. Konflikli vaziyat tushunchasi
2. Konfliktlarning rivojlanish dinamikasi
3. Konfliktning tugashi va uni psixologik hal qilish
4. Konflikt ishtirokchilarining ruhiy tiplari
Konfliktli vaziyat tushunchasi. Konfliktgacha bo’lgan hodisalarni ko’rib
chiqsak, ularning ikki guruhdan iborat ekanligini aniqlash mumkin: qarama-qarshi
kurashuvchi taraflar ishtirok etayotgan obyektiv hayotiy vaziyat va taraflarning o’zi -
muayyan manfaatlarga ega kishilar.
Ma’lumki, hayotiy vaziyat o’zining ko’p jihatlari bo’yicha turlicha bo’lishi
mumkin. Inson turmushi yoki ijtimoiy guruh mavjud bo’lishi holatlari o’zgaruvchan,
tezlik bilan yoki aksincha,sekinlik bilan kechuvchi , uzoq vaqt o’zgarmaydigan tarzda
o’tishi mumkin.Ular muayyan ma’naviy muhit va u yoki bu darajadagi moddiy
ne’matlar bilan xarakterlanishi mumkin. Ular subyektlarning hududiy joylashuvi,
turli ijtimoiy iyerarxiyalar va boshqa ko’p omillar bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |