Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya bo
Download 454.61 Kb. Pdf ko'rish
|
aminokislotalar biosintezi texnologiyasi.
Aromatik aminokislotalar. So`nggi paytda aromatik aminokislotalar-triptofan,
fenilalanin va tirozinlarni produsent mikroorganizmlarini shtammlarini seleksiyalash katta amaliy ahamiyatga ega bo`lib bormoqda. Mikrob hujayrasida bu birikmalarni sintezi xorizm kislotasigacha umumiy yo`l bo`yicha borsa, keyinchalik ikkita tarmoqqa ajraladi, ulardan biri triptofanning sinteziga qarab ketsa, ikkinchisi prefen kislota orqali tirozin va fenilalanin tomon yo`nalgan bo`ladi (4-Rasm):
4-Rasm. Aromatik aminokislotalar sintezi sxemasi Aromatik aminokislotalarning mutant-produsentlarini ajratish bo`yicha olib boriladigan seleksion ish uchta oila vakillari: korinebakteriyalar (Brev. flavum, Coryn.glutamicum), basillalar (Bac. subtilis) va enterobakteriyalar (E.coli) orasida o`tkaziladi. Bu mikroorganizmlar uchun umumiy boshqarilish yo`li birinchi ferment bo`g`ini-3-dezoksiarabinogeptulozo-7-fosfatsintetaza (DAGF) da joylashgan, lekin bu fermentning boshqarilish mexanizmi o`zaro farqlanadi. Korinebakteriyalarda DAGF ning faolligi fenilalanin va tirozinlar tomonidan o`zaro mutanosib ingibirlanishga duch keladi. Bu xildagi aromatik aminokislotalarning produsentlarini seleksiyalashda birinchi bosqichda umumiy dastlabki xom-ashyo mahsulot-xorizm kislotasi hosil qiladigan auksotrof-shtammlarning ajratilishi lozim bo`ladi. Triptofan produsentlarini seleksiyalash ishlarini olib borishda fenilalanin va tirozin bo`yicha auksotrof mutantlardan foydalaniladi; fenilalanin produsentlarini ajratishda esa tirozin bo`yicha auksotroflardan foydalaniladi. Bu mutantlarning mahsuldorligini oshirish uchun ular asosida boshqaruvchi mutantlarni ajratib olish va bu boshqaruvchi mutantlarda biosintezning birinchi fermenlari desensebillangan bo`lishi lozim bo`ladi. Triptofan produsentlari uchun bu narsani amalga oshirishda adenilatsiklaza (AS) ni desensebillaydigan uning analoglari (5-metiltriptofan, 6- ftortriptofan va boshqalar) ga nisbatan rezistent bo`lgan mutantlarni ajratish asosida ish yuritiladi. Bu xil mutantlar glyukozani to`g`ridan to`g`ri triptofanga aylantirishi mumkin va bunda mahsulot hosil bo`lish unumdorligi 10-12 g/l ga yetadi. Bosqichli tanlov asosida ajratib olingan fenilalanin produsentlari analoglar (p-ftorfenilalanin, p-aminofenilalanin va boshqalar) ga nisbatan chidamli bo`lgan shtammlar shakarli muhitda 20g/l dan ziyodroq miqdorda maqsadli mahsulot yig`ishi mumkin. Seleksion ishda muvaffaqiyatli ravishda foydalanilayotgan Bac.subtilis ham bitta DAGF ga ega uning sintezi tirozin va fenilalanin tomonidan repressivlanadi, faolligi esa, xorizm va prefen kislotalar tomonidan ingibirlanadi. Download 454.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling