L-prolin glutamin kislotalar oilasiga mansub bo`lib, glutamin kislotaning ATF
ishtirokida qaytarilib, uning yarimaldegidiga aylanishi va keyinchalik sikllanib yana
qaytarilib, prolinga aylanishini quyidagi reaksiya sxemasi asosida izohlash mumkin:
Prolinni mikrobiologik sintezini quyidagicha amalga oshirish mumkin:
1. Tabiatda uchraydigan mutantlardan foydalanish. Masalan, yapon olimlari
Corin. glutamicum ATS 21144 mutantini ajratib olishga muyassar bo`ldilar. Bu
mutant glyukozali muhitda 18 g/l gacha prolin ajratib olish imkonini berar ekan.
2. Glutamat hosil qiluvchi korinebakteriyalarning prototrof shtammlaridan
foydalanish. Bunda shunday ferment muhitidan foydalaniladiki, mikrob hujayrasining
ichkarisidan ajraladigan glutamat va prolin ajralishi yo`nalishini prolin ajralishi
yo`nalishi tomon boshqarilishiga erishish lozim bo`ladi. Bunga erishish uchun
muhitda biotinning miqdorini oshirish kerak, bunday qilish o`z navbatida glutamin
kislotaning hujayradan chiqarilishini to`sib qo`yadi, natijada glutamin kislota
hujayradan tashqariga chiqmaydi va prolinga aylanadi. Misol tariqasida Corin.
glutamicum ATS 21157 ga oid ma`lumotlarni keltirib o`tish mumkin (2-Jadval):
Do'stlaringiz bilan baham: |