2. ANIQLASH USULLARI
2.1. Lipidlarning peroksidlanishi va immun tizimni aniqlash
Material va tadqiqot usullari 30 nafar nefrotik sindiromli SGN bilan xastalangan
28,82 yoshli bemorlarni tekshirish va nazort guruhida 15 nafar sog’lom insonlar qonini
tahlilari natijasida olib borildi. Bemorlarda qoning umumiy oqsili 42,08±5,98 g/l,
kreatinin 0,12±0,04 mmol/l sutkalik proteinuriya 7,96±4,06 g/sut. Qon plazmasida
xolesterin 8,83±1,43 mmol/l, sog’lom odamlarda esa 70,28±4,45g/l. Barcha
bemorlarda diognozi UZS nazorati ostida «Vip» avtomatik qurulmasi ignasini qo’llash
orqali buyrakni biopsiya qilish orqali tadqiq etildi[16,17].
LPO jarayonining jadalligi xemolyuminessensiya (XL) darajasi bo’yicha, qon
plazmasida eritrosit va siydikda malondialdegid (MDA) darajasi, shuningdek ularda
fosfolipaza(FA) A2 ning miqdoriga qarab hulosa chiqariladi. Bu ko’rsatgichlarni
aniqlash uchun standart biokimyoviy usullardan foydalanildi. Immun stataut
monoklonal antetilalarni to’plash yordamida T va B limfositlarni (supressorlar,
xelperlar) umumiy miqdorini aniqlash orqali baholandi. Qondagi tibbiy killerlar,
immunoglobulinlar darajasi Manchini usuli bo’yicha aniqlandi[18,29].
2.2. Qondagi antioksidant himoya fermentlarining faolligini aniqlash
Nefrotik sindromli SGN bilan kasallangan 53 nafar bemor tekshirildi (qondagi
umumiy oqsil 60g/l dan past, sutkalik proteinuriya 3,5g/l dan yuqori, qonda
giperxolsterinemiya 6mmol/l dan yuqori). Buyraklarning hayotiy biopsiya yo’li bilan
5 nafar bemor tekshirilganda o’tkir chuzilgan glomerulonefrit (O`ChGN), 5 nafarida
fokal-segmentar glomerulyar gialinoz (FSGG), 6 nafarida mezangiokapillyarniy
glomerulonefrit (MKGN), 10 nafarida membranozniy glomerulonefrit (MGN), 10
nafarida mezangiomembranozniy (MMGN), 12 nafarida mezangioproliferativniy
(MPGN), 5 nafarida fibroplasticheskiy gloiyerulonefrit (FPGN) aniqlangan.
Buyraklarning biopsiyasi uchun «Vip» ignali avtomatik qurilma ishlatildi. Prosedura
UZS nazorati ostida olib borildi[20,21].
Anti oksidant (AO) himoya holati quyidagi fermentlarning ko’rsatgichlari
bo’yicha tekshirildi: superoksiddismutaza (SOD), qon zardobi va eritrositlardagi
katalaza (KT), glutationperoksidaza (GP), glutationreduktaza (GR). Bularning
barchasi umum qabul qilingan biokimyoviy usullar bo’yicha o’tkazilgan[18,22,29].
Do'stlaringiz bilan baham: |