21
Qonning biokimyoviy ko’rsatgichlari bemorlarning
kasalxonaga tushgan
kunlari va chiqishlari oldidan tekshirilgan. Nazorta guruhini 18 nafar sog’lom kishilar
tashkil etishdi[11,21,37].
Qon plazmasi va eritrositlaridagi LPO holati malondialdigidi (MDA)
(Andreyeva A.I., 1988), atsilgidroperekislar (AGP) (Gavrilov B.B., 1983) miqdoriga
qarab, superoksiddismutaza (SOD) (Mxitoryan B.G., 1978), katalaza (KAT)
(Koralyuk M.A., 1988) fermentlarning faolligiga qarab baholandi. Eritrositlar
membranasi holatini xarakterlash uchun eritrositlarning sorbsiyalash qobiliyati (ESQ)
va kislota rezistentligi (Gitelzon I.I.,1960) aniqlandi[14,17,31,37].
Tekshirish
natijalari PENTUM 4 kampyutrlarida maxsus dasturlash yordamida variasion
statistika usulida ishlab chiqildi.
22
3 . MAVZUNI O`RGANISH BO`YICHA OLINGAN NATIJALAR
1.1.
Surunkali glomerulonefritda lipidlarning peroksidlanishi va immun
tizimnining o`zgaruvchanligi
Surunkali glomerulonefritni (SNG) rivojlanishida
immun tizimlar yitakchi rol
uynaydilar. Ammo birlamchi immun mexanizmlarning o’zi buyrak to’qimasini
buzilishiga olib kelmaydi, lekin turli yallig’lanish mediatorlari (kislorodli radikallar,
prostoglanidinlar, leykotrinlar, kollogenazalar, elastazalar va boshqalar)
ishlab
chiqarish bilan boradigan kaskad reaksiyalarni keltirib chiqaradi, bu esa o’z navbatida
glomerulonefritni kuchaytirishni boshqa mexanizmlarga turtki bo’ladi.
Bunday
jarayonlardan biri lipidlarning peroksidlanishi (LPO) bo’lib, ularning faolligini
immun yallig’lanishlar bilan uzviy bog’liq. SNGda LPOni namoyon bo’lishi
kasallikning nefrotik shaklida lipid va oqsillar
almashinuvini buzilishini
chuqurlashtiradi. SNGda bu mexanizmning muhumligi shundaki LPO mahsulotlari
kalavasimon kanalchalarini mezinximal hujayralariga sitologik ta’sir ko’rsatadi va
kollogen
sintezini stimullaydi, shu yo’l bilan buyrak to’qimasini o’zgarishini
tezlashtiradi.
3.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: