Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


 ADL bo’limlari va faoliyat yo’nalishlari


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana01.06.2020
Hajmi0.5 Mb.
#112825
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
arab davlatlar ligasi va falastin muammosi


 

1.2 ADL bo’limlari va faoliyat yo’nalishlari 

 

 



Hozirgi  kunda ADL quyidagi  bo‟limlarga  bo‟linadi.   

1. Liga  kengashi 

2. Doimiy  komitetlar   

3. Iqtisodiyot kengashi   

4. Birlashgan  mudofaa kengashi   

5. Bosh kotibiyat   

6. Ixtisoslashtirilgan  tashkilotlar  va institutlar   

 

Liga  kengashi  –  tashkilotning  yuqori  organi  bo‟lib,  uning  tarkibi  a‟zo  davlatlar 



vakillaridan  iboratdir.  Har  bir  a‟zo  davlat  hududi,  aholisi  va  vakillari  qancha 

bo‟lishidan  qat‟iy  nazar  bitta  ovoz  berish  huquqiga  ega.  Agar  liganing  a‟zolari 

bo‟lgan  xohlagan    ikki  davlat  biron-bir  masalani  hal  etish  uchun  favqulodda  ham 

chaqirilishi  mumkin.  Kengashni  bosh  kotib  boshqaradi.  Bosh  kotib  kengash 

tomonidan  5  yilga  saylanadi.  2011-yil  15-maydan  bu  postni  Misr  tashqi  ishlar  vaziri 

Nabil  al-Arabi  boshqarib kelmoqda.  

 

 

               Arab Davlatlari Ligasining bosh kotiblari jadvali 



 

 

Ismi sharifi                             Kelib chiqish hududi                          Boshqargan                    



                                                                                                        yillari 

 

1. Abdul Rahmon Hasan                     Misr                                               1945-1952 



A‟zam  

2. Abdul Holiq Hasun                         Misr                                               1972-yil   

3. Maxmud Riad                                 Misr                                                1972-1979 

4. Shadli Klibi                                     Tunis                                               1979-1990 

5. Ahmad Ismat Abdul                        Misr                                               1991-2001 


 

15 


Majid   

6. Amr Muso                                      Misr                                                2001-2011 

7. Nabil  al-Arabi                                 Misr                                                 2011-yil   

                                                                                                                    15-maydan

14

 

 



Kengashni  chaqirishda  avvalo  Misr  hukumati  vakili    haqli   bo‟lib keyiniroq uni 

bosh  kotibiyat  chaqirishi  mumkin.  Bu  nizomda  qat‟iy  belgilab  qo‟yilgan.  Kengash 

liga  paktiga  ko‟ra,  tashkilot  nomidan  barcha  qaror,  farmonlarni  chiqaradi,  muhim 

masalalarni  ko‟rib  chiqadi  va  o‟z  xulosalarini  beradi.  Kengash,shuningdek,  quyidagi 

vazifalarini  bajaradi:   

 

1.  Liga  a‟zo  davlatlari  tomonidan  iqtisod,  ijtimoiy  hayot,  madaniyat,  transport 



va huquqga doir qabul qilingan  qarorlarning  ijro  etilishini  nazorat qiladi   

 

2.  Ikki  yoki  undan  ortiq  a‟zo  davlatlar  o‟rtasida  vujudga  kelgan  munozarali 



masalalarni  hal qilishda  vositachi va hakam  rolini  ijro  etadi.  

 

3. Har xil  doiradagi arab davlatlariga  to‟laligicha  yordam ko‟rsatadi.  



 

4.  Biron-bir  a‟zo  davlatga  agressiya  uyushtirilsa,  kerakli  chora-tadbirlarni 

ko‟radi.  

 

5.  Xalqaro  tashkilotlar  bilan  hamkorlik  o‟rnatish,  xalqaro  xavfiszlik  va  



tinchlikni 

o‟rnatishda  ishtirok  etish,  davlatlar  o‟rtasidagi  iqtisodiy-ijtimoiy 

muammolarni  yaxshilash.   

 

6. Arab davlatlari  ligasining  Bosh kotibiyatini  tasdiqlash.  



 

7. Kengashning  ichki  qismi va doimiy  komitetlarini  tasdiqlash.  

 

8. Arab davlatlari  ligasi  byudjetini  tasdiqlash kabi vazifalar.   



 

Bosh  kotibiyatni  tasdiqlash  uchun    a‟zo  davlatlari  ovoz  berishlari  kerak 

bo‟ladi.  Shuningdek  muhim  masalalarni  hal  qilish  ham  ovozga  qo‟yilib,  agar  ovozlar 

teng  kelib  qolinsa  unda  masalani  hal  qilish  uchun  qo‟yilgan  takliflar  rad  etiladi.  Liga 

kengashi  o‟zining  har sessiyasida nodoimiy komitetlarni  tuzadi. Ular  quyidagilar:   

 

1. Siyosiy masalalar bo’yicha komitet  



 

2. Iqtisodiy masalalar bo’yicha komitet  

 

3. Ma’muriy va moliyaviy masalalar bo’yicha komitet  

 

4. Ijtimoiy v madaniy masalar bo’yicha komitet  

                                                 

14

 Internet // www.polit.  ru 



 

 

16 


 

5. Huquqiy masalalar bo’yicha komitet  

 

Bosh  kotibiyat  Arab  davlatlari  ligasining  ma‟muriyati  bo‟lib,  uning  tarkibida 



Bosh  kotib,  kotibning  yordamchilari  va  bir  nechta  xodimlar  bor.  Bosh  kotib  liga 

kengashi  qaroriga  ko‟ra  2/3  ovoz  bilan  tayinlanadi.  Bosh  kotibning  yordamchilari  va 

xodimlari  liga  kengashining  roziligi  bilan  Bosh kotib tomonidan tayinlanadi.   

 

Bosh  kotib  liga  kengashining  yig‟ilishini  olib  boradi.  Shuningdek,  u  liganing 



byudjet  loyihasini  tuzadi  va  kengash  ko‟rib  chiqishi  uchun  kengashga  taqdim  etadi. 

Bosh  kotib  5  yilga  saylanadi.  Uning  muddati  uzaytirilishi  mumkin. Bosh kotib yuqori 

ma‟muriy  shaxs  hisoblanadi  va  Bosh  kotibiyat,  uning  bo‟limlarida  yuritgan  har 

qanday  faoliyati  va  xatti-harakati  uchun  liga  kengashi  oldida  javob  beradi.  Bosh 

kotibiyatning  bo‟limlari  quyidagilar:   

 

1. Bosh kotibiyat byurosi  



 

2. Harbiy masalalar bo’yicha kotibyat . 

 

3. Siyosiy masalalar bo’yicha boshqarma  

 

4. Falastin muammosi bo’yicha boshqarma  

 

5. Iqtisodiy masalalar bo’yicha boshqarma  

 

6. Ijtimoiy va madaniy masalalr bo’yicha boshqarma  

 

7. Ommaviy axborot vositalari bo’yicha boshqarma  

 

8. Huquqiy masalalar bo’yicha boshqarma  

 

9. Ma’muriy va moliyaviy masalalar bo’yicha boshqarma  

 

Kotibiyatning  har  bir  mamalakatda  axborot  byurosi  mavjud.  Nyu  -Yorkdagi 



BMT  qarorgohida  arab  davlatlari  ligasining  doimiy  delegatsiyasi  joylashgan.  Bosh 

kotibiyatbning  faoliyati  Arab davlatlari  ligasining  ichki  dasturiga to‟g‟ri kelishi  shart.  



ARAB DAVLATLARI LIGASI VAKOLATXONALARI 

1. Nyu-Yorkda BMT qoshidagi ADL vakolatxonasi   

 

2. Jenevadagi  ADL vakolatxonasi   



 

3. Avstriyaning  Vena shahridagi  ADL vakolatxonasi   

 

4. Argentinaning  Buenos-Ayres shahridagi  ADL vakolatxonasi   



 

5. Belgiyaning  Bryussel shahridagi  ADL vakolatxonasi    

6. Braziliyaning  Brazilia  shahridagi  ADL vakolatxonasi    

7. Germaniyaning  Bonn shahridagi  ADL vakolatxonasi    



 

17 


8. Gretsiyaning  Afina  shahridagi  ADL  vakolatxonasi   

 

9. Ispaniyaning  Madrid shahridagi  ADL vakolatxonasi     



10. Italiyaning  Rim shahridagi  ADL vakolatxonasi   

 

11. Kanadaning  Ottava shahridagi  ADL vakolatxonasi     



12. Keniyaning  Nayrobi sharidagi  ADL vakolatxonasi     

13. Rossiyaning Moskva shahridagi  ADL vakolatxonasi    

14. Senegalning  Dakar shahridagi  ADL vakolatxonasi     

15. AQSH ning Vashington,  Dallas,  Chikago va San-Fransisko  shaharlaridagi  ADL 

vakolatxonalari   

16. Efiopiyaning  Addis-Adeba shahridagi  ADL vakolatxonasi    

17. Yaponiyaning  Tokio shahridagi  ADL vakolatxonasi    

18. Hindistonning  Dehli  shahridagi  ADL vakolatxonasi    

 

Arab  davlatlari  ligasining  ixtisoslashtirilgan  tashkilotlari  va  institutlari  20  ga 



yaqin  bo‟lib,  liga  ularga  moliyaviy  yordam  beradi,  ammo  ularning  qarashlari  bir-

biridan  farq qiladi.  Ularning  asosiylari  quyidagilar:   

 

1.  Arab  pochta  ittifoqi  –  liga  kengashining  1946-yil  9-dekabrdagi  qaroriga 



ko‟ra  tashkil  etilgan  .  Vazifasi  -  a‟zo  davlatlarni  pochta  xizmati  doirasida  ular 

o‟rtasidagi hamkorlikni  rivojlantirish  va mustahkamlash.   

 

2.  Arab  telekommunikatsiyalari  ittifoqi  –  liga  kengashining  1953-yil  9-



apreldagi  qaroriga  ko‟ra  tashkil  etilgan.  Maqsadi  -  telekommunikatsiya  orqali  a‟zo 

davlatlar  o‟rtasidagi hamkorlikni  rivojlantirish.   

 

3.  Arab  radiostansiyalari  birlashmasi  –  1955-yil  15-oktabrda  liga  kengashining 



qaroriga  ko‟ra  tuzilgan.  Uning  vazifasi  quyidagicha:  arab  radiostansiyalari  ish 

rejalarini  tashkil  etish,  xalqaro  jamiyatni  arab  dunyosida  sodir  bo‟layotgan  voqea- 

hodisalar  bilan  tanishtirish,  arab  dunyosidagi  radiostansiyalari  o‟rtasidagi  tajriba, 

axborot va materiallar  almashinuvini  nazorat qilishdir.   

 

4.  Yagona  arab  iqtisodiyoti  kengashi  –  1957-yil  3-iyunda  liga  kengashi  qarori 



bilan  tashkil  etilgan.  Maqsadi  -  kapital,  mulklarni  a‟zo  davlatlar  o„rtasida  erkin 

o‟tishini  ta‟minlash,  ishlab  chiqarilgan  milliy  va  xorijiy  mahsulotlarni  erkin 

almashinuvini  ta‟minlash. 


 

18 


 

5.  Xalqaro  arab  jamiyati  mudofaa  tashkiloti  -  1960-yil  10-aprelda  tuzilgan. 

Maqsadi  -  arab  davlatlaridagi  jinoyatchiliklarga  qarshi  kurash  va  bu  davlatlardagi 

huquq-tartibotni  o‟rnatuvchi  organlar  o‟rtasida  hamkorlikni  o‟rnatishga  yordam 

berish,  narkobiznes  va  terrorizmga  qarshi kurash. Bu tashkilotning ichida 3 ta bo‟limi 

mavjud:   

 

1. Bag‟doddagi huqubuzarliklarga  qarashi kurashuvchi  xalqaro arab byurosi.  



 

2. Damashqadagi huquq-tartibotni  o‟rnatuvchi xalqaro arab byurosi.  

 

3. Qohiradagi narkotiklarga  qarshi kurashuvchi  xalqaro arab byurosi.  



 

6.Ta‟lim,  madiniyat  va  fan  bo‟yicha  arab  tashkiloti  -  1961-yil  1-aprelda  tashkil 

topgan.  Maqsadi  -  arab  davlatlarini  birlashtirish  g‟oyasini  ta‟lim,  madaniyat  va  fan 

orqali  olib  borish,  arab  davlatlaridagi  madaniyat  darajasini  oshirish  va  yuksaltirish. 

Unig  tarkibiga  3 ta institut  kiradi  : 

1. Qohiradagi arab tadqiqotlari  instituti   

2. Qohiradagi savodsizlikni  tugatish markazi   

3. Rabotdagi tilni  standartlashtirish  boshqarmasi 

7.  Boshqaruv  fani  bo‟yicha  arab  tashkiloti  -  1961-yil  1-aprelda  tashkil  topgan. 

Maqsadi  -  boshqaruv  fanini  rivojlantirish  va  arab  davlatlaridagi  ma‟muriy  apparatni 

mukammalashtirish.  Moliya  to‟g‟risidagi  fanlarga  homiylik  qilish  va  boshqaruv  fani 

bilan  aloqa o‟rnatish.  

8.  Arab  mehnat  tashkiloti  –  1965-yil  21-martda  tuzilgan.Maqsadi  -  ishchilar 

hayotini  yaxshilash,  mehnat  shartlarini  oshirish,  moddiy  va  madaniy  jihatdan  aholini 

ta‟minlash,  adolatli  jamiyat  qurish.  

9.  Arab  sanoatini  rivojlantirish  ittifoqi  -  1980-yil  20-sentabrda  tuzilgan. 

Maqsadi  -  arab  davlatlaridagi  sanoati  rivojlantirish  va  yetuklashtirish.  Energetika  va 

tog‟  qazilmalarini  ishlab  chiqarish.  Arab  davlatlarini  sanoat  orqali  hamkorlik 

o‟rnatilishlarida  yordam berish.  

10.  Fuqaro  aviyatsiyasi  bo‟yicha  arab  davlatlari  kengashi  -  1965-yil  21-martda 

tuzilgan.  Masadi  -  umumarab  va  xalqaro  darajada  arab  davlatlaridagi  aviyatsiyani 

texnik  va iqtisodiy jihatdan  rivojlantirish  va mustahkamlash.   

11.  Arab  iqtisodiyoti  va  ijtimoiy  rivojlanish  tashkiloti  -  Iqtisodiyot  kengashi 

tomonidan  1968-yil  16-mayda  tashkl  etilgan.Maqsadi  -  arab  davlatlaridagi  iqtisodiy 



 

19 


va  ijtimoiy  rivojlantirishning  loyihalarini  moliyalashtirish,  arab  davlatlaridagi 

iqtisodni  rivojlantirish  va  mustahkamlash.  Shuningdek,  ularni  texnik    hamda 

mutaxassislik  yordamlari  bilan  ta‟minlash. 

12.  Neftni  eksport  qiluvchi  arab  davlatlari  tashkiloti  -  1968-yil  9-yanvarda 

Saudiya  Arabistoni,  Quvayt  va  Liviya  o‟rtasida  tuzilgan.  Tashkilot  neftni  eksport 

qiluvchi  arab  davlatlari  uchun  hali  ham  ochiq.  Maqsadi  -  neftni  qayta  ishlash  va 

eksport  qilish.  Tashkilot  a‟zolari  o‟rtasida  texnik  va  axborot  almashinuvlarini 

ta‟minlash,  shuningdek,  neftni  qazib chiqarish bo‟yicha yangi loyihalar  yaratish.   

13.  Kapitalni  himoya  qilishni  ta‟minlash  bo‟yicha  arab  tashkiloti  -  1965-yilda 

tuzilgan.  Faoliyatini  1875-yil  1-aprelda  boshlagan.  Maqsadi  -  arab  davlatlarida 

kapital  qo‟yishni  himoya  qilishni  ta‟minlash  va  arab  davlatlari    iqtisodiga  ta‟sirini 

oldini  olish.  

14.  Arab  qishloq  xo‟jaligini  rivojlantirish  tashkiloti  -  1970-yil  11-martda 

tashkil  etilgan.  Maqsadi  -  arab  davlatlaridagi  qishloq  xo‟jaligini  rivojlantirish  va 

mustahkamlashni  ta‟minlash.   

15.  Arab  valyuta  fondi  -  1976-yil  27-aprelda  tuzilgan.  1978-yildan  faoliyatini 

yurita  boshlagan.  Vazifasi  -  arab  davlatlaridagi  pul  balansini  tenglashtirish,  valyuta 

kurslarini  almashishini  nazorat  qilish,  valuta  aloqalarini  va  valuta  siyosatini  arab 

davlatlari  o‟rtasida o‟rnatish. Dinor foydalanilishini  kengaytirish.   

16.  Dengiz  yuk  tashish  bo‟yicha  arab  akademiyasi  1972-yil  26-mayda  tashkil 

etilgan.  1975-yildan  faoliyat  yuritadi.  Maqsadi  -  arab  davlatlari  o‟rtasida  dengiz 

savdosini  rivojlantirish,  dengiz  transportini  takomillashtirish.  Dengizda  yuk  tashish 

bo‟yicha milliy  mutaxassis kadrlar va dengiz flotlarini  yaratish  hamda tayyorlash.   

17.  Cho‟l  va  lalmi  yerlarni  o‟rganish  bo‟yicha  arab  markazi  -  1968-yil  3-

sentabrda  tashkil  etilgan.  Maqsadi  -  lalmi  yerlarda  mintaqaviy  tadqiqotlar olib borish, 

suv manbalarini  topish va cho‟l yerlarda biologik  tadqiqotlar olib borish.  

18.  Sun‟iy  yo‟ldosh  aloqalari  bo‟yicha  arab  tashkiloti  -  1976-yil  21-martda 

tuzilgan.  1978-yil  1-iyuldan  boshlab  faoliyatini  yurita  boshladi.  Maqsadi  -  arab 

davlatlarida  kosmik  dasturlarni  yaratish  va  mablag‟  bilan  ta‟minlash.  Sim  va  simsiz 

aloqani  rivojlantirish.  Arab  davlatlarida  aloqa  stansiyalarini  o‟rnatish,  kosmik 



 

20 


texnalogiyalarni  o‟rganishni  joriy  etish.  Tele  va  radioni  arab  sun‟iy  yo‟ldoshi 

aloqalari  orqali amalga  oshirish.  

19.  Afrika  davlatlaridagi  iqtisodiyotni  rivojlantirish  bo‟yicha  arab  banki  - 

1973-yil  28-noyabrda  Jazoirdagi  6-umumarab  kongressi  taklifi  va  1973-yil  5-dekabr 

iqtisodiyot  kengashi  qarori  bilan  tuzilgan.  Maqsadi  -  Afrikadagi  arab  davlatlarining 

iqtisodiyotini  rivojlantirish.   

2005-yil  17-dekabrda  Qohirada  Arab  parlamentining  birinchi  vaqtinchalik 

sessiyasi  bo‟lib  o‟tdi.Sessiyada  parlament  spikeri  etib Quvayt parlamentining xalqaro 

aloqalar  bo‟yicha  komiteti  vakili  Muhammad  Jasim  As-Saqr  saylandi.  Har  bir  a‟zo 

davlat  spiker  saylovida  o‟zining  nomzodlarini  qo‟yishi  mumkin.  Hozirgi  kunda 

parlament  spikeri  Iroqlik  Ali  al-Duqbasidir.  Parlamentning  shtab  qarorgohi 

Damashqda  joylashgan.  Arab  davlatlari  ligasini  kuzatuvchi  maqomidagi  davlatlar  4  ta 

bo‟lib ular quyidagilar:   

1. Braziliya  2. Venesuela    3. Hindiston    4. Eriteriya   

Arab  davlatlari  ligasi  yig‟ilishi  sammit  deb  nomlanadi.  Hozirgi  paytgacha  turli 

masalalarni  mohokama qilish  maqsadida ADL ning  30 dan ziyod sammitlari  bo‟ldi.

15

  

                     



                 ARAB  DAVLATLARI  LIGASI  SAMMITLARI  JADVALI 

 

T/r 



Bo’lgan hudud 

O’tkazilgan sanasi 

Ko’rib chiqilgan masala 

Qohira, Misr  



13-17 yanvar  1964-yil  Xalqaro  kelishmovchiliklarni 

tinchlik  yo‟li bilan  hal qilish. 

Aleksandriya,  Misr  



5-11 sentabr 

1964-yil 

FOTning  tashkil  etilishi  va 

arab 


davlatlaridagi 

harbiy 


bazalarni  yo‟q qilish talabi.   

Kasablanka, Marokash   



13-17 sentabr 1965-

yil 


Antiimperialistik 

xarakterdagi 

“Arab 

birdamligi  pakti”  ning    qabul 



qilinishi. 

Xartum, Sudan  



29-avgust 1967-yil 

“Olti  kunlik  urush”dan  so‟ng 

yagona  mudofaa  chizig‟ini 

tashkil  etish.  

Rabot, Marokash  



21-23 dekabr  

1961-yil 

Falastin 

qochoqlarini 

okkupatsiya  qilish  masalasi 

muhokama  qilindi. 

                                                 

15

 www.arab  league online 



 

21 


Qohira, Misr  

21-27 sentabr 1970-

yil 


1-favquloddagi 

sammit. 


Falastin 

va 


Iordaniyadagi 

vaziyat  muhokama qilindi    

Jazoir, Jazoir  



26-28 noyabr  

1973-yil 

Qatnashchilar 

Isroildan 

“qiyomat 

kuni”  urushida 

egallangan 

hududlarni 

qaytarib 

berishni 

talab  

qilishdi.   



Rabot, Marokash 

29-oktabr 1974-yil 

FOT  -  Falastin  xalqining 

yagona  vakili  sifatida    tan 

olinishi. 

Ar-Riyod,Saudia 



Arabistoni   

17-18 oktabr 1976-yil  2-favquloddagi 

sammit. 

Livandagi 

qarama-qarshi 

tomonlarni  bo‟lib  yuborish 

uchun 

umumarab 



harbiy 

kuchlarini 

tuzish 

haqidagi 



qarorning qabul qilinishi.   

10  Qohira, Misr  

25-26 oktabr 1976-yil  Livandagi 

vaziyatlarning 

muhokama  qilinishi   

11  Bag‟dod, Iroq  

2-5 noyabr 1978-yil 

Kemp-Devid 

bitimining 

muhokama 

qilinishi 

va 


Misrni 

Isroil 


bilan 

hech 


qanday 

shartnoma 

tuzmaslikka  chaqirish.  

12  Tunis, Tunis  

20-22 noyabr 1979-

yil 


Kemp-Devid 

bitimlari 

imzolanganidan 

so‟ng 


MisrningADL 

a‟zoligigan 

chiqarilishi,qarorgohning 

Tunisga ko‟chirilishi   

13  Oman, Iordaniya  

21-22 noyabr 1980-

yil 

A‟zo 


davlatlar 

iqtisodiy 

rivojlanishi 

bo‟yicha 

hamkorlik  harakatlari  dasturi 

qabul qilinishi. 

14  Fes, Marokash  

6-9 sentabr 1982-yil 

Fes(Marokash)deklaratsiyasi- 

Falastinning  mustaqil  davlat 

sifatida  tan  olinishi  rejasining 

qabul qilinishi   

15  Kasablanka, Marokash  

7-9 sentabr 1985-yil 

3-favquloddagi 

sammit.Falastin 

muammosi 

muhokama  etildi 

16  Oman, Iordaniya  

8-12 noyabr 1987-yil   4-favquloddagi 

sammit. 

Suriya  va  Iroq  o‟rtalaridagi 

iqtisodiy 

hamkorlikni 

mustahkamlashga 

va 


aloqalarini 

yaxshilashga 

chaqirish  


 

22 


17  Jazoir, Jazoir 

7-9 iyun 1988-yil 

5-favquloddagi  sammit BMT 

rezolyutsiyasiga  amal 

qilmayotgan  Isroilni 

muhokama  qilish  va AQSh  

siyosatiga o‟z noroziliklarini 

bildirish     

18  Kasablanka, Marokash  

23-26 iyun  1989-yil 

6- favquloddagi sammit. 

Misr a‟zoligining  qayta 

tiklanishi.  Qarorgoh 

Qohiraga ko‟chirilishi.   

19  Bag‟dod, Iroq  

28-30 mart 1990-yil 

7-favquloddagi  sammit. 

G‟arbning Iroqda yuqori 

texnalogik  qurollar borligi 

haqidagi  aybi uchun 

qoralanishi   

20  Qohira, Misr  

9-10 avgust 1990-yil 

8-favquloddagi  sammit. 

Iroqning Quvaytga qarshi 

agressiyasi  muhoka qilinishi.   

21  Qohira, Misr  

20-23 iyun  1996-yil 

9-favquloddagi  sammit. 

Terrorizm va ekstremizning 

muhokama  qilinishi  va 

Isroildan okpupatsiya 

qilingan  hududlardan chiqib 

ketishini  talab etilishi.   

22  Qohira, Misr  

21-22 oktabr 2000-yil 

10-favquloddagi  sammit. 2 

intifadaning  boshlanishining 

qo‟llab-quvvatlanishi   

23  Oman, Iordaniya  

27-28 mart 2001-yil 

Falastin  davlatiga  moliyaviy 

yordam ajratishga   qaror 

qilinishi.   

24  Bayrut, Livan   

27-28 mart 2002-yil 

Isroil bilan  tinchlik 

aloqalarini  o‟rnatish 

rejasining  olg‟a surilishi.   

25  Sharm ash-Shayx, Misr 

1-mart 2003-yil 

Iroqqa qarshi agressiya 

uyushtirilishiga  qarshi 

norozilik  birldirilishi.   

26  Tunis, Tunis  

22-23 may 2004-yil 

Isroildan Falastin  hududidan 

qo‟shinini olib keltilishini  tab 

etilishi,  ADL ning  xavfsizlik 

kengashi  tuzishga  qaror 

qilinishi.   

27  Jazoir, Jazoir  

22-23 mart 2005-yil 

Umumarab  parlament 

assambleyasini  tashkil 

etishga  qaror qilinishi.   

28  Xartum, Sudan  

28-30 mart 2006-yil 

Saylov tartiblarini 

o‟zgartishrish haqida 



 

23 


qarorning qabul qilinishi. 

A.Musoning   ikkinchi  marta 

5 yilga  saylanishi.   

29  Ar-Riod, 

Saudia 

Arabistoni   



27-28 mart 2007-yil 

Iroqga yordam berishga 

kelishib  olinishi. 

30  Damashq, Suriya  

29-30 mart 2008-yil 

Sammit  yaxshi o‟tmadi. 

Ko‟pgina davlatlarning 

fikrlari  bir joydan chiqmadi.   

31  Doxa, Qatar  

28-30 mart 2009-yil 

Sudan prezidenti 

O.Bashirning  qamoqqa 

olinish  sanksiyasiga  qarshi 

tanqid va Isroilning  G‟azo 

sektoridagi  harbiy 

harakatining  muhokama 

etilishi.   

32  Sirti,  Liviya   

27-28 mart 2010-yil 

 

33  Bag‟dod, Iroq  



27-29 mart 2012-yil

16

 



 

 


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling