Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
arab davlatlar ligasi va falastin muammosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. BOB. Falastin muammosining kelib chiqish tarixi va undagi asosiy masalalar 2.1.Falastin muammosining kelib chiqish tarixi
- Falastin Britaniya mandati ostida
- Falastin aholisining ko’payish salmog’i Yil Umumiy aholi Arablar
Arab davlatlari ligasiga a’zo davlatlarning aholisi soni (2007-yil 1-yanvar ma’lumoti)
1. Misr 81,650,212 17
2. Jazoir 37,100,000 3. Marokash 36,064,173 4. Sudan 30,894,00 5. Iroq 30,747,00 6. Saduia Arabistoni 28.146,658 7. Yaman 23,580,000 8. Suriya 21,906,000 9. Tunis 10,673,800 18
9,420,000 11. Somali 9,133,000 12. BAA 8,264,070 13. Iordaniya 6,316,000 14. Livan 4,224,000 15. Falastin Muxtoriyati 4,136,540 16. Quvayt 3,566,437 17. Mavritaniya 3,291,000 18. Ummon 2,845,000 19. Qatar 1,699,435 20. Bahrayin 1,234,596 21. Jibuti 864,000 22. Komor orollari 691,000
16 www.arab league online 17 http//www.msrintranet.capmas.gov.eg/pls/fdl/tst12e?fction=1&lname=%201 Official Egyptian Population clock
18
http//www.ins.nat.tn/index.php National Statistics Institute of Tunisia
24
Umumiy aholi: 349,870,608 Arab davlatlari ligasida aholining diniy e’tiqodi foiz ko’rsatkichida Islom – 90% Xristian – 6% Boshqa dinlar- 4% Arab davlatlari ligasiga a’zo davlatlardagi aholining savodxonligi 1. Quvayt 98,6 2. Livan 94,5 3. Falastin muxtoriyati 94,1 4. Qatar 93,1 5. Iordaniya 92,2 6. Bahrayn 90,8 7. Birlashgan Arab Amirligi 90,0 8. Liviya 88,4 9. Ummon 86,7 10. Saudia Arabistoni 85,5 11. Suriya 83,6 12. Tunis 78 13. Iroq 77,6 14. Kamar oroli 73,6 15. Jazoir 72,6 16. Marokash 70 17. Sudan 69,3 18. Jibuti 67,9 19
19. Misr 66,4
20. Yaman 60,9
21. Mavritaniya 56,8
22. Somali 54,8
19 . Internet Ittps://WWW.Cia.gav/library/publicatsions/the world -factbook/ geos/dj.Isme. 25
II. BOB. Falastin muammosining kelib chiqish tarixi va undagi asosiy masalalar 2.1.Falastin muammosining kelib chiqish tarixi Falastin muammosi xalqaro hayotning keskin masalalaridan biri bo‟lib qolmoqda. Falastin muammosi – bu muammoning tub asosini tashkil etgan Falastin-Isroil mojorasi bilan xarakterlanadi. Bu mojaro XX asrning boshidan hozirgi kunimizgacha aniq bir yechimga ega bo‟la olmay jiddiy xalqaro xavotirlarga sabab bo‟lgan muhim masalalardan biridir. Falastin muammosi o‟z tarixida ko‟plab o‟zgarishlarga uchragan bo‟lsa-da, mohiyatiga ko‟ra hamisha Falastin arab xalqining milliy ozodlik harakati hamda Falastin arab xalqining o‟z taqdirini o‟zi belgilash yo‟lidagi kurashini anglatib kelgan.
Arab davlatlari tarixchilari muammoni kelib chiqishining asosiy sababini 1917- yilgi “Balfur deklaratsiyasi” bilan bog‟laydilar. Ammo, mantiqan o‟ylab ko‟radigan bo‟lsak, bu muammoning tarixi biroz uzoqroqqa borib taqaladi. Bizningcha, bu muammoning paydo bo‟lish tarixi XIX asrning so‟nggi choragidan boshlanadi. Ayni o‟sha vaqtda sionizm siyosiy-mafkuraviy harakatining paydo bo‟lishi Falastin muammosining kelib chiqishiga sabab bo‟lgan asosiy omillardan biriga aylanganligini tarixiy taraqqiyot ko‟rsatib berdi.
Sionizm-Quddusdagi Sion tepaligi nomidan olingan. Bibliya rivoyatlariga ko‟ra, bu yerda Dovud podshoning (miloddan oldingi XI asr oxiri X asr boshi) qarorgohi va Xudo Yaxvening uyi bo‟lgan. Sionizm siyosiy-mafkuraviy harakati XIX asrning oxirida vujudga kelgan va dunyodagi barcha yahudiylarni Falastin zaminiga ko‟chirish hamda u yerda yahudiy davlatini tashkil etish maqsadini qo‟ygan.
1897-yilda Bazel (Shveysariya)da umumjahon sionistik tashkiloti tuzildi. 20
(1960-yildan butunjahon siyonistik tashkiloti) 21 U jahondagi barcha yahudiylarni Falastinga yig‟ish va u yerda yahudiy davlatini tashkil etishni maqsad qilib qo‟ygan. Sionizmning siyosiy-mafkuraviy oqim sifatida paydo bo‟lib shakllanishida Avstriyalik yahudiy jurnalist Teodor Benyamin Zeev Gerselning xizmatlari beqiyos.
22 1896-yilda T.Gersel tomonidan yozilgan “Yahudiy davlati” (nemischa. Der Judenstaat) deb nomlangan kitob ommalashib ketadi. Bu kitobda bo‟lajak
20 Сионизм-статя из электронной еврейреской энциклопедия. Internet//Vikipediya 21 .Кузнецов Д.В. Арабо-израильский конфликт: История и современность. Издателство БГПУ. 2006 стр 8.Internet//mirknig.com 22 Сионизм - статя из электронной еврейреской энциклопедии.Internet//Vikipediya 26
yahudiy davlati va sionizmning tamoyillari bayon qilingan. T.Gerselning fikricha dunyo bo‟ylab tarqalgan yahudiylar xudo tomonidan tanlangan xalqdir. Yahudiylar boshqalar bilan munosabatda tenglikka erishish uchun o‟zga millatlarga o‟xshab bir millat sifatida o‟rtaga chiqishlari kerak. Bu tenglikga erishish uchun qudratli davlatlar himoyasi ostida yahudiy davlatini tashkil qilmoq kerak.
1897-yilda Gersel Bazelda bo‟lib o‟tgan birinchi butunjahon yahudiylar konferensiyasiga rahbarlik qildi. Yuqorida ta‟kidlanganidek, bu kongressda “Butunjahon siyonistik tashkiloti” tuziladi.
Birinchi bo‟lib yahudiylar davlatini tuzish rejasi Svi-Girsha Kalisherning “Sion talabi” nomli kitobida keltirilgan. Bu kitob 1860-yilda chop etilgan. 1862-yilda chop etilgan Mozes Gessaning “Rim va Iyerusalim” kitobida ham bunday g‟oyalar mavjud edi.
Falastinda yahudiylarning dastlabki maskanlari paydo bo‟la boshlaydi.
Falastinda XIX asrning o‟rtalarida 10 mingdan kamroq yahudiylar yashagani aniqlangan. Usmonli turklar imperiyasida 1867-yilda “xorijliklarga yer sotish to‟g‟risida” qonun qabul qilingan edi. Bu qonunning qabul qilinishi usmonli turklar imperiyasining mustamlakasi bo‟lgan Falastinga yahudiylar immigratsiyasining jonlanishiga turtki beradi. Bu immigratsiyaning birnichi katta to‟lqini 1881-yilda boshlangan va u “birinchi aliya” nomi bilan mashhur bo‟ladi. 23 Bu jarayonda Sharqiy Yevropadan (Rossiya imperiyasi) 25 ming yahudiylarning Falastinga kirib kelishi kuzatiladi. 1882-yildan to 1900-yilgacha Falastindagi yahudiy aholi soni 24 mingdan 50 minggacha yetadi.
1901-yil “Yahudiy milliy fondi” tuziladi va yahudiylarning Falastinga immigratsiyasini moliyaviy jihatdan ta‟minlay boshlaydi. 24 Shundan keyin yahudiylarning Falastinga ommaviy ko‟chib kelishi jonlanadi. Ma‟lumotlarga qaraganda, 1904-1914-yillarda “ikkinchi aliya”, 1919-1923-yillarda “uchinchi aliya”, 1924-1929-yillarda “to‟rtinchi aliya”, 1933-1939-yillarda “beshinchi aliya” yuz beradi. “Beshinchi aliya”ning boshlanishiga asosiy sabab qilib, 1933-yilda
23 Д.Кузнецов. Арабо-израильский конфликт: История и современность. Издателство БГПУ. 2006 стр 8 Internet//mirknig.com 24 .Кузнецов Д.В Арабо-израильский конфликт: История и современность. Издателство БГПУ. 2006 стр 8 Interne//mirknig.com 27
Germaniyada Gitlerning hokimiyat tepasiaga kelishi va uning antisemitizm siyosati ko‟rsatiladi. 1919-yil ko‟rsatkichi bo‟yicha Falastindagi yahudiy aholining soni 57 ming kishini tashkil etgan: bu Falastindagi butun aholi salmog‟ining 9,7%ini; arab aholisining soni esa 533 ming kishi yoki butun aholining 90,3%ini tashkil etgan. 25
1922-1948-yillarda Falastin hududiga 685 ming yahudiya immigranti ko‟chib keladi.
Yuqorida keltirilgan raqamlar shunday xulosaga olib keladiki, Falastin arab xalqi yashayotgan hududlar asta-sekinlik bilan yahudiylar tomonidan o‟zlashtirilganligi va bu o‟z navbatida ushbu hududda yashayotgan ikki etnik guruhlarning kelajakdagi taqdiriga o‟zining salbiy ta‟sirini ko‟rsatganligini kuzatish mumkin.
Falastin Britaniya mandati ostida
Yevropadan Falastin orqali janubiy-sharqiy Osiyoga, undan janubiy sharqqa o‟tuvchi muhim havo yo‟li va O‟rta Yer dengizini fors qo‟ltig‟i bilan bog‟lovchi quruqlik yo‟li o‟tar edi.
1916-yil 9-16 mayda Londonda Angliya va Fransiya rahbarlari o‟rtasida Osiyo Turkiyasini bo‟lish masalasida bo‟lib o‟tgan uchrashuvda Sayks-Piko kelishuvi imzolanadi (P.Sayks - Britaniya harbiy mahkamasi boshlig‟i. F.Jorj.Piko - Fransiya davlat arbobi) 26 Unga ko‟ra Falastinda xalqaro rejim o‟rnatilishi kerak edi. Shuningdek, Sayks-Piko maxviy kelishuviga binoan yemirilib borayotgan usmonli turklar imperiyasi ikki davlat (Angliya va Fransiya) tomonidan taqsimlab olingani qayd etilgan. Mazkur taqsimotga muvofiq inglizlarga Iroq (Mesopatamiya), Falastinning uncha katta bo‟lmagan qismi, ushbu hududda joylashgan Xayra va Akkra bandargohlari; fransuzlarga esa Suriya va Livan tegishli deb qayd etildi. Shu bilan birga Angliya Fransiyani ogohlantirmagan holda Falastin muammosi bo‟yicha butunjahon sionistlar tashkilotining o‟sha vaqtlardagi rahbari Veysman bilan aloqa o‟rnatib, maxviy muzokaralar olib bordi. Bu muzokaralar ijobiy natijani bera oldi. Bir yildan ortiq davom etgan muzokaralardan so‟ng birinchi jahon urushi yillarida B.Britaniya tashqi vaziri lavozimida ishlagan Artur Jeyms Balfur nomi bilan atalgan
25 Примаков Е.М. Анатамомия ближныйвосточного конфликта. Москва 1978 стр 9 26 Новейшая история арабских стран (1917-1966) М.1967 стр 113 28
“Balfur deklaratsiyasi” ishlab chiqildi. Bu deklaratsiya Falastinda yahudiylar davlatini barpo etishga qaratilgan sionistlar tashkilotining ko‟p yillik harakatlarining nazariy natijasi bo‟lib, deklaratsiya mazmuni 1917-yil 2-noyabrda B.Britaniya tashqi ishlar vaziri Artur Jeyms Balfur tomonidan Britaniya sionistlar federatsiyasining vitse-prezidenti Lionel Uolter Rodshild nomiga yozilgan maktubida bayon etilgan edi. Unga ko‟ra Falastinda “Yahudiy milliy o‟choqlari” tashkil etilishi kerak edi. Ma‟lumki, Angliya birinchi jahon urushiga qadar qudratli davlatlar orasida sionistlar harakatiga, umuman olganda, do‟stona munosabatda bo‟lgan. Boshqa tomondan, Angliya Fransiya va AQSh kabi raqiblariga nisbatan Yaqin Sharqdagi mavqeini mustahkamlab olish payida edi. Angliya Falastinga o‟rnashib olish va boshqa strategik maqsadlarini ko‟zlab sionistlar tashkiloti bilan munosabatlarini ijobiylashtirishga harakat qildi. Shu maqsadda Angliya hukumati sionistlar tashkiloti bilan muzokaralar olib borishga harakat qildi. Angliya hukumati tomonidan Sayks, sionistlar tomonidan Veysman vakil etib tayinlandi. Muzokaralar 1917-yilning 17- fevralida Londonda boshlanadi. Muzokaralar natijasida agar yahudiylarning milliy maqsadi (Britaniya Falastinni yahudiy xalqi uchun milliy uy sifatida tan olish) sionistlar Falastinda Buyuk Britaniya hokimiyatining o‟rnatilishiga bor kuchlarini sarflashga tayyorligini bildiradilar. 1917-yilning iyulida inglizlar va siyonistlar bo‟lg‟usi deklaratsiyaning asosiy tamoyilini ishlab chiqdilar. Ushbu tamoyilga muvofiq, Falastin yahudiy xalqining milliy makoni deb atalgan va unga tegishli hududlar belgilangan edi. Ammo “Balfur deklaratsiyasi” haqida, Sayks – Veysman muzokaralari to‟g‟risida arab dunyosidagi arboblarga ham ma‟lumot yetib keladi. Shuni aytish joizdirki, deklaratsiyaga bo‟lgan munosabat arab dunyosida va ba‟zi bir yevropalik arboblar orasida o‟zining salbiy aksini ko‟rsatadi. Buyuk Britaniyaning yetakchi siyosiy arboblaridan biri Montegi ushbu deklaratsiya haqida quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Men hozir Falastinni yahudiylar bilan bog‟liq hamda ularning yashashi uchun qulay joy deb o‟ylamayman. Falastin yahudiylar tarixida o‟ziga xos o‟rin tutishi mumkin. Lekin musulmonlar tarixi ham bundan kam emas, qolaversa, yahudiylardan keyingi davrlarda xristianlar tarixi bilan ko‟proq bog‟liqdir” – deb yozgan edi. 29
“Balfur deklaratsiyasi” Angliyaga Makkaning sherifi Xuseynga arab davlatlarini tuzish haqidagi bergan va‟dalarini bajarishdan voz kechishga yordam berdi.
27
1919-yil yanvarida Parij tinchlik konferensiyasida qatnashgan Amir Feysal ibn Xusayn o‟zining me‟morandumida “yahudiylarning Falastinga nisbatan tarixiy huquqlari borligini rad qilib, arablar Falastinda boshqalardan ko‟ra ko‟pchiliikni tashkil
qilib, qadimdan istiqomat qilishgan” deb ta‟kidlagan. “Balfur
deklaratsiyasi”ning yana bir natijasi shundan iborat bo‟ldiki, Falastin arab xalqi deklaratsining joriy qilinishiga qarshi kurashishiga majbur bo‟ldi. Chunki bu xalq bir tomondan o‟z taqdirini o‟zi belgilash huquqidan mahrum bo‟lgan bo‟lsa, boshqa tomondan Falastin ingliz mandat hukumati ostida ekan, ularning yerlari mustamlakachilik nishoniga aylanishi muqarrar edi.
1918-yilning boshida Falastin vakillari Qohirada “Balfur deklaratsiyasi” va Sayks - Piko kelishuviga qarshi harakat qo‟mitasini tuzdi. Falastinning inglizlar tomonidan bosib olingan shaharlarida esa islom-xristian ittifoqlari tuzilib, 1918-yil fevralida bo‟lib o‟tgan konferensiyasida Falastin-Suriya hududiga (Sayks-Piko kelishuvi bo‟yicha Suriya va Livan Fransiya ta‟sir doirasidagi hudud deb e‟tirof etilgan edi) mustaqillik berishni talab qildi. 1919-yilning 5-iyunida Damashqda bo‟lib o‟tgan umumsuriya kongressi “Balfur deklaratsiyasi”ni inkor etdi, arablarni mustaqillik uchun kurashga da‟vat etdi. 1920-yil 14-dekabrda Xayfada birinchi umumfalastin siyosiy konferensiyasi bo‟lib o‟tdi, bu anjuman yahudiylar immigratsiyasini to‟xtatishni va mamlakatda milliy boshqaruv joriy etishni talab qildi. O‟z navbatida yahudiylarning sionistik tashkiloti ingliz mandat boshqaruvini hayotga joriy qilish uchun kurash olib bordi. Natijada “Balfur deklaratsiyasi” Falastinni bo‟linishiga olib keldi va bu yerdagi mavjud muammolarga asosiy sabablardan biri bo‟lib xizmat qildi. “Balfur deklaratsiyasi” mintaqada Britaniya siyosatining qaror topishiga poydevor bo‟ldi. Falastin hududlarida yahudiylarning shiddat bilan ko‟payishiga real turtki bo‟ldi. Endilikda Buyuk Britaniya Falastinda rasmiy o‟rin topish uchun uni xalqaro miqyosida qonunlashtirish lozim edi. Ana shu maqsadda tarixiy sahnani tamoman tark etgan Usmonli turklar imperiyasining
27 Новейшая история арабских стран (1917-1966) М.1967 стр 113 30
hududlarida paydo bo‟lgan vakumni to‟ldirish lozim edi. Nihoyat 1920-yilning 25 aprelida Antanta Oliy kengashining konferensiyasi Italiyaning San-Remo shahrida o‟tkazildi. Bu konferensiyada Falastin boshqaruviga aniqlik kiritildi. Konferensiya qarorlariga ko‟ra rasmiy ravishda Falastinda ingliz mandati o‟rnatilganligi e‟lon qilindi. 28 Falastin hududi to‟la-to‟kis Britaniya mandat tizimi boshqaruviga berildi. Mandatoriya davlatga barcha qonunchilik, ijroiya hokimiyati berilgan edi. San-Remo qarorlariga binoan Falastindagi mandat tizimi bu yerda davlat paydo bo‟lguniga qadar hukm surishi lozimligi qayd etildi. 1922-yilning 29-sentabrida Britaniya mandat boshqaruvi rasman kuchga kirdi. Mandat tizimi Millatlar Ligasi ustavining 22-moddasi bilan yuridik jihatdan rasmiylashtirildi. Mandat tizimiga ko‟ra B. Britaniya quyidagi majburiyatlarni oldi: … 2-modda: Falastindagi yahudiy milliy uyini yaratishni ta‟minlash uchun zarur bo‟lgan har qanday siyosiy-ma‟muriy sharoit yaratish, o‟z-o‟zini boshqaradigan institutlarni shakllantirish 5-modda: Falastin hududining hech qanday qismini ijaraga yoki chet el mamlakatlari boshqaruvi ostiga bermaslik 6-modda: Jamoalar uchun zarur hisoblanmagan, davlat yeriga kirgan va bo‟sh yotgan yerlarda yahudiy aholi punktlarini yaratish, yahudiy immigratsiyasiga yordam berish va rag‟batlantirish 7-modda: Falastinda yahudiylar davlatchiligini shakllantirishga yordam berish. Falastinda yahudiylar uchun doimiy yashash joyi tanlash 29
Britaniya hukumati mamlakatda (Falastinda) “yahudiy milliy uyini” tuzishdagi xavfsizlik uchun siyosiy, ma‟muriy va iqtisodiy sharoitni yaratish zarurligiga urg‟u berdi.
Shuni aytish lozimki, Angliya Falastindan Fransiyaning Suriya va Arabiston yarim oroliga kirib kelishidan buffer sifatida foydalanishga harakat qilgan. 30
Falastinda yahudiy immigratsiyasining o‟sishi arab millatparvarlarining bosh ko‟tarishiga olib keldi va yahudiylar bilan arablar o‟rtasidagi munosabatlar yomonlashuviga sabab bo‟ladi. Tez orada arablarning ommaviy noroziliklari
28 Новейшая история арабских стран (1917-1966) М.1967 стр 114 29 Internet // Cвободная энсиклопедия 30 Ko'rsatilgan adabiyot.стр. 113 31
boshlanadi. Hali 1920-yilning bahorida bu yerda antiimperialistik va antisionistik harakat boshlandi. Bu harakatni Arab-Falastin kongressida birlashgan Falastin millatparvarlari boshqargan. Bunda arablar Britaniya hukumatidan yahudiylar immigratsiyasini cheklashni talab qildi. 31
Eng yirik namoyishlardan biri 1921-yilda arab va sionistlar o‟rtasida bo‟lib o‟tadi. 1921-yil Arab-Falastin kongressi (bu tashkilot 1920-yilda tuzilib, yilda bir marotaba chaqirilar edi. Kongress sessiyalari oralig‟idagi davr mobaynida uning funksiyalarini ijroiya qo‟mitasi bajarar edi. 1935-yilda Arab-Falastin kongressi Arab- Falastin partiyasi nomi ostida qaytadan tuziladi. Shunigdek, 1936-yilda falastinliklar Oliy Arab qo‟mitasini tuzishadi. Bu qo‟mita Falastin arablarining milliy ozodlik harakatida yetakchi o‟rinni egallaydi) Londonga Muso Qosim poshsho Xusayni boshchiligida delegatsiya yuboradi. 32 Delegatsiyaning maqsadi Britaniya koloniyalari vaziri. U. Cherchill bilan uchrashib, Falastin maqomiga oydinlik kiritish edi. Delegatsiya Falastin davlatini tuzish talabini ilgari suradi. Lekin Cherchill bunga rad javobini beradi. 1922-yil Cherchill bu masalada o‟z memorandumini e‟lon qiladi. Bu memorandumda shunday deyilgan edi: “Biz “Balfur deklaratsiyasi” bo‟yicha ish ko‟ramiz. Unga ko‟ra biz Falastin parlamenti va shu bilan birga Falastin hukumatini ham tuzamiz. Bizning maqsadimiz bu yerda yahudiylar davlatini tuzish emas, balki yahudiy o‟chog‟ini tashkil etishdir”.
Arab Falastin kongressi Cherchill memorandumini rad etdi. 33 Biroq inglizlar bu memorandumni 1922-yil avgustida e‟lon qilingan Falastin konstitutsiyasi asoslariga kiritadi.Konstitutsiya aholiga diniy marosimlarni erkin o‟tkazishni kafolatladi. Falastin arab aholisi bu konstitutsiyani boykot qildi.
Voqealarning shu tarzda davom etishi oqibatida arablar dehqonlari va sionistlar o‟rtasida bir qancha kichik to‟qnashuvlar sodir bo‟ldi. Bu to‟qnashuvlar 1924-yil Aful rayonida, 1926-1927-yillar Petax – Tikvu rayonida, 1927-yil Kesari, 1927-1929- yillar Xeder rayonlarida bo‟lib o‟tdi. 34
XX asrning 20-yillari oxirida Falastinda favqulodda jiddiy vaziyat yuzaga keldi. Har kuni xalq kurashlari bo‟lib turdi. 1929-yil avgust oyida bu kurashlar xalq
31 Amir Rashid “Палестинское проблема:история и современности” M.2009. стр 123 32 Новейшая история арабских стран (1917-1966) М.1967 стр 119 33 Ko‟rsatilgan adabiyot. стр.119 34 Ko‟rsatilgan adabiyot. стр. 120 32
qo‟zg‟oloniga aylanib ketdi. Bu xalq qo‟zg‟olonlarining asosiy harakatlantiruvchilari dehqonlar sinfi edi. 1929-yil avgust oyi o‟rtasida Iyerusalimdagi arab kvartali hududi “Nola devori” yonida (Nola devori Solomon maqbarasi devorlari qoldig‟i bo‟lib, Iudilar jangi davrida buzilgan) sionist-fashistlarining antiarab shiori ostidagi namoyishi boshlanadi unga qarshi falastinliklar ham kurash boshladi. Bu Falastindagi ikkita etnos o‟rtasida (arab – yahudiy)gi dastlabki qonli to‟qnashuvlar boshlanishiga sabab bo‟ldi. Ayni shu vaqtda Misr va Maltadan inglizlar o‟z harbiylarini Falastinga olib kiradi. Qo‟zg‟olon 1929-yil dekabrda inglizlar tomonidan bostiriladi. Qo‟zg‟olon bostirilgach, qo‟zg‟olon sabablarini o‟rganish maqsadida Falastinga ingliz komissiyasi yuboriladi. Komissiya o‟z xulosalarini 1930-yil oktabrdagi “Passfild memorandumi” da e‟lon qilinadi. Unga ko‟ra: 1. Falastindagi yahudiylar soni mamlakat iqtisodiyotiga zarar qilmaydigan darajadagi muvozanatda bo‟lishi kerak. 2. Endi yahudiylar immigratsiyasi uchun bo‟sh joy yo‟q, ular sionistlarning ilgariroq sotib olgan yerlariga ko‟chib kelishlari mumkin. 3. “Yahudiy agentligi” mamlakatni boshqarishni talab eta olmaydi. 4. Mandatning bosh vazifasiga ko‟ra “Yahudiy milliy o‟chog‟ini” tashkil etish shart emas. 35
Natijada bu memorandum sionistlar tomonidan qarshilikka uchraydi. 1932-yil Falastinga 26 ming yahudiy ko‟chib keladi. 1933-yil esa 5 oy ichida 15 ming yahudiy ko‟chib keladi. Yaxudiylarning ko‟plab miqdorda ko‟chib kelishi Falastindagi yerlarning narxini ham keskin oshirib yuboradi. 1930-yilgi yerning narxi birinchi jahon urushidan oldingi darajadan 13 marta oshgan edi. 36
Jahon iqtisodiy inqirozi Falastin uchun og‟ir oqibatlarga olib keldi. Savdo-sotiq qisqardi. Ishsizlar soni 30-35 ming kishiga yetdi. 1930-1933-yil Falastinda ishchilar harakatining kuchayish davri bo‟ldi. Yarim yil davomida (1931-yil oxiri 1932-yil boshi) arab ishchilarining 4000 nafari ishtirok etgan 20 ga yaqin ish tashlashlari yuz berdi. Falastindagi bunday beqaror vaziyat oxir oqibatda navbatdagi 1933-yilgi oktabr qo‟zg‟oloni boshlanishiga olib keladi. Agar
35 Ko‟rsatilgan adabiyot. cтр. 122 36 Ko‟rsatilgan adabiyot. cтр.123 33
1929-yilgi qo‟zg‟olon sionist kolonizatorlariga qaratilgan bo‟lsa, bu qo‟zg‟olon ingliz imperializmiga qarshi qaratildi. Qo‟zg‟olon 1933-yil 27-oktabrda Yaffa shahrida boshlanadi. 37 Bu qo‟zg‟olonda 500 ga yaqin ayollar ham ishtirok etadi. Falastindagi bu qo‟zg‟olon boshqa arab mamlakatlari: Transiordaniya, Suriya va Iroqqa ham tarqaladi. Transiordniyadan 2000 ga yaqin harbiylar falastinliklarga yordam ko‟rsatish uchun keldi. Biroq bu qo‟zg‟olonni ham inglizlar bostiradi. 1934-1935-yillarda Falastinga 104 ming yahudiy ko‟chib keladi. 1936-yil martida ingliz hukumati Falastin ijarachi dehqonlarining huquqini himoya qiluvchi Falastin Qonunchilik Kengashini tuzish loyihasini bekor qildi. Bu esa tanaffuslar bilan 3 yil davom etgan yangi (1936-1939) qo‟zg‟olonga sabab bo‟ldi. 1936-yil aprel oyida Oliy Arab qo‟mitasi barcha Falastin aholisini ish tashlashga chaqiradi. Umumiy ish tashlash 6 oy davom etadi: unda yuz minglab fellodlar, savdogarlar, ziyolilar ishtirok etadi. Aholi soliq to‟lashni to‟xtatadi. Angliya kommunistik partiyasi falastinliklarni himoya qilib chiqadi, ular mandat tizimini bekor qilishini va ingliz qo‟shinlarini olib chiqib ketishini taklif qiladi. Inglizlar bu qo‟zg‟olonlarga qarshi feldmarshal Ueyvell boshchiligida katta qo‟shin yuboradi. Bu qo‟shinga sionist otryadlari ham qo‟shiladi. Qo‟zg‟olonni bostirish vaqtida ko‟plab aholi qirg‟in qilinadi. 38
1936-yil oktabr oyida Iroq, Saudiya Arabistoni, Yaman qirollari va Transiordaniya amirining talabi bilan, Angliyaning “ezgu niyatli” kafolatiga ishonib, Oliy Arab qo‟mitasi xalq ommasiga qo‟zg‟olonni tugatish talabi bilan chiqadi. Angliya bundan foydalanib, mamlakatning kelajakdagi taqdirini hal qilish uchun Falastinga qirollik kommisiyasini yuboradi. Lord Pill boshchiligidagi qirol kommisiyasi 1936-yil noyabrda Falastinga yetib keladi. Kommisiya Falastinda mandat tizimi bankrotga uchragan, degan xulosaga keladi. 39 Mandat tizimi bekor qilinadigan bo‟lsa, uning o‟rnida xalqaro maqomga ega bo‟lgan bir qancha hududlar tashkil topishi maqsadga muvofiq bo‟lardi, deb xulosa chiqargan Pill kommisiyasi.
37 Новейшая история арабских стран (1917-1966) М.1967 стр 124 38 Ko‟rsatilgan adabiyot.стр. 126 39 Ko‟rsatilgan adabiyot.стр. 126 34
Pill kommisiyasi bergan bu taklif Falastin arablarini qayta qirolli chiqishlariga undadi. Sionistlarni ham Pill kommisiyasi aslo qoniqtirmagan, chunki ular Falastin o‟lkasida faqat niyahudiy davlati barpo etish niyatida edilar. 1939-yil fevralida Londonda Angliya, Falastin siyosiy partiyasi liderlari, Misr, Iroq, Saudiya Arabistoni, Yaman va Transiordaniya, shuningdek “yahudiy agentligi” boshqaruvchilari ishtirokida “Doira stoli” konferensiyasi chaqiriladi. 40
Konferensiya qanashchilariga Falastinni boshqarish yuzasidan yangi ingliz rejasi taqdim etiladi. Rejaga ko‟ra, o‟n yil mobaynida yagona arab-yahudiy davlati tuzilishi va u davlat Angliya bilan ittifoqda bo‟lishi lozimligi, Angliya bu davlatning harbiy resurslaridan foydalanish imkonyatini o‟zida saqlab qolishi qayd etiladi. Shuningdek, bu reja bo‟yicha o‟n yilgacha davlatni inglizlar nazorati ostida navbati bilan bir yil arab va bir yil yahudiy vazirlari boshqarishi nazarda tutiladi. 1944 – yilga kelib Falastinda yahudiylar immigratsiyasi to‟laligicha yakunlanishi ko‟zda tutiladi. Bundan tashqari, bu rejaga ko‟ra sionistlarning yer sotib olishiga chek qo‟yiladi deyilgan. Bu reja har ikkala etniklar tomonidan qabul qilinmaydi. Arablar mandat tizimini bekor qilib, mustaqil Falastin davlatini tuzmoqchi bo‟lsa, yahudiylar o‟z davlatlarini tuzib, immigratsiyani cheklashni bekor qilmoqchi edilar. Konferensiya tomonlarning biror – bir kelishuvga erisha olmay natijasiz yakunlandi. 41
Ingliz hukumati o‟zining rejasini bir yoqlama akt bilan tasdiqlab, uni 1939 – yil may oyida rasmiy nom bilan “ Falastindagi siyosat to‟g‟risida deklaratsiya “ (“ Oq kitob”) deb e‟lon qiladi. 42
Dastavval arablar tomonidan inkor etilgan bu hujjat keyinchalik qabul qilinadi va 1939 – yildan boshlab “ Oq kitob “ Angliyaning Falastindagi ingliz siyosatining yangi bosqichini boshlab beradi.
1940 – yil 28 – fevralda “ yerlarni berish haqida yangi qonun “ qabul qilinadi. Unga ko‟ra Falastin hududi 3 ta zonaga bo‟linadi :
A. zonasi – Falastin hududining 63,4%ini tashkil etgan bu zonada yahudiylarga yer sotish ta‟qiqlangan. Yahudiylarning a. zonadagi yeri 2,9% ni tashkil etgan.
40 . Новейшая история арабских стран (1917-1966) М.1967 cтр. 127 41 Ko‟rsatilgan adabiyot.стр. 127 42 Ko‟rsatilgan adabiyot.стр. 128 35
B. zonasi – 31,6%ni tashkil etgan b. zonada yahudiylarga yer berish faqat Oliy Britan komissarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin edi. Bu yerdagi yahudiylarning yeri 7%ni tashkil etgan.
S. zonasi – mamlakat hududining bor-yo‟g‟i 5%ini tashkil etgan s. zonada yahudiylar cheklanmagan miqdorda yer sotib olishlari mumkin edi. Bu yerda ular 48,9% yerga egalik qilar edi.
Falastin arablari o‟zining milliy davlatini qurish jarayonida ichki nizo va qiyinchiliklarga ham duch keldi. XX asrning 30-yillarida Transiordaniya amiri Abdulloh “ Buyuk Suriya “ birlashgan arab davlatini barpo etish tashabbusi bilan chiqqan edi. “ Buyuk Suriya “ davlati Suriya, Livan, Transiordaniya va Falastinning ma‟lum qismidan iborat bo‟lib, uning taxtida Transiordaniya amiri bo‟lmog‟i lozim edi. Iordaniyadagi Hoshimiylar xonadoni “Buyuk Suriya “ birlashgan monarxiyasida hukmron sulolaga aylanishi, butun arab dunyosida ularga yetakchilikni qo‟lga kiritishga imkon berar edi. “ Buyuk Suriya “ davlatining vujudga kelishi, sionistlarning Falastinda yahudiy davlatini barpo etish rejalariga zarba bo‟ladi, degan fikirning muallifi ham amir Abdulloh bo‟lgan. Ammo ushbu rejaning bitta kamchiligi shu bo‟lganki, unda Falastin arablarining xohish va irodasi, ya‟ni mustaqil davlatning sohibi bo‟lish istaklari inkor etiladi.
1943-yilda arab mamlakatlarida Arab davlatlari ligasini barpo etish to‟g‟risida gap borganda Iroq bosh vaziri Nuri Said arablar birligiga erishish rejasini taqdim etgan edi. Tarixda bu reja “ Saodatli yarim oy “ nomi bilan ma‟lum bo‟ldi. “ Buyuk Suriya “ va “ Saodatli yarim oy “ rejalarida Falastin arablarining taqdiriga befarq qaralgan, ularning mustaqil, erkin davlat tuzish yo‟lidagi talabi va kurashi inkor etilgan. Falastin aholisining ko’payish salmog’i
1922 – yil 752048 589177
83790 71464
7617 1931 – yil 1036339 761922
175138 89134
10145 1945 – yil 1764520 1061270
553600 135550
14100 43
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling