Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
qoshilmaslik xarakati shakllanishi va faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB. QO’ShILMASLIK HARAKATINING ShAKLLANIShI, RIVOJI VA MEXANIZMI (XX –ASRNING 60-80 YILLARI)
- 17-24 betlar I.3.
- 41-50 betlar II.2.
- I BOB: QO’ShILMASLIK HARAKATINING ShAKLLANIShI, RIVOJI VA MEXANIZMI (XX –ASRNING 60-80 YIILARI)
- Qo’shilmaslikning mezonlari va uning talqini.
2
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI UMUMIY TARIX KAFEDRASI BEGIMOV ZAMON
QO’SHILMASLIK XARAKATI»: SHAKLLANISHI VA FAOLIYATI
MALAKAVIY BITIRUV ISHI
ass. O’sarov S.R.
SAMARQAND - 2012 3
MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………… 3-7 betlar I BOB. QO’ShILMASLIK HARAKATINING ShAKLLANIShI, RIVOJI VA MEXANIZMI (XX –ASRNING 60-80 YILLARI) I.1. Qo’shilmaslik harakatining shakllanishi jarayoni va mezonlari... 8-16 betlar I.2. Qo’shilmaslik harakati va siyosati asosiy maqsadlarining evolyutsiyasi……………………………………………………. 17-24 betlar I.3. Qo’shilmaslik Harakati Mexanizmi. Harakatining ishchi guruhlari va ad hoc qo’mitalari…………………………………. 25-40 betlar II BOB. XX ASR OXIRI XXI ASR BOShLARIDA QO’ShILMASLIK HARAKATI II.1. Qo’shilmaslik harakati-yangi xalqaro munosabatlar tizimida….. 41-50 betlar II.2. Qo’shilmaslik harakati va xalqaro havfsizlik masalalari……….. 51-56 betlar II.3. Qo’shilmaslik harakatining oldida turgan muammolar va muhim vazifalar…………………………………………………………. 57-64 betlar XULOSA……………………………………………………….. 65-66 betlar FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI............... 67-69 betlar ILOVALAR…………………………………………………….. 70-76 betlar 4
Mustaqillikni qo’lga kiritgach O’zbekiston o’zining konstitusiyasi asosida tashqi siyosat tamoyillarini belgilab oldi. Prezident I.A.Karimov istiqlolning dastlabki yillarida O’zbekiston dunyoga yuz tutishi borasida quyidagi mulohazalarni bildirgandi: «Mustaqillik bizga nima berishini bilardik. O’z taqdirimiz, farzandlarimiz, kelajagini o’zimiz hal etish imkoniga ega bo’ldik. O’z yerimiz, boyliklarimizga sohiblik qila boshladik. Qizqa vaqt ichida mustaqillikning ne’matlaridan tatib ko’rdik. Mustaqillik tufayli dunyoga, jahonga chiqdik.» 1 .
o’rnatdi, ularga a’zo bo’lib kirdi. Ana shunday tashkilotlatdan biri Qo’shilmaslik harakatidir. O’zbekiston 1992-yilda mazkur tashkilotga a]zo bo’lib kirdi. 2011 yilda Qo’shilmaslik harakati rasman tashkil topganiga 50 yil to’ldi. Ana shu yarim asrlik faoliyati davomida bu xalqaro munosabatlar tizimidagi tashkilot o’ziga xos bo’lgan murakkab bir yo’lni bosib o’tdi. Agar Belgradda o’tgan 1-Konferensiyada uning a’zolari soni 25 tani tashkil etgan bo’lsa, bugungi kunda uning a’zolari soni rasmiy ma’lumotlarga ko’ra 118 tani (ayrim manbalarda 119 tani) tashkil etmoqda. Shartli ravishda uning ellik yillik faoliyati tarixini xalqaro munosabatlar tizimidan kelib chiqib ikki bosqichga bo’lish mumkin: birinchi bosqich – harakat shakllanganidan boshlab to «sovuq urush» siyosatining tugashigacha bo’lgan davr; ikkinchi bosqich – XX asrning 90-yillaridan to hozirgi kunimizgacha bo’lgan davrni qamrab oladi.
Qo’shilmaslik harakatining yuzaga kelishida va taraqqiyotida bir qancha muhim faktorlarni ko’rsatib o’tish kerak. Birinchidan, ikkita iqtisodiy – ijtimoiy va siyosiy tizimlar qarama – qarshiligiga asoslangan xalqaro munosabatlar tizimining xarakteri; ikkinchidan, xalqaro maydonda sobiq SSSR va AQSh o’rtasida vujudga kelgan harbiy–strategik kuchlar tengsizligiga asoslangan munosabat; uchinchidan, jahaon iqtisodiyotida rivojlanayotgan davlatlarning o’rni, birinchi navbatda ularning iqtisodiyotidagi keskin
pasayish; to’rtinchidan, rivojlanayotgan
1 I.A.Karimov. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T., 2012. // O’zbekiston dunyo haritasida o’ziga munosib joy oldi.- O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari IX sessiyasidagi ma’ruzasi, 1992 yil, 4-yanvar 5 davlatlarning xalqaro siyosiy munosabatlardagi roli; beshinchidan, rivojlanayotgan davlatlarning ichki shart – sharoitlari. Ikkinchi jahon urushidan keyingi xalqaro
munosabatlar tizimida Qo’shilmaslik harakati mustaqillikni qo’lga kiritigan davlatlarning birgalikdagi mustamlakachilik tizimiga kollektiv qarshilik ko’rinishida maydonga keldi. Ko’pchilik yosh mustaqil davlatlar uchun o’sha vaqtda Qo’shilmaslik harakati ularning tashqi siyosati doktrinasi sifatida qabul qilinib, ularning halqaro maydonda o’ziga xos siyosiy mavjudligining kafolatchisi sifatida qaraldi. Darhaqiqat tarixan qo’shilmaslik harakati rasman dunyoda hukm surib kelayotgan harbiy – siyosiy bloklarga «qo’shilmaslik»ni, ulardan holi ravishda ham siyosiy ham iqtisodiy jihatdan xalqaro maydonda turib beradigan darajaga erishishning vositasini anglatardi. O’sha davrda mavjud bo’lgan barcha xalqaro tashkilotlarning tajribasini o’rganish orqali, Qo’shilmaslik harakati shunday shakllantirildiki, uning mavqeyi tezlik bilan oshib borishga bu hol sababchi bo’ldi. Rasman birinchi konferensiyada qabul qilingan tamoyillar asosida faoliyatini olib borgan Harakat keyingi konferensiyalarda uni to’ldirib bordi. Endigina mustaqillikka erishgan davlatlar yana
boshqatdan yangi
ko’rinishdagi mustamlakachilik tuzumiga tushmaslik uchun ham Qo’shilmaslik harakatining faol a’zosiga aylanishga intildi. Chunki mazkur davlatlarning xalqaro maydonda tan olinishi birgina uning o’zi tomonidan amalga oshirib bo’lmaydigan ish ekanligini yaxshi tushuinishgan. Shu boisdan ham Qo’shilmaslikning dastlabki rahnomalari bo’lgan Hindiston, sobiq Yugoslaviya, Misr, Indoneziya kabi davlatlar birinchi navbatda shu harakat orqali o’zlarining xalqaro maydonda muhim mavqye egallashni maqsad qilgan edi. O’tgan asrning 60-yillarida qo’shilmaslik siyosati Osiyo va Afrika xalqlarining milliy – ozodlik kuurashlarida muhim harakatlantiruvchi rolini bajarib berdi. Mustamlakachilik tuzumi yemirilgach, endi Qo’shilmaslik harakati o’zining asosiy e’tiborini, tabiiy xom ashyo resurslariga boy bo’lgan, ammo iqtisodiy jihatdan hamon rivojlangan davlatlarning qaramog’ida bo’lgan rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiy mustaqilligiga erishishi va ular o’rtasida uzviy va manfaatli
6 hamkorlikni yo’lga qo’yishga qaratdi. Shu maqsad yo’lida XX asrning 70-yillarida xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini qayta qurishning keng dasturini ishlab chiqdi. 70-yillar oxiriga borganda Qo’shilmaslik harakati bloklarning qarama – qarshiligi sifatida xalqaro maydonda boshlanib ketgan ziddiyatlarga ralashuv siyosatini tutdi. Mazkur asrning 80 – yillaridan e’tiboran Qo’shilmaslik harakatida pasayish davrini kuzatish mumkin. Bu birinchi navbatda ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan o’zlarini o’nglab olgan ayrim harakat a’zolari ichida boshlanib ketgan ziddiyatlar bilan bog’liqdir. Harakat o’zining ikki a’zosi – Eron va Iroq o’rtasidagi urushni to’xtatishga yo’l topolmadi. Afg’oniston masalasida natijasiz urinishlar qilindi. Yaqin Sharq inqirozini bartaraf etishni boshqa bir taraf olib ketdi. XX asrning 90-yillarida xalqaro maydonda sodir bo’lgan keskin o’zgarishlar amalda Qo’shilmaslik harakatining yakunini anglatdi. Chunki rasman bloklarga «qo’shilmaslik» siyosati bilan vujudga kelgan harakat, endi ko’pqutbli dunyoda qanday maqsad bilan faoliyat olib borishi masalasi ko’ndalang turdi. Ammo Harakatning o’sha og’ir yillarida raisligiga kelgan Indoneziya yetakchisi Suxartoning qat’iy hatti – harakatlari natijasida nafaqat harakat «yashab» qoldi, balki yangi xalqaro munosabatlar tizimiga moslashish yo’lida qayta qurishni boshidan kechirdi. Bu jarayon Qo’shilmaslik harakatiga Kolumbiya raislik qilgan kezlari (1995-1998-yy) nihoyasiga yetdi. Bugungi kunda ham Qo’shilmaslik harakati rasman ko’lami jihatidan dunyoda BMTdan keyingi ikkinchi o’rinni egallab kelmoqda. O’tgan davr mobaynida Harakat ommaviy qurollanishga qarshi va yadro qurolini cheklashga bo’lgan siyosatda sobit qolishda davom etdi. Tadqiqot ishidan ko’zlangan asosiy maqsad ham yuqoridagi fikrlardan kelib chiqadi, ya’ni Qo’shilmaslik harakatining o’tgan yarim asrlik faoliyat yo’lini tahlil qilishdan iboratdir. Bir so’z bilan aytganda, eski xalqaro munosabatlar tizimi bilan keyingi xalqaro munosabatlar maydonida bu tashkilot qanday o’zgarishlarni boshidan o’tkazganligini, uning tuzilmasini, faoliyat yo’nalishini, uning oldida turgan bugungi muammolarni ochib berish orqali Harakatning ellik yillik tarixini yoritishga harakat qilingan.
7 Qo’shilmaslik harakati tarixi sobiq sovet tarixshunosligida atroflicha tahlil qilingan. Ammo qilingan barcha ishlarda bugungi kun bilan razm solganda sovet tuzumining ta’siri sezilib turadi. Bu borada Qo’shilmaslik harakatining to o’tgan asrning 90-yillarigacha bo’lgan davri bilan maxsus ravishda shug’ullangan olim, professor P.A.Tuzmuxamedovning xizmatlari kattadir. U bevosita shu mavzu bo’yicha e’lon qilgan ilmiy ishlarida Qo’shilmaslik harakatining yuzaga kelish shart – sharoitlarini, uning tamoyillarini, faoliyat mezonlari va mexanizmini, havfsizlikni ta’minlashda mazkur tashkilotning qilayotgan ishlari kabi qator jihatlarni sinchkovlik bilan o’rganib, tahlil qilib chiqqanligini ko’rish mumkin. 2
monografiya nashrdan chiqdi. Ana shu kitobning 16 ta bobining to’rttasi bevosita R.A. Tuzmuxamedov qalamiga mansubligi va bular to’lig’icha Qo’shilmaslik harakatining bevosita o’ziga bag’ishlanganligining o’zi olimning shu soha bilimdoni ekanligini ko’rsatib turibdi. Umuman Qo’shilmaslik harakatining to «sovuq urush» siyosati tugashigacha bo’lgan davri tarixini rus tarixshunosligida tadqiq qilgan olimlar ichida N.A.Simoniyani (Dvijeniye neprisoyedineniya – vajnoy faktor mejdunarodnoy politiki. M., 1978), Harakatning Xitoy bilan munosabatlari tarixini o’rganishda P.Artemyevni (Podlinnыye i mnimыye druzya dvijeniya neprisoyedineniya (O politike Pekina v otnoshenii neprisoyedinivshixsya stran). - M.: Nauka, 1982.), qolaversa mazkur tashkilot va o’sha davrdagi xalqaro munosabatlar tizimini tahlil qilgan prof. I.I.Kovalenkoni alohida ko’rsatish mumkin. Qo’shilmaslik harakati tarixining sobiq sovet davlatida o’rganish ishlarida qo’lga kiritilgan yana bir yutuq shundaki, 1975-yildan e’tiboran «Qo’shilmaslik harakati. Hujjatlar va materiallarda» nomli Qo’shilmaslik harakatining turli darajadagi konferensiya, yig’ilish va ishchi guruhlarida qabul qilingan hujjatlar
2
Қаранг: Тузмухамедов P.A. Неприсоединение и разрядка международной напряженности. М.: Международные отношения, 1976; Развивающиеся страны в мировой политике. Международные межправительственные организации развивающихся стран. М.: Международные отношения, 1977; Движение неприсоединения и мировая политика. В кн.: Движение неприсоединения в документах и материалах. М., Глав. ред. восточ. лит-ры изд-ва "Наука", 1979.
8 jamlangan maxsus to’plamlar chiqa boshladi. Ana shunday to’plamlarning uchtasidan bevosita bitiruv-malavakaviy ishimizda foydalandik. 3
E’tibor qaratilinsa, sobiq sovet tarixshunosligida Qo’shilmaslik harakatiga bag’ishlab qilingan ilmiy ishlarning aksariyati 70-yillar oxiri va 80-yillar boshiga to’g’ri keladi. Bizningcha bunga asosiy sabab 1979-yilda sosialistik yo’nalishda siyosatini amalga oshiruvchi davlat Kubada bo’lib o’tgan oltinchi Qo’shilmaslik harakatining konferensiyasi bilan bog’liqdir. Qo’shilmaslik harakatining muammolari va imkoniyatlari masalasiga bag’ishlangan Hindistonda nashr etilgan va A.R.Tuzmuxamedov tomonidan inglizchadan rus tiliga o’girilgan «Dvijeniye neprisoyedineniya. Problemы i perspektivы. M., 1986.» kitobini ham mavzu bo’yicha qimmatli ma’lumot beruvchi manbalar qatorida ko’rsatish mumkin. Kitob mualliflar jamoasi mehnati mahsuli bo’lib, uning nashrdan chiqishida o’sha vaqtlardagi Jovohirla’l Neru nomidagi Universitetning siyosiy tadqiqotlar markazi boshlig’i Rashiduddin Xanning xizmati katta bo’ldi. Kitob bilan tanishish orqali Qo’shilmaslik harakatiga hind siyosatshunoslarining munosabati qanday bo’lganligini tushunib olish mumkin. XX asrning 90-yillaridan keyin Qo’shilmaslik harakati o’z boshidan og’ir kunlarni o’tkazdi. Umuman yangi xalqaro munosabatlar tizimida Harakatning roli va o’rni masalasini ilk bora Yu.Alimov ilmiy jihatdan o’rgandi va bu bo’yicha maxsus maqolasini «Osiyo va Afrika bugun» ilmiy jurnalida e’lon qildi. 4
Qo’shilmaslik harakatining XX asr oxiri va XXI asrning boshlaridagi faoliyatini, uning oldida turgan muammolar va harakat mezoni kabi jihatlarni Rossiya Federasiyasi Tashqi Ishlar Vazirligiga qarashli Moskva Davlat xalqaro munosabatlar Instituti «Diplomatiya» kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi S.Krilov atroflicha ilmiy jihatdan tahlil qilib bergan. 5
3 Движение неприсоединения в документах и материалах. М., «Наука», 1975; Движение неприсоединения в документах и материалах. М., «Наука», 1979; Движение неприсоединения в документах и материалах. М.; «Наука», 1983. 4 Алимов Ю. Движение неприсоединения: слухи о сметри сильно преувеличены// Азия и Африка сегодня, 1992, № 8. 5 Крылов C. Движение Неприсоединения на пороге ХХI. // векаhttp:// old.nasledie.ru/politvne/186/article.php?art=20; Яна ўша муаллиф Движение неприсоедиения: история, задаси, проблемы, перспективы.. 9
MEXANIZMI (XX –ASRNING 60-80 YIILARI) 1.1. Qo’shilmaslik harakatining shakllanishi jarayoni va mezonlari
Xalqaro munosabatlar tizimida qo’shilmaslik harakati uchta ko’rinishda namoyon bo’ldi: birinchidan, yangi mustaqillikni qo’lga kiritgan rivojlanayotgan davlatlarning tashqi siyosiy doktrinasi sifatida; ikkinchidan, mazkur davlatlarning aniq tashqi siyosati kursi yoki yo’nalishi sifatida; uchinchidan rivojlanayotgan davlatlarning o’ziga xos davlatlararo siyosiy birlashmasi sifatida. qo’shilmaslik doktrinasi shunday vaziyatda shakllandiki, bu paytda Osiyoning dastlabki ozodlikni qo’lga kiritgan davlatlari o’zlarini tashqi siyosat yo’nalishlarini ishlab chiqarish jarayonida edilar. Qo’shilmaslik harakati ko’pchilik ozodlikka erishgan davlatlarning aniq tashqi siyosiy tamoyili yoki yo’nalishi sifatida xalqaro maydonda XX asrning 50-yillari o’rtalarida shakllana boshladi va 60-yillarida taraqqiy eta boshladi. Harakat sifatida 70-yillar boshlariga kelib aniq ko’rinish kasb etdi.
Ikkinchi jahon urushi tugab, dunyo davlatlari ikki buyuk sobiq SSSR boshchiligidagi sotsializm asosida rivojlanish yo’lini tutganlar hamda AQSh raxnomoligidagi «kapitalizm» o’sha vaqtlarda bu blokni «imperialistik davlatlar» deb atalganlar blok o’rtasida boshlanib ketgan «sovuq urush» sharoiti endigina mustaqillikni qo’lga kiritgan davlatlar tashqi siyosatda qanday pozitsiyada turish masalasida asosiy masala sifatida kun tartibiga olib keldi. Shuning uchun ham ozodlikka erishgan davlatlar rahbarlari va yetakchilari «imperializm» va «sotsializm» o’rtasida keskin kurash bo’layotgan bir sharoitda, shunday tashqi siyosat yo’nalishini ishlab chiqishni taqozo etdiki, shu yo’l bilangina o’zlarining siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini himoya qila olishlari mumkin edi. Bir so’z bilan aytganda yosh davlatlar yana qaytadan boshqa bir davlat, qaramog’iga tushmaslik uchun aniq asoslangan tashqi siyosatini ishlab chiqishi, qolaversa bu siyosat ko’pchilik yosh davlatlar tashqi siyosatida mushtaraklikni kasb etishi lozim edi. Katta qiyinchiliklar bilan Hindsitonni mustaqillikka olib chiqqan atoqli davlat va siyosat arbobi J.Neru tamonidan davlatlar oldida ana shunday murakkab 10
vazifa qilinishi shart bo’lgan bir vaziyatda qo’shilmaslik dokstrinasi ilgari surildi va asoslab berildi. U hukumat rahbari (bosh vazir) Hindiston va u kabi yosh mustaqil davlatlarni keyingi taqdiri ko’p jihatdan uning xalqaro maydonda qanday o’rin egallab olishiga bog’liq bo’lishini yaxshi tushunardi. Umuman J.Neru bilan birga Osiyoning bir qator davlatlari yetakchilari Osiyo qit’asida yosh davlatlarning o’zaro hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yish kerakligi taklifi bilan chiqdi. Ana shunday siyosat arboblari sirasiga Ve’tnam Davlat Respublikasi prezidenti Xo Shi Min, Birma yetakchisi Aung San, Indoneziyaning prezidenti Sukarnoni kiritish mumkin. 1947 yilning mart-aprel oylarida Dehlida Neru tashabbusi bilan Osiyoning 27 davlati ishtirok etgan. 1-Osiyo konferensiyasi chaqirildi. Konferensiyaning asosiy yakuni shu bo’ldiki, unda Osiyo munosabatlari bo’yicha tashkilot tuzish g’oyasi ilgari surildi. 6
Dastlabki qo’shilmaslik doktrinasi «pozitiv neytralitet» yoki «afro-osiyo neytralizmi» ko’rinishida paydo bo’ldiki, unda biron bir siyosiy – harbiy blokka qo’shilmaslik hamda tinchlikni ta’minlashda ishtirok etish nazarda tutilgandi. Aksariyat yosh mustaqil davlat rahbarlari pozitiv, barqaror, konstruktiv neytrallik asosidagi tashqi siyosatini ishlab chiqar ekan, uning bir qancha Yevropa davlatlari tomonidan qo’llanilib kelayotgan neytralizmdan tubdan farq qilishi ta’kidlab o’tildi. Agar Yevropa davlatlari neytrallik siyosati urush yoki tinchlik vaqtida doimiy neytrallikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro kelishuv natijasi bo’lsa, «afro- osiyo neytralizmi» avvalo boshdanoq nafaqat aksil harbiy, balki aksil blok va aksil mustamlakachilik xarakterini kasb etgan. 7
ikkinchi jahon urushidan keyin o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan davlatlarning ichki ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy vaziyati qo’shilmaslik harakatining shakllanishida birlamchi omil bo’lib xizmat qildi, keyin ularning tashqi siyosat asoslarini belgilashlari ham mazkur harakatning vujudga kelishiga sababchi bo’ldi.
6 Системная история международных отношений. В 2-х томах. Том.2., события 1945-2003 годах. Под ред. А.Д,Багатурова. М., 2006.
7 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.36 11
Endigina mustaqillikni qo’lga kiritgan davlatlarning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti da kattagina farqlar bo’lishiga qaramasdan, ularni birlashtiradigan umumiylik, bu ularning kolonial tuzumdan ozod bo’lishi edi. Shu boisdan ham yosh mustaqil davlatlarning tepasiga kelgan dastlabki raxbarlar uzoq muddat o’z xalqining milliy–ozodlik kurashiga bosh bo’lgan shaxslar bo’lib, ular birinchi galdagi vazifasi sifatida qaysi yo’l bilan bo’lmasin, mustamlakachilik asoratlarini to’la yo’qotish uchun kurash deb bilishdi. Asosiy e’tiborni iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lishga intilgan mazkur raxbarlar, o’z davlati xududidagi xorijiy (sobiq mustamlakachi) davlatlarning kapitaliga qarshi keskin kurash boshlab yuborishdi. Chunki ular iqtisodiy jihatdan to’la mustaqillikni qo’lga kiritmasdan turib xalqaro maydonda suveren davlat maqomida teng huquqli subyekt sifatida ishtirok etib bo’lmasligini yaxshi tushunishardi. O’z davlatining mustaqillikka erishuvi uchun ko’plab ishlarni amalga oshirgan va keyinchalik ana shu oliy maqsadga erishtirgan J. Neru qo’shilmaslik harakati doktrinasini ilgari surar ekan, bunda u Hindistonning xalqaro maydondagi o’rnini mustahkamlashga, Osiyoning mustaqillikka erishgan davlatlari o’rtasida kelishuvga erishishga qaratdi. Chunki aksar yangi mustaqil davlatlar liderlari Hindiston davlat raxbarining yetakchiligisiz xalqaro maydonda o’zlarining mustaqil pozitsiyasini yaratishga urinishardi. Mana shunday davlatlar sirasiga Indoneziyani, Seylonni, Birmani
kiritish mumkin
ediki, ular
kelgusida qo’shilmaslik harakatining Osiyodagi asosiy yadrosiga aylanishdi. 8
Xuddi shu davrda milliy – ozodlik kurashining boshqa bir yetakchisi, Misr prezidenti Jamol Abdul Nosir bor kuchi bilan o’z davlatining «Bog’dod pakti»ga qo’shilishga qarshi chiqib, uni «xalqlar turmasi» deb atadi. Neru, Tito kabi Nosir ham yangi shakllanayotgan harakatning asoschilaridan biriga aylandi. U arab, afrika va musulmon davlatlaridan ko’mak olishga harakat qildi. Bunda Misr yetakchisi o’sha vaqtlarda mashhur bo’lgan arab va afrika birligi g’oyasidan foydalanishga intildi. Qolaversa, islom faktorini ham asosiy masala sifatida qaradi,
8 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.41. 12
chunki shu orqali musulmon dini xukmron bo’lgan yangi mustaqil davlatlarning madadini olishi mumkin edi. Xalqaro munosabatlar tizimida o’z so’zini aytishga kirishgan yangi mustaqil davlatlar oldida ularning barchasi amal qilishi kerak bo’lgan asosiy tamoyillarni (prinsiplar) ishlab chiqishni hayotiy zaruriyatga aylantirdi. Ana shu tamoyillar sifatida quyidagilar ishlab chiqildi: xududiy yaxlitlik va suverenitetni xurmat qilish, hujm qilmaslik, bir – biirining ichki ishlariga ralashmaslik, o’zaro munosabatlarda tenglik va manfaatdorlik, tinchlikni ta’minlash. 1955 yilga kelganda 20
dan ortiq davlat bu prinsiplarni o’zlarining davlatlararo munosabatlarida umummajburiy me’yorlar sifatida qabul qilishdi. 9
Shakllanayotgan qo’shilmaslik harakatining paydo bo’lishidagi muxim qadamlardan biri 1955 yil apreldagi Bandungda bo’lib o’tgan Osiyo va Afrika mamlakatlarining konferensiyasiga qo’yildi. Bandung konferensiyasi – yangi vujudga kelayotgan xalqaro kuch sifatida maydonga chiqdiki, uning tarkibida mustamlakachilik va yarim mustamlakachilik zulmidan ozod bo’lgan davlatlarning mutloqo ko’pchiligi kirdi. Umuman olganda to Bandung konferensiyasigacha mustaqillikni endigina qo’lga kiritgan Osiyoning ayrim davlatlari raxbarlari bo’lg’usida o’zaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni tartibga solish muammolari bo’yicha bir necha marta yig’ilish o’tkazgan edilar. Shulardan biri 1950 yilning mayida Bagioda (Filippin) Hindiston, Pokiston, Seylon, Indoneziya, Tailand, Filippin davlat boshliqlari ishtirokidagi uchrashuv bo’ldi. 1954 yilda Kolomboda uchrashgan Hindiston, Pokiston, Birma va Seylon yetakchilari Bandungda o’tkazilishi kerak bo’lgan konferensiyaning ko’riladigan masalalarini muhokama qilib olishdi. Aslida rasman Bandung konferensiyasini chaqirish g’oyasining muallifi o’sha vaqtlardagi Indoneziya tashqi ishlar vaziri Ali Sastroamidjoyo edi. 10
Konferensiya ishida jami 29 davlat ishtirok etishdi, ulardan 23 ta davlat Osiyo vakillari bo’lgan bo’lsa, Afrikadan olti davlat ishtirok etdi. Konferensiya ishtirokchilari kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo’lgan kolonializmga
9 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.41. 10 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.42. 13
qarshi kurash bo’lgan bo’lsa ham, ular keng, konstruktiv asosda xalqaro xamkorlik muammolarini muhokama qilishi, bu munosabatlarga «Pancha shila»ga tinchlik tamoyilini berishga urinishdi. Bandung konferensiyasidan bir yil oldin, 1954 yilning 29 aprelida Hindiston va XXR raxbarlarining oliy darajadagi uchrashuvida o’zaro munosabtlardagi besh tamoyil, ya’ni «Pancha shila» ishlab chiqildi. Unga ko’ra davlatlar bir – birlarining xududiy yaxlitligini va suverenitetini xurmat qilish, hujum qilmaslik, bir – birining ichki ishlariga aralashmaslik, o’zaro munosabatlarda tenglik va manfaatdorlik, tinchlikni ta’minlash tamoyillari ilgari surildi.
11
Konferensiya yakunida ishtirokchi davlatlar tinchlik va hamkorlikni ta’minlash uchun Deklarasiyani qabul qilishdi, unda baralla «davlatlar bir – birlari bilan xuddi qo’shnilardek tinch-tovtuvlikda yashashlari lozimligi» uqtirilgan edi hamda quyidagi tamoyillar asosida hamkorlikni yo’lga qo’yish kerakligi belgilandi: Inson huqularini, shuningdek BMT Nizomining tamoyillari va maqsadlarini xurmat qilish; Barcha davlatlarning xududiy butunligini va suverenitetini xurmat qilish. Barcha irqlar va katta kichik millatlarning tengligini tan olish. Xar bir mamlakatning BMT Nizomiga asoslangan yakka yoki kollektiv mudofaasi huquqini xurmat qilish va xokazo. 12
Bu tamoyillar 10 banddan iborat bo’lganligi uchun ham xalqaro munosabatlar tizimida tinchlikda yashashning «10 tamoyili» nomi bilan mashxur bo’ldi. Tarixda birinchi marta Osiyo va afrikaning ko’pchilikdavlatlari mushtarak maqsadlar ylida bir oraga yig’ildilar. Bandung konferensiyasi natijalari ikki qit’a mamlakatlari tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Garchi xalqaro munosabatlar tizimida bu kabi konferensiyalar hali o’tkazilmagan, yosh mustaqil davlatlarning xalqaro maydonda o’z so’zlarini aytish uchun qilingan ilk urunish bo’lishiga qaramasdan, ishlab chiqilgan tamoyillar hali qandaydir o’zgarishlar
11 История дипломатия. В 5 томах. Т.5. Книга первая. Ред. кол.М., 1974, С.383. 12 Артемьев П. Подлинные и мнимые друзья движения неприсоединения. М., «Наука», 1982, С.12 14
kiritadigan darajadagi kuchga ega emas edi. Bandung guruxi uning barcha a’zolari qo’shilmaslik harakatiga kiradigan darajada ta’sirga ega bo’lgan tashkilotga aylana olmadi. Konferensiya tugaganidan tez fursat o’tib uning ishtirokchilari orasida harbiy – siyosiy bloklarga kirmagan va xalqaro maydonda mustaqil siyosat yuritishga intiluvchilar guruxi paydo bo’ldi. Dastlab bu guruxning yadrosini Hindiston, Misr va Yugoslaviya tashkil etdi. Ulardan oxirgisi garchi Yevropa davlati bo’lganligi uchun ham Bandung konferensiyasida ishtirok eta olmagan bo’lsa ham, ammo afro – osiyo mamlakatlari bilan diplomatik va siyosiy munosabatlarni yo’lga qo’yish va mustahkamlash harakatida edi. Yugoslaviya tamoni aksilmustamlakachilik urushini zo’r berib qo’llab – quvvatladi, xatto qator ozodlikni qo’lga kiritgan davlatlarga iqtisodiy va texnik yordam ko’rsatdi. Bandung konferensiyasidan ikki yil oldin, 1953 yilda I. Broz Tito hind gazetalaridan biriga bergan intervyusida «tinchlikni ta’minlash uchun universal progressiv harakat» tuzish kerakligini taklif etgan edi. 13
harakatining shakllanishida muxim rol o’ynashi sabablari ko’pchilik Osiyo va afrika davlatlari sabablaridan farqli edi. Davlat XX asrning 40-yillar oxirida va 50- yillar boshlaridagi tashqi siyosiy vaziyatidan kelib chiqib bu masalaga yondoshdi. AQShlik tadqiqotchi Djon Kempbellning hech shak - shubxasiz qayd etishicha: «Neytral harakatning oldingi saflarida turuvchi Hindiston, Misr va Yugoslaviya, neytralizmga xar biri o’z yo’li bilan, o’zlarining milliy manfaatlariga, shuningdek yetakchilarining xarakteri va uslublariga asoslangan yo’l bilan kirib kelishdi». 1951-1955-yillarda yugoslav xukumati boshliqlari tashqi siyosiy aloqalarni jonlantirish uchun qator chora-tadbirlarni amalga oshirdilar. 1954-yilda I.Broz Tito Hindiston, Birma, Misrga, 1955-yilda Efiopiyaga tashrif buyurdi. Ular orasida Dehliga qilgan tashrifi katta ahamiyat kasb etdi. Bu uchrashuv yakunida imzolangan yugoslav – hind kommyunikesida qayd etilishicha, «xukumatlar tomonidan qabul qilingan va o’tkazilayotgan bloklarga qo’shilmaslik siyosati
13 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.46. 15
«neytralitet» va «neytrallik»ni anglatmaydi, ya’ni ko’p hollarda e’tirof etiladigan passivlikni anglatmaydi, balki kolekktiv havfsizilikni ta’minlashning asosi bo’ladigan kollektiv tinchlikni ta’minlashga yo’naltirilgan aktiv
aksilmustamlakachilik konstruktiv siyosatini namoyon etadi» 14 . Shu tariqa Hindiston bilan birga Yugoslaviya ham qo’shilmaslik harakatining birinchi konferensiyasini chaqirishga tayyorgarlik ko’rishda muxim rol o’ynadi.
1961-yilning iyunida Kohirada Osiyo va Afrikaning 20 davlati, shuningdek, Yugoslaviya, Kuba davlatlari tashqi ishlar vazirlari va boshqa mas’ul vakillarining kengashi bo’lib o’tdi. Yig’ilishdan ko’zlangan asosiy maqsad 1-Qo’shilmaslik harakatining konferensiyasiga tayyorgarlik ko’rish, uning maqsad va vazifalarini ishlab chiqishdan iborat edi. Unda qo’shilmaslik harakatining quyidagi mezonlari ishlab chiqildi: «1. Mamlakat davlatlarning turli siyosiy va ijtimoiy tizimlar va qo’shilmaslik harakati bilan kelishuv prinsipiga asoslangan mustaqil siyosat yuritishi, yoki shunday siyosat yuritishga moyilligini ko’rsatishi kerak. 2. Mamlakat davomli ravishda milliy-ozodlik harakatlarini qo’llab – quvvatlashi kerak. 3. Mamlakat buyuk kuchlar ziddiyatlari asos qilib olingan ko’p – tomonlama harbiy ittifoqlarning a’zolari bo’lmasligi zarur. 4. Agar mamlakat buyuk davlatlar bilan ikki tomonlama harbiy ittifoqda bo’lsa yoki mintaqaviy mudofaa paktiga a’zo bo’lsa, bu ittifoq yoki paktda konteksti buyuk kuchlar o’rtasidagi ziddiyatlarga asoslanmagan bo’lmog’i lozim. 5. Agar mamlakatning horijiy davlat bilan harbiy bazalardan foydalanish bo’yicha kelishuvi bo’lsa, bu ruxsat buyuk kuchlar o’rtasidagi ziddiyatlar asosiga qurilmasligi kerak.» 15
14 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.47. 15 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.49. 16
Shunday qilib Qoxirada ishlab chiqilgan mazkur mezonlar unga a’zo bo’lib kirishi kutilayotgan davlatlarning mafkuraviy yo’nalishidan kelib chiqmasdan, balki ular tashqi siyosatining aniq faoliyatidan kelib chiqdi. Bandung konferensiyasida ishtirok etgan 29 davlatdan faqat 15 davlati mazkur mezon talablariga javob bera olar edi. Bular Afg’oniston, Birma, Kambodja, Efiopiya, Gana, Hindiston, Indoneziya, Livan, Nepal, Saudiya Arabistoni, Seylon, Sudan, Yaman, BAA va Iroq. Belgradda o’tishi kerak bo’lgan qo’shilmaslik harakatining birinchi konferensiyasiga Bandung konferensiyasidan keyin mustaqillikni qo’lga kiritgan davlatlar: Marokko, Tunis, Gvineya, Mali, Somali, Kongo (Zair), shuningdek Jazoirning muvaqqat xukumati taklif etildi. Ularga Kipr, Kuba, Yugoslaviya ham qo’shildi. Kuzatuvchilar sifatida Boliviya, Braziliya, Ekvador taklif qilindi. Shuning o’zi Belgrad konferensiya ishtirokchilari tarkibining Bandung konferensiyasi ishtirokchilari tarkibidan farqini ko’rsatib turibdi. Masalaning yana bir tomoni ham bor ediki, Kohiradagi mezonlar tugal ishlab chiqilmagan, uni turlicha talqin qilish mumkin edi. Shuning uchun ham Belgrad konferensiyasining kotibi siyosatshunos Leo Mates Kohirada ishlab chiqilgan mezonlar asosida biror bir davlatni aniq ravishda qo’shilmaslik harakatida ishtirok etishini yoki etmasligini belgilib bo’lmaydi deb ta’kidlagan edi. Shunday bo’lsada aniq va konkret bo’lgan mezonlar ishlab chiqilmadi. Ayni vaqtda qo’shilmaslik harakatining shakllantiruvchi mazkur kriteriyalar turli xil qarama – qarshiliklarning predmeti bo’lib xizmat qildi. Afro-osiyo davlatlarining ko’pchiligi bu harakatda endigina mustaqillikni qo’lga kiritgan davlatlarning a’zo bo’lishi kerakligi to’g’risidagi tushuncha qo’llab – quvvatlanmoqda edi. O’z navbatida qo’shilmaslik harakatidan dastlabki vaqtlarda chekaroqda qolib ketgan Yugoslaviya, Lotin Amerika davlatlari va boshqa ayrim mamlakatlar qo’shilmaslik harakatining xalqaro maydonda, birinchi navbatda 17
BMT doirasida katta nufuzga ega bo’lishi uchun uning mezonlarini liberallashtirish tarafdori bo’lishdi. 16
o’zida aks ettirib bera olmadi. Masalan harakatning a’zolari bo’lmish Somali, Keniya, Marokko, Pokiston kabi davlatlarda AQSh va NATO harbiy bazalari joylashtirilgan edi. Belgrad konferensiyasidan keyingi konferensiyalarda ham mazkur mezonlar o’tkir baxs – munozaralarga sabab bo’ldi. Masalan, 1979 yilda Gavanada bo’lishi kerak bo’lgan konferensiyadan oldin harakat a’zolarining ayrimlari orasida sotsialistik yo’nalishdagi davlat bu harakatning a’zosi bo’lmasligi kerak (gap Kuba haqida ketmoqda) degan qarashlar paydo bo’ldi. Umuman olganda, mazkur xalqaro tashkilot ham boshqa xalqaro tashkilotlar singari shakllanishi jarayonida katta sinovlarni, o’zaro qarama – qarshiliklarni, ziddiyatlarni, tarafkashlikni boshidan kechirdi. Xalqaro munosabatlar tizimi uchun bu tabiiy holat sifatida qaralishi kerak. Chunki xalqaro maydonda ishtirok etayotgan davlatbirinchi navbatda o’z manfaatidan kelib chiqib yo’nalish oladi yoki biror – bir tashkilotga a’zo bo’lib kiradi. Agar – ki, mamlakat manfaatiga bu tashkilotga a’zo bo’lishlik manfaatli bo’lmas, ko’pincha bunday tashkilotga a’zo bo’linmaydi.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling