Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
qoshilmaslik xarakati shakllanishi va faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Qo’shilmaslik harakati va siyosati asosiy maqsadlarining evolyutsiyasi
- 1.3. Qo’shilmaslik Harakati Mexanizmi. Harakatining ishchi guruhlari va ad hoc qo’mitalari
- Qo’shilmalik harakatining ishchi guruxlari va ad hoc qo’mitalari
16 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.50. 18
1.2. Qo’shilmaslik harakati va siyosati asosiy maqsadlarining evolyutsiyasi 1961 yilning sentyabrda Belgradda qo’shilmaslik harakatiga a’zo davlat boshliqlari va xukumatining birinchi konferensiyasi bo’lib o’tdi. Unda Osiyo va Afrikaning 23 davlati, shuningdek, Kuba va Yugoslaviya ishtirok etdi. Unda harakatning maqsad va vazifalari qanday bo’lishi kerakligi masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlandiki, harakat dunyoda tinchlikni ta’minlash yo’lida tuzilgan bo’lib, ayni vaqtda zamonaviy muammolarga nisbatan neytral pozisiyada bo’lmaslik yo’li tutilmoqdi. 1955 yildagi Bandung konferensiyasida ishlab chiqilgan qo’shilmaslik siyosatining asoslari to’laligichaqo’llab – quvvatlandi, ammo unga yana bir cheklov qo’shildi, ya’ni harbiy – siyosiy bloklarga nisbatan ham qo’shilmaslik. 17
Qo’shilmaslik siyosati xalqaro munosabatlar tizimida muxim faktor ekanligi e’tirof etildi. 1964 yil oktyabrda Kohirada o’tgan Qo’shilmaslik harakati davlat va xukumat boshliqlarining II konferensiyasida 47, ba’zi manbalarga ko’ra 57 ta davlat vakillari ishtirok etdi. Mazkur konferensiya yakunida qabul qilingan hujjatlar mantiqan Belgrad konferensiyasi hujjatlarining davomi bo’ldi. Xususan, bu hujjatlarda «imperializm» (o’sha davr tarixiy adabiyotlarida qo’llanilgan siyosiy tushuncha, ko’pincha kapitalistik yo’nalishdagi davlatlarning siyosati sifatida sobiq sotsialistik davlatlar tarixchilari tamonidan qo’llanilgan – B.Z.) va neokolonializm xalqaro keskinlik va ziddiyatlarning asosiy manbasi ekanligi ta’kidlandi. «Konferensiya, - deb keltiriladi yakuniy deklarasiyada, - barcha xalqlarning ular uchun qaysi boshqaruv yo’li munosib bo’lsa, shuni tanlashini tantanali qo’llab - quvvatlaydi» 18
(Zambiya) bo’lib o’tdi va unda 54 davlat vakillari ishtirok etdi. Bu konferensiyada ko’proq «tuzumlar» o’rtasida kurash masalalari aks etdi.
17 Движение неприсоединения в документах и материалах. М., 1975, С.65. 18 Қаранг: Международные отношения после второй мировой войны. В трех томах. Т.3.(1956-1964гг), М., 1965 С. 508 ; Артемьев П. Подлинные и мнимые друзья движения неприсоединения. М., «Наука», 1982, С.13. 19
Qo’shilmaslik harakatining rivojida 1973 yilda Jazoirda bo’lib o’tgan IV konferensiya muxim rol o’ynadi. Bu forumda endi dunyoning 75 davlati qatnashdi. aloqalarini yo’lga qo’yish kerak. 19
1976 yil Kolomboda qo’shilmaslik harakatiga a’zo davlat va xukumat raxbarlarining V konferensiyasi bo’lib o’tdi. Unda ishtirokchilar soni 84 (86) tani tashkil qildi. Shuningdek, 9 davlat va 13 ta xalqaro tashkilot o’z delegasiyalarini kuzatuvchi sifatida yubordi. Unda ishtirokchi davlatlar «qo’shilmaslik o’zida insoniyatning xalqlar o’rtasida tinchlik va havfsizlik uchun kurashni, yangi xalqaro adolatli ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tartib o’rnatish munosabatlarini namoyon etishligi» ta’kidlandi. Konferensiya yakunida bir qator muhim hujjatlar, xususan, Siyosiy va iqtisodiy Deklarasiya, Iqtisodiy hamkorlik bo’yicha harakat dasturi, shuningdek aniq xalqaro keskinliklarga qatarilgan 30 dan ortiq maxsus rezolyutsiyalar qabul qilindi. 20
ko’rinishga o’ta boshlaganligini anglatsada, lekin sifatiy jahatdan hali to’la mukammallikka erisholmaganligini ham
aytish kerak.
Chunki birinchi konferensiya bilan to VII konferensiya oralig’idagi 20 yildan ziyodroq vaqt mobaynida unga a’zo bo’lib kirgan davlatlarning ayrimlari harakat faol antiimperial kurash olib borishi degan tushuncha natijasida ichki taraqqiyparvar kuchlarni qayta tashkil etish uchun (Angola, Jazoir, Mozambik, Nikaragua kabilar) kirgan bo’lsa, boshqalari avtomatik tarzda, ya’ni mustaqillikka erishuvi bilan mazkur tashkilotning a’zolariga aylandi. Lotin Amerika davlatlarining aksari tashkilotga nisbatan keyinchalik a’zo bo’lib kirdi. Ayrim davlatlar bo’lsa bloklar ta’sirida bo’lgan qo’shni davlatlari bilan ziddiyatlarda qo’llab – quvvatlanishga erishish uchun ham qo’shilmaslik harakatiga a’zo bo’lib kirishgan edi. 21
Qo’shilmaslik harakati bosib o’tgan dastlabki 20 yillik tarixi davomida u xalqaro munosabatlar tizimidada ko’pchilik xalqaro tashkilotlar orzu qiladigan
19 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.54. 20 Артемьев П. Подлинные и мнимые друзья движения неприсоединения. М., «Наука», 1982, С.17. 21 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.55.
20
darajada obro’-e’tibor qozondi. Xo’sh buning asosiy sabablari nimalardan namoyon bo’ladi: birinchidan, ilk paydo bo’lgan kezlardan boshlab Harakat tinchlik tamoyilini o’ziga asos qilib oldi. Uning amaliyotga tadbiq etilishida har bir a’zo davlat o’zlarining milliy davlatchiligi va mustaqilligi taraqqiyotining kafolatini ko’rdi.
Jazoirda bo’lib
o’tgan Qo’shilmaslik harakatining konferensiyasida (1973-yil) qabul qilingan siyosiy deklarasiyaning uchinchi bo’limida ta’kidlanadiki, Qo’shilmaslik harakati davlatlari boshqa tinchliksevar taraqqiyparvar kuchlar bilan xalqaro munosabatlarni demokratlashtirish, butun dunyoda tinchlikni ta’minlash uchun, davlatlar orasida tenglikni ta’minlash uchun birgalikda kurashishi lozim. 22 Ikkinchidan, qo’shilmaslik harakati Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi xalqlarining milliy ozodlik kurashlari bilan uzviy bog’liqdir. XX asrning 60-70-yillarida kuchayib ketgan milliy ozodlik harakatini baralla qo’llagan tashkilotdan biri mazkur harakat bo’lganligi uchun ham, u tezda milliy –ozodlik yo’lida kurash olib borayotgan va mustaqillikni endigina qo’lga kiritgan davlatlar tayanishi mumkin bo’lgan tashkilotga aylana oldi. O’z harakatining mazmun – mohiyatidan kelib chiqib, oliy darajadagi Harakat konferensiyalarida milliy – ozodlik kurashlari tashkilotlari – Falastin Ozodlik Tashkiloti (FOT), Janubi- G’arbiy afrika Xalq tashkiloti, Afrika milliy kongressi vakillari taklif etilgan. Hatto FOT 1976-yilda Harakatning to’la huquqli a’zosiga aylandi. 23 Uchinchidan, bizningcha, endigina mustaqilikka erishgan davlatlarning xalqaro maydonda o’z so’zlarini birdaniga aytishi uchun kattagina qiyinchiliklarni bosib o’tishga majbur bo’lgan. Hech qanday ortiqcha cheklov va rasmiyatchilikning deyarli yo’qligi mazkur davlatlarning Harakatga birdaniga a’zo bo’lishini tezlashtirgan. Qolaversa, shu yo’l orqali yosh mustaqil davlatlar halqaro munosabatlar tizimida ishtirok etishning muhim yo’lini ko’rishgan. Chunki garchi, BMT tashikiloti xalqaro miqyosdan tan olingan tashkilot bo’lishiga qaramasdan, uning boshqaruv apparati baribir «bloklar» u yo bunisiga mansub davlatlar – «sobiq mustamlakachi» davlatlar qo’lida bo’lgan. BMTning ishida ishtirok etadigan bo’lsa, ularning
22 Движение неприсоединения в документах и материалах. М., «Наука», 1975, С.201-204. 23 Симония Н.А. Движение неприсоединения – важной фактор международной политики. М., 1978, С.7 21
soyasida qolib ketishlik havfi tezlik bilan Qo’shilmaslik harakati a’zolari sonining o’sishiga olib kelgan. Umuman, ana shu oxirgi qarab chiqilayotgan 20 yillik davr mobaynida qo’shilmaslik harakati tashqi siyosati muttasil o’zgarib bordi. Umuman olganda XX asr 80-yillar boshlariga kelganda harakatda alohida ajralib turuvchi besh asosiy muammoni ko’rsatish mumkin. Ular, birinchidan, tinchlik va yangi jahon urushining boshlanib ketish havfi muammolari, ikkinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni qayta qurish uchun kurash, uchinchidan, mustamlakachilik va irqchilikning to’lig’icha tugatish, to’rtinchidan, harakat a’zolari bo’lmish rivojlanayotgan davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlarni tartibga olish, beshinchidan, umuman xalqaro munosabatlarni to’lig’icha demokratlashtirish. 24
Bosib o’tilgan yigirma yillik tarixi davomida Qo’shilmaslik harakati qator qiyinchiliklarni boshidan o’tkazganligini ham ta’kidlash o’rinlidir. Tashkilotga a’zo bo’lish masalasining yengilligi sababli a’zolar soni tezlik bilan o’sib bordi. Natijada qisqa fursat ichida ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi notekis bo’lgan davlatlarning o’ziga xos hamjamiyatiga aylandi. Bu hol o’z navbatida boshqa qiyinchilikni keltirib chiqargan. Ya’ni a’zolari soni qanchalik o’sib borishi bilan, faoliyat yo’nalishi, hal qilishi lozim bo’lgan masalalar ham shunchalik xilma – xillashib bordi. Shuning uchun ham ko’p masalalarda umumiy qarashga va yondoshuvga erishilmay qolgan. Harakatning ichida ham Harakatning umumiy yondoshuvlariga salbiy ta’sir qiluvchi kuchlar ham mavjudligini e’tiborga olish lozim. Bunday kuchlarni Kolombodagi konferensiya vaqtida Liviya prezidenti qo’shilmaslik harakatidagi kolonializmning «troyan oti» nomi bilan atadi. 25
dekolonizasiyani tez fursatlarda tugatish turgan bo’lsa, mustaqillikka erishishdan so’ng birinchi planga iqtisodiy dekolonizasiya turdi. Bu masala ayniqsa shu asrning 70-yillariga kelganda, harakat tarkibi Lotin Amerikasining qator davlatlari bilan to’lgandan keyin siyosiy masalalar qatorida qaraldi.
24 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.56. 25 Симония Н.А. Движение неприсоединения – важной фактор международной политики. М., 1978, С.14. 22
1979 yilda Gavanada o’tgan qo’shilmaslik harakatining navbatdagi forumi harakatning maqsadi yo’lida siyosiy tuzumlar ikkilamchi masala ekanligini isbotlab bergan bo’lsa, 1983 yil Dehlida o’tkazilgan harakatning VII konferensiyasida ishtirokchi davlatlar soni 100 tagacha yetdi. (1-ilovaga qaralsin.) Gavana konferensiyasi Qo’shilmaslik harakati tarixida alohida o’rin kasb etadi. Sababi uning tarixida birinchi marta forum sotsialistik yo’nalishdagi davlat va Lotin Amerikasida ilk marotaba o’tkazildi. Unda muhkoma qilingan asosiy masalalar qatoriga Janubiy Afrika va Saharadagi keskinliklar, AQShning Lotin Amerikasigi siyosatini kiritish mumkin. 26
O’tgan qisqa vaqt ichida mazkur tashkilot oddiylikdan murakkablikka qadar bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Ayrim xalqaro tashkilotlar orzu qiladigan darajadagi a’zolar soniga ega bo’lishiga qaramasdan, haqiqiy sharoitda ularning tadbirlari ko’pincha ikki qutb – AQSh va sobiq sovet davlati soyasida qolib ketaverdi. Yangi mustaqillikni qo’lga kiritigan davlatlar orasida sobiq mustamlakachi davlatlarning asoratlaridan biri bo’lgan o’zaro ziddiyatlar hamon saqlanishi sharoitida qo’shilmaslik harakati muqim bir pozitsiyani namoyon eta olmadi. Ayniqsa bu ziddiyatlar a’zo davlatlar o’rtasidagi chegaralar bilan bog’liq bo’lsa. Bunday ziddiyatlar harakatning ta’siri faqatgina mavjud ziddiyatlarni xalqaro miqyosdagi ziddiyatlarga aylanib ketmasligi uchun kurashdan iborat bo’ldi. Mana shunday ziddiyatlarni tartibga solish yoki yumshatish uchun harakat faoliyati to’la yo’l qo’ymagan. Shu boisdan shu kabi konfilktlarni o’rganish va uni bartaraf etish uchun Yugoslaviya xukumati maxsus ad xoc deb ataluvchi qo’mita tuzishni taklif etdi. Ammo shu va boshqa shunday takliflar hayotga tadbiq etilmadi. Oddiy bir misol. VII konferensiya aslida Bog’dodda o’tishi rejalashtirilgan bo’lib, biroq Iroq va Eron o’rtasida boshlanib ketgan ziddiyatlar sababli forum o’tkazish joyi Dehliga ko’chirildi. Dehli konferensiyasi ham amalda ziddiyatlarni hal etish yo’nalishida hech qanday yangilik kirita olmadi. Faqatgina kelib chiqqan kelishmovchilik yoki ziddiyatlar, tangliklarni tinch yo’l bilan hal etish lozimligi
26 Артемьев П. Подлинные и мнимые друзья движения неприсоединения. М., «Наука», 1982, С.18. 23
uqtirildi, xolos.shunday bo’lsada, ayrim kelishuvlar, oldinga siljishlar amalga oshirildi. Masalan Dehli konferensiyasida Bangladesh va Afg’oniston, Bangledesh va Vetnam o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatildi. Hindiston va Pokiston tomoni muzokaralar stoliga qaytadan o’tirdi. 27
Dehlida bo’lib o’tgan Qo’shilmaslik harakatining VII konferensiyasida bir qator xalqaro keskinlikdagi masalalar muhokama qilindi. Falastin muammosini muhokama qilgan konferensiya ishtirokchilari yakunda Falastin xalqi bilan birdam ekanligi to’g’risida murojaatnoma va falastinliklar huquqlarini himoya qilishga yordam berish maqsadida sakkiz davlat ishtirokida guruh tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, mazkur konferensiyada Hind okeanida tinchlik zonasini yaratish loyihasi bo’yicha takliflar qabul qilindi. Yakunda Harakat ishtirokchilari tomonidan «Qo’shilmaslik va boshqa rivojlanayotgan davlatlarning kollektiv o’z – o’zini ta’minlash to’g’risida Deklarasiya» ham qabul qilindi. 28
Qo’shilmaslik harakatining xalqaro maydondagi roli va o’rnini to’lig’icha taxlil
qilish jarayoni 1989 yil sentyabrdagi Belgradda o’tkazilgan IX konferensiyadan boshlandi. Ma’lumot uchun aytish kerak, VIII konferensiya Xarareda 1986 yil 1-6-sentyabr kunlari bo’lib o’tgan edi. Ana shu IX sammitda qo’shilmaslik harakatiga a’zo davlatlari oldiga ikkita strategik vazifa qo’yildi: «XXI asr bo’sag’asida o’zining rivojlanishi uchun eng zaruriy va yaxshi sharoitni yaratish hamda dunyodagi bo’layotgan voqo’ye – xodisalarda faollroq ishtirok etish». Ammo o’tgan asr 90-yillarida jahonda sodir bo’lgan keskin tarixiy o’zgarishlar, evrilishlar zamonaviy dunyoqaytarilmasining siyosiy
konfigurasiyasining o’zgartirib yubordi. Ayni vujudga kelgan sharoit qo’shilmaslik harakatining o’z tarixida eng murakkab bo’lgan inqiroz yoqasiga olib kelib qo’ydi: avvalo, «Sovuq urush» tugadi, yetakchi kuchlar va bloklarning konfrontasiyasi tugab uning o’rnida muloqatli va hamkorlikka asoslangan munosabatlar shakllana boshladi, hukm surib kelgan bipolyar sistema xalqaro munosabatlar tizimida
27 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.63. 28 Движение неприсоединения. Проблемы и перспективы. М., 1986, С.234-354. 24
tugadi, uning negizida bir qutbli, ya’ni AQSh harbiy va siyosiy ta’sirida bo’lgan dunyo paydo bo’ldi. Qo’shilmaslik harakatining bosh g’oyasi bo’lgan harbiy bloklarga va siyosiy qo’shilmalarga qo’shilmaslik tamoyili bunday vaziyatda amalda hech qanday mohiyati qolmadi. Bunday murakkab xalqaro vaziyatlarda o’z pozitsiyasini belgilamasdan turib, harakat ichida ham ixtiloflar boshlanib ketdi. SFRYu
tarqalib ketdi, uning 1989-yilda saylangan Raisi ishdan ketdi. 1991 yilda harakat ishtirokchilari safini Argentina tark etdi, qolaversa qator Lotin Amerika davlatlari bu harakatni tark etish arafasida turdi. Bir vaqtlar mazkur tashkilotning paydo bo’lishi uchun kurashgan va o’tgan vaqt mobaynida unda kuchli ta’sirga ega bo’lib kelgan Hindiston, Kuba, Jazoir singari davlatlar ichki siyosatlariga asoslangan turli sabablar bilan qo’shilmaslik harakati to’g’nash kelgan muammolarga nisbatan e’tiborini susaytirdi. Qo’shilmaslik harakatining Yevropadagi vakillari bo’lmish Kipr va Maltaning ham harakatga bo’lgan munosabati o’zgardi, ular «umumevropa uyi»ga intilish kuchayib, YEIga a’zo bo’lish uchun arizalar berishdi. 29
Harakat oldida turgan muammolarni hal etish maqsadi yo’lida qo’yilgan amaliy urinishlardan biri 1989 yilgi qo’shilmaslik harakatiga a’zo davlat boshliqlari va xukumatlarining IX Konferensiyasida yangi 15 lar Guruxini tuzish bo’ldi. Mazkur Guruxga harakat a’zolaridan 13 ta vakil – davlat va ikki nafar mo’tadil rivojlanish ko’rsatgichlariga ega, yirik potensial soxibi bo’lgan, ammo Harakat ichida «kuzatuvchi» maqomidagi Braziliya va Meksika kiritildi. Harakat ichida «Yo’lboshchilar (vojdlar) yetakchiligi» o’rniga kelgan «davlatlar yetakchiligi» nafaqat «uchinchi dunyo» da mintaqaviylik tendensiyasini va kuchlar va ta’mirlar markazlarining vujudga kelishini kuchaytirdi, balki ayni vaqtda Qo’shilmaslik harakati ichki kuchlarining rivojlanishida obyektiv ta’sir o’tkazgan «vojdizm»ning inqirozini ham namoyon etdi. Haqiqatdan ham qo’shilmaslik harakatining eski «xarizmatik» yo’lboshchilari – Neru, Tito, Nosir, Suxarto,
29 Крылов С.А. Движение неприсоедиения: история, задаси, проблемы, перспективы.// http:|//viperson.ru.data/200604/Dvizhenieneprisoedineniya.doc // 15 лар Гурухининг асосий мақсади Шимол – Жануб мулоқотларини ривожлантириш бўлиб, кейинчалик унинг сафига қўшимча давлатлар киритилди.
25
I.Gandi, Bandaranaikelar asta – sekinlik bilan sahnadan chiqib ketishdi. Aslida bularni ayrimlarini birinchi avlod yetakchilari deb atasak to’g’riroq bo’lar edi. Birinchi avlod yetakchilari katta hayotiy tajriba sohiblari bo’lib, ular milliy – ozodlik kurashining haqiqiy maktabini o’tab kirib kelgan shaxslar edi. Ular mustamlakachilik tuzumi vaqtida ishlab chiqilgan va kurash tajribalariga asoslangan g’oyalari bilan boshqarishga harakat qilishar edi. Shu boisdan bo’lsa kerak, dastlabki bosqichdagi qo’shilmaslik harakatining asosiy maqsadida ko’proq harbiy – siyosiy bloklardan uzoqlik, bipolyar tizimdan holilik ko’proq uqtirilgan. Harakat ichida yangi yetishib kelayotgan keyingi avlod mutloqo boshqa avlod vakillari bo’lib, birinchi avlod yetakchilari singari katta ta’sirga va nomga ega emas edilar (Fidel Kastroni xisobga olmaganda). Shu tariqa harakat ichidagi xarizmatik tipdagi yetakchilik ko’pchilik a’zo davlatlar oldida turgan masalalarga javob berolmay qoldi. Endi bir vaqtlar shiorlarning eng jo’shqinlari bo’lgan, gegemonizmga va imperializmga qarshi kurash hamda milliy chaqiriqlar kerak bo’lmay qoldi, endi «XXI asrda adolatli jamiyatni qurish» uchun Shimol bilan hamkorlik qilishda konstruktiv faoliyatini yo’lga qo’yish payti kelgandi. 26
1.3. Qo’shilmaslik Harakati Mexanizmi. Harakatining ishchi guruhlari va ad hoc qo’mitalari Xalqaro munosabatlar tizimida shakllanayotgan xar bir xalqaro miqyosdagi tashkilot, blok yoki ittifoqlar tashkiliy jihatdan oddiylikdan murakablikka qadar davom etadigan yo’lni bosib o’tishadi. Yildan – yilga zamon talablaridan kelib chiqib tashkiliy jihatdan o’zgarib, yangilanib boradi. Bir so’z bilan aytganda stabil faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’ladigan barcha tashkiliy ishlar yo’lga qo’yiladi. Bu ishlar bir sammitning o’zida yoki bir uchrashuv chog’ida shakllantirilib bo’lmaydi. Xuddi shunday Qo’shilmaslik harakatining boshqaruv va shakllanish mexanizmi bosqichma – bosqich rivojlanib bordi. Agar davtlar paydo bo’lgan vaqtida asosiy ishchi qo’mita davlat boshliqlarining o’zlari tomonidan bevosita amalga oshirilgan bo’lsa, keyinchalik uning tarkibi kengaytirilib borildi. O’tgan asrning 80-yillar boshlariga kelganda harakatdako’pgina boshqaruv organi shakllanib bo’lgan edi. Bularga quyidagi strukturalar kiradi: 1. Davlat va hukumat boshliqlarining konferensiyasi. 2. Harakatning koordinator va raislik qiluvchi davlati. 3. Tashqi ishlar vazirlari konferensiyasi. 4. Tashqi ishlar vazirlarining kengashi. 5. BMT tarkibidagi qo’shilmaslik harakatiga a’zo davlatlar guruhi. 6. Muvofiqlashtiruvchi qo’mita (harakat a’zolari bo’lgan davlatlarning Nyu- Yorkda, BMTdagi tashqi ishlar vazirlari yoki doimiy vakaillari darajasidagi). 7. Maxsus organlar (axborot, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqalar). 30
o’tsak. Harakatning oliy organi davlat yoki hukumat boshliqlarining konferensiyasi bo’lib, unda harakat a’zolari bo’lgan davlatlarning barchasi ishtirok etadi. Konferensiya qoidasiga ko’ra xar uch yilda bir marta chaqiriladi. Navbatdagi konferensiyani o’tkazish joyi oxirgi konferensiyada qatnashuvchi davlatlarning o’z
30 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.120.. 27
xududlarida o’tkazish takliflariga qarab belgilanadi. Ammo bir safar bunday bo’lmadi. VI konferensiya yakunlariga ko’ra, navbatdagi VII konferensiya Bog’dodda o’tishi kelishib olingan edi. Ammo 1980-yilda Eron va Iroq o’rtasidagi boshlanib ketgan urush tufayli konferensiya o’tkazish joyi Dehliga ko’chirildi. Konferensiyani o’z mamlakati hududida qabul qiluvchi davlat uchun bu xalqaro maydonda katta obro’ –e’tibor qozonish imkoni demakdir. Navbatdagi konferensiyani o’z mamlakatida qabul qiluvchi davlat o’rnatilgan qoidalarga muvofiq keyingi uch yil davomida Harakatga raislik qiladi, o’z navbatida mazkur davlatning boshlig’i (yoki hukumat boshlig’i) bo’lsa Qo’shilmaslik harakatining Muvofiqlashtiruvchi – raisiga aylangan. Shuning uchun ham Harakat ichida konferensiyani o’z xududida o’tkazish bo’yicha kuchli tortishuv borgan, garchi tashkilotning yagona byudjeti bo’lmaganligi sababli oliy darajadagi bunday uchrashuvni tashkil qilish o’sha davlatga katta mablag’ sarf qilishni talab qilsa ham. Shu bilan birga harakatni boshqarish nafaqat sharafli yoki obro’li bir ish bo’lgan, ayni vaqtda katta xalqaro majburiyatni ham yuklagan. Chunki mazkur raxbarlik qilayotgan davlatning xalqaro miqyosdagi orbo’ –e’tiboridan kelib chiqib, harakat saflari o’sib borgan. 31
Qo’shilmaslik harakatidagi ikkinchi katta organ a’zo davlat tashqi ishlar vazirlarining muntazam bo’ladigan uchrashuvi xisoblanadi. Bu uchrashuvlar 1970 yilda birinchi marta Belgradda chaqirilib, dastlab muntazam bo’lmagan (turlicha nomlar
bilan nomlangan: «vazirlik-konsultativ uchrashuvlari», «vazirlik konferensiyasi», «tashqi ishlar vazirlari kengashi»). Doimiy o’tkazib turiluvchi bu konferensiyani yuqoridagi nom bilan atash tavsiya qilindi. VI konferensiya qarorlariga muvofiq, oliy darajadagi konferensiyalar oraliq muddatida ikki martadan ortiq
chaqirilmagan; birinchi marta – oldingi konferensiya yakunlanganidan keyin 1,5 yil o’tgach, ikkinchi marta – navbatdagi ochilishi kerak bo’lgan konferensiyadan oldin, uni tayyorlash maqsadida yig’ilishgan. 32
31 Движение неприсоединения. Отв.ред. проф. И.И.Коваленко, М., «Наука», 1985, С.278. 32 Движение неприсоединения. Отв.ред. проф. И.И.Коваленко, М., «Наука», 1985, С.278. 28
Harakat a’zolari sonining o’sishi va ular o’rasida yagona fikrga kelishish qiyinchiligining oshib borishi munosabati bilan o’tgan asr 80-yillaridan boshlab yordamchi qo’mita faoliyati ham yo’lga qo’yildi. Uning tarkibiga o’sha konferensiya o’tkazilishi belgilangan davlatda akkredetasiyadan o’tgan harakatga a’zo davlatlarning elchilari, shuningdek, maxsus yuborilgan oliy rasmiy shaxslar kiritilgan. Konferensiya o’tkazishdan oldin muhokama etilishi kerak bo’lgan masalalar bo’yicha a’zo davlatlarning fikrini umumlashtirish maqsadida, ayrim ziddiyatlarni hal etish maqsadida oliy darajadagi konferensiyadan oldin Muvofiqlashtiruvchi qo’mita ham chaqirilgan. Qo’shilmaslik harakati iyerarxiyasi strukturasidan kelib chiqqanda, mazkur organ yuqoridagi ikki organdan quyiroq mavqeni egallagan. Bu organnning hayotga tadbiq etilishining asosiy sababi boshqa xalqaro tashkilotlarda bo’lgani singari bosh kotibiyat yoki ijroiya kengashi singari doimiy ijroiya organini tuzish zaruriyati bo’lgan. Aftidan bunday organ xalqaro tashkilotning tez o’zgarib borayotgan xalqaro munosabatlar tizimida tanaffuzsiz faoliyat olib borishi uchun tashkil qilingan. Ma’lumki avval boshdan qo’shilmaslik harakati biror bir tashkiliy qo’mita sifatida, ya’ni bloklar singari faoliyat yuritishni rad qilgan edi. Belgradda o’tgan 1 Konferensiya Deklarasiyasida o’zlarining kuchlarini birlashtirayotgan qo’shilmaslik harakati davlatlari «yangi blokni tuzishni hoxlashmaydi va yangi blok bo’lmaydi» degan fikr keltirilgan edi. 33 Bu bilan ikki holat inobatga olingan edi. Birinchidan, buyuk davlatlar ishtirokida tashkil qilingan harbiy bloklar va ittifoqlarga qarshi tuzilgan va ularni tarqatishni maqsad qilgan Harakatning ishtirokchilari o’zlarining harbiy – siyosiy tashkilotini tashkil qilmaydilar; ikkinchidan, an’anaviy bo’lgan hukumatlararo tashkilotlar ko’rinishidagi organ yoki strukturaga rasman qarshi edi. A’zolari soni muntazam o’sib borgan tashkilot ma’lum bir tashkiliy ko’rinishdagi boshqaruv tuzilmasini yaratish zaruriyatini kun tartibiga qo’ydi. II Konferensiyada muhokma qilingan mazkur masalaga yechim topilmadi. A’zo
33 Движение неприсоединения. М., 1979., С.55. 29
davlatlar orasida masalaning kompromiss yechimi bo’lgan qandaydir konsultativ muvofiqlashtiruvchi mexanizm tuzish kerakligi ilgari surila boshlandi. 1970-yilning aprelida III Konferensiyaga tayyorgarlik ko’rish maqsadida yig’ilgan tashqi ishlar vazirlarining kengashida tarkibida 16 ta a’zo – davlatlar bo’lgan maxusus qo’mita tuzishga kelishib olindi va unga vazifa sifatida «tashkilotchi mamlakat bilan aloqani yo’lga qo’yish va tayyorlanayotgan tadbirlarni muvofiqlashtirish» qo’yildi. 34
III konferensiya ham muvofiqlashtiruvchi qo’mitani uzil – kesil tuzmadi. Balki 16 ta davlatdan iborat Tayyorlov qo’mitasi vakolatlari belgilash orqaga surilib, yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalarni bajarish keyingi oliy darajadagi uchrashuvgacha konferensiya Raisiga topshirildi. Ayni vaqtda ta’kidlandiki, «harakatning uzluksizligini» ta’minlash «qo’shilmaslik harakati davlatlari vakillarining turli darajadagi davriy kunsultasiyalari, shuningdek oliy darajadagi konferensiyalarni nisbatan tez fursatlarda chaqirish» yo’li bilan amalga oshirilishi belgilandi. 35
maqsadida to’plangan tashqi ishlar vazirlarining kengashida yana bir bor «Muvofiqlashtiruvchi davlat bo’lmish Zambiya hukumatiga navbatdagi oliy doiradagi konferensiyani tayyorlashga» ko’maklashish maqsadida Tayyorlov qo’mitasini tuzish masalasi ilgari surildi. O’tkazilishi lozim bo’lgan konferensiya uchun tarkibida yettita davlat bo’lgan doimiy qo’mita ham tuzilishi kerakligi to’g’risidagi taklif ishlab chiqildi. Mazkur yettilik guruxi «har yili tashqi ishlar vazirlarining sentyabr yig’ilishida geografik xukumatlar va navbatma – navbat tamoyil asosida saylanishi» nazarda tutildi. Ta’kidlandiki, mazkur organga tashqi ishlar vazirlarining kengashiga tayyorgarlikni nazorat qilish, shuningdek, «tashqi ishlar vazirlari majlisida muhokama qilinishi lozim deb hisoblagan istagan masalani ishlab chiqish» vazifasi yuklanishi lozim edi. 36
34 Движение неприсоединения. М., 1979., С.103. 35 Движение неприсоединения. Отв.ред. проф. И.И.Коваленко, М., «Наука», 1985, С.279. 36 Движение неприсоединения. М., 1979., С.169-170. 30
Qo’shilmaslik harakatining IV konferensiyasida doimiy faoliyat yurituvchi organ tuzish yo’lida muxim qadam tashlandi.1973 yil 9 sentyabr kuni konferensiya maxsus qaror bilan tarkibiga 15 davlat, shuningdek Hindsiton va Mali vakillari kiritilgan (bu mamlakatlarga konferensiyada siyosiy komissiya raisligi va muvofiqlashtiruvchi o’rni ajratildi) Muvofiqlashtiruvchi byuro tuzildi. 15 ta davlat qit’alarning kvotalari miqdoridan kelib chiqib taqsimlanishi belgilandi, unga ko’ra: Afrikaga – 7 ta joy, Osiyoga – 6 ta, Lotin Amerikasiga – 3 ta, Yevropaga – 1 ta o’rin ajratildi. Byuro raisi qilib konferensiyani o’zida qabul qilayotgan Jazoir belgilandi va keyingi V konferensiyaga qadar Muvofiqlashtiruvchi byuro qilishi lozim bo’lgan quyidagi ishlar belgilab olindi: 1. navbatdagi konferensiyani tayyorlash; 2. navbatdagi konferensiyadan oldin yig’iladigan tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi kengashida ko’riladigan asosiy masalalarni ishlab chiqish; 3. qo’shilmaslik harakati davlatlarining «BMT va shaxsiy doiradagi» faoliyati va pozitsiyani muvofiqlashtirish; 4. «doimiy qo’mitani uzil – kesil tashkil qilish» masalani o’rganib chiqish va o’zining takliflarini berish; 5. harakatga a’zo davlatlar o’rtasidagi «Iqtisodiy hamkorlik bo’yicha faoliyat Dasturi»ni nazorat qilish va uning bajarilishiga ko’maklashish; 37
V konferensiyada Byuroning tarkibi va faoliyati haqidagi masala maxsus muhokama qilindi. Bunday organning faoliyatini zarurligi e’tirof etilgani holda, uning a’zolari sonini oshirish kerakligi uqtirildi. Konferensiya qarorlariga ko’ra Byuro a’zolari soni 25 tagacha yetkazildi: Afrikadan 12 ta davlat, Osiyodan 8 ta, Lotin Amerikasidan 4 ta, Yevropadan 1 ta. Shuningdek Byuro bo’yicha ishqabul qilingan hujjatda uning bajarishi lozim bo’lgan vazifalar ham belgilab berildi. Ular qatorida konferensiya qaror va dasturlarining ijrosini ta’minlash va harakat qitnashchilari bo’lgan davlatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, zaruriy takliflarni ishlab chiqish; konferensiya, tashqi ishlar vazirlari kengashi yoki boshqa harakat ishtirokchilarining uchrashuvlarini tayyorlash bilan bog’liq ishlarni
37 Движение неприсоединения. М., 1979., С.209-210. 31
bajarish; darxol
xal qilinishi lozim bo’lgan
va harakat
a’zolarining umumanfaatlaridan kelib chiqadigan xalqaro muammolarni, ziddiyatli vaziyatlar yoki masalalarni qarab chiqish uchun to’planish (bunda takliflar ishlab chiqish bilan birga zarur bo’lga harakat ishtirokchilari orasidan ishchi guruhini tuzish); V konferensiyada qabul qilingan xarkatga a’zo davlatlar o’rtasidagi Iqtisodiy hamkorlikning faoliyat Dasturining ijrosini amalga oshirish va tahlil qilish, uning hayotga tadbiq etilishiga yordam berish kabilar. 38
Yuqoridagi vazifalardan ayon bo’lib turibdiki, Muvofiqlashtiruvchi Byuro doimiy faoliyat ko’rsatuvchi organga aylanib, uning vakolati qo’shilmaslik harakatining mezonlaridan kelib chiqib ishlab chiqildi. Shunga asosan vakolat doirasida bajarishi lozim bo’lgan zaruriy chora tadbirlar ichida a’zolar o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish ham nazarga olindi. Buni amalga oshirish uchun Byuro faoliyat yo’nalishidan kelib chiqib 16 ta soha tanlab olindi va uni nazorat qilish uchun muvofiqlashtiruvchi davlatlar mas’ul qilib belgilandi (3 - Ilovaga qaralsin).
Shunday qilib, qo’shilmaslik harakati doimiy ijroiya organi bo’lmasa ham, xarholda uning nomidan ish ko’ruvchi harakatning ta’sirini muvofiqlashtiruvchi yetarli darajada obro’li siyosiy organ tashkil qila bildi. Byuro tarkibi har konferensiyada qayta saylab olinadi. Uning vakolati ham shundan kelib chiqib, konferensiyalar oralig’idagi muddatni tashkil etadi. Byuro tarkibi soni doimo o’sib borgan, bu ikki asosiy sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, u yoki bu sabablar tufayli uning faoliyatida a’zo davlat sifatida ishtirok etuvchi davlatlar doirasining kengayishi tufayli; ikkinchidan, ayrim qit’alarning (Afrika va Yevropa) uning tarkibida o’z hukumatlari sonini oshirishga intilishidan. Masalan, Gavanada o’tgan VI konferensiyada Muvofiqlashtiruvchi qo’mita a’zolari soni 36 taga yetkazildi va quyidagi tarkibda belgilandi: Afrika - 17 ta o’rin Osiyo - 12 ta o’rin Lotin
38 Движение неприсоединения. Отв.ред. проф. И.И.Коваленко, М., «Наука», 1985, С.282-283.. 32
Amerikasi - 5 ta o’rin Yevropa - 1 ta o’rin 36 – o’rin Afrika va Yevropa o’rtasida taqsimlandi. Unga ko’ra bu kontingentlardan saylanadigan a’zo-davlat qo’mitada bir yarim yil (ya’ni qo’mita faoliyat ko’rsatadigan 3 yil teng ikkiga bo’lib berildi) faoliyat ko’rsatishi belgilandi. 39
taga yetib, mintaqalar bo’yicha quyidagi holatda taqsimlandi: Afrikaga – 36 ta o’rin, Osiyoga – 23 ta o’rin, Lotin Amerikasiga – 12 ta o’rin, Yevropaga – 3 ta o’rin. Natijada Byuroga Yevropaning qo’shilmaslik harakatiga a’zo bo’lgan barcha uch davlati kiritilgani holda, Afrikaning harakatga a’zo davlatlarining 2/3 qismi kiritildi. O’z – o’zidan mazkur organni tashkil etish chog’ida belgilangan taqsimot qoidalariga zid ish qilindi. Bunday qarorni qabul qilgan konferensiya unga «Muvofiqlashtiruvchi Byuroning barcha majlisi eshiklari boshqa a’zo davlatlar (ya’ni, bevosita byuroga a’zo bo’lmagan davlatlar nazarda tutilmoqda – B.Z.) uchun ham ochiq» degan qo’shimcha qo’shib qo’ydi. Bu bilan dastlabki o’rnatilgan tartib qoidalari biroz yumshadi. 40
Taxlil qilib o’tkanimiz Byuro a’zolari sonining doimiy ravishda o’sib borishi harakat to’qnash kelayotgan masalalarga yechim topish ishining qiyinlashib borayotganligi bilan ham izohlanadi. Shuning uchun ham keyingi xar bir oliy darajadagi konferensiyalarda Muvofiqlashtiruvchi byuro masalasi alohida muhokama etila boshlangan. Ammo tez o’zgarib borayotgan dunyo, qo’shilmaslik harakatidan ham darhol konsultasiyalar o’tkazishni va BMT doirasida ularning faoliyatini tezlik bilan muvofiqlashtirib borishni talab qilgani holda Muvofiqlashtiruvchi byuroga qo’shimcha ravishda tezkor faoliyat yurituvchi institusional faoliyat shaklini tuzish kerakligini zarur qilib qo’ydi.
39 Движение неприсоединения в документах и материалах. Сост. Р.А.Тузмухамедов, М.; «Наука», 1983, С.173. 40 Движение неприсоединения. Отв.ред. проф. И.И.Коваленко, М., «Наука», 1985, С.288.. 33
Masala qo’shilmaslik harakatiga a’zo davlatlarning BMT doirasidagi hamkorlik munosabatlari haqida
bo’lib, harakatning ilk konferensiyalari ishtirokchilar BMTdagi o’z pozitsiyalari haqida fikrlashib olishgan edi. 1964-yilda o’tkazilgan II konferensiyada mazkur muammo muhokama qilinib, qabul qilingan deklarasiyada «Bosh Assambleyaning xar bir sessiyasi vaqtida qo’shilmaslik harakati davlatlari tashqi ishlar vazirlari yoki delegasiyalar boshliqlari darajasida o’zaro manfaatli konsultasiyani o’tkazish zarurligi» haqida gapirilgan edi. 41
yangi organ – BMTning Bosh Assambleyasi sessiyalaridagi tashqi ishlar vazirlari va delegasiya boshliqlarining yalpi majlisi paydo bo’ldi. Harakatning rivojlanishi, faoliyatining jonlanishi qandaydir bir ishchi organ sifatida faoliyat ko’rsatuvchi doimiy organ tuzish zaruriyatini keltirib chiqardi. Chunki tarkibi o’sa borgani sari, hal etilishi kerak bo’lgan masalalar ham kengayib bordi. Bu masalalarga yechim topish uchun qo’shimcha konsultasiyalar o’tkazish kerak edi. Ana shu yangi tashkilot shakli Yalpi majlis sifatida yuzaga keldi. Bu organ Nyu – Yorkdagi BMTning doimiy a’zolari bo’lgan va ayni vaqtda harakat ishtirokchilari bo’lgan davlatlardan tarkib topdi. Uning funksional jihatdan qulay tarafi shunda ediki, u istalgan vaqtida chaqirilishi mumkin edi. Undan tashqari mazkur organ BMTning Bosh Assambleyasidan tashqari vaqtida ham harakat qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadi uchun ham zarur edi. Shuni qayd
etish kerakki, o’tgan asrning 80-yillariga kelganda qo’shilmaslik harakati BMTdoirasida «77 lar guruhi» dan keyin (130 mamlakat a’zo) tarkibining kengligi bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi. BMT qoshida tashkil etilgan yalpi majlis ikki darajada o’tkazilgan: 1. tashqi ishlar vazirlari darajasida, 2. BMTdagi doimiy a’zolar darajasida. Yuqorida aytib o’tgan xar yili o’tkaziladigan tashqi ishlar vazirlarining va BMT Bosh sessiyasidagi qo’shilmaslik harakati ishtirokchilari bo’lgan davlatlar delegasiyalarining «sentyabr uchrashuvlari»ni shu guruhning yalpi majlisi sifatida qarash mumkin. Ularning asosiy funksiyasi BMTning mazkur sessiyasida qarab chiqiladigan masalalarni muhokama etishdan
41 Движение неприсоединения. М., 1979., С.87. 34
iborat bo’lgan, ba’zan istisno tariqasida boshqa muhim masalalar ham muhokama qilingan va yechilgan. 42
vakillari darajasidagi funksiyasi anchayin oddiy ko’rinishni namoyon etsa ham, ammo u ham biror – bir qat’iy cheklovlardan holi. Bunday majlislarda odatda birlamchi darajadagi muximlikni kasb etgan masalalar muhokama etilgan. 1981- yildan boshlab sentyabr majlislaridan biri Qo’shilmaslik harakati kuniga bag’ishlanadigan bo’ldi. Asosiy e’tibor guruhning yalpi majlisini doimiy ravishda o’tkazishga qaratildi. Gavana konferensiyasining qarorlariga ko’ra yalpi majlislar «Nyu- Yorkda… doimiy tarzda, hech bo’lmagan taqdirda ikki oyda bir marta yoki zaruriyatga qarab undan ko’proq» o’tkazilishi belgilandi. Amaliyotda ikki oyda bir martadan ko’proq ravishda yalpi majlislar o’tkazildi, masalan, 1980-yilda 9 ta, 1981 yilda ham shuncha, 1982 yilda 7 ta shunday majlislar o’tkazildi. 43
Qo’shilmaslik harakati xalqaro miqyosdagi tashkilot funksiyasini bajargani bois o’z vakolati doirasida ma’lum va qarab chiqilgan masalalar yuzasidan qarorlar, rezolyusiyalar chiqaradi. E’tiborga olinadigan tomoni shundaki, masalan BMT doirasida qabul qilingan rezolyuziyalar barcha a’zolar uchun majburiy xisoblanadi, xuddi shunday tushunchani qo’shilmaslik harakati tashkilotlari tomonidan chiqarilgan siyosiy rezolyuziyalarga ham ishlatish mumkinmi? Afsuski, to’lig’icha bunday emas. Bu masalani chuqurroq taxlil qilib o’tsak. Birinchidan, harakat konferensiyalari va majlislarida qabul qilingan siyosiy qarorlar matnida qat’iylik formulasini kuzatish mumkin: konferensiya a’zolaridan «talab qiladi», harakat qatnashchilari mana shunday kursni yoki tamoyillarni qattiq qo’llab – quvvatlanishini «bir ovozdan e’tirof etadi», ular «amalga oshirish yo’lida kelishib olishdi» kabi shakl tuzilishlarni ko’plab uchratish mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, qo’shilmaslik harakati tashkilotlari o’zlarining siyosiy hujjatlarida mana shunday formulirovkaga moyilligini namoyon etib turibdi, ya’ni
42 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.р ед. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.128-129. 43 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.129. 35
ularning ayrim qarorlari oddiy tavsiyalar bo’lib qolmasdan, ularni bajarish shart bo’lgan majburiyatga aylanib qolgan. Bunday holat xatto Qo’shilmaslik harakatining asosiy tamoyillari va maqsadlarining ishlab chiqilishida ham namoyon bo’ladi. Masalan VII konferensiyaning Siyosiy deklarasiyasida delagatsiya boshliqlari tamoyillar va maqsadlar bo’yicha «o’zlarining o’zgarmas pozitsiyada qolishlari ta’kidlaganlar» va shuni qayd etishdiki «bu tamoyillarnining biror bir a’zo davlat tomonidan buzilishini hech qanday holat bilan oqlab bo’lmaydi hamda mutloqo kechirib bo’lmaydi». 44
qilinadigan qarorlar ovoz berish yo’li bilan emas, bunday holatda ayrim masalalar yuzasidan qo’shilmaslik yoki qarshi chiqish, hech bo’lmaganda betaraf qolish mumkin edi, balki konsensus usuli bilan amalga oshgan. Ushbu metodga harakat a’zolari avval boshdanoq katta e’tibor berib kelgan. Bunda harakat qatnashchilari harakat ichidagi birlikni, birdamlikni va o’zaro hamkorlikni ko’radilar. Hatto xarkatning VI konferensiyasida ham konsensus metodi yana bir bor e’tirof etildi. Qo’shilmalik harakatining ishchi guruxlari va ad hoc qo’mitalari 1973 yilda Jazoirda o’tgan qo’shilmaslik harakatining konferensiyasida muvofiqlashtiruvchi byuro tomonidan «doimiy faoliyat ko’rsatuvchi organni tashkil etish bo’yicha masalani o’rganish va takliflar» berish haqida qaror qabul qilingan edi. 1979 yilda Muvofiqlashtiruvchi Byuroning Kolombodagi vazirlar darajasidagi kengashida Nyu-Yorkda tor doirada ishchi guruhini tuzish haqida qaror qabul qilindi. Shu yili Gavanada o’tgan oliy darajadagi qo’shilmaslik harakatining konferensiyasida Shri – Lanka tamonidan harakat doirasida asosiy vazifasi qo’shilmaslik harakatiga a’zo davlatlar o’rtasidagi chegara masalalarini tinch yo’l bilan tartibga soluvchi doimiy organ hisoblangan maxsus komissiya – organ tuzish taklifi berildi. 45
Har ikki loyiha ham to’lig’icha oxiriga yetkazilmadi, chunki harakat qatnashchilari bo’lgan aksariyat davlatlar bunday doimiy organ tuzilishi yoki
44 Движение неприсоединения. Отв.ред. проф. И.И.Коваленко, М., «Наука», 1985, С.290. 45 Движение неприсоединения в документах и материалах. Сост. Р.А.Тузмухамедов, М.; «Наука», 1983, С.135.
36
chegara masalalari bo’yicha komissiya tuzilishi harakatni «uchinchi blok»ka aylantirib qo’yardi deb hisoblashar edi. Shunday bo’lishiga qaramasdan 1982-yilda Gavanada Muvofiqlashtiruvchi byuroning kengashi to’plangan vazirlar Shri – Lanka, Yugoslaviya va boshqa davlatlarning ziddiyat va keskinliklarni tinch yo’l bilan hal etish taklifini sinchkoflik bilan o’rganish uchun maxsus ishchi guruxi tuzildi. Oradan bir yil o’tib Dehlida yig’ilgan harakatning navbatdagi oliy darajadagi konferensiyasida Muvofiqlashtiruvchi byuroga «ishchi guruhining a’zolarini tanlashni yakunlash… va bu masala yuzasidan navbatdagi tashqi ishlar vazirlari konferensiyasida xisobot berishi» yuklatildi. 46
Garchi bu ishlar to’liq oxiriga yetkazilmagan bo’lishiga qaramasdan, amalda harakat ichida doimiy faoliyat yurituvchi bo’g’inlar paydo bo’ldi. Qarama – qarshiliklarni tinch yo’l bilan tartibga soluvchi organlar ham tuzildi. XX asrning 80-yiilari o’rtalariga kelganda shakllangan shu kabi tuzilmalarni, ya’ni organlar ikki guruxga bo’lish mumkin: sessiyali va norasmiy doimiy. Ulardan ikkinchisiga rasman doimiylik maqomi berilmagan bo’lsa ham, doimiy asosda faoliyat yuritadi va o’zining ijrochi apparatiga ega.
Ulardan birinchisiga uch yilda bir marta doimiy ravishda yig’iladigan davlat va hukumat boshliqlarining konferensiyasini, oliy forumlar oldidan yoki har yili Nyu – Yorkda «sentyabr uchrashuvlari» vaqtida yig’iladigan tashqi ishlar vazirlarining konferensiyasini, ikki oyda bir marta to’planishi belgilangan BMTdagi qo’shilmaslik harakatiga a’zo davlatlar guruhining yalpi majlisini va har oyda chaqirib turiladigan muvofiqlashtiruvchi byuroning kengashini kiritish mumkin.
Norasmiy doimiy asosda faoliyat yurituvchi qo’shilmaslik harakati organlariga muvofiqlashtiruvchi davlatni va uning raisini – harakat raisini, tashqi ishlar kengashining raisini va Muvofiqlashtiruvchi byuro raisini kiritish mumkin, qaysiki ular belgilangan tartibga ko’ra qo’shilmaslik harakatining kollektiv organlarining u yoki bu sessiyasiga bog’liq bo’lmagan ravishda uch yil davomida
46 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.135. 37
faoliyat olib boradi. Shu sababli Muvofiqlashtiruvchi davlatning poytaxti qo’shilmaslik harakatining norasmiy poytaxti hisoblangan, Nyu – Yorkda BMT doirasida harakat davlatlari guruxlari tashkiloti doimiy markaz sifatida qaralgan. 47
Yuqorida qarab o’tgan umumsiyosiy doimiy organlar va navbatdagi va navbatdan tashqari sessiyalar shaklidagi organlaridan tashqari qo’shilmaslik harakatida vaqtlar o’tishi bilan ko’pincha ziddiyatli vaqtda aniq bir masalalarni hal qilish uchun chaqiriladigan ad hoc organlari chaqirilgan. Aniq bir ziddiyatli masalalar bo’yicha qo’shilmaslik harakati faoliyati xar doim ham qandaydir bir yangi organni tuzishni talab etmagan. 1979-yilda arab davlatlari Isroil bilan yarash sulhini imzolagan va Kemp – devid shartnomalariga rozilik bildirganligi uchun Misrni qo’shilmaslik harakati a’zoligidan o’chirishni talab qilib chiqishdi. Oliy darajadagi Gavana konferensiyasi Muvofiqlashtiruvchi byuroga ad hoc qo’mitasi sifatida chiqib, navbatdagi konferensiyaga shu masala yuzasidan hisobot tayyorlashni buyurdi. Muvofiqlashtiruvchi byuro o’ziga qo’yilgan mazkur vazifani bajardi va 1981-yilning fevralida hisobotni Dehli konferensiyasi oldidan to’plangan tashqi ishlar vazirlari kengashiga taqdim etdi. Ammo tashqi ishlar vazirlari kengashi Misr maqomi masalasidagi qarorni qo’shilmaslik harakatining oliy darajadgi VII konferensiyasida qarab chiqish uchun qoldirdi. Bu konferensiya chaqirilgan vaqtda amalda Misr maqomi masalasi kun tartibidan olib tashlangan edi. Shunday qilb Muvofiqlashtiruvchi byuroga ad hoc qo’mitasi sifatiga rolni bajarish vazifa qilib yuklanishi bu ma’lum bir prinsipial masalani hal etishda uning aralashuvi bilan bog’liqdir. Ayni vaqtda ko’rilayotgan ziddiyatli masaladan kelib chiqib ikkita guruxga ajratish mumkin: masalan qarama – qarshilikka borayotgan davlatlarning bittasi qo’shilmaslik harakatining a’zolari bo’lishi mumkin, yoki har ikkisi ham shu harakat a’zolari bo’lishi mumkin. Qo’shilmaslik harakati kontingenti ko’paya borgani sari uning tarkibida tor doirada boshqa bir organlarning kengashiga bog’liq bo’lmagan ravishda ishchi,
47 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.136. 38
aloqa va redaksion (noshirlik) guruhlari shakllanib borgan. Misol uchun, 1980- yilda Nyu-Yorkdagi BMT shtab – kvartirasida qo’shilmaslik harakatining Yaqin Sharq va Falastin bo’yicha (16 ta davlat), qurolsizlanish va xalqaro havfsizlik (12 davlat vakillari ishtirokida), Janubiy Afrika bo’yicha (16 davlat), Koreya bo’yicha (5 ta davlat) kabi ishchi guruhlar faoliyat ko’rsatgan.undan tashqari Kipr masalasi bo’yicha 6 mamlakat vakillari kirgan aloqa (kontakt) guruxi, ichki ishlarga aralashmaslik bo’yicha redaksion guruh (10 ta davlatdan iborat) ishlagan. Shuni qayd qilish kerakki, bu guruhlarning ayrimlari juda faol harakat qilib BMT shtab – kvartirasidan tashqarida ham faoliyat ko’rsatgan. 1975-yilda tashqi ishlar vazirlarining Lima konferensiyasida BMT doirasida Muvofiqlashtiruvchi byuro va aloqali «beshlar guruhi» harakati borasida amaliy qadamlar qo’yildi. 48
1976-yilda Kolomboda o’tkazilgan qo’shilmaslik harakatining oliy darajadagi forumi «Isroil okkupasiyasi havfida yashayotgan arab davlatlari va xalqlariga amaliy yordam ko’rsatish bo’yicha qo’mita (qo’shilmaslik harakati vakillaridan iborat)» tashkil etish haqida qaror qabul qildi. 49
1982-yilning iyulida Nikosiyada bo’lgan Muvofiqlashtiruvchi byuroning navbatdan tashqari yig’ilishida o’sha paytda harakatga raislik qilayotgan davlat va sakkizta harakatga a’zo davlatlardan iborat maxsus qo’mita tuzish to’g’risida qaror qabul qildi. Bu qo’mitaning funksiyalari sifatida quyidagilar belgilandi:falastin va livan xalqlarini qo’llab – quvvatlash va yordam berishning aniq chora – tadbirlarini ishlab chiqish, sinchkovlik bilan sodir bo’layotgan voqealarni kuzatish, BMT Bosh Assambleyasi, Havfsizlik Kengashi bilan aloqalarni doimiy saqlab turish, VII konferensiyaga Falastin masalasi bo’yicha maxsus deklaratsiya tayyorlash yuklatildi. 50
Qo’shilmaslik harakati tarkibida shuningdek, boshqa bir masalalar yuzasidan ham ad hoc singari funksiyani bajaruvchi qo’mitalar tashkil etilganligini ko’rish
48 Движение неприсоединения в документах и материалах. Сост. Р.А.Тузмухамедов, М.; «Наука», 1983, С.250. 49 Движение неприсоединения в документах и материалах. Сост. Р.А.Тузмухамедов, М.; «Наука», 1983, С.382. Қўмита таркибига Куба, Кипр, Ҳиндистон, Шри Ланка, Бенин, Сенегал, Гайана, Югославия, Никарагуа кирган. 50 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.141. 39
mumkin. Dehli konferensiyasida Indira Gandiga harakat raisasi sifatida rivojlangan davlatlar boshliqlari va hukumatlari bilan iqtisodiy muammolar bo’yicha muzokaralarga olib borish uchun tarkibiga harakatning bir necha vakillari kiritilgan qo’mita tuzish uchun ko’rsatma berildi. Eron va Iroq o’rtasida boshlanib ketgan urush harakatlari ham Qo’shilmaslik harakati tarkibida bu muammoni tinch yo’l bilan hal etishga yordam berish maqsadida maxsus ad hoc qo’mitasi tashkil etildi. 1980-yilning oktyabrida Nyu – Yorkdagi Muvofiqlashtiruvchi byuro yig’ilishida bu qo’mitani tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi. 1981-yilning fevralida Dehlida o’tkazilgan tashqi ishlar vazirlariningmajlisida bu qaror tasdiqlandi. 51
Qo’shilmaslik harakati xalqaro bir tashkilot sifatida jahondagi xalqaro munosabatlar tizimida o’z so’zini aytishi ko’p jihatdan unga a’zo bo’lib kirayotgan davlatlarning salohiyati va ayni vaqtda ularning soniga ham bog’liq. Agar tashkilot tashkil topgan ilk yillarga nazar solinsa, uholda qo’shilmaslik harakatiga a’zo bo’lmoqchi bo’lgan davlatdan tushgan arizaning va o’sha davlatning navbatdagi konferensiyaga yoki tashqi ishlar vazirlarining kengashi chaqirish kifoya qilgan bo’lsa, 1976 yildan boshlab bu borada alohida tartib ishlab chiqildi. Endi harakatga qo’shilmoqchi bo’lgan davlat ariza bilan Muvofiqlashtiruvchi kengashga murojaat qilishi belgilandi. Bunday istak albatta harakatga a’zo bo’lgan davlatlarning hech bo’lmaganda bittasi tomonidan qo’llab quvvatlanishi shart bo’lgan. Agar Muvofiqlashtiruvchi Byuro a’zolikka davogar mamlakatning arizani qabul qilsa, u holda bu masalani ko’rib chiqishni navbatdagi tashqi ishlar vazirlarining kengashiga taqdim etgan. Kengashda davogar davlat vakili ishtirok etgan yoki bu masala navbatdagi konferensiyaga o’tkazilgan. Bunday «murakkab» a’zolik yo’lining tanlanishi tashkilotning xalqaro obro’ e’tibori o’sa borganligini ko’rsatish bilan birga, ayni vaqtda a’zo bo’lib kirayotgan davlatning nechog’lik qo’shilmaslik harakati talablariga javlb bera olishini ham bilish imkonini bergan.
51 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.141. 40
Shu sabablarga ko’ra 1975-yildan konferensiya yoki yig’ilishlarga taklif etiladiganlar orasidagi «kuzatuvchilar» va «mehmonlar» huquqlari alohida ishlab chiqildi. «Kuzatuvchi» maqomi qo’shilmaslik harakati paydo bo’lgan ilk davrlardan boshlab amalda bo’lgan. Qohira konferensiyasida ishtirok etgan jami 20 ta harakatga a’zo davlat bilan birga kuzatuvchi sifatida Braziliya qatnashgan. Vaqtlar o’tishi bilan bu maqom endi faqat davlatlarga nisbatan qo’llanilib qolmasdan, balki milliy – ozodlik tashkilotlari, BMT, mustaqillikka erishgan davlatlarning hukumatlararo tashkilotlariga nisbatan ham qo’llanila boshlandi. Har bir yangi uchrashuvdan oldin yangi
«kuzatuvchilar» ro’yxati e’lon qilingan. Konferensiyalarda ishtirok etayotgan «kuzatuvchi» maqomiga ega bo’lgan delegasiya forumning yalpi majlisida kirish ma’ruza bilan chiqish qilishi mumkin bo’lgan, ammo unga uchrashuvning ish jarayonida va qaror qabul qilishida faol ishtirok etishi chegaralangan. «Mehmon» maqomi
1970-yilda, Qo’shilmaslik harakatining III
konferensiyasida joriy qilindi. Dastlab bu milliy – ozodlik harakatlarini qo’llab – quuvatlaydigan tashkilot sifatida vujudga kelgan va to IV konferensiyagacha «mehmonlar» guruhini ana shu milliy – ozodlik tashkilortlarini qo’llab – quvvatlovchilar tashkil qilgan. IV konferensiyadan boshlab milliy – ozodlik tashkilotlari qoidasiga muvofiq «kuzatuvchi» maqomini oldi, ya’ni bayonnoma nuqtai nazaridan olib qaraganda bir pag’ona yuqori martabaga (rang) ko’tarildi. Keyinchalik «mehmonlar» maqomi bilan turli tashkilotlar va xalqaro tashkilotlarning ayrim idoralari ishtirok etadigan bo’lishdi. Ularga faqatgina uchrashuvlarda qatnashish huquqi berildi. Yuqoridagi ikkita «maqomlar» ning joriy qilinishi Qo’shilmaslik harakati uchun amaliy ahamiyatga ega deb hisoblash mumkin. Chunki, birinchidan, bunday holat harakatning demokratik tomonini ko’rsatsa, ikkinchidan, harakatning faoliyati to’g’risidagi axborotlarni yanada kengroq doiraga tarqalish imkonini yaratgan. Vaqtlar o’tishi bilan harakatga a’zo bo’lib kirgan aksar davlatlar, asosan
41
Lotin Amerikasi mamlakatlari davtlabki bosqichda «kuzatuvchi» yoki «mehmon» sifatida oliy darajadagi konferensiyalarda ishtirok etib kelgan. Masalan, Qo’shilmaslik harakatining 1998–yil sentyabr oyida Afrika qit’asining Durban shahrida bo’lib XII konferensiyasida kuzatuvchi sifatida quyidagi davlatlar ishtirok etgan:
Armaniston, Dominikan Respublikasi, Belarussiya, Qozog’iston, Braziliya, Qirg’iziston, XXR, Meksika, Kosta-Rika, Paragvay, Xorvatiya, Ukraina, Dominika, Urugvay. «Mehmon» sifatida Avstraliya, Niderlandiya, Avstriya, Yangi Zelandiya, Bosniya va Gersegovina, Norvegiya, Bolgariya, Polsha, Kanada, Portugaliya, Finlyandiya, Koreya Respublikasi, Fransiya, Ruminiya, Germaniya, Rossiya, Gresiya, Slovakiya, Sloveniya, Vengriya, Shvesiya, Irlandiya, Shveysariya, Italiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSh (birinchi marta). 52
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling