Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
qoshilmaslik xarakati shakllanishi va faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB: XX ASR OXIRI XXI ASR BOShLARIDA QO’ShILMASLIK HARAKATI II.1.Qo’shilmaslik harakati-yangi xalqaro munosabatlar tizimida
- Qo’shilmaslik harakatining Shimol bilan muloqot shakli
52
42
II BOB: XX ASR OXIRI XXI ASR BOShLARIDA QO’ShILMASLIK HARAKATI II.1.Qo’shilmaslik harakati-yangi xalqaro munosabatlar tizimida XX asrning oxirgi o’n yilligi katta obro’ qozonib kelgan yirik va taniqli davlatlararo xalqaro tashkilot bo’lgan Qo’shilmaslik xarkatining tarixida burilish yillari bo’ldi. Ayniqsa «sovuq urush» davrining mahsuli sifatida yuzaga kelgan tashkilot, jahonda mazkur siyosatning tugashi, ikkqutblililkka barham berilishidan keyin qaysi pozitsiyada turish masalasi, endigi faoliyatning asosiy yo’nalishlari qanday bo’lish kerakligi masalasi ko’ndalang bo’lib chiqdi. Shunday vaziyatga kirib keldiki, 1991-yilning o’zida Harakatni rasman Argentina tark etdi, bir qancha Lotin Amerika davlatlari ketish tadarogini ko’rib qo’yishdi. Ana shu og’ir sharoitda Harakat raisligiga kelgan Indoneziya davlatining sa’i – xarkatlari o’laroq harakat yashab qoldi va gachi «sovuq urush» iqlimida paydo bo’lgan bo’lsa ham endi qarama-qarshilikning mahsuli bo’lmasligini e’tirof etdi. O’tgan asrning 90-yillarida aksariyat siyosatshunoslar Qo’shilmaslik harkatini amalda hisobdan chiqardi. Shunday bir vaziyatda harakatni «qayta qurish» uchun ilmiy va tashviqot bazasi tayyorlandi. Undagi bir holatga ko’ra, harakat xuddi davlatlarning «forumi» sifatida namoyon bo’lardi. Yana bir boshqa qarashga ko’ra, harakat keyingi voqealar ta’sirida o’zining umrini yashab bo’ldi deyarli degan tushunchalar ham yuzaga keldi. Umuman quyidagi mulohazalarni shu davrdagi harakatga nisbatan siyosatchilar ilgari sura boshladilar: Birinchidan, «qo’shilmaslik» atamasining mazmuni aslida bloklarga qo’shilmaslikni anglatgan. Endi bloklar tarqalib ketsa (yoki ulardan biri) endi «kimga va nima uchun» «qo’shilmaslik» mumkin. Ikkinchidan, Qo’shilmaslik harakati avval boshdanoq G’arb va Sharq o’rtasidagi konfrontasiya atmosferasida vujudga keldi va ular orasidagi ziddiyatlardan foydalanib keldi. Endi ikki mintaqa o’zaro kelishmovchiliklarni tinch yo’l bilan hal etsa, hatto bir – biri bilan hamkorlik aloqalari o’rnatsa, Harakatning bu jarayondagi o’rni qayerga ketadi va missiyasi bunday vaziyatda nimadan iborat bo’ladi? Uchinchidan, Qo’shilmaslik harakatiga har doim antiimperialistik yo’nalish (sobiq SSSRga tayanuvchi) xos
43
bo’lib kelgan, xo’sh endi sovet davlati «sobiqqa» aylangandan keyin harakat tayanuvchi kuch kim bo’lishi mumkin. To’rtinchidan, Harakatning rivojlanishi uning a’zolari o’rtasida har tomonlama hamkorlik munosabatlarining o’rnatilishini taqoza etsada, ammo a’zolar ichida guruhlashish, mintaqaviy va hatto bir – biri bilan qon to’kilishgacha borib yetgan vaziyatni qanday baholash mumkin. Nihoyat beshinchidan, Qo’shilmaslik harakatining natijaviyligi ko’pincha manfiy bo’lib kelgan, yangi xalqaro munosabatlar tizimida shu vaqtgacha deyarli samara bermagan buni rivojlantirishdan umid yo’q. 53
ham jiddiy sinovlar soldi. Keskinlikni tinch yo’l bilan hal etishga qaratilgan mustaqil, shuningdek kollektiv asosdagi qo’shilmaslik harakati a’zo davlatlarining vositachilik chora – tadbirlari amalda hech qanday samara bermadi, harakat tomonlarni muzokaralar stoliga keltirolmadi. Bu hol Qo’shilmasli harakati chida o’z kuchiga va imkoniyatlariga ishonmaslik hissini yanada kuchaytirib yubordi. Fors qo’ltig’ida bo’layotgan hodisalar ko’pchilik qo’shilmaslik davlatlari yana shuning uchun ham tashvishga soldiki, endi oldingi bipolyar tuzilma amalda bo’linmas bir qutbli kuchga aylandiki, unga harakat mustaqil ravishda qarshi tura olmay qoldi. Shu bilan birga qo’shilmaslik harakatida Sharq bilan G’arbning yaqinlashib ketish jarayoni oxir – oqibat «yagona Shimol» va «tarqoq Janub» o’rtasida iqtisodiy qarama – qarshilikka, bu esa o’z navbatida rivojlanayotgan davlatlarning «uchinchi dunyo»ning kompleks muammolari bo’lgan manfaatdorlikni susaytiradi, degan tushuncha paydo bo’ldi. Bu ko’pchilik harakatga a’zo
davlatlarning hisoblashlaricha Harakatning «konseptual muxtoriyati» ga zarba beradi, ustalik bilan harakat qilish imkonyaitlarini cheklaydi, bu bo’lsa o’z navbatida shu vaqtgacha o’ynab kelgan halqaro bosim guruxi sifatidagi rolini boy berishga olib keladi hamda a’zo davlatlar oldida bitta yo’l qoladi, u ham bo’lsa ana shu kuchga moslashuvi, unga bo’ysinishi. Shu bilan bog’liq ravishda qo’shilmaslik harakatining ayrim a’zolari bu tashkilotni
53 Алимов Ю. Движение неприсоединения: слухи о сметри сильно преувеличены// Азия и Африка сегодня, 1992, № 8, С.2 44
depolitizasiya ruxiyatidan kelib chiqib radikal qayta qurish tomonida bo’lib, Harakatni iqtisodiy hamjamiyatga aylantirishni ilgari
surishdi, natijada Qo’shilmaslik harakati va 77 lar Guruhi to’la yo’qolib ketishi mumkin edi. Harakat ichida Sharq va G’arb o’rtasidagi yaqinlashuv havfi va imkoniyalarini tan olib, bunday gipotik «superittifoq» oldida yengilishga umuman yo’l qo’yib bo’lmaydi va unga qarshi kurashga Qo’shilmaslik harakatining kollektiv potensiali yordamida kurashga chaqirish, bu buyuk kuchlar bilan BMT doirasida kurash, Boshassambleya va BMTning maxsus qo’mitalari ahamiyatini oshirish, Havfsizlik kengashini demokratlashtirish va isloh qilish orqali Harakatning o’rnini saqlab qolish tarafdorlari ham bor edi. 54
siyosiy ahamiyatini saqlab qolish yo’lidagi taktikalari va strategiyasi qanday bo’lishi, tashkiliy birlikka erishuvi usullari Jakartada 1992 yil senyatbrda chaqirilgan oliy darajadagi X Qo’shilmaslik harakati forumida o’zining eng yuqori nuqtasiga chiqdi. Ma’lum ma’noda mana shu konferensiya tarixiy ahamiyat kasb etdi yoki Qo’shilmaslik harakatidagi navbatdagi bosqichni boshlab berdi., ya’ni futurolog – skeptikalar (bashoratchilar) tamonidan ilgari surilgan kelgusidagi «dafn ssenariysi» to’lig’icha rad qilindi. Qo’shilmaslik harakati boshqaruvini eng yirik a’zo davlatlardan biri Indoneziya qo’lga kiritdi, uning o’sha vaqtlardagi yetakchisi Suxarto xalqaro maydonda katta obro’ga ega shaxslardan biri edi. Aynan indonez yetakchisining «olovli(pojarnыy)» xukumati davrida (1992-1995-yy, ya’ni harakatga raxbarlik qilgan davrda) Qo’shilmaslik harakati yashab qolishga erishish bilan birga garchi tashkilot avval boshda «sovuq urush» iqlimida paydo bo’lgan bo’lsa ham ammo konfrontasiya, ya’ni qarama – qarshilik mahsuloti hisoblanmaydi. Ana shunda Qo’shilmaslik harakati uchun og’ir bo’lgan kunlarda yetakchi a’zo davlatlarning siyosiy yetakchilari – Hindiston va Indoneziya, Misr va
1964 йилдан БМТ доирасида ривожланаѐтган давлатларнинг мувофиқлаштирувчи – техник механизми сифатида фаолият кўрсата бошлаган ташкилот. БМТнинг савдо ва ривожланиш бўйича 1-окнференциясига тайѐргарлик вақтида (1963-1964-йй) вужудга келган. Дастлабки шунча аъзоси борлиги учун ҳам шу ном билан аталди. 1984-йилга келганда гуруҳ аъзолари сони 125 та давлатга етди. 54 Крылов С.А. Движение неприсоедиения: история, задаси, проблемы, перспективы.// http:|//viperson.ru.data/200604/Dvizhenieneprisoedineniya.doc // 45
Nigeriya, Kolumbiya va Chili – Qo’shilmaslik harakati o’zining har qanday arxaik mafkuraviy «yuklar» dan xolos bo’lgani holda, yangi kriteriya va konsepsiyalarni izlab topish, mavjud xalqaro munosabatlar tizimi sharoitiga mos bo’ladigan zamonaviy hamkorlik mexanizmini yaratish kerakligini tushunib yetishdi. Davr talabini Kolumbiya o’z bo’yniga oldi. 1995-yilning oktyabrda Kartaxenada Qo’shilmaslik harakatining XI sammiti o’z ishini boshladi. Unda harakat boshqaruviga Kolumbiya tamoni
tayinlandi. Yangi
raxbariyat qo’shilmaslikka a’zo davlatlar nomidan harakat zamonaviy ko’pqutbli dunyoni shakllantirishda mustaqil siyosiy kuch sifatida ishtirok etishi qat’iylik bilan ta’kidlandi. Kartaxenada harakatning a’zo davlatlari o’zlari bilan yana ham ko’proq o’rmalashib yoki turli kuchlarning manfaati doirasida muvozanatda qolish uchun mashg’ul bo’lib qolmaslik kerakligi, balki o’zlarining takliflari va yo’nalishini to’g’rilash va koordinatlashtirish hamda jahon siyosati asosiy subyektlari bilan keng xalqaro aloqalarga chiqish zarurligi haqida to’xtamga kelishdi. Undan tashqari G’arb-Sharq qarama – qarshiligi formulasining tarqalishi Shimolni birlashtirish jarayoniga turtki bo’lib xizmat qildi, qo’shilmaslik harakatiga a’zo davlatlar bu jarayonda Janubning birlashishi zarur degan fikrga keldi. Rivojlanayotgan dunyoning siyosiy elitasi o’zlarining qo’lida tayyor mexanizm borligini, u ham bo’lsa Qo’shilmaslik harakati bo’lib, uning institusional asoslarini mustahkamlash Shimol bilan samarali muloqot olib borish imkoniyatini yaratgan. Bunda yana bir holatga bir holatga, ya’ni 77 lar Guruxi bilan o’ralishib qolmaslik ham uqtirildi. Har bir tashkilot xalqaro koordinatlar tizimida o’z o’rnini topishi lozim deb hisoblandi. Kolumbiyaning Qo’shilmaslik harakatiga raxbarlik qilgan uch yillik faoliyati islohotchilik harakati bilan kechdi va qo’shilmaslik harakati davlatlari kutgan maqsadlarni oqladi xisob. Bu masala Qo’shilmaslik harakatining navbatdagi, Durbanda (JAR, 1998-yil, sentyabr) o’tgan XII Konferensiyada yana bir bor e’tirof etildi. Mazkur sammitda harakatning xalqaro munosabatlar tizimida o’rni va rolini mustahkamlovchi Durban Deklarasiyasi qabul qilindi. Ma’lum ma’noda bu deklarasiya rivojlanayotgan davlatlarning XXI asrga kirish dasturi bo’ldi. Shunday 46
qilib Durban sammiti bir vaqtlar, 1992-yilda Jakarta boshlangan Qo’shilmaslik harakati tarixidagi qiyin va anchayin ma’suliyatli bo’lgan bosqichini yakunlab berdi. Yangi vujudga kelgan xalqaro munosabatlar sharoitida o’zining kerak tashkilot ekanligini ko’rsata oldi va bu yo’nalishda zaruriy mezonlarni ishlab chiqa oldi. Shunday qilib mashhur gamletcha ibora bo’lgan «to be or not to be» (bыt ili ne bыt) Qo’shilmaslik harakati uchun yopildi. 55
Agar mantiqan olib qaraganda, yuqoridagi mulohazalar asosga ega. Shuncha fikrlarga qaramasdan, Harakat yashashda va faoliyat yuritishda davom etdi. Harakat baribir o’zining pozitsiyasida qattiq turdi. 1991-yilning sentyabrida Akkra (Gana)da o’tgan Qo’shilmaslik harakati mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining konferensiyasida sal
avvalroq ilgari
surila boshlangan «qo’shilmaslik» tushunchasidan voz kechish va «Harakat» nomini o’zgartirish taklifi rad etildi. Qo’shilmaslik harakati a’zolari harakatni birdan – bir maqsad (samosel) sifatida qaramadilar. Ularga Harakat doimo birinchi navbatda, har tamonlama rivojlanishni ta’minlovchi va xalqaro maydonda o’zlarining ahvolini mustahkamlash uchun zarurdir. Yangi xalqaro munosabatlar sharoitida, Belgradda 1989-yilning sentyabrida o’tgan Harakatning oliy forumida ikkita strategik vazifalar ilgari surildi: «XXI asr bo’sag’asida qo’shilmaslik davlatlarining rivojlanishi uchun nisbatan eng yaxshi sharoitlarni yaratish» va dunyodagi vaziyatga yanada faolroq ta’mir ko’rsatish. Bizningcha XX asrning 90-yillarida Harakatning kelajagiga ishonch borligini navbatdagi muddatga raislikka saylangan Indoneziyaning xatti – harakatlari bilan ham bog’lash mumkin. Chunki xalqaro maydonda kattagina nufuzga ega bo’lgan Suxarto zo’r berib harakatni yashab qoldirishga erishdi. Shu davlatning o’sha vaqtlardagi tashqi ishlar vaziri Ali Alatas navbatdagi uch yilga raislikni Indoneziya olishi arafasida shunday fikrni bildirib o’tadi: «Qo’shilmaslik harakatida to «uchinchi dunyo» mamlakatlari bor ekan kelajak bor». 56
55 Крылов С.А. Движение неприсоедиения: история, задаси, проблемы, перспективы.// http:|//viperson.ru.data/200604/Dvizhenieneprisoedineniya.doc / 56 Алимов Ю. Движение неприсоединения: слухи о сметри сильно преувеличены// Азия и Африка сегодня, 1992, № 8, С.5 47
1995-yilning oktyabrida Kartaxenda bo’lib o’tgan Qo’shilmaslik harakatining XI sammitida Kolumbiya navbatdagi uch yillik muddatga raislikka saylandi. Sammitda a’zo davlatlar yakdillik bilan Harakat zamonaviy ko’pqutbli dunyoni shakllantirishda mustaqil siyosiy kuch sifatida qatnashishda davom etishligi ta’kidlandi. Shuningdek, o’z-o’zlari, qolaversa turli kuchlarning manfaatlarini tenglashtirish bilan mashg’ul bo’lib qolmasdan, o’zlarining munosabatlarini to’g’rilash va aniqlashtrishi hamda jahon siyosatining barcha asosiy subyektlari bilan keng xalqaro munosabatlarda hamkorlik qilish zarurligi to’g’risida to’xtamga kelishdi. G’arb – Sharq formulasining tarqalib ketishi Shimolning birlashishi uchun turtki bo’ldi, qo’shilmaslik davlatlarining fikricha shu ishni janub bilan ham amalga oshirish kerak. Rivojlanayotgan dunyoning siyosiy elitasi bu ishni amalga oshirish uchun boshqa vazifalar ishlab chiqish zarur emaslgini, ularda buning uchun tayyor mexanizm – Qo’shilmaslik harakati borligini yaxshi tushunardi. Harakatni institutsional asoslarda mustahkamlash Shimol bilan faol muloqot o’rnatish imkonini beradi. Bunda yana bir masala ko’ndalang paydo bo’ldi, ya’ni 77-lar guruhi bilan o’ralashib qolmaslik. Har bir tashkilot xalqaro maydonda o’zining aniq yo’nalishini belgilab olishi zarur. 57
hamjamiyatining har bir a’zosining barqaror taraqqiyotga erishish manfaatlari mavjud. Shuning uchun ham Qo’shilmaslik harakati davlatlari Harakatga yangi ampula berar ekan, uning birinchi navbatda rivojlanayotgan davlatlarning hayotiy zaruriyat bo’lgan ijtimoiy – iqtisodiy muammolarini xalqaro maydonda himoya qilib chiqish zarur degan xulosaga kelishdi. Kartaxenadagi sammitda ishtirokchi davlatlar bu maqsadlarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirib o’tishdi. Harakat buni birdamlik va o’zaro
1966-йила вужудга келган ривожланаѐтган давлатларнинг иқтисодий бирлашмаси.БМТ ва унинг ташкилотларида умумий манфаатларда иштирок этади. 57 Крылов C. Движение Неприсоединения на пороге ХХI. // векаhttp:// old.nasledie.ru/politvne/186/article.php?art=20 48
harakatni mustahkamlovchi Janub – Janub yo’nalishida va Shimol bilan hamkorlik va sheriklikni rivojlantirishda belgiladi. Kolumbiyaning uch yillik raisligi davri Qo’shilmaslik harakatida islohot o’tkazish bilan kechdi. Buning amaliy ifodasini Durbanda (JAR, 1998-yil sentyabr) o’tgan Harakatning XII Konferensiyasida ishtirokchi davlatlar tamonidan yakdillik bilan qabul qilingan Durban Deklarasiyasida ko’rish mumkin. Deklarasiyada «uyg’onayotgan millatlar erasiga, Janub erasiga, umidlarni ruyobga chiqaruvchi eraga o’z o’rnini bo’shatib bergan yangi ming yillikning ilg’or kuchlari» sifatida Qo’shilmaslik harakatining xalqaro maydonda o’rni va roli mustahkamlanib qo’yildi. Amalda bu dastur rivojlanayotgan davlatlarning XXI asrga qo’ygan qadami edi. Shu tariqa Durbandagi Harakat sammiti Qo’shilmaslik harakati tarixida Jakartada 1992-yil boshlangan ma’suliyatli bir davrni, yangi «xalqaro munosabatlar tizimida» o’rni va rolini aniqlashga intilgan bir bosqichni yakunlab berdi.
Durban sammitida asosiy kun tartibidagi masala sifatida Janub – Janub yo’nalishi bo’yicha xalqaro munosabatlarning globallashuv va liberalizasiyalashuv hamda xalqaro iqtisodiyotning o’zaro aloqadaorligining chuqurlashuvi sharoitida qo’shilmaslik davlatlar orasidagi siyosiy birdamlikni mustahkamlashga qaratildi. Harakat shunga aminki, rivojlanayotgan dunyo taraqqiyot tomon ketmoqda va bunga imkoniyat yetarlidir. Muammo shundaki, Janub avvalgidek o’z xom ashyo mahsulotlarni Shimolga eksport qiluvchi bo’lib qolmoqda, shuning uchun ham Shimol – Janubning «vertikal» moliyaviy oqimi dahlsiz bo’lib qolmoqda. Janub – Janubning San–Xoseda (1997-yil yanvar) bo’lib o’tgan rivojlanayotgan davlatlarning savdo, moliya va investision siyosati bo’yicha o’tkazilgan konferensiyasida maxsus dasturlar ishlab chiqildi hamda Janubning nisbatan rivojlangan davlatlariga tavsiyanomalar yaratildi. Unga muvofiq, Janubning kam rivojlangan iqtisodini yuksaltirish uchun «uchinchi dunyo» mamlakatlarida yangi va foydali bozorlarni ochish, shu orqali ularga investisiya kiritish nazarga olindi. San – Xoseda ishlab chiqilgan, keyin Durban sammitining yakuniy hujjatida aks etgan Janubning o’zaro hamkorlik loyihasi «Janubning Janubga donorligi» deb
49
nom oldi. Ana shunday modelda Janub potensial himoyani ko’radi, qaysiki unga bir tomondan Shimol bilan raqobat qilishga yordam bersa, ikkinchi tomondan Janubning iqtisodiy rivojlanishiga sharoit yaratishi kerak edi. 58
Ana shu yo’nalishda Harakat ta’kidlaydiki, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining regional va subregional hamkorligi intensifikasiyasi, u yerda faoliyat yuritayotgan savdo-iqtisodiy ittifoqlar hamda jamiyatlar Janubning uchta qit’a iqtisodiy hamjamiyatini shakllantirishda poydevor bo’lishga chaqirilishi lozim. Mazkur loyihani hayotga tadbiq etish maqsadida Durbandagi forum ishtirokchilari bo’lgan qo’shilmaslik harakati davlatlari BMT rahbarligida Janub – Janubning butun jahon sammitini chaqirish kerakligini tasdiqladilar. Uni o’tkazishga tayyorgarlik masalasi Jakartada o’tgan (Indoneziya, 1998-yil avgust) 77-lar Guruhining uchrashuvida muhokama qilindi.
Harakatning Kartaxena forumida Shimol bilan Janubning harakatlarni muvofiqlashtiruvchi 7-lar guruhi va YeI (Yevropa Ittifoqi) o’rtasida kompakt operativ mexanizmini yaratish to’g’risida qaror qabul qilindi. Ya’ni Harakatdan uchta a’zo davlat (sobiq, amaldagi va keyingi raislik qiluvchi davlatlar) va YeI dan harakat «namunasidagi va o’xshash» uchlik tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi o’tkazilishi kerak edi. 1996 yilda bo’lib o’tgan ana shu taqliddagi (Fransiya ham ishtirok etgan) birinchi uchrashuvda Shimol Qo’shilmaslik harkatidan tashabbusni olib qo’ydi. Oqibatda Qo’shilmaslik harakatining Katta sakkizlik guruhi bilan vazirlar darajasidagi aloqalari – yiliga ikki
marta, ya’ni Katta sakkizlikning navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvidan oldin hamda Nyu-Yorkda BMTning Bosh Assambleyasidan oldin – shakllantirildi. Shu tariqa Janub va Shimol o’rtasidagi muloqotlarga amaliy tus berilmoqda.
Durbandagi iqtisodiy masalalarga oid qabul qilingan hujjatdan keyin Dehlida, 1997-yil aprelida o’tgan Harakatga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining konferensiyasida harakatga a’zo davlatlar ichidan taniqli iqtisodchilar
58 Крылов C. Движение Неприсоединения на пороге ХХI. // векаhttp:// old.nasledie.ru/politvne/186/article.php?art=20 50
kiritilgan maxsus iqtisodiy guruhni tashkil etishdi. Ushbu guruhning asosiy vazifasi Shimol bilan bo’ladigan iqtisodiy hamkorlik bo’yicha yo’riqnomalar ishlab chiqish va uni yo’lga qo’yish edi. Ushbu yo’nalishda Shimol bilan quyidagi masalalarda muzokaralar olib borish kerakligi belgilandi:
xalqaro moliyaviy tashkilotlarni isloh qilish; qarz restrukturizasiyasi va uni ko’rib chiqish muddatni kamaytirish;
nisbatan qashshoq, birinchi navbatda Afrika
davlatlarining qarzdorligini hisobdan chiqarish;
rivojlangan davlatlarning investision banklari faoliyati ustidan nazorat o’rnatish;
rivojlanayotgan davlatlarning milliy moliyaviy tizimiga katta havf bo’lgan chet el valyutalarning xalqaro miqyosdagi chayqovchiligini to’xtatish;
xalqaro savdonining proteksionizmi va liberalizasiyasi; zamonaviy texnologiyalarga ega bo’lish. 59
bir bor Qo’shilmaslik harakati tomonidan e’tirof etildi. Harakat jahondagi vaziyatga baho berishda intervensionizm, bir tomonlamalik va eksterritorial harakatlar to’lig’icha zamonaviy xalqaro munosabatlar amaliyotidan to’lig’icha olib tashlanishi nuqtai – nazaridan yondoshadi. Ta’kidlandiki «ikki qutbli dunyoning yemirilishi … siyosiy va harbiy o’lchov bo’lgan bir qutlilikka olib keldi, qaysiki u jahonda tengsizlikni va adolatsizlikni keltirib chiqaradi». 60
shakllanishida BMTning rolini oshirish zarurligini ta’kidlaydilar. Bugun aynan harakatga a’zo davlatlar BMT timsolida barcha a’zolarining manfaatlarini himoya qila oluvchi tashkilotni ko’radilar. Ammo yangi xalqaro munosabatlar tizimi BMTni ham isloh etish zarurligini kun tartibiga ko’tardi va uni isloh qilish lozim deb hisoblaydi Harakat.garchi aniq bir islohot dasturini ishlab chiqmagan bo’lsa ham, ammo qo’yidagilarni amalga oshirish kerakligini ta’kidlaydilar:
59 Крылов C. Движение Неприсоединения на пороге ХХI. // векаhttp:// old.nasledie.ru/politvne/186/article.php?art=20 60 Крылов C. Движение Неприсоединения на пороге ХХI. // векаhttp:// old.nasledie.ru/politvne/186/article.php?art=20 51
Havfsizlik Kengashi va Bosh Assambleyalar vakolatlarni oxirgisi foydasiga qayta taqsimlash,
Uning Havfsizlik Kengashi oldida hisobot berishini yo’lga qo’yish, maxsus organlar va tashkilotlar rolini oshirish. Qo’shilmaslik harakati davlatlari Havfsizlik Kengashidagi islohot BMT faoliyati strukturasi va metodidagi barcha qayta tashkil etish ishlari bilan parallel va «yagona paketda» amalga oshirish lozim, degan fikrdadirlar. Ularning fikricha, Kengash tarkibi hech bo’lmaganda 11 nafar doimiy bo’lmagan a’zolargacha, «boshqa a’zolik kategoriyasi» bo’yicha kelishuvga erishilmasa, geografik jihatdan tenglik prinsipiga asoslangan holda oshirilishi kerak. «Veto» institutini BMT Nizomining VII Bobida belgilab qo’yilgan hech bo’lmaganda dastlabki bosqichda uni amalga oshirishgacha cheklash. Havfsizlik Kengashining barcha ishi transparentli bo’lishi lozim. Havfsizlik Kengashi strukturasini o’zgartish uchun BMTga a’zo davlatlarning mutloq ko’pchiligi, 2/3 qismi qarori bilan amalga oshishrilishi kerak, oldingidek ovoz berishda ishtirok etayotganlarning2/3 qismi ovozi bilan emas, degan taklifni beradi. Shunday qilib, islohotning asosiy obyekti qilib BMTning o`zi emas, Havfsizlik Kengashi tanlab olindi. Ma’lum ma’noda bunga rivojlanayotgan yirik davlatlar bo’lgan Hindiston va Indoneziya, Nigeriya i JAR, Braziliya i Argentina kabilarning o’zlarining mintaqaviy guruhlari nomida BMTning mazkur organida doimiy a’zo bo’lmaganliklari uchun, qolaversa, ularning bevosita ishtirokisiz Havfsizlik Kengashida islohotlar amalga oshirilgudek bo’lsa, unda Shimolning ustun mavqe qozonishi havotiridan kelib chiqib norozilik chiqishlari ham sabab bo’ldi. Bir so’z bilan aytganda ushbu Organ tarkibiga yakka holda kirish imkoniyati yo’qligini tushungan. Qo’shilmaslik Harakatining yirik vakillari, Harakat orqali bunga erishish istagidalar. Shuning uchun ham Durban forumida Harakatning amaldagi raisi boshchilik qiladigan BMTni isloh qilish bo’yicha ishchi guruhigaTashkilotni islohot qilish parametrlarida umummanfaatlarga erishish yuzasidan qo’shilmaslik davlatlarining BMTga a’zo bo’lgan boshqa mamlakatlar bilan konstruktiv asosdagi hamkorlik yo’nalishini davom ettirish buyurildi.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling