Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
qoshilmaslik xarakati shakllanishi va faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqa global muammolar bo’yicha Qo’shilmaslik harakatining pozisiyasi.
- II.3 Qo’shilmaslik harakatining oldida turgan muammolar va muhim vazifalar
52
II.2. Qo’shilmaslik harakati va xalqaro havfsizlik masalalari Biz yuqorida aytib o’tdikki, qo’shilmaslik harakati o’zining eng asosiy maqsadi sifatida birinchi navbatda xalqaro tinchlikni ta’minlash, qurollanishga qarshi kurashish va umuman «bloklar» o’rtasidagi qarama – qarshilik girdobiga tushib qolmaslikni ko’rsatdi. Shu asosda biz ma’lum ma’noda bu harakatni ko’proq tinchlik uchun kurshuvchi bir xalqaro tashkilot maqomida ko’rishimiz mumkin. Ikkinchi jahon urushi boshlab bergan «sovuq urush»ning eng og’ir oqibati qurollanish poygasining boshlanib ketishi bo’ldi. Qurollanish poygasi shu darajaga borib yetdiki, bunda eng samarali qurol hisoblangan yadro, atom, vodorod bombalariga ega bo’lish va uni yaratish dunyoda o’z so’zini aytishning bir vositasiga aylandi. Lusaka, Jazoir va Kolomboda o’tgan qo’shilmaslik harakatining oliy darajadagi uchrashuv va konferensiyalarida ishtirokchi davlatlar dunyoda tinchlik va havfsizlikni ta’minlashni bosh omili umummiqyosda qurollanishdan voz kechish va to’lig’icha qurollanish poygasini tugatish ekanligi alohida qayd qilib o’tildi. O’tgan asrning 70-yillar oxiri va 80-yillar boshlariga kelganda, qurollanish poygasi borgan sari avjiga chiqqan bir sharoitda, Qo’shilmaslik harakati davlatlari bunga qarshi kurash yo’lida tobora jips ekanligini ma’lum qildilar va bu borada yangi sahifani ochishga erishdi. Agar ikkinchi jahon urushidan faqat AQSh yadro qurolining tanho egasi sifatida chiqqan bo’lsa, keyingi yigirma yillik vaqt ichida bu qurolning sohibi bo’lgan davlatlar miqdori bir nechtaga yetdi. Natijada dunyo yangi bir urush, yadro urushlari bo’sag’asiga kelib qoldi. Xo’sh, yadro quroliga va umuman qurollanishga qarshi hamda xalqaro havfsizlikni ta’minlash yo’lida Qo’shilmaslik harakati qanday ishlarni amalga oshirdi. 1961-yildagi BMT Bosh Assambleyasining XVI sessiyasida Gana, Gveneiya,indoneziya, Togo, Tunis, Efiopiya va yana besh harakat a’zosi yadro qurolini qo’llashni ta’qiqlovchi № 1653 rezolyusiyasini imzoladi. 61
61 Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные отношения», 1985, С.201. 53
1963-yilda Moskvada Angliya, AQSh va sobiq sovet davlati o’rtasida Yadro qurolini atmosferada, suvda va kosmos kengligida qo’llashni tahqiqlovchi shartnoma imzolandi, ammo bu shartnoma yerostida yadro qurolini ishlatmaslikni nazarda tutdi xolos. Ammo shunday bo’lsada, Qo’shilmaslik harakatining ayrim davlatlari bu shartnomani imzolamadilar, yana ayrim a’zo davlatlar ratifikasiya qilmadi. Umuman olib qaraganda, XX asrning to 90-yillarigacha bo’lgan davrda Qo’shilmaslik harakatining dunyo miqyosida qurollanishi yoki yadro qurolini ta’qiqlash masalasidagi faol ishtiroki ko’pincha «ikki qutb yetakchilari» ning bu sohada erishgan kelishuvlari tagida qolib ketgan. Ya’ni agar mazkur kuchlar bu borada biron kelishuvga erishsalar, o’sha kelishuv harakat a’zolari tomonidan qo’llab – quvvatlangan yoki rad qilingan. O’tgan asrning 90-yillardan boshlab xalqaro munosabatlar tizimida yuzaga kelgan ko’p qutblilik tamoyili ma’lum ma’noda Qo’shilmaslik Harakatiga sezilarli ta’sir o’tkazdi. Ortga chekinishni istamagan harakat global miqyosdagi muammolarni muhokama qilishda va unga yechimlar topishda davom etaverdi. Yangi asr boshlarida qo’shilmaslik harakati davlatlarining Adelphi 427 deb nomlanuvchi alohida bir siyosati shakllandi. Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, shu davrga kelganda yadro qurolini tarqatmaslik va undan voz kechish sohasida shartnoma harakatga a’zo bo’lgan davlatlarning uchdan ikki qismi imzolagan. Yadro quroliga nisbatan Qo’shilmaslik harakatiga a’zo davlatalr ichida bir tomonlama qarash XXI asr boshlariga kelganda ham saqlanib qolaverdi. Chunonchi harakatning faol a’zolaridan biri bo’lgan Eron bugungi kunning yadro xalqaro muammosi markazidagi figuraga aylandi. Ana shu davlat 2012 yildan xarkatga raislik qilish bo’yicha taklif berganligi, harakatni yana bir bor (xuddi XX asrning 90-yillaridagi kabi) burilish bosqichiga olib keldi. Qolaversa harakatga a’zo davlatlar tomonidan 2015 yildan boshlab yadro qurolini tarqatmaslik borasida bir to’xtamga kelish masalasi ilgari surilmoqda. XX asr oxiri XXI asr boshlarida garchi xalqaro maydonda kuchlar nisbati umuman o’zgarib ketgan bo’lsa, ham Qo’shilmaslik harakati o’zining eski tamoyiilaridan bo’lgan qurollanishga qarshi kurashni, birinchi navbatda yadro 54
qurolini tarqatmaslik siyosatini asosiy vazifa sifatida kun tartibiga ko’tardi. XII oliy darajadagi Harakatning konferensiyasida yana bir bor bu siyosatdan voz kechmasligi ma’lum qilindi. Bu maqsadga erishish uchun uzoq va bosqichma – bosqich bo’lgan jarayonni o’tishini belgilab oldi. Barcha qo’shilmaslik mamlakatlarini Yadro Qurollarini Tarqatmaslik haqidagi Shartnomaga (YaQTSh) hamda Yadro Sinovlarini Ta’qiqlash to’g’risidagi Shartnomaga (YaSTSh) qo’shilishni, shuningdek yadro qurollarini tarqatmaslik tuzumini rivojlantirish va mustahkamlashga chaqirdi. Qo’shilmaslik harakatiga a’zo davlatlar YaQTSh bo’yicha konferensiya o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish hamda YaSTSh majburiyatlari bo’yicha keng xalqaro nazoratni ta’minlash lozimligi to’g’risida bayonot berdilar. Durban forumida Janubiy Osiyoda amalga oshirilgan yadro sinovlarini to’xtatish borasida duch kelingan qiyinchilik haqida so’z bordi. Harakat Hindiston va Pokistonning yadro sinovlarini o’tkazganligini ochiqdan – ochiq muhokama qila olmadi, shunday bo’lsa ham ikki davlat BMT Bosh Assambleyasining 53-sessiyasida «yaqin kelajakda» YaSShT ga qo’shilishi haqida bayonot berdi. 62
harakati qo’rolsizlanish yo’nalishining yana bir muhim yo’nalishi odatiy qurollarning, birinchi navbatda «uchinchi dunyo» mamlakatlarida muvozanatini saqlab qolish va ta’minlashdan iborat. Bunda mintaqaviy darajada qurollanishni tartibga olishga ahamiyat qaratilishi, ammo BMT Nizomida mustahkamlanib qo’yilgan har bir davlatning o’z-o’zini mudofaa qilish huquqini e’tiborga olgan holdi, belgilandi. Shuningdek Durban sammitida odatiy qurollarning noqonuniy tarqalishiga qarshi faol kurashish kerakligi uqtirildi. Bunga bog’liq ravishda Qo’shilmaslik harakati shu turdagi qurollarni yetkazish ustidan xalqaro nazoratni kuchaytirish hamda xalqaro qurol savdosining transparentligi bo’yicha barcha imkoniyatlardan foydalanish g’oyasini ilgari suradi. Ko’pchilik qo’shilmaslik davlatlarining nuqtai nazaridan kelib chiqib Qo’shilmaslik harakati tez fursatlarda yadro va odatiy
62 Крылов C. Движение Неприсоединения на пороге ХХI. // векаhttp:// old.nasledie.ru/politvne/186/article.php?art=20 55
qurollar muammosiga bag’ishlangan BMT Bosh Assambleyasining IV maxsussessiyasini o’tkazish taklifi bilan chiqqan. 63
I.Shakarning fikricha: «2012 yilda Qo’shilmaslik harakati doirasida Yaqin Sharqda yadro qurolidan xoli xudud yaratish va yadro va boshqa har qanday ommaviy yo’qotishga asoslangan qurollardan voz kechishga qaratilgan Konferensiya o’tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek Konferensiyada harakatning yadro siyosatini 2015-yilgacha kuchga kiritish masalasi ham muhokama qilinadi». Avstraliya Milliy Universiteti kansleri, sobiq Avstraliya tashqi ishlar vaziri Garet Evans bo’lsa «xarkatga a’zo davlatlar ko’proq o’zlarining milliy masalalari bilan shug’ullanishlari natijasida sovuq urushdan keyingi bosqichda harakatda «anarxizm» kuzatilsada, ammo baribir Qo’shilmaslik harakati yadro muammosini har bir konferensiyalarida muhokama etishda davom etaveradi», - degan fikrni bildirib o’tdi. 64
Boshqa global muammolar bo’yicha Qo’shilmaslik harakatining pozisiyasi. XXI asrning global muammolari qatoriga kirib ulgurgan terrorizm, ayniqsa, «yadro terrorizmi» masalasi Qo’shilmaslik harakatini ham tashvishga solib qo’ymoqda harakatga a’zo davlatlarning aksariyati rivojlanayotgan davlatlar maqomida bo’lib, o’zlarining taraqqiyoti uchun ayrimlarida yadro energetikasidan foydalanish holatlari mavjud. Bu esa «yadro terrorizmi» havfini yanada oshiradi. Garchi shunday
bo’lishiga qaramasdan, hamon Qo’shilmaslik harakati konferensiyalarida bu tushuncha rasmiy hujjatlarda o’z aksini topgani yo’q, yadro qurolisiz dunyoda tinchlikni o’rnatish mumkin deb hisoblashda davom etmoqda. Shunday bo’lsada, xalqaro munosabatlar tizimidagi bir vaqtlar asosiy masala bo’lgan yadro qurolini cheklash endi «yadroviy havfsizlikka» aylanganini hisobga olgan Qo’shilmaslik harakati ham bu borada ma’lum bir tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirishga kirishgan. Bu borada maxsus guruxlar tashkil etildi va
63 Крылов C. Движение Неприсоединения на пороге ХХI. // векаhttp:// old.nasledie.ru/politvne/186/article.php?art=20 64 www.iiss.org/publications/adelphi-papers/adelphis-2012/nuclear-politics-and-the-non-aligned-move ment/ 56
ular bir necha institutlarda mazkur masalaga yechim topish bo’yicha izlanishlar boshlab yuborishgan. 65
harakati bunga qarshi kurashish uchun BMT doirasida konstruktiv asosdagi ko’p tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yishning, har qanday terroristik harakatlarga kollektiv kurashish bo’yicha aniq chora tadbirlarning muhokmasiga bag’ishlangan davlat va hukumat boshliqlari darajasidagi xalqaro konferensiyani tez fursatlarda o’tkazishning, shuningdek, barchani qoniqtiradigan terrorizmga qarshi kurash bo’yicha konvensiya ishlab chiqishning tarafdoridir. Undan tashqari Durban forumida yana bir bor milliy ozodlik va o’z – o’zini boshqarishga kolonializm, tashqi aralashuv va okkupasiyaga qarshi prinsipial pozitsiyada ekanligi ta’kidlangani holda xalqaro hamjamiyatni «terrorizmni ana shunday kurash bilan tenglashtirmaslikka» chaqirdi. 66
inson huquqlarini himoya qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Harakat Inson huquqlari bo’yicha BMTning Jeneva komissiyasi faoliyatini qo’llab – quvvatlashini ma’lum qildi. Inson huquqlari bo’yicha umumjahon Deklarasiyasi talablarini to’lig’icha tan olgani holda Qo’shilmaslik harakati istisno tariqasida gumanitar huquq va erkinliklarning himoyasi bahonasi bilan qo’shilmaslik harakati davlatlarning ichki ishlariga aralashishni yoki har qanday iqtisodiy va siyosiy bosim o’tkazishga qarshi ekanligini hamda «har bir mamlakatlarning milliy, mintaqaviy, tarixiy, madaniy va diniy o’ziga xosliklari xurmat qilinishi» ta’kidlandi. 67
ziddiyatlarga ham katta e’tibor qaratmoqda. Bunda xalqaro va mintaqaviy havfsizlikni ta’minlash va qo’llab – quvvatlash faqatgina BMTga tegishli vakolat ekanligini istisno qilmoqda. Harakatning fikricha, BMT ning roziligi orqali
65 Раджив Наян. Движение неприсоединения и ядерной безопасности. 16 марта 2012 http:// www.idsa.in/issuebrief/TheNonAlignedMovementandNuclearSecurity _rnayan_160312 66 Крылов C. Движение Неприсоединения на пороге ХХI. // векаhttp:// old.nasledie.ru/politvne/186/article.php?art=20 67 Крылов C. Движение Неприсоединения на пороге ХХI. // векаhttp:// old.nasledie.ru/politvne/186/article.php?art=20 57
mintaqviy ziddiyatlarni tartibga solish ishiga mintaqaviy tashkilotlar ham qo’shilishi mumkin, shunga mos bo’lgan qaror ziddiyatda ishtirok etuvchi barcha davlatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak. Oxirigi vaqtlarda Qo’shilmaslik harakatida u yoki bu ziddiyatli jarayonlarni tartibga solishida mo’tadillik, kompromissga moyillik, aniq baho berishdan qochish holatlari kuzatilmoqda. Ancha eskirib qolgan xalqaro ziddiyatlardan biri hisoblangan Yaqin Sharq muammosiga nisbatan o’ziga xos pozitsiyani namoyon etmoqda. Zotan bunda Harakat oddiy statist rolini bajarmayapti. Ko’p jihatdan bu Harakatning sobiq va amaldagi raislari – Kolumbiya va JARning prezidentlari E.Samper i N.Mandela (undan keyin T.Mbeki)
harakatlari bilan bog’liq. Ular Isroil va Falastin rahbarlari bilan doimiy aloqalarni qo’llab – quvvatladilar va uni davom ettirishmoqda. To mana shu zaminda tinchlikka erishguncha Qo’shilmaslik harakati o’z siyosatini davom ettirishni ma’lum qildi. Garchi buning birgina yechimi Isroilning o’zi bilan bog’liqligini bilsa ham.
58
II.3 Qo’shilmaslik harakatining oldida turgan muammolar va muhim vazifalar XX asr adog’ida dunyoda sodir bo’lgan xalqaro munosabatlar tizimidagi keskin o’zgarishlar sharoitida o’z mavqeyini ushlab qolgan Qo’shilmaslik harakati XXI asr boshlariga kelganda asosiy masala sifatida kun tartibiga qashshoqlikni tugatish va «uchinchi dunyo» davlatlarining mo’tadil rivojlanishini ta’minlashni qo’ydi. 1998-2005 yillar davomida harakatga raislik qilgan Janubiy Afrika Respublikasi va Malayziya shu muddat davomidagi butun faoliyatini ana shu masalalarni hal etishga qaratdi. Mazkur davlat yetakchilari BMT doirasida o’tkazilgan 2000 va 2005 – yilgi Nyu – Yorkdagi Sammitlarda, Monterreda (2002 – yil, Meksika) o’tkazilgan Moliyaviy rivojlanish bo’yicha xalqaro konferensiyada, Yoxannesburgda bo’lib o’tgan Barqaror taraqqiyot bo’yicha butunjahon Sammitida (2002 yil, sentyabr, JAR) kabilarda jahaon jamoatchiligini ana shu masalalarga qaratuvchi ma’ruza va chiqishlar bilan ishtirok etdi. Shu yo’nalishda Qo’shilmaslik harakati va 77-lar guruhi tomonidan maxsus 2000 yil Gavanada, 2005 yil iyunda Doxada Janub-Janub sammitlari chaqirildi. Ammo, Janub uchun umumiy bo’lgan platformani shakklantirishga, shuningdek Shimol bilan bo’lgan siyosatdagi proteksionizmni, qarzdorlikni, rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotiga investisiyalarni jalb qilish muammolari qaratilgan masalalarda Qo’shilmaslik harakati davlatlari yagona to’xtamga kela olmadilar.
Qo’shilmaslik harakati davlatlari orasidagi bunday to’xtamga kela olmaslikni o’z – o’zidan sodir bo’lmagan bir holat sifatida qaramaslik kerak, buni ko’proq harakatning ichidan qidirish kerak. O’tgan asrning 90-yillar oxirida ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan Harakat ichida yuzaga kelgan uchta guruhni ko’rsatish mumkin. Birinchi guruxga Janubiy – Sharqiy Osiyoning rivojlanish yo’liga kirib olgan yangi industrial davlatlarini, yetakchi Lotin Amerika mamlakatlarini, JAR,Misr va neft zahirasi hisobiga «uchinchi dunyoda» yangi bozorlarga ega bo’lib olgan qator davlatlarni kiritish mumkin. Kamroq rivojlangan davlatlar, bular birinchi navbatda Afrika davlatlari, ularga harakatga a’zo bo’lgan 40 ga yaqin davlatlarni kiritish mumkin. Oxirgi guruh ana shu ikki guruh oralig’idagini tashkil
59
etib (60 ga yaqin), Janub davlatlari ichida aholi jon boshiga bo’lgan yalpi milliy daromad bo’yicha o’rtacha o’rinni egalllaydi. 68
Ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish sohasidagi obektiv harakterdagi «tabaqalanish» jarayoni Qo’shilmaslik harakatiga a’zo bo’lgan davlatlarning maqsad va manfaatlaridagi diversifikasiyaga aylanmoqda, ayni shu hol ularni balki Harakat doirasidan tashqariga chiqishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatni biz 15-lar guruhi tuzilishida ko’rishimiz mumkin. XX asrning 90-yillar oxiridan e’tiboran Qo’shilmaslik harakatidagi ayrim yetakchi davlatlar tomonidan «grandlar» va «uchinchi dunyo» hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan yangi effektiv mexanizm yaratish imkoniyatlari sinchkovlik bilan o’rganildi, bu mexanizm bir vaqtning o’zida Shimol-Janub hamkorligining muhim strukturasi bo’lishi lozim edi. Masalan, Janubiy Afrika Respublikasi funksiyasi va vazifasiga ko’ra «Katta sakkizlik guruhi»ga yaqin turgan Janubning «sakkizligini» chaqirishni taklif etdi. Tarkibiga Janubning nisbatan rivojlangan davlatlarini kiritgan mana shunday guruh (albatta u sakkizta davlatdan iborat bo’lishligi nazarda tutilmagan)birinchi navbatda Janub
manfaatlarini aks
ettiruvchi muammolar bilan doimiy ravishda «Katta sakkizlik» bilan fikrlar almashinishi mumkin deb qaralgan. JAR ning mazkur loyihasi u harakatga sobiq rais maqomiga tushganidan keyin, ya’ni 2003 yilning sentyabrda hayotga tadbiq etildi. Fransiyaning Evian
shahrida Katta
sakkizlik yetakchilari bilan 11
ta rivojlanayotgan mamlakatlar boshliqlari (Hindiston, Malayziya, Braziliya, Meksika, Jazoir, Misr, Marokko, Saudiya Arabistoni, Nigeriya, JAR) o’rtasida muloqot tashkil etildi. Globalizasiya jarayoni muammolari, xalqaro savdo va moliya tizimidagi islohotlar, Afrikaning rivojlanishi kabi masalalar muhokama markazida turdi. 69
«Manfaat va simpatiyalar» bo’yicha Qo’shilmaslik harakatining ichida chegaralangan ijtimoiy – iqtisodiy differensiasiya ayni vaqtda harakatning ichida kuchlar qutbining va ta’sirining shakllanishida kuzatilinadi. Masala shundaki,
68 Крылов С.А. Движение неприсоедиения: история, задаси, проблемы, пе рспективы.// http:|//viperson.ru.data/200604/Dvizhenieneprisoedineniya.doc // 69 Крылов С.А. Движение неприсоедиения: история, задаси, проблемы, перспективы.// http:|//viperson.ru.data/200604/Dvizhenieneprisoedineniya.doc // 60
asrlar davomida amalda Janubdagi mintaqviy kuchlar shakllanish jarayoni tugadi, Qo’shilmaslik harakatida katta ta’sirga ega bo’lgan kuchlar paydo bo’ldi. Mazkur davlatlar nafaqat xalqaro darajada tan olingan va o’zining mintaqasida katta obro’ga ega, balki jahonda ham o’z o’rniga ega bo’lib ulgurdi. Bunday davlatlar sirasiga harakatga a’zolaran Hindiston, Indoneziya, Singapur, Malayziya, Pokiston, Eron, Misr, JAR, Chililarni kiritish mumkin. Ular mazkur o’ringa tashqi siyosat yo’nalishidagi mustaqil va erkin pozitsiyasi yoki sanoat ishlab chiqarilishi rivojlanishiga asoslangan pragmatik tashqi iqtisodiy siyosati tufayli erishganlar. O’zlarining yirik masshtabdagi eksport potensiali, ayni vaqtda ilmiy – texnikaviy taraqqiyoti tufayli ular hatto ayrim rivojlangan davlatlar ko’rsatgichlaridan ham yuqoriroq natijalarga erishmoqda. Ularning ayrimlari ochiqdan – ochiq mintaqviy buyuk davlatchilik siyosatini namoyon etishmoqda, Hindiston bo’lsa, Janubning yana bir yirik davlati bo’lgan Braziliya singari XXI asr boshiga kelganda global jahon davlati (globalnoy mirovoy derjavы) darajasiga yaqinlashishi mumkin. Bunday o’zgarishlar albatta ularning Qo’shilmaslik harakati ichidagi o’rniga ham ta’sir qilmasdan qolmaydi.
Eski asr oxiri va yangi asr boshlarida Qo’shilmaslik harakati ichida tenglik va muvozanatni saqlab turish oldida turgan yana bir muammolardan biri bu ayrim harakatga a’zo davlatlar iqtisodiyotining militarizasiya jarayoniga o’tishi va yadro qurollanishi hisoblanadi. Umuman olib qaraganda, harakat vujudga kelgandan boshlab yakdillik bilan umummiqyosdagi qurollanish va yadro qurolini tarqatmaslikkaqarshi kurashib kelmoqda. 2004 yil avgust oyida Durbanda (JAR) yig’ilgan Harakatga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining konferensiyasida hamda 2005-yil sentyabr – oktyabr oylarida Nyu – Yorkda bo’lib o’tgan BMT Bosh Assambleyasining 60-sessiyasida asosiy siyosiy masala sifatida yadro qurollariga qarshi kurash qaraldi. Bu masala hatto Qo’shilmaslik harakatining Durbanda bo’lib o’tgan XII konferensiyasida ishtirokchi davlatlar tamonidan qabul 61
qilingan «Yangi ming yillik bo’sag’asidagi Durban Deklarasiyas» da ham o’z aksini topgan edi. 70
Tadqiqot ishining yuqoridagi boblarida Qo’shilmaslik harakatining yadro qurollanishiga qarshi kurashi uzoq vaqtlar u yoki bu bloklar o’rtasidagi kelishuvlarga bog’liq ravishda amalga oshirilganligini aytgan edik. Dastlabki vaqtlardagi Qo’shilmaslik xarkatining bu siyosatini ko’proq yuzaki baholaydigan bo’lsak, yangi ming yillik arafasi va boshlanishida Harakatning bu sohadagi munosabati va pozitsiyasida hayotiy tomonga o’tish jadallashganligini uchratish mumkin. AQSh, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Xitoyning yadro quroliga ega bo’lishida hech qanday muzokaralar jarayoni bo’lmaganligini qo’shilmaslik harakati davlatlari ta’kidlaydilar. Shu boisdan bo’lsa kerak Harakat amalda yadro quroliga ega davlatlar tarkibiga kirib ulgurgan Pokiston va Hindiston masalasini muhokama qilmadi, shu ishlarni boshlab yuborgan Eron va Shimoliy Koreyaga nisbatan «ko’zlarini yummoqda».
Masalaning yana bir tomoni oddiy qurollanish bilan bog’liq. Qo’shilmaslik harakati birinchi navbatda «uchinchi dunyo» da xalqaro hamjamiyatning birlamchi vazifalaridan biri bo’lgan qurollanish balansini ushlab qolish va ko’paytirmaslik uchun kurashayotgan bir paytda ayrim rivojlanayotgan davlatlarda (jumladan Harakatga a’zo davlatlar ichida ham) qurolga ega bo’lish va uni ishlab chiqarish sezilarli templar bilan o’sib bormoqda. Shu tariqa qo’shilmslik harakati davlatlarining milliy davlatchilik birlashuvining yakunlanmasligi, murakkab ijtimoiy – iqtisodiy vaziyat, bir – birlari bilan hududiy, diniy va boshqa masalalarda ziddiyatlarga borish sharoitida albatta Qo’shilmaslik harakati jim tura olmasa kerak. Bu ham harkat ichidagi tarqoqlikka sabab bo’lishi mumkin, chunki aksariyat harakatga a’zo davlatlarning militarizasiya jarayonini kuchaytirishi biirinchi navbatda Qo’shilmaslik harakatining bosh tamoyillaridan biri bo’lgan nafaqat
xalqaro havfsizlikni, balki mintaqaviy tinchlikni ta’minlanishini qiyinlashtiradi. Buning yorqin isbotini Iroqning Eron, keyinchalik Quvaytga
70 Қўшилмаслик харакатининг махсус сайти маълумотларидан// http://www.nam.gov.za/xiisu mmit/decl.htm&usg=ALkJrhgribd Ee 8smD2pSUVZ-HWglJHPlZA 62
nisbatan uyushtirgan agressiyasida ko’rish mumkin. Chunki Iroq qo’shilmaslik harakati tamoyillarini bajarishni zimmasiga olib mazkur tashkilotga a’zo bo’lib kirgan edi.
Keyingi Qo’shilmaslik harakati oldidagi yana bir muhim yo’nalishlardan biri bu BMTni isloh qilishdan iboratdir. Nyu – Yorkdagi BMT Sammitlarida (2000 va 2005-yil), Qo’shilmaslik harakatining Kuala – Lumpur forumida (2003-yil fevral), BMT Bosh Assambleyasining 60-Sessiyasida ishtirok etgan va chiqishlar qilgan Qo’shilmaslik mamlakatlari yetakchilari yangi shakllanayotgan xalqaro munosabatlar tartibida Birlashgan Millatlar Tashkilotining rolini oshirish chaqirig’i bilan chiqishdi. Bugunga kelib rivojlanayotgan davlatlar aynan mana shu xalqaro tashkilot qiyofasida jahon hamjamiyatdagi barcha a’zo davlatlarning manfaatlarini ta’minlashga qodir bo’lgan ideal forumni ko’rmoqdalar. Qo’shilmaslik xarkatining fikricha, yangi shart – sharoit BMT faoliyatini ham chuqur demokratizasiyani qilishni talab etadi. 71
Qo’shilmaslik harakati BMT doirasida islohotlarni o’tkazish tashabbusi shuningdek bu xalqaro tashkilotning Havfsizlik Kengashi bilan ham bog’liqdir. Harakat Havfsizlik Kengashini kengaytirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Shunday bo’lsada ushbu masala bo’yicha harakat ichida ayrim norozilik ko’rinishlarini ham uchratish mumkin. Harakatga a’zo bo’lgan ko’pchilik davlatlarni Havfsizlik Kengashida amalga oshirilayotgan islohotlar bevosita ularning ishtirokisiz amalga oshiriladi degan hadik mavjud. Umuman olganda boshqa masalalarda bo’lgani kabi Qo’shilmaslik harakati ham aniq bir o’zgarishlar amalga oshirilishi yuzasida yagona to’xtamga kela olmadi. Harakat vakolatlarni Havfsizlik Kengashi va Bosh Assambleya o’rtasida qaytadan taqsimlash tarafdori bo’lib, bunda ko’proq oxirgi tomonni qo’llab – quvvatlamoqda, bunda u BMTning maxsus organlari va tashkilotlarining rolini oshirish kerak degan taklifni ilgari surmoqda. Harakat a’zolarining to’xtamiga ko’ra, Havfsizlik Kengashidagi
71 Крылов С.А. Движение неприсоедиения: история, задаси, проблемы, перспективы.// http:|//viperson.ru.data/200604/Dvizhenieneprisoedineniya.doc // 63
islohotlar BMT doirasidagi barcha o’zgarishlar va qayta tashkil qilish bilan parallel va bir xil tarzda borishi zarur.
Qolaversa Qo’shilmaslik harakati davlatlarining ayrim pozitsiyalari bir xil emas. Masalan veto huquqini rad qilish talabi ular orasida xavotirga sabab bo’lmoqda, go’yoki Havfsizlik Kengashi cheklangan davlatlar hisobiga jahon jandarmiga aylanmasligi, xalqaro hamjamiyatning «aybdor» a’zolarini jazolovchi o’ziga xos organga aylanib qolishi mumkin edi. Undan tashqari Havfsizlik Kengashini geografik mintaqa nuqtai nazaridan teng ravishda taqsimlash va kengaytirish taklifi ham ayrim rivojlanayotgan davlatlarning qoniqmasligiga sabab bo’lmoqda, jumladan, Hindsiton, Indoneziya, Pokiston, Eron, Nigeriya, Misr, JAR, Braziliya, Argentina va Meksika. Buning ustiga ushbu davlatlardan Braziliya, Hindsiton va JAR Havfsizlik Kengashida doimiy a’zolikka o’tish bo’yicha bir – birlarini qo’llab – quvvatlash yuzasidan kelishuvga erishganlar. Xullas Qo’shilmaslik harakati tarkibidagi ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishdagi notekisliklar, harakat tarkibidagi yetakchi kuchlarning ko’proq tashqi siyosiy faoliyatini yuritishga intilishi BMT Havfsizlik Kengashini isloh qilish jarayonida harakatni ikkinchi planga o’tkazib qo’ymoqda. Biror – bir islohot taklifi bilan kelgan davlatlar aksariyat hollarda Qo’shilmaslik harakati manfaatidan emas, o’z manfaatidan kelib chiqib taklif kiritishga doimiy harkat qilib kelishdi. 72
Bu
yo’nalishdagi masalaning ikkinchi tomoni borki, unga ko’ra Qo’shilmaslik harakati faol va yakdillik bilan BMT doirasidagi islohotlarga kirishmasligi o’zining keyingi taqdirini belgilab beruvchi faktor bo’lib xizmat qilishi mumkin. Chunki BMT Bosh Assambleyasi yoki Havfsizlik Kengashining vakolatlarining oshirilishi amalda qo’shilmaslik harakatining xalqaro munosabatlar tizimida o’z so’zini ayta oladigan darajadan tushurib yuborishi mumkin. Balki, shuning uchun ham harakatning a’zolari bo’lgan ayrim yetakchi davlatlar birinchi navbatda o’z manfaatlaridan kelib chiqib bu harakat doirasidan tashqaridagi masalalarga yondoshmoqdalar.
72 Крылов С.А. Движение неприсоедиения: история, задаси, проблемы, перспективы.// http:|//viperson.ru.data/200604/Dvizhenieneprisoedineniya.doc // 64
Bugungi
Qo’shilmaslik harakati faoliyatida turgan eng birlamchi vazifalardan va yo’nalishdan to’rtinchisi – vujudga kelgan tashkiliy – g’oyaviy muvozanatni mustahkamlash va uni amalga oshirishning diplomatik mexanizmini yaratishdan iboratdir. Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida Qo’shilmaslik harkatining aksariyat davlatlari demokratiya va bozor iqtisodiyoti prinsiplari asosida faoliyat yuritayotgan bir paytda, dastlabki vaqtlarda bo’lgani singari ma’lum bir gurux yetakchilari yoki shunga moyil bo’lgan boshqa bir mamlakatning hoxishini to’liq harakat dasturiga kiritish mumkin bo’lmay qoldi. Alohida radikal tuzumlar endi o’z bosimlarini barcha harakat qatnashchilariga o’tkozolmay qoldi. Qo’shilmaslik harakatning mintaqaviy guruhlari to’liq kuch bilan faoliyat ko’rsatmoqda, Nyu-Yorkda harakatning Muvofiqlashtiruvchi Byurosi ishlab turibdi, BMTning Havfsizlik Kengashi tarkibiga kirgan harakatga a’zo davlatlarning pozitsiyalari bilan kelishuv siyosati amalga oshirilmoqda, Qo’shilmaslik harakatining an’anaviy kursini ta’minlovchi «uchlik» muvofiqlashtiruvchi – diplomatik mexanizm faoliyat ko’rsatmoqda. 73
To’g’ri vaqti – vaqti bilan harakatga a’zo bo’lgan ayrim davlatlar tomonidan zamonaviy dunyoda Qo’shilmaslik Harakatining rolini oshirish nafaqat tashqi, balki ichki o’zgarishlarga ham asoslanishi kerak degan mulohazalar paydo bo’lmoqda. Shu jumladan, Qo’shilmaslik harakati institualizasiya g’oyasini kelgusida rivojlantirish, birinchi navbatda doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyat tashkil etish g’oyasi ilgari surilmoqda. Bu g’oya ancha eski bo’lib, Qo’shilmaslik harakatining Qohirada o’tgan II sammitida (1964-yil) ilk bor ilgari surilgan. Ammo o’tgan vaqt mobaynida doimiy kotibiyatni tashkil etish haqida ishlar amalga oshirilmadi, qolaversa hamon harakat a’zolari ichida mazkur masalani batafsil hal qilish bo’yicha yagona to’xtamga erishilmagan. Kotibiyat xuddi milliy organ harakterini kasb etib, Harakat nomidan ish amalga oshiruvchi tashkilotga aylanadi degan xavotirlar ham mavjud. Yana shular ta’kidlanmoqdaki, bunday organ
73 Крылов С.А. Движение неприсоедиения: история, задаси, проблемы, перспективы.// http:|//viperson.ru.data/200604/Dvizhenieneprisoedineniya.doc // 65
faoliyat yurtitayotgan sharoitda tenglik tamoyilini ma’minlashning imkoni yo’q, alohida bir davlatlar uni o’z «shaxsiy» manfaati yo’lida foydalanishlari mumkin.
Nihoyat, Qo’shilmaslik harakati tarkibidagi ayrim yirik va nisbatan katta ta’sirga ega bo’lgan davlatlar, jumladan, Hindiston, ochiqdan – ochiq texnik apparatni (doimiy kotibiyatni) tashkil etishga qarshi chiqmoqda. Buni qanday tushunish mumkin? Aftidan, odatdagi xalqaro tashkilotlar atributlariga – dasturlari, nizomlari, doimiy byurokratik struktura va boshqalar, xos bo’lgan holatlardan farqli ravishda konsensus tamoyili qandaydir ma’noda Qo’shilmaaslik harakati butun mexanizmi faolligini kamaytiradi hamda jahonda yuzaga kelgan turli vaziyatlarda tezkor ta’sir o’tkazish imkoniyatini cheklaydi. Ammo unutmaslik kerakki, Qo’shilmaslik harakati bu tashkilot emas, o’ziga xos bo’lgan bir siyosiy birlashmadir. Harakatning qattiq institualizasiyasi – «kichik BMT» aylanishi avval boshdanoq uning tanazzulga uchrashiga olib kelishi mumkin edi. Bir narsa aniqki, shu xildagi davlatlararo birlashma belgilangan parametrlarda bir marta va umrbod ishlay olmaydi.
Zamonaviy Qo’shilmaslik harakati bu Janubning past va o’rta darajada rivojlanayotgan davlatlarini birlashtirgan birlashma, uyushma. Aynan shu hol uning uzoq muddatldar yashab kelishining va xalqaro maydonda o’z o’rnini saqlab kelishining omili bo’ilb kelmoqda. Bugungi Qo’shilmaslik xarkatining xalqaro nufuzi (prestiji) haqida shuni aytish mumkinki, jahonning aksariyat rivojlangan davlatlari tamonidan harakat tan olindi. Jumladan, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSh, Kanada, Yaponiya, janubiy Koreya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Xitoy singari davlatlar Qo’shilmaslik harakatida kuzatuvchi maqomini olgan. 74
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling