Azim she’riyatida “yurak”, “kuz”, “ruh”, “jism”, “ishq”, “inson”, “ayol”, “tabiat”
kabi obrazlar, tabiat tasviri shu kabi poetik tasvirlar muhim rol vazifasini o‘taydi.
11
Shu masalalarga e’tibor qaratgan holda ushbu bitiruv malakaviy ishida Usmon
Azimning poetik dunyosi va asosiy xususiyatga ega bo‘lgan qirralaridan bo‘lgan
ruhiyat tasviriga e’tibor qaratishni lozim deb topdik.
Psixologizm nafaqat Usmon Azim balki barcha ijodkorlarning ijodida
mahorati va badiiy saviyasi jihatidan turlicha ko‘rinishda kuzatiladi. Bitiruv
malakaviy ishida U.Azim uslubining o‘ziga xosliklari va badiiy mahorati
qirralarini o‘rganish va yoritishga harakat qilamiz.
Ma’lumki, Usmon Azim she’riyati mazmuni va badiiyati jihatidan o‘zbek
she’riyatining yorqin namunasidir. Shuningdek, shoir she’rlarining mavzu ko‘lami
keng bo‘lib, unda ishqiy, ijtimoiy, falsafiy va axloqiy mavzularni yoritishda inson
ruhiy olamining ahamiyatli ekaniga guvoh bo‘lamiz. Va natijada har bir ijod
mahsulining badiiy tafakkurning o‘ziga xos uslubida yaratilganligini kuzatamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: