Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
usmon azimning poetik dunyosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti O‘zbek filologiyasi
- TAQRIZ
Yig‘ilish raisi:
dots. A. Nosirov Kotib: o‘qituvchi D. Xursanov
6
fakulteti Hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti kafedrasi bitiruvchi bosqich talabasi Rajabova Dilbarning “Usmon Azimning poetik dunyosi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi haqida TAQRIZ She’riyatdagi nozik mushohadalar, tabiat, borliq va inson tasvirini teran ilg‘ay olish uchun ijodkorning ko‘ngil ko‘zi ravshan bo‘lmog‘i lozim. Ana shunday uyg‘oq ruhiy qarashlarga, qiziqishlarga ega bo‘lgan kuzatuvchan ijodkorgina yurakdan chiqarib she’r yoza oladi. Biroq she’r yozish boshqa, uni tahlil qilish, uni o‘z kuzatishlari orqali teran mushohada qilgan holda mazmun – mohiyatini ochib berish boshqa. Bunda esa ilm va ijodning o‘zaro mutanosibligi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu malakaviy bitiruv ishi ham adabiyotshunoslikdagi mazkur masalalarga e’tiborni qaratadi. Tadqiqotchi Rajabova Dilbar mazkur ilmiy ishida ijodkor Usmon Azimning poetikasi, ijodiy mahoratini va yuksak salohiyatini imkon darajasida yoritib berishga harakat qilgan. Bitiruv malakaviy ishi uch asosiy bob, ikki fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Birinchi bobda lirikadagi psixologizm haqida so‘z boradi va o‘zbek she’riyatiga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar tilga olinadi. Qolaversa, she’r yozish jarayonida kechadigan ruhiy holat va ijodkor sezimlari to‘g‘risida fikr – mulohazalar bayon qilingan. Mazkur bobda umumiy mushohadalar bilan birgalikda nazmning alohida xarakterli xususiyati sifatida inson ko‘nglining o‘ziga ham noma’lum bo‘lgan ruhiy inqiloblariga alohida urg‘u berilgan. Ikkinchi faslda esa fikr aynan Usmon Azimning ijodidagi psixologizm ya’ni, ruhiyatiga qaratiladi. Shoirning ko‘pchilikka tanish, qo‘shiq bo‘lib ulgurgan she’rlarini tahlilga tortgan. Bu esa tadqiqotchining jiddiy yutuqlaridan biri hisoblanadi. Chunki shoirning ashula sifatida kuylangan she’rlari ko‘pchilikka tanish. tuyg‘ularni ilg‘ab olish ham oson. Shoir nima demoqchiligini, g‘oyaviy maqsadini mukammal tarzda ochib berganligi sababli ham tadqiqotchi Rajabova Dilbar Usmon Azimning ijodi bo‘yicha qilgan ushbu ilmiy ishida qiyinchilikka
7
uchramaganligi ko‘rinib turibdi. Bitiruv malakaviy ishining mazmunini yoritishda Rajabova Dilbar shoirning qator she’riy to‘plamlaridan foydalangan. Asosiy manba sifatida esa “Saylanma”, “Fonus”, va “Yurak” nomli to‘plamlarini olgan. Keyingi yillarda yaratilgan bu to‘plamlarda ijodkorning yoniq qalb sohibi ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanadi va shoir bu ijod namunalarida o‘zining yuksak iste’dodini yanada yorqin yuzaga chiqargan. Shuning uchun ham tadqiqotchi tadqiqot obyekti sifatida ularni tanlab adashmagan deyish mumkin. Malakaviy bitiruv ishidagi shu jihatlarni ijobiy ma’noda ta’kidlash bilan birgalikda yana shuni ham aytish mumkinki, tadqiqotchi ushbu ilmiy ishni davom ettiradigan bo‘lsa shoir Usmon Azimning dastlabki yillarda yaratilgan ijod mahsullari bilan bugungi kunda yaratayotgan she’riy asarlarini o‘zaro taqqoslagan holda yanada chuqurroq yondashib tadqiqot olib borsa nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi. Ushbu bitiruv malakaviy ishining sifatini inobatga olgan holda, shuningdek, ishga tadqiqotchi mustaqil ilmiy hamda ijodiy tomondan yondashganligi uchun uni ijobiy baholash mumkin.
Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling