O‘rganilish darajasi: Hozirda ming yillik o‘z tarixiga ega adabiy
merosimizning noyob durdonalari adabiyotshunos olim va olimalar tomonidan
dolzarb masala sifatida o‘rganib kelinmoqda.
Adabiyotshunoslardan A. Abdullaev, I.G‘ofurov, J.Suvonova, X.Davron,
I.Haqqul, A.Abdug‘afurov, N.Karimov va Sh.Rizolarning qator ilmiy ishlarida,
maqolalarida U.Azimning ijodiga oid adabiy merosimizning qimmatbaho
durdonalari tahlil qilib o‘rganilgan va hozirgi kunda ham davom etmoqda. Mana
shu adabiyotshunos olimlar tomonidan tahlil etilgan asarlar hozirgi kunda
adabiyotshunosligimizda katta yutuqlardandir.
Tadqiqotning metodologik asosi va metodi. Mustaqillik mafkurasining
shakllanishida prezidentimiz I. A. Karimovning mulohazalariga tayangan holda,
adabiyotshunos olimlarning estetik qarashlariga, fan va madaniyat arboblarning
adabiyot nazariyasi hamda adabiyot muammolari bo‘yicha tadqiqotlariga, taniqli
adabiyotshunoslarning Usmon Azim ijodi haqidagi turfa xil qarashlari va nazariy
mulohazalari metodologik asos vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |