Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- SEMINAR MASHG’ULOTLARI 2- MAVZU. MUSTAQILLIK VA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHNING «O’ZBEK MODELI».
- Milliy g’oya tushunchasi va uning milliy istiqlol g’oyasi bilan uyg’unligi.
- Milliy g’oyaning milliy va umuminsoniy tamoyillari
- Milliy g’oyaning taraqqiyotning “o’zbek modeli”da aks etishi, yutuqlarni amalga oshirishdagi va galdagi vazifalari
- Respublikadagi o’ziga xos demokrafik vaziyat muhim hususiyatlardan biridir
- Respublikaning yana bir hususiyati milliy tarkibining o’ziga xosligi.
- Respublika qulay geostrategik mavqyega ega.
- O’zbekiston Respublikasining siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini himoya qilish imkonini beradigan yetarli potensialga ega.
- Keyingi o’n yillik mobaynida ma’lum qadriyatlarga ega bo’lgan kishilarning muayyan ijtimoiy ongining shakllanganligini ham e’tiborga olmaslik mumkin emas.
- “O’zbek modeli” deganda o’zbek millatining o’ziga xos mentaleteti, urf – odatlari, an’analari, qadriyatlarini, uning demokrafik jarayonlari, aholining
Tarixiy asoslari Kadimiy obidalar San’at durdonalari Osori atikalar Milliy kaxramonlar Xalk ogzaki ijodi Yozma manbalar Ularning falsafiy asoslari esa: kuyidagi sxemada uz aksini topgan. Falsafiy asoslari Dunyoviy bilimlar, jaxon falsafasi durdonalari Alisher Navoiyning falsafiy inson xakidagii falsafiy mushoxadalari Xorazmiyning dunyoviy kashfiyotlari Farobiyning adolatli jamiyat xakidagi ta’limoti Beruniyning ijtimoiy-axlokiy karashlari Ibn Sinoning dualizm ta’limoti Asrimiz boshidagi ma’rifatparvar ziyolilar faoliyati Shunday kilib, milliy mustakillik tufayli mamlakatimiz tabora kuprok demokratik uzgarishlarga yuz tutmokda. Bu uzgarishlar Prezident I.A. Karimovning nutklari va risolalarida uz ifodasini topmokda. Yakinda Islom Karimovning "O’zbekiston demokratik tarakkiyotining yangi boskichida" (T. "O’zbekiston"-2005 yil), "Uzbek xalki xech kachon, xech kimga karam bulmaydi" (T. "O’zbekiston" 2005 yil) kitoblari chop etildi. Prezidentimiz asarlarida O’zbekistonda demokratik jamiyat kurishning metodologik asoslari ishlab chikilgan. SEMINAR MASHG’ULOTLARI 2- MAVZU. MUSTAQILLIK VA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHNING «O’ZBEK MODELI». 1. Milliy g’oya tushunchasi va uning milliy istiqlol g’oyasi bilan uyg’unligi. 2. Milliy g’oyaning milliy va umuminsoniy tamoyillari. 3. Milliy g’oya – taraqqiyotning «O’zbek modeli»da o’z ifodasini topishi, uni amalga oshirishdagi yutuqlari va galdagi vazifalari. Milliy g’oya tushunchasi va uning milliy istiqlol g’oyasi bilan uyg’unligi. Milliy g’oya va milliy ongni uyg’otuvchi, millatning o’zligini anglatuvchi, o’ziga xoslikka, mentalitetiga «qiyofa» baxsh etuvchi, milliy ruhiyat, g’urur, iftixor, e’tiqod va mas’ullik tuyg’ularini shakllantiruvchi fikrdir. Milliy g’oya har bir insonning o’zini anglashi jarayonida anglashila boshlaydi. Insonning shaxs sifatida shakllanishi esa uning o’zini anglashidan boshlanadi. Uota – ona, oila va tashqi muhit bilan bo’ladigan munosabatlar orqali o’zining kimligini anglay boshlaydi. Shuning uchun ham milliy g’oya insonda ana shu munosabatlarning ta’siri ostida shakllanadi. Milliy g’oyaning asosiy manbalari – kundalik soddagina urf – odat, an’ana va qadriyatlardan boshlanib, ma’naviy meros, tarixiy xotira va milliy taraqqiyotda to’plangan tajribalargacha bo’lgan omillar bilan bog’liqdir. Milliy g’oya ota – ona, millat vakillarining o’zaro munosabatlari, xatti – harakatlari, mentalitet ta’sirida shakllanadi. Shu ma’noda ham milliy g’oya manbalari mustahkam bo’lgandagina amal qilish orqali bolaning ongi bilan rivojlanib bolradi va ulg’aygan sari uning ham umumiy dunyoqarashi, ongining ajralmas qismiga aylanib boradi. Milliy g’oya tizimida milliy ong, milliy o’zlikni anglash va milliy mentalitet yetakchi o’rin egallaydi. Milliy ong bo’lmasa, u rivojlanmasa, milliy o’zlikni anglamasa, u kim, qayerdan kelib chiqqan, ildizlari nimalar bilan bog’liqligi kabi tuyg’ularga ega bo’lmasa va nimalarga qodirligini bilishga intilmasa, milliy g’oya ham sayozlashib boraveradi. Millat o’zining turmush va hayot kechirish jarayonida o’z millatiga xos bo’lgan udumlar, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlarni o’zlashtirishga intilsa hamda unga amal qilsagina milliy g’oyalar uyg’onib, rivojlanib, takomillashib boraveradi. Chunki milliy ong va milliy o’zlikni anglash milliy g’oyaga turtki beradi. Uni shakllantiradi va milliy va milliy taraqqiyotga ruhiyat bag’ishlab «uni harakatga» keltiradi. Shuning bilan birga milliy ong va o’zlikni anglashning rivojlanishi milliy g’oya imkoniyatlarini kengaytirib turadi. Milliy g’oyaning ta’sir doirasi nihoyatda keng bo’lib, u millatning o’ziga xosligini saqlab turish, millat manfaatlari yo’lida millat vakillarini birlashtirish, uyushtirish va taraqqiyot yo’nalishlarini belgilash kabilarga o’zining ta’sirini o’tkazib turadi. Milliy g’oya milliy o’ziga xoslikni saqlab turish va millat manfaatlarini amalga oshirish, milliy istiqbolini belgilash uchun muhim ahamiyatga egadir. Chunki u, millat vakili bo’lgan har bir shaxsning dunyoqarashi, kundalik faoliyatida o’z ifodasini topadi. Mittal vakillarining aksariyat kqpchilik qismini milliy g’oyasi mustahkam bo’lgan insonlar tashkil qilgan sharoitdagina milliy manfaatlar uchun umummilliy harakat vujudga keladi. Xuddi mana shu umummilliy harakatni vujudga keltirish – milliy g’oyaning muhim vazifalaridan biri; ikkinchidan, uning millat vakillarida vatanparvarlik, ona zaminning muqaddasligi tuyg’usini uyg’otish, uni ko’z qorachig’iday himoya qilish kerakligini tushunib yetishga ta’sirini o’tkazish; milliy g’oya har bir millat vakilida uning – ajdodlari ana shu zaminda dunyoga kelgan, uning huzur-halovatidan bahramand bo’lgan, undan ilhom, zavq-shavq olgan va qo’nim topganligidan xabar berib turadi. Bu o’z navbatida o’z ona zaminiga mehr-muhabbatni mustahkamlaydi; uchinchidan, milliy g’oya tarixiy xotirani mustahkamlaydi va uning takrorlanmas imkoniyatlaridan manba sifatida turtki (zaryad), ilhom olib turadi. Biz umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi va umumbashariyatni birlashtiruvchanligi haqida gapiraylik, baribir uning ildizlari, zaminlari millatning tarixiy xotirasi, merosi va asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalari bilan bog’liq ekanligini nazarda tutishimiz lozim bo’ladi. Xuddi mana shu jarayonda milliy g’oyaning o’rni, salohiyati, imkoniyati va yuksakligi namoyon bo’lib turadi; to’rtinchidan, milliy g’oya va millat vakillaridan millat taqdiri uchun mas’ullik tuyg’ularini ham uyg’otib turadi. Millat real hayotda uni tashkil etuvchi shaxslardan iborat ekan, o’zga millat davrasida o’z millati vakilining erishgan yutug’idan xursand bo’lgan, shu millat vakili bo’lganidan faxrlanasan. Aksincha, millatdoshning boshiga tushgan og’ir kunlarni xuddi o’zingning yaqinlaring boshiga tushganday qabul qilasan. Agar millat vakillari halol yo’l bilan boy, badavlat bo’lganini ko’rsang ruhan ezilasan, qayg’urasan va ularni hal etishga o’z hissamni qo’shsam edi- degan fikrlar xayolingdan o’tadi. Bunday tuyg’ularning zamoni va ildizi yana g’oyaga taqaladi. Faqat milliy g’oya va insoniylikning barcha ijobiy qirralarini o’zida mujassamlashtirgan shaxsda ana shunday tuyg’ular bo’lishi mumkin; beshinchidan, milliy g’oya faqat tor doiradagi tuyg’ularni (ya’ni milliy manfaat doirasida) shakllantiribgina qolmasdan, millat bilan yonma-yon yashaydigan o’z millat va elat vakillarini hurmat qilish, ularning manfaatlarini hisobga olish, ularni o’z atrofida birlashtirish, diniy va insoniy bag’rikenglik kabi fazilatlarning shakllanishida ham o’zinnig ijobiy ta’sirini o’tkazadi. Milliy g’oyaning zaminlari «murt» va qashshoq bo’lsa, yoxud qandaydir zo’ravonlik ta’siri ostidan xiralashtirilgan bo’lsa, millat o’zligini yo’qota boshlaydi, o’zi haqidagi qarashlar sayozlashib boradi va oqibatda uning istiqboli ham xavf ostida qoladi. Lekin avlod-ajdodlari mustahkam intellektual salohiyat, meros va taraqqiyot tajribalarini yaratgan millatning milliy g’oyalarini ma’lum davr ichida zqrovonlik bilan jilovlab turish mumkin, ammo millat tarixiy xotirasidan batamom yo’q qilib bqlmaydi. Zero, milliy intellektual salohiyat meros va milliy salohiyat davomida to’plangan tajribalar umuminsoniy mulkka aylnib, yer kurrasining boshqa zaminlarida yashayotgan o’zga xalqqa xizmat qilib kelaveradi. Bu, o’z navbatida, zo’ravonlik bilan (vaqtincha) «jilovlanib» turilgan, o’z avlod-ajdodlari tomonidan yaratilgan milliy-ma’naviy salohiyatdan mahrum etilgan millatning istiqbolda, ya’ni milliy g’oyalarning tiklanishida katta ahamiyatga ega bo’ladi, chunki milliy-ma’naviy salohiyati mustahkam va boy bo’lgan millatning g’oyalarini zo’ravonlik bilan moddiy kuchga aylantirishga imkon bermaslik mumkin, ammo uni batamom yo’qotib yuborib bo’lmaydi. Milliy g’oyaning bitmas–to’ganmas imkoniyatlari shu darajada kengki, u faqat millatning o’z–o’zini anglashi, milliy ong rivojlanishi bilan cheklanmaydi, balki u millatni o’zgalarga tanidati va uning umumjaxon sivilizasiyasi jarayonlariga mustaqil subyekt sifatida kirib borishiga ta’sirini o’tkazadi. Yuqoridagilardag ko’rinib to’ribdiki, milliy g’oya milliy tiklanish va umumiylik taraqqiyotining muhim manbai hisoblanadi. Milliy g’oya milliy istiqlol g’oyasining shakllantiradi va uning real amalga oshishida millatni birlashtiradi. Milliy g’oyasiz milliy istiqlol g’oyasi ham shakllanmaydi. Shu ma’noda milliy g’oya rivojlantirish millat taraqqiyotining har bir bosqichi uchun dolzarb vazifa bo’lib qolaveradi. Milliy g’oyaning milliy va umuminsoniy tamoyillari Har qanday g’oyaning o’ziga xos bo’lgani kabi milliy g’oyaning ham o’ziga xos tamoiyllari mavjuddir. Ular millatning shakllanishi, uning erkin, ozod bo’lib rivojlanishi va jaxon taraqqiyotining zamonaviy salohiyatida munosib o’rin egallashi kabi maqsad va manfaatlar bilan bog’liq bo’ladi. Yuqorida ko’rsatilganlardan ko’rinib turibdiki, milliy g’oyaning o’ziga xos milliy va umuminsoniy tamoyillari mavjud bo’lib ular millat va butun insoniyat manfaatlarini o’zida ifodalaydi va ular taraqqiyotiga xizmat qiladi. Milliy g’oyaning taraqqiyotning “o’zbek modeli”da aks etishi, yutuqlarni amalga oshirishdagi va galdagi vazifalari Har bir mamlakatning o’ziga xos taraqqiyot yo’li mavjud. U ana shu mamlakatda yashayotgan halqning o’ziga xos xususiyatlari turmush tarzi bilan bog’liq bo’ladi. O’zbek halqi ham mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin taraqqiyotning o’ziga xos va o’zi mos yo’lini tanlab oldi. Tanlangan yo’l mustaqillik yillarida o’zining samarasini bera boshladi va uni amalga orishida katta yutuqlar yo’lga kiritildi. Bu yo’l prezident tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilda o’z ifodasini topgan. Ular: iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, uning har qanday mafkuradan xoliligi; davlat bosh isloxotchiligi; qonunning ustuvorligi; kuchli ijtimoiy himoya; bozor munosabatlariga bosqichma – bosqich o’tishdan iboratdir. Huddi ana shu tamoyillar haqida to’htalib Prezident I.A.Karimov shunday ta’kidlagan edi: “shuni alohida tahkidlash zarurki, soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojeali oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyusion yo’l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o’tish – tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va mohiyatidir”. 29 Bu bosh g’oyani Prezident I.A.Karimov jaxon mamlakatlarining tajribalarini chuqur tahlil qilish asosida ilgari surdi va O’zbekistonga xos o’tish davri 29 I.A.Karimov O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.: “O’zbekiston”, 1993. 39 bet. “model”ini ishlab chiqishga uning dunyodagi bironta ham davlatlardagi “model”lariga aynan uxshamasligiga asosiy e’tiborni qaratdi. U mamlakatimiz o’z mustaqilligini endigina kiritgan va mustamlakachilikning havfi hali batamom to’gamagan sharoitda 1992 yilda bu konseptual g’oyani ilgari surdi. U shunday yozadi: “O’zbekistonning chinakam mustaqilligiga erishishdan iborat o’z yo’li respublikaning rivojlantirishning quyidagi asosiy o’ziga xos xususiyatlari va shart – sharoitlarini har tomonlama hisobga olishga asoslanadi”. Avvalo, u aholining milliy – tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an’analari va urf – odatlaridan kelib chiqadi. Chuqur ildizi o’tmishdagi an’anaviy jamoa turmush tarziga borib taqaladigan kollektivlik asoslari O’zbekiston halqi tarixan xosdir. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to’g’risida g’amhurlik qilish, ochiq kungillilik, millatidan qat’inazar odamlarga hayrihoxlik bilan munosabatda bo’lish, o’zgalar kulfatiga hamdart bo’lish va o’zaro yordam tuyg’usi kishilar o’rtasida munosabatlarning me’yori hisoblanadi. O’zbek diyorida, o’z Vataniga mehr – muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlarga, ma’rifatparvarlarga nibatan alohida hurmat – ehtirom O’zbekiston aholisiga xos fazilatlardir. Ichki va tashqi siyosatni ishlab chiqish, amalga oshirish chog’ida islom dinini e’tiborga olish muhim ahamiyatga ega. Odamlarning turmush tarzida, ruhiyatida, ma’naviy – axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda, islomga e’tiqod qiluvchi xalqlar bilan yaqinlanish istagida ham shu omil namoyon bo’lmoqda. Mazkur mintaqaning qadimiy va tarixiy, madaniy, bunda yashab o’tgan sharq mutafakkirlari va faylasuflarning jahon madaniyatini rivojlantirishga qo’shgan g’oyat katta xissalari ham xissalari ham bu yerda yashayotgan odamlar turmushining barcha tomonlariga sezilarli ta’sir o’tkazmoqda. O’tmishdagi allomalarning bebaxo merosi qanchadan – qancha avlodlarning ma’naviy – ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda. Respublikadagi o’ziga xos demokrafik vaziyat muhim hususiyatlardan biridir. Jumhuriyatimizda aholi va mehnat resurslari har yili sur’atlar bilan o’sib bormoqda. Aholining yarmidan ko’proq qishloq joylarda yashaydi va asosan dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Aholi tarkibida 60%dan ko’prog’ini bolalar tashkil etadi, 25 yoshgacha bo’lgan yigit – qizlardir. O’z ajdodlari qadimdan yashab kelgan joylarga bog’langanlik, ko’chib yurishga moyillikning yo’qligi respublika aholisiga xos xususiyatdir. Respublikaning yana bir hususiyati milliy tarkibining o’ziga xosligi. Etnik tarkibda tub aholi ustun mavqyeini egallaydi. Shu bilan birga vaqtda respublika hududida o’z madaniyati va an’nasiga ega bo’lgan yuzdan ziyod millat vakillari yashab turib. O’zbekistonning milliy – madaniy jihatdan g’oyat rang – barangligi milliy o’zligini anglash va ma’naviy qayta tiklanishning ko’chayib borishi bilan o’zviy bog’liqda jamiyatni yangilash, uyi “ochiq jamiyat”ga aylantirish uchun qudratli omil bo’lib xizmat qiladi va ruspublikaning jaxon hamjamiyatiga qushilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi. Respublika qulay geostrategik mavqyega ega. Tarixan hozirga O’Zbekistonning hududi shunday joy bo’lganki, bu yerda juda kuxna savdo yo’llar (mashhur Buyuk Ipak yo’li) tutashgan, jushqin tashqi aloqalar va madaniyatning bir – birini o’zaro boyitish jarayonida kechgan. Hozirgi kunda O’zbekiston o’zining mustaqil energetik va suv tizimlariga ega bo’lgan sobiq sovet O’rta Osiyosining markazida turibdi, ko’pgina masalalarda Repsublikalar o’rtasidagi bog’lovchi bo’g’in bo’lib xizmat qilmoqda va xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishda tobora faol rol uynamoqda. O’zbekiston isloxotlarni amalga oshirish yo’llari va yondoshuvlarini tanlashga tabiiy – iqlim sharoitlarining o’ziga xosligi belgilovchi ta’sir o’tkazmoqda. Respublika qishloq xo’jaligi aksariyat sun’iy sug’orish dehqonchilikka asoslanadi. O’zining suv imkoniyatlarini juda cheklagan. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish, butun xalq xo’jaligi tarkibida paxtachilik yetakchi o’rin tutadi. O’zbekiston mustaqil O’rta Osiyo Respublikalari orasida g’oyat katta eksport imkoniyatiga ega bo’lgan duja muhim strategik xom ashyo – paxta va undan tayyorlangan maxsulotni yetishtiruvchi hamda yetkazib beruvchi asosiy respublikadir. Iqlim sharoitlari meva – sabzavot mahsulotlari, pilla va boshqa g’oyat qimmatli qishloq xom ashyosini nafaqat o’z ehtiyojlarini qondirish uchun, balki boshqa mamlakatlarga yetkazib berish uchun zarur miqdorda yetishtirishni ta’minlaydi. O’zbekiston Respublikasining siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini himoya qilish imkonini beradigan yetarli potensialga ega. Yer bag’rining g’oyat qimmatli mineral - xom ashyolarga boyligi chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, respublikaning jaxon bozoriga chiqishini ta’minlaydigan tarmoqlarni rivojlantirish imkonini bermoqda. Shu jixatdan xalq xo’jaligining asosan xom ashyo yetishtirishga yo’naltirilganligini bartaraf etish va shu sababli iqtisodiyot tuzilmalari haddan tashqari bir tomonlama rivojlantirilganligini, sobiq markaz o’tkazib kelgan yakkahokimiyat siyosatining natijasi bo’lmish qaramlikka, ya’ni texnologik va resurs jixatdan boshqa respublikalarga qaram bo’lib qolishga barxam berish hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Keyingi o’n yillik mobaynida ma’lum qadriyatlarga ega bo’lgan kishilarning muayyan ijtimoiy ongining shakllanganligini ham e’tiborga olmaslik mumkin emas. Bir tomondan bu ijtimoiy tenglik, kafolatlangan mehnat qilish huquqiga, yalpi bepul ta’lim, ikkinchi tomondan esa, yakka hokimlikdan iborat ma’muriy – bo’yruqbozlik tizimi keltirib chiqargan insonni mulkka egalikdan va xo’jayinlik to’yg’usidan begonalashtirilganligiga, tayyorga ayyorlik ruhiyati yuzaga keltirilganligida ko’rinmoqda. Yuqorida keltirilgan o’ziga xos shart sharoitlar ham alohida, ham birgalikda hozirgi bosqichda O’zbekiston ichki va tashki siyosatining o’ziga xos hususiyatlarini belgilab beradi. 30 Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyadagi ana shu hususiyatlarni hisobga olish mamlakatimizda beqarorlikni vujudga keltirishning, 30 Qarang. I.A.Karimov O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.: “O’zbekiston”, 1993. 40-42 bet. sosial ziddiyatlarning kuchayib ketishining, aholining murakkab vaziyatga tushib qolishining odini olish imkonini beradi. Ular o’z navbatida yuza kelayotgan yangi ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy qiyinchiliklarni sobitqadamlik bilan hal qilishda muhim rol uynaydi va boshlangan islohotlar o’z samarasini bera boshladi. O’zbekistonning o’tish davri muammolarini hal qilishning o’ziga xos strategiyasi jaxon jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilib uni “o’zbek modeli” aytila boshladi. “O’zbek modeli” deganda o’zbek millatining o’ziga xos mentaleteti, urf – odatlari, an’analari, qadriyatlarini, uning demokrafik jarayonlari, aholining milliy tarkibi. O’zbekistonning geostrategik xolati va boshqa bir qator omillarni hisobga olishga asoslangan demokratik jamiyat qurishning shakli tushiniladi. Ularni hisobga olish islohotlarning samara berish uchun zamin tayyorladi. O’zbekistonning bu tanlangan yo’lida yana bir muhim salbiy omilni olish – uning nafaqat o’zgalarga qaramligi sharoitida yuzaga kelgan yo’qotishlari, o’tkazilgan zo’rovonliklar bilan bog’liq, shuning bilan birga u mustaqillikni qulga kiritgan sharoitda mavjud bo’lib turgan totalitar tuzumning kuchli ta’siri bilan ham bog’liqdir. Chunki, u jamiyat hayotining barcha sohalarida ajralib turadi. Uning murakkabligi shundaki, bir tomondan mavjud totalitarizm vakillarining osongina hokimiyatdan ketishini xoxlamasliklari, bo’ladigan har qanday o’zgarishlarga qarshilik ko’rsatishlari sodir bo’ladi, ikkinchi tomondan totalitarizmda yashab kelayotgan xalqning ham yuzaga kelayotgan demokratik o’zgarishlarga ishonchsizlik, ikkilanishlar, shubha bilan qarash, tezda kunika olmasligi kabi qator xolatlarning mavjud bo’lishi, demokratik jarayonlar rivojlanishini, huddi shuningdek mustaqillikni qo’ldan ketib qolish xavfini ham yuzaga keltiradi. Chunki, bu davr xali o’zgalarga o’z qo’li ostida turishga o’rganib, o’z hukmronligini, hoxish irodasini o’tkazib kelgan sobiq markaz va uning tarafdorlari endigina mustaqillikni qo’lga kiritgan yosh davlatlarni yana o’ziga qaram qilish niyatidan voz kechmagan bo’ladi. Huddi ana shu xolatlar nuqtai – nazardan ham demokratik jamiyatga o’tishning “o’zbek modeli” o’zining hayotiyligini tasdiqlaydi. Qulga kiritilgan yutuqlarimiz salmog’i nihoyatda keng va u haqda ko’p real fikrlarni keltirish mumkin. Yutuqlarimiz bilan bir qatorda galdagi vazifalar va hal qilinishi zarur bo’lgan muammolarning ko’lami ham keng ekanligini alohida ta’kidlash lozim bo’ladi. Ayniqsa, ular “o’zbek modeli”ni amalga oshirish jarayoni bilan galdagi muammolarni hal qilish jarayoni o’rtasidagi nomutonosiblikning namoyon bo’layotganligida o’zi ifodasini topmoqda. Xususan, ular qo’yidagi shaklda namoyon bo’lmoqda. 1. bozor munosabatlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi bilan iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy – ma’rifiy soxada amalga oshirilayotgan isloxotlar o’rtasida namoyon bo’lmoqda. Mamlakatimizda bozor munosabatlariga o’tib borilmoqdv. U talab va taklif qonunining bir – biriga mos kelishida, ya’ni talabga qarb ishlab chiqarishini tashkil qilish va uning taklifning miqdori, sifatini belgilash uchtuvorligini ta’minlanish jarayoni yuzaga kelmoqda, smara bermayotgan korxonalarning bekilishi, jamiyatning tabaqalanishi davlatning ishlab chiqish ustidan hukmronligining tugashi, aholi o’rtasida ishsizlikning yuzaga kelishi, mulkchilikning turli shakllarining yetakchi qilishi kabi jarayonlar amalga orishmoqda. Ammo, ularni hal qilishga qaratilgan iqtisodiy mexanizmlar tadbirkorlikning rivojlanishi, mulkiy munosabatlarning rivojlanishi ommaning moddiy ishlab chiqarishdagi faolligining oshuvi, demokratik jarayonlar rivojlanishi va jamiyat hayotini yangi sharoitga mos ravishda ma’naviy – ma’rifiy yangilanish, odamlarni ana shu jarayonlarga moslashuvi jarayonlari bozor munosabatlari shakllanishidan orqada qolmoqda. 2. qabul qilinayotgan qonunlar, me’yoriy hujjatlar va Prezident farmonlari bilan uning real amalga oshish o’rtasida nomunosiblik mavjud. Mamlakatimiz taraqqiyoti, uning bozor munosabatlariga o’tishga, xalqimizning moddiy farovonligini ta’minlashga qaratilgan juda ko’p qonunlar, me’yoriy hujjatlar, Prezident farmonlari qabul qilingan. Ammo ularning real amalga oshuvi ehtiyojdan orqada qolmoqda. 3. boshqaruvning sobiq sovet davridagi ma’muriy – bo’yruqbozlik shaklining to’gatilishi bilan bozor munosabatlariga mos ravishda boshqaruv shaklining yuzaga kelishi o’rtasida nomunosiblik mavjud. Mamlakatimiz bozor munosabatlariga tez o’tib bormoqda. Ammo, boshqaruvning ma’muriy – bo’yruqbozlik shakli hamon ustuvorlik qilmoqda. Hamon yuqoridan bo’yruq berish va pastda esa uni kutish, u bilan faoliyat ko’rsatish davom etmoqda. 4. jamiyatning demokratlashuvi uchun yaratilgan imkoniyatlar, huquqiy bazalar bilan ularni real hayotga aylanish o’rtasida nomunosiblik mavjud. Mamlakatimizda jamiyatni demokratlashuvi uchun huquqiy baza va imkoniyatlar yaratilgan. Ammo, ularning real amalga oshuvi mavjud ehtiyoj darajasidan orqada kolmoqda. 5. yaratuvchilik jarayonini zarur bo’layotgan fidoyilik bilan unga beparvolik ruhiyati o’rtasidagi salbiy holat mavjudligi. Bugun har bir fuqaroning o’z moddiy farovonliligini o’zi ta’minlash mumkinligi, bu yshlda o’zi fidoyilik ko’rsatish zarurligini to’la tushinib yetmayotganligini, yana davlat menga turmush – farovonligimni yaxshilaydi – degan qarashlarning mavjudligi va yuzaga kelgan bozor munosabatlari vaziyatni tushinib yetmaslik unga beparvo bo’lish ruhiyati mavjudligi. 6. milliy – ma’naviy tiklanish jarayoni bilan millatimiz ruhiyatiga mos kelmaydigan individualizm, boylik va mansabni har narsadan ustun qo’yish, manmanlik, o’zgalarni nazar – pisand qilmaslik kabi illatlarning shakllanayotganlik jarayoni o’rtasida nomutonosiblik ko’payib bormoqda. 7. millatimiz tarixida ulkan ma’naviy qadriyatilar darajasida ko’tarilgan ota – onaga mehr – muruvvat, qarindoshlik – urug’chilikka sadoqat, mehr – shafqatli, bo’lish munosabatlarda samimiylik bo’lishi kabi qadriyatlar bilan tabora ko’chayotgan poraxurlik, o’z mansabini suis’temol qilish, o’zgalar haqqiga hiyonat qilish kabi jirkanch harakatlarning ko’chayishi ota – ona, qarindosh urug’chilik kabi munosabatlaridagi salbiy holatlar o’rtasida nomutonosiblik vujudga kelmoqda. 8. sobiq shurolar davridagi dunyoqarash qoldiqlari bilan shakllanayotgan yangi mustaqillik, milliy manfaat, milliy taraqqiyot kabi dunyoqarash o’rtasida ham nomutonosiblik mavjud. Hamon eski tuzumni qumsayotgan uni tashviqot qilayotgan insonlar mavjud. Bu ham nomutonosiblikning ir ko’rinishi hisoblanadi. Ana shu mutonosibliklarni tugatishning quyidagi omillari ham mavjud. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling