Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/26
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#270
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26

 
 
Tarixiy asoslari 
 
Kadimiy obidalar 
San’at durdonalari 
Osori atikalar 
Milliy kaxramonlar  
Xalk ogzaki ijodi 
Yozma manbalar 
 
 
Ularning falsafiy asoslari esa: kuyidagi sxemada uz aksini topgan. 
 
  
 
 
Falsafiy asoslari 
 
 
Dunyoviy bilimlar, jaxon falsafasi 
durdonalari 
Alisher Navoiyning falsafiy inson 
xakidagii falsafiy mushoxadalari 
Xorazmiyning dunyoviy kashfiyotlari  Farobiyning adolatli jamiyat xakidagi 
ta’limoti 
Beruniyning ijtimoiy-axlokiy 
karashlari 
Ibn Sinoning dualizm ta’limoti  
 
       
Asrimiz boshidagi ma’rifatparvar 
ziyolilar faoliyati 
 
 
 
Shunday  kilib,  milliy  mustakillik  tufayli  mamlakatimiz  tabora  kuprok 
demokratik  uzgarishlarga  yuz  tutmokda.  Bu  uzgarishlar  Prezident  I.A. 
Karimovning nutklari va risolalarida uz ifodasini topmokda. 
 
Yakinda Islom Karimovning "O’zbekiston demokratik tarakkiyotining yangi 
boskichida"  (T.  "O’zbekiston"-2005  yil),  "Uzbek  xalki  xech  kachon,  xech  kimga 
karam  bulmaydi"  (T.  "O’zbekiston"  2005  yil)  kitoblari  chop  etildi.  Prezidentimiz 
asarlarida  O’zbekistonda  demokratik  jamiyat  kurishning  metodologik  asoslari 
ishlab chikilgan. 
 

SEMINAR  MASHG’ULOTLARI 
 
2- MAVZU. MUSTAQILLIK VA DEMOKRATIK JAMIYAT 
QURISHNING «O’ZBEK MODELI». 
 
1.  Milliy g’oya tushunchasi va uning milliy istiqlol g’oyasi bilan uyg’unligi. 
2.  Milliy g’oyaning milliy va umuminsoniy tamoyillari. 
3.  Milliy  g’oya  –  taraqqiyotning  «O’zbek  modeli»da  o’z  ifodasini  topishi,  uni 
amalga oshirishdagi yutuqlari va galdagi vazifalari. 
 
Milliy g’oya tushunchasi va uning milliy istiqlol g’oyasi bilan uyg’unligi. 
Milliy  g’oya  va  milliy  ongni  uyg’otuvchi,  millatning  o’zligini  anglatuvchi, 
o’ziga  xoslikka,  mentalitetiga  «qiyofa»  baxsh  etuvchi,  milliy  ruhiyat,  g’urur, 
iftixor, e’tiqod va mas’ullik tuyg’ularini shakllantiruvchi fikrdir.  
Milliy  g’oya  har  bir  insonning  o’zini  anglashi  jarayonida  anglashila 
boshlaydi.  Insonning  shaxs  sifatida  shakllanishi  esa  uning  o’zini  anglashidan 
boshlanadi. Uota – ona, oila  va tashqi  muhit bilan bo’ladigan  munosabatlar orqali 
o’zining kimligini anglay boshlaydi. Shuning uchun ham milliy g’oya insonda ana 
shu munosabatlarning ta’siri ostida shakllanadi. Milliy g’oyaning asosiy manbalari 
–  kundalik  soddagina  urf  –  odat,  an’ana  va  qadriyatlardan  boshlanib,  ma’naviy 
meros,  tarixiy  xotira  va  milliy  taraqqiyotda  to’plangan  tajribalargacha  bo’lgan 
omillar  bilan  bog’liqdir.  Milliy  g’oya  ota  –  ona,  millat  vakillarining  o’zaro 
munosabatlari,  xatti  –  harakatlari,  mentalitet  ta’sirida  shakllanadi.  Shu  ma’noda 
ham milliy g’oya manbalari mustahkam bo’lgandagina amal qilish orqali bolaning 
ongi  bilan  rivojlanib  bolradi  va  ulg’aygan  sari  uning  ham  umumiy  dunyoqarashi, 
ongining ajralmas qismiga aylanib boradi. 
Milliy g’oya tizimida milliy ong, milliy o’zlikni anglash va milliy mentalitet 
yetakchi  o’rin  egallaydi.  Milliy  ong  bo’lmasa,  u  rivojlanmasa,  milliy  o’zlikni 
anglamasa,  u  kim,  qayerdan  kelib  chiqqan,  ildizlari  nimalar  bilan  bog’liqligi  kabi 
tuyg’ularga ega bo’lmasa va nimalarga qodirligini bilishga intilmasa, milliy g’oya 
ham sayozlashib boraveradi. Millat o’zining turmush va hayot kechirish jarayonida 
o’z  millatiga  xos  bo’lgan  udumlar,  urf-odatlar,  an’analar  va  qadriyatlarni 
o’zlashtirishga  intilsa  hamda  unga  amal  qilsagina  milliy  g’oyalar  uyg’onib, 
rivojlanib, takomillashib  boraveradi. Chunki  milliy ong  va  milliy o’zlikni anglash 
milliy  g’oyaga  turtki  beradi.  Uni  shakllantiradi  va  milliy  va  milliy  taraqqiyotga 
ruhiyat  bag’ishlab  «uni  harakatga»  keltiradi.  Shuning  bilan  birga  milliy  ong  va 
o’zlikni anglashning rivojlanishi milliy g’oya imkoniyatlarini kengaytirib turadi.  
Milliy  g’oyaning  ta’sir  doirasi  nihoyatda  keng  bo’lib,  u  millatning  o’ziga 
xosligini  saqlab  turish,  millat  manfaatlari  yo’lida  millat  vakillarini  birlashtirish, 
uyushtirish  va  taraqqiyot  yo’nalishlarini  belgilash  kabilarga  o’zining  ta’sirini 
o’tkazib turadi. 
Milliy  g’oya  milliy  o’ziga  xoslikni  saqlab  turish  va  millat  manfaatlarini 
amalga  oshirish,  milliy  istiqbolini  belgilash  uchun  muhim  ahamiyatga  egadir. 
Chunki  u,  millat  vakili  bo’lgan  har  bir  shaxsning  dunyoqarashi,  kundalik 
faoliyatida  o’z  ifodasini  topadi.  Mittal  vakillarining  aksariyat  kqpchilik  qismini 

milliy  g’oyasi  mustahkam  bo’lgan  insonlar  tashkil  qilgan  sharoitdagina  milliy 
manfaatlar  uchun  umummilliy  harakat  vujudga  keladi.  Xuddi  mana  shu 
umummilliy  harakatni  vujudga  keltirish  –  milliy  g’oyaning  muhim  vazifalaridan 
biri;  ikkinchidan,  uning  millat  vakillarida  vatanparvarlik,  ona  zaminning 
muqaddasligi  tuyg’usini  uyg’otish,  uni  ko’z  qorachig’iday  himoya  qilish 
kerakligini tushunib yetishga ta’sirini o’tkazish; milliy g’oya har bir millat vakilida 
uning  –  ajdodlari  ana  shu  zaminda  dunyoga  kelgan,  uning  huzur-halovatidan 
bahramand bo’lgan, undan ilhom, zavq-shavq olgan va qo’nim topganligidan xabar 
berib  turadi.  Bu  o’z  navbatida  o’z  ona  zaminiga  mehr-muhabbatni 
mustahkamlaydi;  uchinchidan,  milliy  g’oya  tarixiy  xotirani  mustahkamlaydi  va 
uning  takrorlanmas  imkoniyatlaridan  manba  sifatida  turtki  (zaryad),  ilhom  olib 
turadi.  Biz  umuminsoniy  qadriyatlarning  ustuvorligi  va  umumbashariyatni 
birlashtiruvchanligi  haqida  gapiraylik,  baribir  uning  ildizlari,  zaminlari  millatning 
tarixiy  xotirasi,  merosi  va  asrlar  davomida  to’plagan  hayotiy  tajribalari  bilan 
bog’liq  ekanligini  nazarda  tutishimiz  lozim  bo’ladi.  Xuddi  mana  shu  jarayonda 
milliy g’oyaning o’rni, salohiyati, imkoniyati va yuksakligi namoyon bo’lib turadi; 
to’rtinchidan,  milliy  g’oya  va  millat  vakillaridan  millat  taqdiri  uchun  mas’ullik 
tuyg’ularini  ham  uyg’otib  turadi.  Millat  real  hayotda  uni  tashkil  etuvchi 
shaxslardan  iborat  ekan,  o’zga  millat  davrasida  o’z  millati  vakilining  erishgan 
yutug’idan  xursand  bo’lgan,  shu  millat  vakili  bo’lganidan  faxrlanasan.  Aksincha, 
millatdoshning  boshiga  tushgan  og’ir  kunlarni  xuddi  o’zingning  yaqinlaring 
boshiga  tushganday  qabul  qilasan.  Agar  millat  vakillari  halol  yo’l  bilan  boy, 
badavlat bo’lganini ko’rsang ruhan ezilasan, qayg’urasan  va ularni  hal etishga o’z 
hissamni  qo’shsam  edi-  degan  fikrlar  xayolingdan  o’tadi.  Bunday  tuyg’ularning 
zamoni  va  ildizi  yana  g’oyaga  taqaladi.  Faqat  milliy  g’oya  va  insoniylikning 
barcha ijobiy qirralarini o’zida mujassamlashtirgan shaxsda ana shunday tuyg’ular 
bo’lishi mumkin; beshinchidan,  milliy g’oya faqat tor doiradagi tuyg’ularni (ya’ni 
milliy  manfaat  doirasida)  shakllantiribgina  qolmasdan,  millat  bilan  yonma-yon 
yashaydigan  o’z  millat  va  elat  vakillarini  hurmat  qilish,  ularning  manfaatlarini 
hisobga olish,  ularni o’z atrofida birlashtirish, diniy  va  insoniy  bag’rikenglik kabi 
fazilatlarning shakllanishida ham o’zinnig ijobiy ta’sirini o’tkazadi.  
Milliy  g’oyaning  zaminlari  «murt»  va  qashshoq  bo’lsa,  yoxud  qandaydir 
zo’ravonlik  ta’siri  ostidan  xiralashtirilgan  bo’lsa,  millat  o’zligini  yo’qota 
boshlaydi,  o’zi  haqidagi  qarashlar  sayozlashib  boradi  va  oqibatda  uning  istiqboli 
ham  xavf  ostida  qoladi.  Lekin  avlod-ajdodlari  mustahkam  intellektual  salohiyat, 
meros  va  taraqqiyot  tajribalarini  yaratgan  millatning  milliy  g’oyalarini  ma’lum 
davr  ichida  zqrovonlik  bilan  jilovlab  turish  mumkin,  ammo  millat  tarixiy 
xotirasidan batamom yo’q qilib bqlmaydi. Zero, milliy intellektual salohiyat meros 
va  milliy  salohiyat  davomida  to’plangan  tajribalar  umuminsoniy  mulkka  aylnib, 
yer  kurrasining  boshqa  zaminlarida  yashayotgan  o’zga  xalqqa  xizmat  qilib 
kelaveradi.  Bu,  o’z  navbatida,  zo’ravonlik  bilan  (vaqtincha)  «jilovlanib»  turilgan, 
o’z  avlod-ajdodlari  tomonidan  yaratilgan  milliy-ma’naviy  salohiyatdan  mahrum 
etilgan  millatning  istiqbolda,  ya’ni  milliy  g’oyalarning  tiklanishida  katta 
ahamiyatga  ega  bo’ladi,  chunki  milliy-ma’naviy  salohiyati  mustahkam  va  boy 

bo’lgan  millatning  g’oyalarini  zo’ravonlik  bilan  moddiy  kuchga  aylantirishga 
imkon bermaslik mumkin, ammo uni batamom yo’qotib yuborib bo’lmaydi.   
Milliy  g’oyaning  bitmas–to’ganmas  imkoniyatlari  shu  darajada  kengki,  u 
faqat  millatning  o’z–o’zini  anglashi,  milliy  ong  rivojlanishi  bilan  cheklanmaydi, 
balki  u  millatni  o’zgalarga  tanidati  va  uning  umumjaxon  sivilizasiyasi 
jarayonlariga mustaqil subyekt sifatida kirib borishiga ta’sirini o’tkazadi. 
Yuqoridagilardag  ko’rinib  to’ribdiki,  milliy  g’oya  milliy  tiklanish  va 
umumiylik taraqqiyotining muhim manbai hisoblanadi. 
Milliy  g’oya  milliy  istiqlol  g’oyasining  shakllantiradi  va  uning  real  amalga 
oshishida  millatni  birlashtiradi.  Milliy  g’oyasiz  milliy  istiqlol  g’oyasi  ham 
shakllanmaydi.  Shu  ma’noda  milliy  g’oya  rivojlantirish  millat  taraqqiyotining  har 
bir bosqichi uchun dolzarb vazifa bo’lib qolaveradi. 
 
Milliy g’oyaning milliy va umuminsoniy tamoyillari   
Har qanday g’oyaning o’ziga xos bo’lgani kabi milliy g’oyaning ham o’ziga 
xos  tamoiyllari  mavjuddir.  Ular  millatning  shakllanishi,  uning  erkin,  ozod  bo’lib 
rivojlanishi  va  jaxon  taraqqiyotining  zamonaviy  salohiyatida  munosib  o’rin 
egallashi kabi maqsad va manfaatlar bilan bog’liq bo’ladi. 
Yuqorida  ko’rsatilganlardan  ko’rinib  turibdiki,  milliy  g’oyaning  o’ziga  xos 
milliy  va  umuminsoniy  tamoyillari  mavjud  bo’lib  ular  millat  va  butun  insoniyat 
manfaatlarini o’zida ifodalaydi va ular taraqqiyotiga xizmat qiladi. 
 
Milliy g’oyaning taraqqiyotning “o’zbek modeli”da aks etishi, 
yutuqlarni amalga oshirishdagi va galdagi vazifalari 
     
  Har  bir  mamlakatning  o’ziga  xos  taraqqiyot  yo’li  mavjud.  U  ana  shu 
mamlakatda  yashayotgan  halqning  o’ziga  xos  xususiyatlari  turmush  tarzi  bilan 
bog’liq bo’ladi. 
O’zbek  halqi  ham  mustaqilligini  qo’lga  kiritgandan  keyin  taraqqiyotning 
o’ziga  xos  va  o’zi  mos  yo’lini  tanlab  oldi.  Tanlangan  yo’l  mustaqillik  yillarida 
o’zining  samarasini  bera  boshladi  va  uni  amalga  orishida  katta  yutuqlar  yo’lga 
kiritildi.  
Bu  yo’l  prezident  tomonidan  ishlab  chiqilgan  besh  tamoyilda  o’z  ifodasini 
topgan. Ular: iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, uning har qanday mafkuradan 
xoliligi; davlat bosh isloxotchiligi; qonunning ustuvorligi; kuchli ijtimoiy himoya; 
bozor munosabatlariga bosqichma – bosqich o’tishdan iboratdir. 
Huddi  ana  shu  tamoyillar  haqida  to’htalib  Prezident  I.A.Karimov  shunday 
ta’kidlagan  edi:  “shuni  alohida  tahkidlash  zarurki,  soxta  inqilobiy  sakrashlarsiz, 
fojeali  oqibatlarsiz  va  kuchli  ijtimoiy  larzalarsiz,  evolyusion  yo’l  bilan  normal, 
madaniyatli  taraqqiyotga  o’tish  –  tanlab  olingan  yo’lning  asosiy  mazmuni  va 
mohiyatidir”.
29
 
Bu bosh g’oyani Prezident I.A.Karimov jaxon mamlakatlarining tajribalarini 
chuqur  tahlil  qilish  asosida  ilgari  surdi  va  O’zbekistonga  xos  o’tish  davri 
                                                
29
 I.A.Karimov O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.: “O’zbekiston”, 1993.  39 bet. 

“model”ini  ishlab  chiqishga  uning  dunyodagi  bironta  ham  davlatlardagi 
“model”lariga aynan uxshamasligiga asosiy e’tiborni qaratdi. 

mamlakatimiz 
o’z 
mustaqilligini 
endigina 
kiritgan 
va 
mustamlakachilikning  havfi  hali  batamom  to’gamagan  sharoitda  1992  yilda  bu 
konseptual  g’oyani  ilgari  surdi.  U  shunday  yozadi:  “O’zbekistonning  chinakam 
mustaqilligiga  erishishdan  iborat  o’z  yo’li  respublikaning  rivojlantirishning 
quyidagi  asosiy  o’ziga  xos  xususiyatlari  va  shart  –  sharoitlarini  har  tomonlama 
hisobga olishga asoslanadi”. 
Avvalo,  u  aholining  milliy  –  tarixiy  turmush  va  tafakkur  tarzidan,  xalq 
an’analari  va  urf – odatlaridan kelib chiqadi. Chuqur  ildizi o’tmishdagi an’anaviy 
jamoa  turmush  tarziga  borib  taqaladigan  kollektivlik  asoslari  O’zbekiston  halqi 
tarixan  xosdir.  Kattalarni  hurmat  qilish,  oila  va  farzandlar  to’g’risida  g’amhurlik 
qilish,  ochiq  kungillilik,  millatidan  qat’inazar  odamlarga  hayrihoxlik  bilan 
munosabatda bo’lish, o’zgalar kulfatiga hamdart bo’lish va o’zaro yordam tuyg’usi 
kishilar  o’rtasida  munosabatlarning  me’yori  hisoblanadi.  O’zbek  diyorida,  o’z 
Vataniga 
mehr 
– 
muhabbat, 
mehnatsevarlik, 
bilimga, 
ustozlarga, 
ma’rifatparvarlarga  nibatan  alohida  hurmat  –  ehtirom  O’zbekiston  aholisiga  xos 
fazilatlardir.  Ichki  va  tashqi  siyosatni  ishlab  chiqish,  amalga  oshirish  chog’ida 
islom dinini e’tiborga olish muhim ahamiyatga ega. Odamlarning turmush tarzida, 
ruhiyatida,  ma’naviy  –  axloqiy  qadriyatlarni  shakllantirishda,  islomga  e’tiqod 
qiluvchi xalqlar bilan yaqinlanish istagida ham shu omil namoyon bo’lmoqda.  
Mazkur  mintaqaning  qadimiy  va  tarixiy,  madaniy,  bunda  yashab  o’tgan 
sharq  mutafakkirlari  va  faylasuflarning  jahon  madaniyatini  rivojlantirishga 
qo’shgan  g’oyat  katta  xissalari  ham  xissalari  ham  bu  yerda  yashayotgan  odamlar 
turmushining  barcha  tomonlariga  sezilarli  ta’sir  o’tkazmoqda.  O’tmishdagi 
allomalarning bebaxo  merosi qanchadan –  qancha  avlodlarning  ma’naviy – ruhiy 
ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda. 
Respublikadagi  o’ziga  xos  demokrafik  vaziyat  muhim  hususiyatlardan 
biridir
Jumhuriyatimizda  aholi  va  mehnat  resurslari  har  yili  sur’atlar  bilan  o’sib 
bormoqda.  Aholining  yarmidan  ko’proq  qishloq  joylarda  yashaydi  va  asosan 
dehqonchilik  bilan  shug’ullanadi.  Aholi  tarkibida  60%dan  ko’prog’ini  bolalar 
tashkil etadi, 25 yoshgacha bo’lgan yigit – qizlardir. 
O’z  ajdodlari  qadimdan  yashab  kelgan  joylarga  bog’langanlik,  ko’chib 
yurishga moyillikning yo’qligi respublika aholisiga xos xususiyatdir. 
Respublikaning yana bir hususiyati milliy tarkibining o’ziga xosligi.  
Etnik  tarkibda  tub  aholi  ustun  mavqyeini  egallaydi.  Shu  bilan  birga  vaqtda 
respublika hududida o’z madaniyati va an’nasiga ega bo’lgan yuzdan ziyod millat 
vakillari  yashab  turib.  O’zbekistonning  milliy  –  madaniy  jihatdan  g’oyat  rang  – 
barangligi  milliy  o’zligini  anglash  va  ma’naviy  qayta  tiklanishning  ko’chayib 
borishi  bilan  o’zviy  bog’liqda  jamiyatni  yangilash,  uyi  “ochiq  jamiyat”ga 
aylantirish  uchun  qudratli  omil  bo’lib  xizmat  qiladi  va  ruspublikaning  jaxon 
hamjamiyatiga qushilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi. 
Respublika qulay geostrategik mavqyega ega. 

Tarixan  hozirga  O’Zbekistonning  hududi  shunday  joy  bo’lganki,  bu  yerda 
juda  kuxna  savdo  yo’llar  (mashhur  Buyuk  Ipak  yo’li)  tutashgan,  jushqin  tashqi 
aloqalar va madaniyatning bir – birini o’zaro boyitish jarayonida kechgan. Hozirgi 
kunda  O’zbekiston  o’zining  mustaqil  energetik  va  suv  tizimlariga  ega  bo’lgan 
sobiq  sovet  O’rta  Osiyosining  markazida  turibdi,  ko’pgina  masalalarda 
Repsublikalar  o’rtasidagi  bog’lovchi  bo’g’in  bo’lib  xizmat  qilmoqda  va  xorijiy 
mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishda tobora faol rol uynamoqda. 
O’zbekiston  isloxotlarni  amalga  oshirish  yo’llari  va  yondoshuvlarini 
tanlashga  tabiiy  –  iqlim  sharoitlarining  o’ziga  xosligi  belgilovchi  ta’sir 
o’tkazmoqda. 
Respublika 
qishloq 
xo’jaligi 
aksariyat 
sun’iy 
sug’orish 
dehqonchilikka  asoslanadi.  O’zining  suv  imkoniyatlarini  juda  cheklagan.  Qishloq 
xo’jalik  ishlab  chiqarish,  butun  xalq  xo’jaligi  tarkibida  paxtachilik  yetakchi  o’rin 
tutadi.  O’zbekiston  mustaqil  O’rta  Osiyo  Respublikalari  orasida  g’oyat  katta 
eksport  imkoniyatiga  ega  bo’lgan  duja  muhim  strategik  xom  ashyo  –  paxta  va 
undan  tayyorlangan  maxsulotni  yetishtiruvchi  hamda  yetkazib  beruvchi  asosiy 
respublikadir.  Iqlim  sharoitlari  meva  –  sabzavot  mahsulotlari,  pilla  va  boshqa 
g’oyat  qimmatli  qishloq  xom  ashyosini  nafaqat  o’z  ehtiyojlarini  qondirish  uchun, 
balki  boshqa  mamlakatlarga  yetkazib  berish  uchun  zarur  miqdorda  yetishtirishni 
ta’minlaydi.  
O’zbekiston Respublikasining siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini himoya 
qilish imkonini beradigan yetarli potensialga ega. 
Yer  bag’rining  g’oyat  qimmatli  mineral  -  xom  ashyolarga  boyligi  chuqur 
tarkibiy  o’zgarishlarni  amalga  oshirish,  respublikaning  jaxon  bozoriga  chiqishini 
ta’minlaydigan  tarmoqlarni  rivojlantirish  imkonini  bermoqda.  Shu  jixatdan  xalq 
xo’jaligining asosan  xom ashyo  yetishtirishga  yo’naltirilganligini  bartaraf etish  va 
shu 
sababli 
iqtisodiyot 
tuzilmalari 
haddan 
tashqari 
bir 
tomonlama 
rivojlantirilganligini,  sobiq  markaz  o’tkazib  kelgan  yakkahokimiyat  siyosatining 
natijasi  bo’lmish  qaramlikka,  ya’ni  texnologik  va  resurs  jixatdan  boshqa 
respublikalarga  qaram  bo’lib  qolishga  barxam  berish  hal  qiluvchi  ahamiyat  kasb 
etmoqda. 
Keyingi  o’n  yillik  mobaynida  ma’lum  qadriyatlarga  ega  bo’lgan 
kishilarning  muayyan  ijtimoiy  ongining  shakllanganligini  ham  e’tiborga 
olmaslik mumkin emas. 
Bir  tomondan  bu  ijtimoiy  tenglik,  kafolatlangan  mehnat  qilish  huquqiga, 
yalpi  bepul  ta’lim,  ikkinchi  tomondan  esa,  yakka  hokimlikdan  iborat  ma’muriy  – 
bo’yruqbozlik  tizimi  keltirib  chiqargan  insonni  mulkka  egalikdan  va  xo’jayinlik 
to’yg’usidan  begonalashtirilganligiga,  tayyorga  ayyorlik  ruhiyati  yuzaga 
keltirilganligida ko’rinmoqda.  
Yuqorida keltirilgan o’ziga xos shart sharoitlar ham alohida, ham birgalikda 
hozirgi  bosqichda  O’zbekiston  ichki  va  tashki  siyosatining  o’ziga  xos 
hususiyatlarini belgilab beradi.
30
 
Prezident  I.A.Karimov  tomonidan  ishlab  chiqilgan  konsepsiyadagi  ana  shu 
hususiyatlarni  hisobga  olish  mamlakatimizda  beqarorlikni  vujudga  keltirishning, 
                                                
30
 Qarang. I.A.Karimov O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.: “O’zbekiston”, 1993.  40-42 bet.  

sosial  ziddiyatlarning  kuchayib  ketishining,  aholining  murakkab  vaziyatga  tushib 
qolishining odini olish imkonini beradi. Ular o’z navbatida yuza kelayotgan yangi 
ijtimoiy  –  siyosiy  va  iqtisodiy  qiyinchiliklarni  sobitqadamlik  bilan  hal  qilishda 
muhim  rol  uynaydi  va  boshlangan  islohotlar  o’z  samarasini  bera  boshladi. 
O’zbekistonning  o’tish  davri  muammolarini  hal  qilishning  o’ziga  xos  strategiyasi 
jaxon  jamoatchiligi  tomonidan  e’tirof  etilib  uni  “o’zbek  modeli”  aytila  boshladi. 
“O’zbek  modeli”  deganda  o’zbek  millatining  o’ziga  xos  mentaleteti,  urf  – 
odatlari,  an’analari,  qadriyatlarini,  uning  demokrafik  jarayonlari,  aholining 
milliy  tarkibi.  O’zbekistonning  geostrategik  xolati  va  boshqa  bir  qator 
omillarni  hisobga  olishga  asoslangan  demokratik  jamiyat  qurishning  shakli 
tushiniladi. 
Ularni hisobga olish islohotlarning samara berish uchun zamin tayyorladi. 
O’zbekistonning bu tanlangan  yo’lida  yana bir  muhim salbiy  omilni  olish  – 
uning  nafaqat  o’zgalarga  qaramligi  sharoitida  yuzaga  kelgan  yo’qotishlari, 
o’tkazilgan zo’rovonliklar bilan bog’liq, shuning bilan birga u mustaqillikni qulga 
kiritgan sharoitda mavjud bo’lib turgan totalitar tuzumning kuchli ta’siri bilan ham 
bog’liqdir.  Chunki,  u  jamiyat  hayotining  barcha  sohalarida  ajralib  turadi.  Uning 
murakkabligi  shundaki,  bir  tomondan  mavjud  totalitarizm  vakillarining  osongina 
hokimiyatdan  ketishini  xoxlamasliklari,  bo’ladigan  har  qanday  o’zgarishlarga 
qarshilik  ko’rsatishlari  sodir  bo’ladi,  ikkinchi  tomondan  totalitarizmda  yashab 
kelayotgan  xalqning  ham  yuzaga  kelayotgan  demokratik  o’zgarishlarga 
ishonchsizlik, ikkilanishlar, shubha bilan qarash, tezda kunika olmasligi kabi qator 
xolatlarning  mavjud  bo’lishi,  demokratik  jarayonlar  rivojlanishini,  huddi 
shuningdek  mustaqillikni  qo’ldan  ketib  qolish  xavfini  ham  yuzaga  keltiradi. 
Chunki,  bu  davr  xali  o’zgalarga  o’z  qo’li  ostida  turishga  o’rganib,  o’z 
hukmronligini, hoxish irodasini o’tkazib kelgan sobiq markaz va uning tarafdorlari 
endigina  mustaqillikni  qo’lga  kiritgan  yosh  davlatlarni  yana  o’ziga  qaram  qilish 
niyatidan voz kechmagan bo’ladi. 
Huddi  ana  shu  xolatlar  nuqtai  –  nazardan  ham  demokratik  jamiyatga 
o’tishning “o’zbek modeli” o’zining hayotiyligini tasdiqlaydi.  
Qulga kiritilgan yutuqlarimiz salmog’i nihoyatda keng va u haqda ko’p real 
fikrlarni keltirish mumkin.  
Yutuqlarimiz  bilan  bir  qatorda  galdagi  vazifalar  va  hal  qilinishi  zarur 
bo’lgan  muammolarning  ko’lami  ham  keng  ekanligini  alohida  ta’kidlash  lozim 
bo’ladi.  
Ayniqsa,  ular  “o’zbek  modeli”ni  amalga  oshirish  jarayoni  bilan  galdagi 
muammolarni  hal  qilish  jarayoni  o’rtasidagi  nomutonosiblikning  namoyon 
bo’layotganligida  o’zi  ifodasini  topmoqda.  Xususan,  ular  qo’yidagi  shaklda 
namoyon bo’lmoqda.  
1.  bozor  munosabatlarining  jadal  sur’atlar  bilan  rivojlanishi  bilan 
iqtisodiy,  ijtimoiy  –  siyosiy,  ma’naviy  –  ma’rifiy  soxada  amalga  oshirilayotgan 
isloxotlar o’rtasida namoyon bo’lmoqda. 
Mamlakatimizda bozor munosabatlariga o’tib borilmoqdv. U talab va taklif 
qonunining bir – biriga mos kelishida, ya’ni talabga qarb ishlab chiqarishini tashkil 
qilish  va  uning  taklifning  miqdori,  sifatini  belgilash  uchtuvorligini  ta’minlanish 

jarayoni  yuzaga  kelmoqda,  smara  bermayotgan  korxonalarning  bekilishi, 
jamiyatning  tabaqalanishi  davlatning  ishlab  chiqish  ustidan  hukmronligining 
tugashi,  aholi  o’rtasida  ishsizlikning  yuzaga  kelishi,  mulkchilikning  turli 
shakllarining  yetakchi  qilishi  kabi  jarayonlar  amalga  orishmoqda.  Ammo,  ularni 
hal qilishga qaratilgan iqtisodiy  mexanizmlar tadbirkorlikning rivojlanishi, mulkiy 
munosabatlarning rivojlanishi ommaning  moddiy  ishlab chiqarishdagi  faolligining 
oshuvi, demokratik jarayonlar rivojlanishi va jamiyat hayotini yangi sharoitga mos 
ravishda  ma’naviy  –  ma’rifiy  yangilanish,  odamlarni  ana  shu  jarayonlarga 
moslashuvi jarayonlari bozor munosabatlari shakllanishidan orqada qolmoqda.  
2. 
qabul  qilinayotgan  qonunlar,  me’yoriy  hujjatlar  va  Prezident 
farmonlari bilan uning real amalga oshish o’rtasida nomunosiblik mavjud. 
 Mamlakatimiz  taraqqiyoti,  uning  bozor  munosabatlariga  o’tishga, 
xalqimizning  moddiy  farovonligini  ta’minlashga  qaratilgan  juda  ko’p  qonunlar, 
me’yoriy  hujjatlar,  Prezident  farmonlari  qabul  qilingan.  Ammo  ularning  real 
amalga oshuvi ehtiyojdan orqada qolmoqda. 
3. 
boshqaruvning  sobiq  sovet  davridagi  ma’muriy  –  bo’yruqbozlik 
shaklining  to’gatilishi  bilan  bozor  munosabatlariga  mos  ravishda  boshqaruv 
shaklining  yuzaga  kelishi  o’rtasida  nomunosiblik  mavjud.  Mamlakatimiz  bozor 
munosabatlariga  tez  o’tib  bormoqda.  Ammo,  boshqaruvning  ma’muriy  – 
bo’yruqbozlik  shakli  hamon  ustuvorlik  qilmoqda.  Hamon  yuqoridan  bo’yruq 
berish va pastda esa uni kutish, u bilan faoliyat ko’rsatish davom etmoqda. 
4. 
jamiyatning  demokratlashuvi  uchun  yaratilgan  imkoniyatlar,  huquqiy 
bazalar  bilan  ularni  real  hayotga  aylanish  o’rtasida  nomunosiblik  mavjud. 
Mamlakatimizda  jamiyatni  demokratlashuvi  uchun  huquqiy  baza  va  imkoniyatlar 
yaratilgan. Ammo, ularning real amalga oshuvi mavjud ehtiyoj darajasidan orqada 
kolmoqda. 
5. 
yaratuvchilik  jarayonini  zarur  bo’layotgan  fidoyilik  bilan  unga 
beparvolik  ruhiyati  o’rtasidagi  salbiy  holat  mavjudligi.  Bugun  har  bir  fuqaroning 
o’z  moddiy  farovonliligini  o’zi  ta’minlash  mumkinligi,  bu  yshlda  o’zi  fidoyilik 
ko’rsatish zarurligini to’la tushinib yetmayotganligini, yana davlat menga turmush 
–  farovonligimni  yaxshilaydi  –  degan  qarashlarning  mavjudligi  va  yuzaga  kelgan 
bozor  munosabatlari  vaziyatni  tushinib  yetmaslik  unga  beparvo  bo’lish  ruhiyati 
mavjudligi. 
6. 
milliy  –  ma’naviy  tiklanish  jarayoni  bilan  millatimiz  ruhiyatiga  mos 
kelmaydigan  individualizm,  boylik  va  mansabni  har  narsadan  ustun  qo’yish, 
manmanlik, 
o’zgalarni 
nazar 
– 
pisand 
qilmaslik 
kabi 
illatlarning 
shakllanayotganlik jarayoni o’rtasida nomutonosiblik ko’payib bormoqda. 
7. 
millatimiz  tarixida  ulkan  ma’naviy  qadriyatilar  darajasida  ko’tarilgan 
ota  –  onaga  mehr  –  muruvvat,  qarindoshlik  –  urug’chilikka  sadoqat,  mehr  – 
shafqatli, bo’lish munosabatlarda samimiylik bo’lishi kabi qadriyatlar bilan tabora 
ko’chayotgan poraxurlik, o’z mansabini suis’temol qilish, o’zgalar haqqiga hiyonat 
qilish  kabi  jirkanch  harakatlarning  ko’chayishi  ota  –  ona,  qarindosh  urug’chilik 
kabi  munosabatlaridagi  salbiy  holatlar  o’rtasida  nomutonosiblik  vujudga 
kelmoqda. 

8. 
sobiq shurolar davridagi dunyoqarash qoldiqlari bilan shakllanayotgan 
yangi  mustaqillik,  milliy  manfaat,  milliy  taraqqiyot  kabi  dunyoqarash  o’rtasida 
ham  nomutonosiblik  mavjud.  Hamon  eski  tuzumni  qumsayotgan  uni  tashviqot 
qilayotgan insonlar mavjud. Bu ham nomutonosiblikning ir ko’rinishi hisoblanadi. 
Ana  shu  mutonosibliklarni  tugatishning  quyidagi  omillari  ham  mavjud. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling